🔔Geometriyadan jonli darsimiz davom etmoqda!
🫵Siz jonli darsimizni kuzatyapsizmi?
👏Dars sizga tushunarli bo‘lyaptimi?
🗂11-dars vazifasi. Uchburchakda yuza masalalari
🗓 Biz bilan yozda GEOMETRIYANI BEPUL O'RGANING 💰
#dars_vazifasi
#bepul
#geometriya
#bepul_geometriya
#bepul_geometriya_kursi
Assalomu alaykum kanalimizning qadrli obunachilari! 👋
🔔Ertadan kanalimizda "Puza Yayinlari Geometriya" kitobidan bepul ▶️ darslarimiz davom etadi!
Bu sizga manfaatlimi?👍
⚡️Turkcha kitoblardan oʻzbekchaga tarjima qilingan judayam ajoyib kitob. 1-qism⚡️
Tarjima uchun yaqin akam Nodir akaga katta rahmat. Nodir aka Ashurovni duo qilib qoʻyasizlar
@matematika_videodarslar kanali
⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).
❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 9 745 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
🔹 kunduzgi – 6 400 ta (grant - 1 742, kontrakt - 4 658);
🔹 sirtqi – 2 606 ta (kontrakt);
🔹 kechki – 458 ta (kontrakt);
🔹 masofaviy – 281 ta (kontrakt).
❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 1 742 ta qo‘shimcha kvota.
❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari uchun amal qiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
🔹 kunduzgi – 1 280 ta;
🔹 sirtqi – 521 ta;
🔹 kechki – 92 ta;
🔹 masofaviy – 56 ta.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari uchun minimal o‘tish ballari
#abituriyent #qabul2024
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unga ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
PS. Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🗂11-dars vazifasi. Uchburchakda yuza masalalari
🗓 Biz bilan yozda GEOMETRIYANI BEPUL O'RGANING 💰
#dars_vazifasi
#bepul
#geometriya
#bepul_geometriya
#bepul_geometriya_kursi
🗂11-dars vazifasi. Uchburchakda yuza masalalari
🗓 Biz bilan yozda GEOMETRIYANI BEPUL O'RGANING 💰
#dars_konspekti
#bepul
#geometriya
#bepul_geometriya
#bepul_geometriya_kursi
⚡️Turkcha kitoblardan oʻzbekchaga tarjima qilingan judayam ajoyib kitob. ⚡️
✅Hosila, integral, geometriya mavzulari super darajada
Tarjima uchun yaqin akam Nodir akaga katta rahmat. Nodir aka Ashurovni duo qilib qoʻyasizlar
@matematika_videodarslar kanali
⚡️ Hurmatli abituriyentlar!
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari yuzasidan turli xil e'tirozlar bildirilmoqda.
Ma'lumki, joriy yildan oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul ikki bosqichda - avval test, keyin tanlov tamoyili asosida o‘tkazilmoqda. 2024-yil 27-iyuldan abituriyentlar uchun tanlov bosqichi boshlangan bo‘lib, bu jarayon 10-avgust(shu kuni ham)ga qadar davom etadi. Shundan so‘ng bir hafta muddatda tanlov natijalari e'lon qilinadi.
O‘z natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda shaxsiy kabinetlari orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. Apellatsiya shikoyati bergan abituriyentga apellatsiya kuni va vaqti haqida xabarnoma yuboriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan savollar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldiradi.
Abituriyent apellatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. Alohida ta'kidlash lozimki, apellatsiya jarayonida abituriyent uchun qayta test sinovi o‘tkazilmaydi!
Agentlik belgilangan tartib asosida barcha e'tirozlarni ko‘rib chiqishga va tegishli tartibda javob qaytarishga tayyorligini ma'lum qiladi. Abituriyentlardan e'tirozlari yuzasidan o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishlari so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 697 ta qo‘shimcha kvota.
❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 2 439 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
🔹 Milliy gvardiya – 697 ta;
🔹 Mudofaa vazirligi – 775 ta;
🔹 Harbiy prokuratura – 9 ta;
🔹 Ichki ishlar vazirligi – 174 ta;
🔹 Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 226 ta;
🔹 Davlat xavfsizlik xizmati – 488 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 35 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi – 35 ta.
❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent #kvota
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
🔹 kunduzgi – 2 560 ta;
🔹 sirtqi – 1 043 ta;
🔹 kechki – 183 ta;
🔹 masofaviy – 112 ta.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди!
Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари жорий йил август-декабри ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестацияда иштирок этишлари учун 1 августдан 1 октябрга қадар рўйхатдан ўтиши ва мурожаат юбориши мумкин.