masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Davlat boshqaruv akademiyasiga yangi rahbar keldi-yu, lekin saytga qaraydiganlar haliyam kelmadi

5-may kuni Adxam Bekmurodov Davlat boshqaruv akademiyasi rektori lavozimidan olindi. Uning o‘rniga 9 yil Singapur menejmentni rivojlantirish institutini boshqargan Jasur Salixov Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlandi.

Rahbar yangilanganiga qariyb 3 oy vaqt o‘tyapti, akademiya saytida ma’lumotlar 404 holatda.

Akademiya saytida “Qabul” nomli qismi bor. Undagi barcha bo‘limlarga kirilsa, videodagi kabi 404 belgisi chiqib keladi. Saytning “Ta’lim dasturlari” deb atalgan qismida esa yuzaki ma’lumotlar kiritilgan, “knopka”lar ishlamaydi.

Bir yil oldin ham akademiya saytidagi mana shu nuqsonlar sanab berilgandi. O‘zgarish yo‘q. Balki keyingi yangi rektorlar davriga kelib, saytlarini sal epaqaga keltirib qo‘yishar. Balki yana bir avlod ularning sayti tuzukroq ishlaganini ko‘rmay o‘tib ketar...

P.S.: Oliy ta’lim vazirligi tasarrufidagi OTMlar ham shu postdan “ilhomlanib” o‘z saytlariga qarab qo‘yishlari tavsiya etiladi. Ayrim OTMlarda “Qabul-2025” bo‘yicha tuzukroq ma’lumot yo‘q.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent kimyo texnologiya instituti matbuot kotibi Egamnazar Abdulboqiyev mehnat ta’tili davomida Toshkentdan Andijonga qarab piyoda yoʻlga chiqibdi. Kunlik videolarni esa Telegram kanalida ulashib bormoqda ekan: @EgamnazarUz

P.S.: Shu issiqqa qaramay, Egamnazar piyoda yurish va sogʻlom turmush tarzi targʻiboti uchun yaxshi oʻrnak boʻlibdi. Oyoqlarga esa sabr tilaymiz😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

17 nafar talabani “sessiya”dan oʻtkazib berishni va’da qilib, pul olgan universitet oʻqituvchisi qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D. ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni va 17 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

TATU talabalar yotoqxonasi hududi ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Masofaviy ta’lim, qo‘shimcha yo‘nalish va binoga nega ruxsat berilmayapti?

2025-2026 o‘quv yilida oliygohlar kunduzgi ta’limga 200 ming nafar yoshlarni qabul qilish imkoniyatiga ega, yangi tartib bo‘yicha boshqa shakllarga 100 ming nafargacha yoshlarni qabul qila oladi.

Chunki PF-76ga ko‘ra boshqa shakllarga qabul kunduzgining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak. Hozirda baribir yana sirtqi ta’limga talab ortib ketadi, shu holatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mavjud oliygohlarga masofaviy ta’limga ruxsat berishni tezlashtirishi kerak.

Axir VM-403 qarori uch oydan so‘ng kuchga kiradi, u kuchga kirguncha qabul davri ham tugaydi, talabalar chetga chiqib ketishni boshlaydi. Yiliga taxminan 75-90 ming talaba qo‘shni davlatlarga sirtqi va masofaviy ta’lim olishga chiqib ketadi. Bu esa o‘rtacha bir talaba hisobiga 2000 dollar atrofida pulni chetga olib chiqib ketganda ham yiliga 150 mln dollar pul degani, bu esa o‘z o‘rnida har yili shunchaga oshib boradi.

Aslida bu uch oylik muddat tadbirkorlik sub’yektlariga taalluqli bo‘lib, ular shu davrda yangilangan VM-80 talablariga faoliyatlarini moslashtirishi talab etiladi. Bu talab vazirlikning litsenziya berish funsiyasiga dahl qilmaydi. Shuning uchun nodavlat OTMlarga faoliyatini yaxshilashi uchun qo‘shimcha yo‘nalish, masofaviy ta’lim va bino qo‘shish bo‘yicha so‘rovini qanoatlantirishi lozim.

Ma’lumot uchun statistikani aytib ketay:
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjat topshirgan talabalar soni 2020-yilda 65,5 ming nafar, 2021-yilda 93 ming, 2022-yilda 76,9 ming, 2023-yilda 24,2 ming, 2024-yilda 9 ming nafarni tashkil etgan. To‘rt yil ichida 200 000 nafardan ortiq talaba qaytarilgan edi, uning ustiga endi-endi qo‘shni davlatlarda bizga talaba kelishni boshlagan edi, biz Markaziy Osiyoda ta’lim xabiga aylanish imkoniyatimizni o‘z qo‘llarimiz bilan boltalamoqdamiz.

Ushbu ko‘rsatkichning ijobiy tomonga o‘zgarishiga respublika oliygohlarining qabul kvotalari oshirilganligi va nodavlat oliygohlarga imkoniyat berilganligi asosiy sabab bo‘ldi.

Endi sirtqi ta’limni yopib yana shuncha talabani chetga chiqarishga va shuncha mablag‘ni chetga chiqib ketishiga majbur qilmoqdamiz. Hozir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hukumat qarori kuchga kirgungacha tezroq masofaviy ta’lim uchun mavjud oliygohlarga oldingi talablar bilan lisenziya berishi va masofaviy orqali sirtqining o‘rnini to‘ldirib olishga imkoniyat berishi kerak. Qo‘shimchasiga hozir ishlab turgan oliygohlarga qo‘shimcha binolari evaziga qabul kvotasini oshirishga yo‘l qo‘yib berish kerak.

Baraka topgurlar, shusiz ham moliyaviy qiyinchiliklar qarshisida turgan xususiy OTMlarni battar qiyin vaziyatga solmay, ahvolini yaxshilashga qonuniy yordam beringlar. Bu uchun tayyor huquqiy hujjat qo‘linglarda turibdi-ku!

Bektosh Hotamov

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Iye, xabar berishlaricha, masalaning yanada kulguli joyi bor ekan: bakalavrni xorijiy tilda oʻqiganlardan ham magistraturaga topshirishda sertifikat soʻralarkan :)

Bir chetda imtiyozchilar hammasiga jimgina kulib qoʻyyapti 😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Biz tanqidiy post yozguncha magistraturaga qabul ham ochilib ketdi. Yoʻq, qabulni boshlaydiganlar tez emas, biz sal sekin harakat qilib qoʻydik.

Mayli jigarlar, hali oldinda magistraturaning mandati kechikishi bor. Oʻshanda soʻralgan tanqidlarni ikki karra qilib hissasini chiqarib beramiz.

Garchi magistratura qabuli kechikkani uchun biror tirik jonzot uzr soʻrab, tushuntirish bermagan boʻlsada, tanqidiy post kechikkani uchun biz siz azizlardan uzr soʻraymiz :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Andijon davlat universiteti rektori Akrom Yo‘ldashev 6 yilga qamaldi

Universitet mansabdori hisoblangan jami 13 kishidan iborat uyushgan guruh budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Sudda universitet rektori lavozimida ishlagan Akrom Yo‘ldoshev aybiga iqrorlik bildirmagan. U yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarda o‘zining xatosi borligini tan olgan, lekin uyushgan guruh tuzishib, hujjatlarni soxtalashtirgan holda budjet smetasi qoidalarini buzganlikda qo‘yilgan ayblovlarga e’tirozi borligini ma’lum qilgan.

“Biologiya yo‘nalishi bo‘yicha pedagogman. O‘zi rahbar bo‘lib ishlagan davrda buhgalteriya sohasini yaxshi tushunmaganim sababli universitetning moliyaviy iqtisodiy yo‘nalishlarini nazorat qila olmadim. Asosan ta’limni rivojlantirish, yoshlar ishlari bo‘yicha ishlab, mahalliy xokimiyat topshiriqlarini bajarib keldim. O‘zim iqtisodchi bo‘lmaganim uchun bosh hisobchi A.lijon Mahmudovga ishongandim.

O‘zlashtirish va rastrata qilingan mablag‘lardan umuman manfaatdor bo‘lmaganman. Universitetda moliyaviy ishlar bo‘yicha prorektor, ichki audit, moliya reja bo‘limlari faoliyat yuritib kelgan. Ularning ham ishlarini nazorat qila olmaganman. Juda ko‘p miqdordagi pullarning o‘zlashtirib yuborilganida o‘zimning xatom qo‘l ostimdagi xodimlarning ishlarini nazorat qila olmaganim, deb bilaman”, degan sobiq rektor o‘z ko‘rsatmasida.


Shuningdek, Akrom Yo‘ldoshev tergov davrida o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, 1 mlrd so‘mdan ortiqroq zararni qoplaganini, 2019-2023 yillar davomida talabalarning UzASBO dasturida konrakt pullari to‘langani to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritilib, 14 mlrd 408 mln so‘m kontrakt pullari o‘zlashtirib yuborilganidan xabari bo‘lmaganini bildirgan.

Akrom Yo‘ldoshevga 3 yil davlat organi va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, BHMning 310 baravari miqdorida jarima jazosi berilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oltin avlod

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻqituvchilar vazirlikni sudga berdi

Bir guruh o‘qituvchilar attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi.

“Xalq ta’limi info”ning xabar qilishicha, ular attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan da’vo arizasi kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, pedagoglar 2025-yilda ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan attestatsiya natijalarini g‘ayriqonuniy deb hisoblamoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hammasi tush kabi go’yoki.

30-iyun 2025-yil.
Yoshlar kuni.
Congress Hall.
Prezidentimiz minbarda turib nutq so‘zlamoqdalar.
Shu payt, yuzlab tengdoshlarim orasida o‘tirib, bir narsani chuqur his qildim: Orzular odamlarga bekorga berilmaydi.
Ko‘z oldimdan esa bir lahzada butun yo‘lim o‘tib chiqdi…

30-iyun 2025-yil men uchun ikki karra bayram bo‘ldi. Aynan tug‘ilgan kunimda, prezidentimiz qo‘lidan “Kelajak bunyodkori” unvonini olayotganimda, yuragimdagi tuyg‘ular ko‘zimga yosh olib keldi.
Onamning Rossiyaning ayovsiz sovuqlarida qizining kelajagi uchun mehnat qilgan damlari.
Maktabda kam ta’minlangan oila farzandi sifatida qishki kiyim olgani uyalgan paytlarim.
Jamiyatda “qiz bola chet elda o‘qimasligi kerak” degan stereotiplarga qarshi kurashganim…
Bularning barchasini eslar ekanman, bir narsani tushundim - haqiqiy chegaralar faqat ongimizda bo‘ladi.

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri - @universityofbristol magistratura bosqichida tahsil olganim, @elyurtumidifoundation grantini qo‘lga kiritganim - bu ikki yillik tinimsiz mehnat, sinovlar va kurashlarning mevasi.
Lekin men hech qachon taslim bo‘lmadim.
Va aynan shunda tushundim: agar inson orzusini chin dildan istasa, uni faqat tasavvurda emas, hayotda ham ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Chunki kurashilgan orzular uchun “imkonsiz” degan so‘z yo‘q.
Va bugungi kunda minglab yoshlarga loyihalarimiz orqali tajribalarimni bo’lishyapman.

Prezidentimiz medalni taqib, qo‘limni siqqan chog‘da aytgan:
“Orzugul qizim, men senga ishonaman. Kelajakda bundan-da yuksak marralarni zabt etib, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilishingga.”
Bu so‘zlar hayotimdagi barcha qiyinchiliklarni unutib, menga yanada kuch bag‘ishladi.
Shu sahnada turib, minglab yoshlar nigohida ularning orzusi bo‘lib turganimda, meni doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onam, oila a’zolarim, do’stlarimga cheksiz minnatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, “Top 100 Uni” loyihamiz hamda TopCoach platformamizda bizga doimo ishonch bildirganlari uchun Alisher Sadullayev Zafarovichga chuqur tashakkur izhor qilaman
Bu yutuq faqat meniki emas.
Bu medal - yonimda turib, birga kurashayotgan, loyihamizga yurakdan mehnat qilayotgan butun jamoamizniki hamdir.

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekistonda ochilgan (XIX asrda) eng birinchi va katta davlat bankini bugun boshaqarib kelayotgan raisi oʻz faoliyatini maktabda ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan ekan.

Pinkod.uz tahririyati mamlakatdagi 9 ta davlat bankining aksiyadorlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi raislari hamda ularning shaxsi haqida juda qiziq ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan katta material e’lon qilibdi.

Batafsil bu yerda oʻqing.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident – yoshlarga: Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hozirgi bollar biryo‘la “roddom”dan til o‘rganib chiqyaptimi, vey :)

Lekin malades, tan bermay iloj yo‘q 🙌🏻

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

30 ming dollar investitsiya: Urganchda o‘tkazilgan “Investorlar kuni” natijalari e’lon qilindi

Xorazm viloyati, Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan “Investorlar kuni” tadbirida ikkita startap loyihasiga jami 30 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya ajratildi.

Speed-dating formatida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida startaplar qisqa vaqt ichida o‘z g‘oyalarini investorlarga taqdim qilishdi. Natijada, Gramir loyihasi 20 ming dollar, Diip.uz esa 10 ming dollar sarmoya oldi.

Tadbirda jami 10 ta startap ishtirok etdi. Ular orasida MedFinder (onlayn dori yetkazish), Maydon (futbol maydonlarini bron qilish), DevMarket (IT loyihalar bozori), BinoCRM, Nestin, Durbin va boshqalar mavjud.

“Investorlar kuni” AloqaBank tashabbusi bilan tashkil etildi va yangi biznes tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydi

Prezident farmoni bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomasidagi baholar o‘rtachasi test ballariga qo‘shilishi rejalashtirilgan edi.

Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq bu tartib 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgandi.

Endilikda esa bu tizim butunlay bekor qilindi va maktab baholari test sinovlari natijalariga ta’sir qilmaydi hamda test ballariga qo‘shilmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🌱Yashillikka hissa qo‘shadigan mutaxassis bo‘lishni istasangiz, Green University'ga hujjat topshiring!

PF-81-son Farmonga muvofiq tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitetni tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga, besh yillik ish stajiga ega bo‘lgandan keyin — mutaxassisligi bo‘yicha rahbar lavozimlarga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Bu universitet orqali siz nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki O‘zbekistonda ham, xorijda ham talab yuqori bo‘lgan va yaxshi maosh to‘lanadigan mutaxassisga aylanasiz.

🎓 Bakalavriat yo‘nalishlari:
• Atrof-muhit va barqaror boshqaruv
• Atrof-muhit va iqtisodiyot
• Ekologiya va davlat boshqaruvi
• Ekologik muhandislik va qayta tiklanuvchi energiya
• Barqaror turizm va ekoturizm boshqaruvi

🎓 Magistratura yo‘nalishlari:
• Barqaror rivojlanish
• Barqaror moliya
• Atrof-muhit huquqi
• Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya
• Tabiatni muhofaza qilish
• Barqaror turizm
• Sirkulyar iqtisodiyot
• Gidrometeorologiya va suv xo‘jaligi
• Barqaror shaharsozlik
• Iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi
💻 Ariza topshirish uchun.

📞 1157
👉🏻 www.greenuniversity.uz

Читать полностью…

Masofatalim™

“Oilamni yorug‘likka olib chiqishim kerak edi...”

Prezident sovg‘asi – BYD elektromobili sohibasi Maftuna Ochilovaning hikoyasi – “To‘qilmagan hikoya”ning navbatdagi sonida yangraydi.

Oddiy oilada ulg‘aygan Maftuna qanday qilib butun O‘zbekiston e’tiboriga tushdi? Uning hikoyasi sizni hayratga soladi, ilhomlantiradi va o‘ylantiradi.

13-iyul kuni soat 19:30 da “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallarida tomosha qiling!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Narxoz” oʻqituvchisi 4000 dollar bilan qoʻlga tushdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Pinkod.uz banklar tomonidan taklif etilayotgan VISA kartalarning afzalliklari va ularning o‘ziga xos jozibadorligini jamlabdi.

Shuningdek, jamoatchilik faollari va blogerlar xorijga chiqqanda qaysi bankning VISA kartasidan foydalanishlarini ham o‘rganibdi.

Batafsil: /channel/pinkoduz/725

Читать полностью…

Masofatalim™

Shu paytda miyada urush ketyapti. Magistraturaga kirish uchun xorijiy til sertifikati talab etiladi. Bu talab joriy qilingan payti magistrantlar ilm bilan shugʻullansin, xorijiy adabiyotlarni oʻqisin, buning uchun esa til bilish kerak, deyilgandi.

Masalaning boshqa jihati, masalan, “Zulfiya”chilar, nomdor stipendiya va “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti olganlar va boshqa imtiyozchilar magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi.

Endi miyada nimaga urush ketyapti: shunda bu imtiyozi borlar ilm bilan shugʻullanmaydimi? Ular xorijiy adabiyotlarni oʻqimasa ham boʻlaveradimi va til bilishi shartmasmi? Nega shu joyida ikki xil yondashuv? Yoki imtiyozi borlarning hammasi xorijiy tilni biladimi?

Tenglab qoʻyish kerakda. Imtiyozi borlarga imtihon joriy qilinmasa ham, hech yoʻq xorijiy til sertifikatini topshirishni majburiy qilish kerak. Til bilishning koni foyda, imtiyozchilar bundan bebahra qolishmasin, deymizda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Termiz davlat universitetida tantanali diplom topshirish marosimi ekan. Diplom topshirish noodatiy tus olgani bu yil deyarli hamma oliy ta’lim muassasalarida kuzatilyapti.

Bu jarayonning noodatiyligi ham shundaki, avvalgi yillardagiga oʻxshamaydi. Dunyoning nufuzli OTMlari kabi bitiruvchilarga diplomlar berilayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Balki bu yaqin yillarda boshlangan amaliyotdir, ehtimol oʻtgan yillarda e’tibor bermagan boʻlishimiz ham mumkin.

Ammo bizning davrimizda metroga tushib, bir chekkadan borib, dekanatga uchrashib, sekretar opadan sekin diplomni olib qaytaverardik. Bunday tantanalar yoʻq edi. Yana diplomni shaxsan rektorlar topshiryapti. Biz oʻqishga kirgandan to bitirguncha rektorning qorasini koʻrmaganmiz😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi

2025-2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanib 23-iyulgacha davom etadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Chat GPT’ning Masofatalim™ Telegram kanali haqidagi fikri

Kanalning kuchli jihatlari sifatida quyidagilarni taqdim etdi:

⁃ Oliy ta’lim tizimi va OTMlar faoliyatini yaqin va ochiq yondashuvda yoritadi.

⁃ Talabalar uchun amaliy ma'lumotlarni bergan: mandatni qanday tekshirish, grant/kontrakt o‘rni, rektorlarga oid yangiliklar.

⁃ Muloqotli: so‘rovlar, muammolarni ochiq platformada muhokama qiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari quyidagilardan iborat:

🔹 talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy ta‘lim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;

🔹 talabgor tomonidan nodavlat oliy ta‘lim tashkilotining ta‘lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik baza, dasturiy ta‘minotni o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondi (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi;

🔹 talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;

Bu nafaqat moliyaviy javobgarlikni oshiradi, balki taʼlim sohasidagi ishonchni ham mustahkamlaydi deb o‘ylayman. Talaba o‘z kelajagini ishonch bilan bog‘lay oladigan, barqaror universitetda tahsil olishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Hududiy elektr tarmoqlari” degan tashkilotning matbuot kotibi zoʻr-da. Muammoni gapirsang, muammo qolib oʻzingni urishib beradi😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AloqaBank'ning “Startap yo‘li” media loyihasi doirasida navbatdagi istiqbolli loyiha — Bito startapi jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Loyiha AloqaVentures tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va Startup Garage venchur studiyasi rezidentlari qatoriga kiradi.

Bito — ERP tizimi asosida ishlab chiqilgan biznes boshqaruv platformasi bo‘lib, u korxonalarga o‘z faoliyatini raqamlashtirish, ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Platforma bir nechta biznes yo‘nalishlarini bir tizimda boshqarish, foydalanuvchilarni mijoz yoki ta’minotchi sifatida o‘zaro integratsiya qilish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, Bito tizimi quyidagi funksiyalarni taklif qiladi:

— QR-kod orqali savdo va to‘lov jarayonlarini soddalashtirish;
— Mijozlar profili orqali individual ishlash imkoniyati;
— Multivalyutalilik, keshbek tizimi, video qo‘llanmalar;
— Onlayn va oflayn rejimda ishlash;
— Telegram bot orqali qulay boshqaruv.

AloqaVentures mazkur startap orqali O‘zbekiston va mintaqadagi korxonalarni global raqamli transformatsiya yo‘liga olib chiqishni maqsad qilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Сўнгги етти йилда бошқарув кадрлари таркиби анча ёшариб, 40 ёшгача бўлган раҳбарлар улуши 37 фоиздан 65 фоизга ошди.

Биз Янги Ўзбекистонда “халқ хизматидаги давлат” тамойилини рўёбга чиқаришда сиз каби иқтидорли, жонкуяр ва етакчилик қобилиятига эга ўғил-қизларимизга таянамиз.

Шу боис, ўтган ойда истиқболли кадрлар тайёрлаш ва уларни давлат бошқарувига жалб этиш бўйича муҳим фармонни имзоладим.

Энди, Давлат бошқаруви академиясида “Келажак лидерлари” дастури бўйича ҳар йили 100 нафар салоҳиятли ёшлар ўқитилади
”,

- деди Президент.

Бу ёшлар вазир ва ҳокимларга бириктирилади, икки ой уларнинг ёнида юриб, тажриба орттиради. Бир ойга хорижий стажировкага юборилади.

Дастурни тамомлаган ёшлар раҳбарлик лавозимларига асосий номзод бўлади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Masofatalim™

Ertaga, 30-iyun kuni yoshlar uchun koʻplab yangi imkoniyatlar e’lon qilinishi kutilyapti ekan. Yangiliklardan qolib ketmaslik uchun ertaga ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarni faol kuzatish tavsiya etiladi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Brayl alifbosini oson tushunish va ovozga aylantirish texnologiyasi ishga tushirildi

BrailleRecognition
— ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan mobil ilova bo‘lib, u Brayl alifbosini tanish va uni matn hamda ovoz ko‘rinishida qayta ishlashga qodir. Telefon kamerasi yordamida belgilar skaner qilinadi, shundan so‘ng ular ekranda ko‘rsatiladi yoki ovozli shaklda eshittiriladi.

Ilovaning ishlash mexanizmi neyron tarmoqlar va optik tanish texnologiyalariga asoslangan. Matnni kirill yoki lotin alifbosida chiqarish, turli tillarga tarjima qilish, ovozli sintez funksiyasi orqali eshittirish imkoniyatlari mavjud.

Loyiha AloqaBank tashabbusi bilan amalga oshirilgan Startup Garage akseleratsiya dasturi doirasida tayyorlangan. Hozirda Android va iOS qurilmalari uchun moslashtirilgan versiyalari mavjud.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал