masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Oʻzbekistonda ochilgan (XIX asrda) eng birinchi va katta davlat bankini bugun boshaqarib kelayotgan raisi oʻz faoliyatini maktabda ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan ekan.

Pinkod.uz tahririyati mamlakatdagi 9 ta davlat bankining aksiyadorlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi raislari hamda ularning shaxsi haqida juda qiziq ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan katta material e’lon qilibdi.

Batafsil bu yerda oʻqing.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident – yoshlarga: Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hozirgi bollar biryo‘la “roddom”dan til o‘rganib chiqyaptimi, vey :)

Lekin malades, tan bermay iloj yo‘q 🙌🏻

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

30 ming dollar investitsiya: Urganchda o‘tkazilgan “Investorlar kuni” natijalari e’lon qilindi

Xorazm viloyati, Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan “Investorlar kuni” tadbirida ikkita startap loyihasiga jami 30 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya ajratildi.

Speed-dating formatida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida startaplar qisqa vaqt ichida o‘z g‘oyalarini investorlarga taqdim qilishdi. Natijada, Gramir loyihasi 20 ming dollar, Diip.uz esa 10 ming dollar sarmoya oldi.

Tadbirda jami 10 ta startap ishtirok etdi. Ular orasida MedFinder (onlayn dori yetkazish), Maydon (futbol maydonlarini bron qilish), DevMarket (IT loyihalar bozori), BinoCRM, Nestin, Durbin va boshqalar mavjud.

“Investorlar kuni” AloqaBank tashabbusi bilan tashkil etildi va yangi biznes tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati Hukumat qarorini bajarmayapti(mi)?

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada — gov.uz’da yuritilishi belgilangan.

Ammo vazirlik matbuot xizmati Hukumatning ushbu qarorini bajarmayotgan koʻrinadi.

Xususan, 22-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Jizzax politexnika institutida oʻrganish oʻtkazgani haqidagi xabar vazirlik Telegram kanalida ma’lum qilingan, xabarning toʻligʻi esa gov.uz platformasida emas, telegra.ph orqali e’lon qilingan.

Hukumat qarorida davlat organlarining rahbarlari tashkilotining rasmiy veb-sayti yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanishi ham koʻrsatib oʻtilgan. Ya’ni hozirgi holatda shaxsan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov javobgar.

Kiberxavfsizlik talablariga javob beradigan yagona platforma — gov.uz turganda vazirlik nega ishonchsiz hisoblangan telegra.ph’dan foydalanayotgani tushunarsiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarida g‘oliblar aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqich sinov jarayonlari tashkil etildi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovi bahslarida maktablarning 6-11-sinf o‘quvchilaridan (8 nafar) iborat jamoalar ishtirok etdi. Jamoalar ikkita — “Bizning maktab” tanishtiruv va savol-javob hamda “Teatr – ibratxona” sahna spektaklini namoyish etish shartlari asosida bellashishdi.

O‘quvchi-yoshlarning milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiluvchi “Iqtidor” maktab ansambli tanlovida 6-10-sinf o‘quvchilari (8 nafar)dan iborat jamoalar ishtirok etdi.

“Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon san’at saroyida tashkil etildi.

Tanlovlar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 19-iyun kuni “Boqiy shahar” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Labaratoriya ishlarini bajarishda oltin qoida bor — halat kiyish. Odatda, oq ranglisi.

AI xulosasi ham shunday.

Bu qoidani yozganlar vazirlar bundan mustasno ekanini aytishmagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Elektron shahodatnomani qanday olish mumkin? (videoqoʻllanma)

Maktabni bitirganlik haqidagi shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz saytidan bepul va oson yuklab olish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan bitiruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi £765 596 evaziga texnikumlar uchun ta’lim dasturi sotib olibdi. Bu o‘zbek so‘mida qariyb 13,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

P.S.: Chet eldan shuncha pulga ta’lim dasturi sotib olaveradi ham, darsni o‘rtasida vallomatlar kirib, darsni buzaveradi ham. Bu endi ta’limning toza o‘zbek modeli :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yozni “Yonda” bilan mazmunli o‘tkazing!

Yozgi ta’til — bu o’quvchi va talabalar uchun faqat dam olish emas, balki o‘z ustida ishlash, yangi ko‘nikmalarni egallash va shaxsiy rivojlanish uchun eng qulay vaqt!

⚡️Yoshlar ishlari agentligi esa sizga shunday imkoniyatlarni beruvchi yangi formatdagi loyiha – “Yonda” mobil ilovasini taqdim etadi!

📱“Yonda” ilovasi orqali o‘zingizga yaqin bo‘lgan ta’lim, sport, san’at, zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va boshqa yo‘nalishlardagi o‘quv kurslarini oson topishingiz hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilova hozirda Toshkent shahrida sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi. Albatta, tez orada ushbu loyiha boshqa hududlarni ham qamrab oladi.

✅ Bu yoz – o‘zingizga sarmoya kiritadigan faslingiz bo‘lsin.

⬇️Hoziroq yuklab oling va rivojlanishni boshlang:

App Store | Google Play

Aloqa markazi: +998-55-511-80-88

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov davrida shu “aylanma varaqa” degan narsalar yoʻq boʻlgandi. Oʻshanda (2022-yil) bu haqida yozganimizda vazirlik matbuot xizmatidan tezkor reaksiya ham boʻlgandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Vazirlikka bugun 12-iyun ekanini aytarmiz?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati oʻz ishidan boshqa hamma ishni qilib koʻryapti, shekilli.

Bu mayli, 10-iyundagi xabarni bugun, 12-iyun kuni (biroz avval) instagramga joylashibdi.

Ikki kun orqada yurishibdi. Oʻzbekiston - Qatar oʻyini 10-iyun kuni tugadi. 3:0 hisobida Oʻzbekiston yutdi. Kutubxona oldidagi maydon esa yigʻishtirilyapti.

P.S.: Bular nimani joylayotganini ham bilmasa kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ha, azizlar, bular odam boʻlmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Sport bilan shugʻullanish zoʻr, ammo darsni boʻlishga rektorning ham, vazirning ham, undan kattasining ham haqqi yoʻq.

Nima ahvol bu? Kim u darsni boʻladigan vallomatlar? Talabalar shuning uchun kontrakt toʻlayaptimi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Velosipeddagi oʻgʻil bola emas, qiz bola. Taxminan 18-20 yosh atrofida edi. Yetkazib berish xizmatida ishlab, tirikchilik qilmoqda.

U halol mehnat qilyapti. Lekin bu holatni kuzatib turib, odam biroz gʻalati boʻlib ketdi. Negaligini ifodalashga soʻz yetmayapti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AloqaBank'ning “Startap yo‘li” media loyihasi doirasida navbatdagi istiqbolli loyiha — Bito startapi jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Loyiha AloqaVentures tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va Startup Garage venchur studiyasi rezidentlari qatoriga kiradi.

Bito — ERP tizimi asosida ishlab chiqilgan biznes boshqaruv platformasi bo‘lib, u korxonalarga o‘z faoliyatini raqamlashtirish, ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Platforma bir nechta biznes yo‘nalishlarini bir tizimda boshqarish, foydalanuvchilarni mijoz yoki ta’minotchi sifatida o‘zaro integratsiya qilish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, Bito tizimi quyidagi funksiyalarni taklif qiladi:

— QR-kod orqali savdo va to‘lov jarayonlarini soddalashtirish;
— Mijozlar profili orqali individual ishlash imkoniyati;
— Multivalyutalilik, keshbek tizimi, video qo‘llanmalar;
— Onlayn va oflayn rejimda ishlash;
— Telegram bot orqali qulay boshqaruv.

AloqaVentures mazkur startap orqali O‘zbekiston va mintaqadagi korxonalarni global raqamli transformatsiya yo‘liga olib chiqishni maqsad qilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Сўнгги етти йилда бошқарув кадрлари таркиби анча ёшариб, 40 ёшгача бўлган раҳбарлар улуши 37 фоиздан 65 фоизга ошди.

Биз Янги Ўзбекистонда “халқ хизматидаги давлат” тамойилини рўёбга чиқаришда сиз каби иқтидорли, жонкуяр ва етакчилик қобилиятига эга ўғил-қизларимизга таянамиз.

Шу боис, ўтган ойда истиқболли кадрлар тайёрлаш ва уларни давлат бошқарувига жалб этиш бўйича муҳим фармонни имзоладим.

Энди, Давлат бошқаруви академиясида “Келажак лидерлари” дастури бўйича ҳар йили 100 нафар салоҳиятли ёшлар ўқитилади
”,

- деди Президент.

Бу ёшлар вазир ва ҳокимларга бириктирилади, икки ой уларнинг ёнида юриб, тажриба орттиради. Бир ойга хорижий стажировкага юборилади.

Дастурни тамомлаган ёшлар раҳбарлик лавозимларига асосий номзод бўлади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Masofatalim™

Ertaga, 30-iyun kuni yoshlar uchun koʻplab yangi imkoniyatlar e’lon qilinishi kutilyapti ekan. Yangiliklardan qolib ketmaslik uchun ertaga ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarni faol kuzatish tavsiya etiladi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Brayl alifbosini oson tushunish va ovozga aylantirish texnologiyasi ishga tushirildi

BrailleRecognition
— ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan mobil ilova bo‘lib, u Brayl alifbosini tanish va uni matn hamda ovoz ko‘rinishida qayta ishlashga qodir. Telefon kamerasi yordamida belgilar skaner qilinadi, shundan so‘ng ular ekranda ko‘rsatiladi yoki ovozli shaklda eshittiriladi.

Ilovaning ishlash mexanizmi neyron tarmoqlar va optik tanish texnologiyalariga asoslangan. Matnni kirill yoki lotin alifbosida chiqarish, turli tillarga tarjima qilish, ovozli sintez funksiyasi orqali eshittirish imkoniyatlari mavjud.

Loyiha AloqaBank tashabbusi bilan amalga oshirilgan Startup Garage akseleratsiya dasturi doirasida tayyorlangan. Hozirda Android va iOS qurilmalari uchun moslashtirilgan versiyalari mavjud.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent kimyo-texnologiya institutida bugun Qabul 2025ga bag'ishlangan yirik matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

2025-yil 20-iyun kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan jurnalistlar hamda blogerlar ham ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarini mas'ullarga yo'llab, ularga atroflicha javob oldilar.

Matbuot anjumani so'ngida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizni har tomonlama yanada rivojlantirish, xususan Toshkent kimyo-texnologiya institutida olib borilayotgan islohotlarni xalqimizga sifatli va tezkor yetkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jurnalist va blogerlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Batafsil

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Pinkod.uz’ni nima uchun kuzatib borish kerak?

- Iqtisodiy yo‘nalishdagi xabarlarning barchaga tushunarli va sodda tildagi tahlili beriladi.

- Banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqa tijoriy kompaniyalarga oid eng sara materiallar aynan shu yerda bor.

- Moliyaviy savodxonlik borasida original maqolalar e’lon qilinadi.

- Texnologiyalarga oid eng muhim yangiliklar chop etiladi.

Bular hammasi emas! Qolganini kuzatib borish davomida bilib borasiz. Aytgancha, ular obunachilarining ortiqcha vaqtini olmaydi — eng muhim va saralarini chop etadi.

Kuzatib boring: @pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

Iqtidorli maktab o‘quvchilari “Registon” maydonida jam bo‘lishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 17-19 iyun kunlari Samarqand shahrida “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqich sinov jarayonlari tashkil etilmoqda.

17-iyun kuni Samarqand shahrida mazkur tanlovlarning Respublika bosqichi jarayonlariga tantanali ravishda start berildi.

Bunda har bir tanlov bo‘yicha hududlardan kelgan 14 ta jamoa (har bir hududdan 1 tadan) belgilangan shartlar asosida kuch sinashadi. Bahslar taniqli san’atkorlar va sohaning malakali mutaxassislari tomonidan baholanadi.

Shuningdek, ishtirokchi o‘quvchilar Samarqand shahridagi tarixiy va madaniy obidalarga sayohat qilishadi.

“Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon san’at saroyida tashkil etiladi. Tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib deb topilgan jamoa a’zolari xorijiy davlatlar (“Turon” maktab teatri tanlovi g‘oliblari — Turkiyaga, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi g‘oliblari — Ozarbayjonga) ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, tanlovlarda 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Brifingga chiqishdan avval, albatta, tayyorgarlik ko‘rish kerak. Shunda videodagi kabi tutilishlar, so‘zlarni xato o‘qish kabi kamchiliklar kamroq kuzatiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida ta'lim olish uchun 5ta sabab!

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 tktiuzrasmiy">YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili mazkur holatga reaksiya bildirib, Telegram botdagi ma’lumotlar yangilanayotgani, yaqin vaqt ichida oʻzgarishlar koʻrinishini ma’lum qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi nafaqat 2 kun, balki bir necha yil ortda qolgan koʻrinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy Telegram kanalida 11-iyun kuni universal Telegram botlari haqida post joylagan va botning afzalliklari haqida ma’lumot bergan.

Botning ustiga bosib, unga kirilganda “2021-2022-oʻquv yilida” deb boshlangan ancha eski ma’lumotga koʻzingiz tushadi. Ehtimol, ular hozir 2025-yil ekanini inobatga olib, ma’lumotlarni yangilash eslaridan chiqqandir.

Ammo e’lonni berayotganda vazirlik matbuot xizmati nimani chiqarayotganini, ma’lumotlar qanchalik toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini tekshirmaydimi? Kim javobgar bunga?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Poytaxtning SMMchi qizlari” loyihasi ikkinchi bosqichi yakunlandi

O‘tgan yili Toshkent shahar hokimligi “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va ularni daromadli qilish maqsadida 30 yoshgacha bo‘lgan 1 000 nafar qizni SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitish tashabbusini amalga oshirgandi. Birinchi mavsumda qizlarga sertifikatlar topshirilgan.

Loyihaning ikkinchi mavsumi ham yakuniga yetdi. Unda 24 modulli bepul SMM kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yana 500 nafar qizga sertifikatlari topshirildi. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona old maydonida o‘tgan tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, SMM Maktab jamoasi va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bitiruvchi qizlar o‘z loyihalari, dastlabki muvaffaqiyatlari va rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ayni paytda bitiruvchilarning 30 foizi qisqa muddatda SMM sohasida ishlashni boshlagan va ilk daromadga chiqqan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tashqaridan darsni boʻlish, afsuski, kamdan kam uchraydigan holat emas. OTMlarda tiqilib yotibdi. Nazorat qiladigan odam yoʻq.

Balki bu holatlardan muhtaram vazirimiz va ularning jamoalari bexabardir, kim bilsin. Balki ular ham tuzukroq yangiliklar qila olmay, sekin “uyqu”ga ketishni boshlagandir.

Ta’lim sifatini oshirishni osmondan emas, yerdan boshlash kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AloqaBank ta’lim va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startap yo‘li” nomli media loyihani amalga oshirdi.

Bank moliya va texnologiyani birlashtirgan ushbu yangi format orqali startaplarni qo‘llab-quvvatlash va investitsion muhitni rivojlantirishga intilmoqda. Ushbu loyihaning ilk sonida TOKCHA startapi haqida so‘z boradi.

TOKCHA — talabalar va o‘quvchilar uchun bilimni qulay va arzon usulda olish imkonini yaratuvchi platforma bo‘lib, hozirda 1,6 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Loyiha AloqaVentures tomonidan 20 000 dollar sarmoya olgan va Startap Garage akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Unga Murodillo Ismoilov asos solgan.

Loyihaning to‘liq videosini tomosha qiling va ilhomlaning: https://youtu.be/Kz1n5r-lk-Y

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekiston terma jamoasiga bugungi oʻyinda faqat va faqat gʻalaba tilaymiz!

Hayitga zoʻr hayitlik boʻlardi.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал