Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Sport bilan shugʻullanish zoʻr, ammo darsni boʻlishga rektorning ham, vazirning ham, undan kattasining ham haqqi yoʻq.
Nima ahvol bu? Kim u darsni boʻladigan vallomatlar? Talabalar shuning uchun kontrakt toʻlayaptimi?
@masofatalim
Velosipeddagi oʻgʻil bola emas, qiz bola. Taxminan 18-20 yosh atrofida edi. Yetkazib berish xizmatida ishlab, tirikchilik qilmoqda.
U halol mehnat qilyapti. Lekin bu holatni kuzatib turib, odam biroz gʻalati boʻlib ketdi. Negaligini ifodalashga soʻz yetmayapti.
@masofatalim
Yangi ruhiyatdan ilhomlanib orzu qil: yoshlar oyligi vodiyda!
2-iyun kuni Andijon, 3-iyun kuni Farg‘ona, 4-iyun kuni esa Namangan viloyatlarida yoshlar bayrami juda yuqori atmosferada o‘tkazilibdi.
Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlikka targ‘ib qilish, intellektual o‘yinlarga jalb etish, sun’iy intellekt va zamonaviy kasblar kabi muhim yo‘nalishlardagi loyihalar ko‘paytirilib, gala-konsertlar ham tashkil etilmoqda.
@masofatalim
@masofatalim kanali adminlariga endi hech qanday Telegram botsiz toʻgʻridan toʻgʻri yozish mumkin.
Maxfiylik Telegram tomonidan kafolatlangan.
O‘zbekistonda yoshlar oyligi boshlandi
Yoshlar oyligining bu yilgi mavsumida mazmun-mohiyat jihatdan eng ko‘p urg‘u ilm-fanga qaratildi. Bunda yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlikka targ‘ib qilish, intellektual o‘yinlarga jalb etish, sun’iy intellekt va zamonaviy kasblar kabi muhim va foydali yo’nalishlardagi gala-konsertlar ham tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar oyligi Andijon viloyatida tantanali start oldi!
@masofatalim
YouTube tarmogʻida “Ibrat kashfiyotlari”ni kashf qildik. Juda zoʻr loyihani yoʻlga qoʻyishibdi. Bu orqali loyiha ijodkorlari oxirgi paytlarda davlat rahbari ham alohida e’tibor qaratayotgan milliy kontent yaratishga va uni boyitishga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda, deb bemalol aytish mumkin.
Foydali, mazmunli, haqiqiy ibrat kontentlar. Misol uchun:
- Paxta dalasida qo'lidan ayrilishiga bir bahya qolgan Ustoz ayol;
- "Soqov"ligi sabab otasi tashlab ketgan hikoyanavis bolakay;
- Qishloq mehnatidan ortib, o'nlab loyihalarda ishtirok etayotgan maktab bitiruvchisi;
- Otasi nonvoy bo'lgan wunderkind bola;
- Direktoridan tortib, qorovuligacha xorijiy tillarni o'rganayotgan Baxmal maktabi va boshqa taqdir-u hikoyalar "Ibrat farzandlari"ning "Ibrat kashfiyotlari"da.
Barchasini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin👇
ibratkashfiyotlari?si=zGzkELBuNH7q93vQ" rel="nofollow">https://youtube.com/@ibratkashfiyotlari?si=zGzkELBuNH7q93vQ
Стартап ғояси борми? Инвесторлар сизни тинглашга тайёр!
Қашқадарёда ўтказилган “Инвесторлар куни” ёшлар учун фақат танишув эмас, балки реал имкониятлар майдони бўлди. Ёшлар ўз ғояларини инвесторларга тақдим этиб, фидбэк ва маслаҳатлар олди.
Yammiy, Aqlli maktab, Karmon AI каби истиқболли лойиҳалар танлаб олиниб, уларга венчур молиялаштириш таклиф қилинди. Уларга сармоя киритаётганлар орасида "AloqaVentures" ва "Imkon Ventures" каби фондлар бор.
Ушбу тажрибадан нима хулоса?
👉Ғоянинг ўзи етарли эмас — тақдимот маданияти, нетворкинг ва тайёргарлик муҳим;
👉yoshtadbirkorlar.uz платформаси сизга тайёр бизнес режа шаблонлари, AI орқали шахсий лойиҳа тайёрлаш ва имтиёзли кредитларга чиқиш имкониятини беради;
👉Ҳар ойда бундай тадбирлар бошқа ҳудудларда ҳам бўлиб ўтади. Бу — фақат бошланиши, имкониятлар олдинда.
“Ёшлар бизнеси” дастури орқали банк томонидан Қашқадарё ёшлари учун 33,2 млрд сўм кредит ажратилган. Демак, нафақат ғоя, балки молиявий ресурс ҳам бор.
@masofatalim
Ayni vaqtda Talabalar festivali doirasidagi “Talaba Expo – 2025”ning 3-kun tadbirlari start oldi.
Jarayonlarni Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qilish mumkin!
📹 YouTube va Facebook
Andijon davlat texnika instituti va Namangan davlat texnika universitetiga kim rektor bo‘lishi haqida so‘rashibdi. Hozircha bular ma’lum emas, hali Vazirlar Mahkamasiga imzoga ham kirmagan.
@masofatalim
2024-yilda eng ko‘p sof daromad olgan TOP-10 davlat oliy ta’lim muassasalari
@masofatalim
Shirin Abdullayevaning yorqin xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film ishlandi
Juda ko‘plab xalqaro tanlovlar g‘olibi, yuksak iqtidor egasi, “Zulfiya” mukofoti sovrindori, marhuma SHIRINning mazmunli hayot yoʻliga bagʻishlangan hujjatli filmni 21-may kuni soat 20:40 da “Yoshlar” telekanalida tomosha qilish mumkin.
@masofatalim
Hukumat qarori bilan Dilnoza Shavkatovna Xodjayevna Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
@masofatalim
Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimidan boʻshatildi.
@masofatalim
Tashqaridan darsni boʻlish, afsuski, kamdan kam uchraydigan holat emas. OTMlarda tiqilib yotibdi. Nazorat qiladigan odam yoʻq.
Balki bu holatlardan muhtaram vazirimiz va ularning jamoalari bexabardir, kim bilsin. Balki ular ham tuzukroq yangiliklar qila olmay, sekin “uyqu”ga ketishni boshlagandir.
Ta’lim sifatini oshirishni osmondan emas, yerdan boshlash kerak.
@masofatalim
AloqaBank ta’lim va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startap yo‘li” nomli media loyihani amalga oshirdi.
Bank moliya va texnologiyani birlashtirgan ushbu yangi format orqali startaplarni qo‘llab-quvvatlash va investitsion muhitni rivojlantirishga intilmoqda. Ushbu loyihaning ilk sonida TOKCHA startapi haqida so‘z boradi.
TOKCHA — talabalar va o‘quvchilar uchun bilimni qulay va arzon usulda olish imkonini yaratuvchi platforma bo‘lib, hozirda 1,6 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Loyiha AloqaVentures tomonidan 20 000 dollar sarmoya olgan va Startap Garage akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Unga Murodillo Ismoilov asos solgan.
Loyihaning to‘liq videosini tomosha qiling va ilhomlaning: https://youtu.be/Kz1n5r-lk-Y
@masofatalim
Oʻzbekiston terma jamoasiga bugungi oʻyinda faqat va faqat gʻalaba tilaymiz!
Hayitga zoʻr hayitlik boʻlardi.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanali toza reklamachi kanalga aylandi-yu, a?
Faoliyatlari goʻyoki tadbir, tadbir va yana tadbir; reklama, reklama va yana reklamadan iborat boʻlib qolgandek.
Besh yildan beri ilk marta ularning kanalidan chiqib ketdik. Oʻqishga arziydigan narsalari qolmadi. Barchasi zerikarli.
@masofatalim
Partiyaga yaxshi bitta kopirayter kerak ekan. Birinchi abzast mutlaqo tushunarsiz.
@masofatalim
Va nihoyat, stipendiyalar 10 foizga oshiriladi.
Masalan, 500 ming stipendiya oladiganlarniki endi 550 ming boʻladi.
Himmatingizni cheki yoʻq, Jamshid Anvarovich😁
@masofatalim
Yangi iste’dodlar fabrikasi
Bo‘zatov festivali yangi-yangi iste’dodlarni kashf qilishda allaqachon o‘z o‘rniga ega loyiha bo‘lib ulgurdi.
Unda har yili san’atga oshno yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, yurtimiz va xalqaro maydonlarda nom qozonyapti.
Ayni paytda Bo‘zatov festivalining bu yilgi mavsumi hududiy bosqichi yakunlandi. Yangi mavsumda yana 36 nafar iqtidor egalari aniqlanadi.
Tanlovning respublika bosqichi 3-7-iyun kunlari ilk marotaba Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Yangi iste’dod egalari va yulduzlar kashf etilishiga oz qoldi!
@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligi mas’uli viloyat hokimiga oʻrinbosar boʻldi
Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
@masofatalim
“Yoshlar ichida siz avtoritetsiz”
Otabek Umarov “Talabalar festivali — 2025”da ishtirok etdi.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabati
/channel/nazokat_abdukunduzova/13379
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar va yechimlar bir joyda
AloqaBank Farg‘onada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Maqsad — ularning muammolarini eshitish, moliyaviy imkoniyatlar bilan tanishtirish va amaliy yechimlar taklif qilish.
Kredit olishdagi qiyinchiliklar, kafillik, ta’minot kabi masalalarga mutaxassislar javob berishdi. Faktoring xizmatlari, mikroqarzlar, imtiyozli dasturlar haqida aniq tushuntirishlar berildi.
Ayniqsa, “Yoshlar banki”, “Biznesga birinchi qadam” kabi loyihalar orqali yoshlar uchun 100 million so‘mgacha mikroqarz olish imkoniyati ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Bu kabi uchrashuvlar moliyaviy savodxonlikni oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Reklama
@masofatalim
“Kolxoz” raisi ishdan olinib… tuman hokimi etib tayinlansin, deganday boʻldi-da😁
@masofatalim
Bazarov Orifjon Shadiyevich Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori lavozimidan ozod etildi.
@masofatalim
Tez orada Abduqodir Toshqulov prorektorlaridan biri Termizdagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga rektor boʻlishi kutilmoqda.
@masofatalim