Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Qoraqalpog‘iston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlayotgan Batirbek Tulipbergenovich Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori etib tayinlanishi kutilmoqda.
@masofatalim
❗️Toshkent davlat agrar universitetining ikki nafar prorektori sudlanmoqda
2024-yil 30-sentabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida yirik yong‘in yuz bergan edi. Mazkur ish doirasida universitetning o‘sha paytdagi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori Sohib Islamov va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Dilshod Mamadiyarov Jinoyat kodeksining 207-modda 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 257-modda 2-qismi b-bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 259-modda 2-qismi b-bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha sudlanmoqda.
@masofatalim
Unutilmas va takrorlanmas “Talabalar festivali” qizgʻin pallada!
Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” oʻtkazilmoqda.
Tashkilotchilar tomonidan festival doirasida yoshlar uchun bir-biridan zoʻr loyihalar, qiziqarli tanlovlar va eng muhimi, juda koʻplab foydali imkoniyatlar yaratilibdi. Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish uchun: @yoshtanlovibot
Mana buni festival desa boʻladi. Mohiyati juda yaxshi oʻylangan. Quruq tadbirlardan emas, imkoniyatlarga boy loyihalar asosida tashkil etilibdi. Bunda yoshlardan doimgidan ham faol boʻlish va ishtirok etish talab etiladi, xolos.
@masofatalim
Tuzatish
Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining stat.edu.uz saytida Oʻzbekistondagi OTMlar soni 203 ta koʻrsatilgani toʻgʻri ma’lumot ekani xabar qilindi.
Qoʻshib yuborilgan OTMlarning Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan bogʻliq masalalari borligi sabab ularning guvohnomasi hozircha aktiv turgani, keyinchalik bu ham oʻzgarishi aytildi.
Ular tarafdan toʻliq ma’lumot berildi va markazga hech qanday e’tiroz qolmadi.
Lekin ochiq ma’lumotlar portali — data.egov.uz saytida OTMlar soni 208 ta turibdi.
UPD: data.egov.uz saytidagi ma’lumot ham yangilandi.
@masofatalim
Ko‘k jiguli, ko‘m-ko‘k jiguli, eslatadi sevgimizni eh jiguli...
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ozodaning konsertiga 434 ta (1-lot, 2-lot) chipta sotib olibdi. “Bravo Music” MChJdan esa 250 ta chipta xarid qilingan. Firma direktori Davron Kabulov ekaniga qaraganda, bu “Million”ning konsertiga, shekilli.
Talabalar bir maza qilib madaniy hordiq chiqarsin, deyishibdi-da.
@masofatalim
“Korrupsiya — jinoyat”, deya baralla gapirdi u.
Oradan 3 oy oʻtar-oʻtmas 30 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi u.
@masofatalim
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ertalab soat 6:30 da universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda badantarbiya qilibdi.
@masofatalim
“Mening yurtim” telekanalida Turkiyadan eksklyuziv suhbat: “Izlarim” koʻrsatuvining ijodkorlari Choliqushi — Aydin Shenerdan intervyu olishibdi. Ushbu suhbat bugun, 11-may kuni soat 22:10 da “MY5” telekanalida efirga uzatiladi.
@masofatalim
Oliy ta’lim vaziri sirtqi ta’limning yopilishini “zamonaviy talablarga javob bermaslik” bilan izohladi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni e’tiborga olinganmi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermasligini” ma’lum qildi. Shundan bir necha kun o‘tib, Prezident farmoni bilan sirtqi ta’lim tugatildi. Qonunda esa bu hali ham saqlanib turibdi. Aslida, qonun hamma narsadan ustun, agar OTMlar sirtqiga qabulni davom ettiraversa ham (fantastik hayol), bu qonunga zid bo‘lmaydi.
Sirtqi ta’limning yopilishi esa bir qancha muammolarni yuzaga chiqaradi:
Birinchidan, o‘qituvchilarning ishsizligi va oyligiga bu jiddiy ta’sir qiladi. Chunki kunduzgi ta’limda ishlayotgan o‘qituvchilar orasida sirtqi ta’limda o‘qiydigan talabalarga dars beradigan ko‘plab ustozlar topiladi. Ular endi bundan mahrum bo‘ladi.
Ikkinchidan, kontrakt narxi oshishi va texnikumlarga talab ortishi kuzatilishi mumkin. Buni tushunish ko‘pam qiyinmas. Ikkita ariqda oqayotgan suvning bitta arig‘i yopilsa, suv majbur bitta ariqdan oqadi, ko‘proq oqadi. Buni sun’iy intellekt ham aytdi. Kontrakt oshsa, ehtimol, ko‘pchilik texnikumlarni afzal bilar.
Uchinchidan, 2017-yilda sirtqi ta’lim bejiz ochilmagan. Buning asl sababi — o‘zbekistonlik yoshlar qo‘shni davlatlarga, ayniqsa, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga qarab ketib qolayotgandi. Valyutaning chiqib ketishini oldini olish uchun ham sirtqi ta’limga ruxsat berib yuborilgan (bu ma’lumot hali hech qayerda tan olinmagan, eksklyuziv). Albatta, bu o‘z natijasini ko‘rsatdi, qo‘shni davlatlarga ketayotgan yoshlar oqimi keskin kamaydi. Buning yana bir sabablaridan biri — nodavlat OTMlar soni ham ko‘paygani bilan bog‘lash mumkin.
Savol tug‘iladi: sirtqi ta’lim zamonaviy talablarga javob bermasa, 2017-yilda nega ochildi? Oradan 8 yil o‘tdi. Bu nuqtadan kelib chiqilsa, shu 8 yil ichida ta’limning bu shaklida o‘qiganlar talabga javob bermaydigan mutaxassis hisoblanishadimi?
To‘rtinchidan, sirtqi ta’lim qonunda turibdi. Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” deb yozib qo‘yilgan. Endi qonunda bor narsani farmon bilan qanday qilib yo‘qqa chiqarilmoqchi?
Bu sirtqi ta’limning yopilishi haqidagi ayrim mayda fikrlar, xolos. Chuqurroq qaralsa, ko‘p masalalar ochiq turibdi. Yangi ochilgan ta’lim agentligining vakolatlari va farmon bo‘yicha esa ko‘p bahsli joylar mavjud. Ularga keyinroq to‘xtab o‘tiladi.
Monopoliya hidi kelmoqda. Nodavlat OTMlarni bankrot qiladigan, litsenziyasini bekor qilish esa yanada osonlashadigan ishlar. Davlat biznesga aralashishi kerakmas, unga yordam berishi kerak.
Hamma gaplar IMHO.
@masofatalim
“...O‘zgarishlarni prezident uchun emas, xalq uchun qilish kerak” — Islom Karimov
9-may — Xotira va qadrlash kunida marhum birinchi prezidentni yodga olamiz.
@masofatalim
Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
@masofatalim
Tasdiqlandi. Adham Xudoyqulov Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi.
@masofatalim
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Universitet rektori Gulchehra Rixsiyevaning ma’lum qilishicha, Telegram messenjerida uning nomidan firibgarlar soxta akkaunt ochib, feyk xabarlar tarqatmoqda.
Bu xabarlarga ishonmaslik soʻralgan.
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olishi aytilgan hindistonlik talabaning murojaati tarqagandi. Holatni shaxsan o‘rganish maqsadida, 6-may kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent tibbiyot akademiyasiga boribdi va hindistonlik talabalar bilan ochiq muloqot qilibdi.
@masofatalim
Turin politexnika universiteti talabasi gihoyvand moddalar sabab 7 yilga qamaldi
Oliy sud ochiq portalida keltirilgan sud qarorida aytilishicha, Turin politexnika universiteti 4-bosqich talabasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan.
2024-yilning 6-avgust kuni DXX, IIV va Toshkent shahar IIBB Giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir jarayonida uning vaqtinchalik yashash xonadondan 7 dona alohida qadoqlangan jigar rangli, o‘tkir xidli, mumsimon moddalar, bir dona qog‘oz o‘ramidagi jigar rangli, o‘tkir xidli, mumsimon modda, giyohvandlik vositalarini qadoqlash vaqtida o‘lchashga mo‘ljallangan 1 dona elektron tarozi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
@masofatalim
Sherzod Qalandarovich Ne’matov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
Bunga qadar u Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.
@masofatalim
“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi” joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.
“Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas”, deyiladi vazirlik xabarida.
@masofatalim
2017-yilda Toshkent shahri, Furqat koʻchasi 2-uy manzilida joylashgan Barkamol avlod bolalar respublika badiiy ijodiyot markazi buzib tashlangan. Oʻrniga Tashkent City qurildi, markazning joyida esa Ortiqxoʻjayevning qiziga tegishli xususiy maktab qad rostladi.
Shu yerda qancha bolalar hunar oʻrganardi. Til kurslari va eng yaxshi oʻquv markazlardan biri — “Navoiy” ATM joylashgan edi. Oʻz paytida tengi yoʻq “Abituriyent” gazetasining tahririyati ham shu binoda oʻtirardi.
Joylashuvi juda qulay joyligi uchun ham doim gavjum boʻlgan. Buzilishdan keyin bir necha yil sarson yurishdi, yaqinda bilsak Chilonzor tumanining chetroq joyida qoʻnim topishibdi.
“Abituriyent” gazetasi chiqmay qoʻydi, “Navoiy” oʻquv markazi esa tarqab ketdi.
Bunday markazlarni buzish emas, qurish kerak edi, afsus.
Rasmdagi yangilikni koʻrib, shu esga tushib ketdi.
@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligining yuzaki raqamlashtirishi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan stat.edu.uz sayti qilingan. Ushbu saytda O‘zbekistondagi barcha mavjud OTMlar soni 203 ta ekani ko‘rsatilgan.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan esa data.egov.uz ochiq portali ishlab chiqilgan. Bu platformaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi joylagan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha mavjud OTMlar soni 208 ta ekani ko‘rsatilgan.
Vazirlik Axborot xizmati rahbari 2024-yil dekabr oyida brifing qilib, respublikadagi OTMlar soni 208 ta ekanini aytgan. O‘rtadagi farq – 5 ta. Demak, vazirlik huzuridagi markaz tomonidan qilingan stat.edu.uz saytida ma’lumotlar o‘z vaqtida yangilanmaydi. Oddiy OTMlar sonida eski ma’lumot bo‘lsa, undagi boshqa ma’lumotlarning yangiligi va aktualligiga qanday ishonish kerak?
Bundan roppa-rosa bir hafta kam bir yil oldin vazirlik ushbu platforma va undagi imkoniyatlar haqida e’lon qilgandi.
Kulgulisi, platformaning tagiga “Ma’lumotlar real vaqt rejimida HEMIS axborot tizimidan olinmoqda” deb yozib qo‘yilgan. Shunda HEMISda ham noto‘g‘ri ma’lumotlar bormi?
@masofatalim
Moliya instituti talabasi psixotrop modda sabab 1,5 yilga ahloq tuzatish ishlariga hukm qilindi
Oliy sudning ochiq portalida e’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Moliya institutining 3-bosqich talabasi Telegram messenjeri orqali o‘zining iste’moli uchun giyohvand modda sotib olgan.
Shundan so‘ng, u Yunusobod tumanidagi “Megaplanet” savdo majmuasi oldida bo‘lib turgan vaqti ichki ishlar xodimlarida shubha uyg‘otib, xolislar ishtirokida tekshirilgan payti uning oldidan 5 000 so‘mlik pulga o‘ralgan noma’lum modda topilgan. Labaratoriya tekshiruvlari natijasida bu psixotrop modda ekani (0,12 g “Mefedron”) aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ayblov hukmi bilan u JKning 276-moddasi 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan JKning 57²-moddasi tartibida, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yil 6 (olti) oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
@masofatalim
“MY5” telekanali bosh direktori Qobuljon Axmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi. Ushbu birlashmaga “Yoshlar” telekanali va radiosi hamda “Navo” telekanallari qaraydi.
Qobuljon Axmedov boshchiligida juda ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. U kishi har doim yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, ularga imkon beradigan ajoyib rahbar.
Bundan tashqari, Q.Axmedov badiiy rahbarligi va prodyuserligida ham ko‘plab sifatli media mahsulotlar, milliy kontentlar, ayniqsa, yuqori saviyadagi kino va seriallar ishlangan.
@masofatalim
Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!
O‘zbekistondagi minglab iste’dod egalarini jalb qila olgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov Fest” yoshlarni chorlaydi!
Mega loyihaning tuman bosqichlari 15-20-may kunlari, hududiy bosqichlar 25-30-may kunlari, respublika bosqichi esa 3-7-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Opera, an’anaviy ijro, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta yosh toifasida iste’dodlar bellashadi.
Final bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan, 3-o‘rin sohiblari 20 million so‘mdan, 2-o‘rinni egallaganlar 30 million so‘mdan, 1-o‘rin g‘oliblari esa 50 million so‘mdan pul mukofotlariga ega bo‘lishadi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Batafsil ma’lumot uchun mahallalardagi yoshlar yetakchilari va Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin!
@masofatalim
“Part-time education” — qonunda yo‘q narsa
Ba’zi manbalarda “part-time education” ta’lim shakli reklama qilinmoqda. Lekin qonunda bunday ta’lim shakli mavjud emas. Amaldagi qonunda (O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son) kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari bor. Xo‘sh, qonunda yo‘q narsaga qabul qanday amalga oshiriladi? Yoki parlamentimiz bir uxlab turgunimizcha “part-time education” ta’lim shaklini qonunga kiritib, ma’qullab beradimi?
@masofatalim
Toshkent davlat transport universiteti talabasi giyohvand modda sabab javobgarlikka tortildi
Sud qarori bilan Toshkent davlat transport universitetining 2-bosqich talabasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi va 274-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Gap shundaki, u 3 nafar tanishini giyohvand modda iste’mol qilishga qiziqtirib, 2024-yil 6-oktabr kuni kechasi soat 02:45 da “Matiz” rusumli avtomobilda o‘tirgan payti ichki ishlar xodimlarida shubha uyg‘otgan. Xolislar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilganda oldidan 1,24 gramm miqdorda gashish giyohvandlik moddasi topilgan.
Sudda ayblanuvchi aybiga qisman iqror bo‘lib, bir oydan beri giyohvandlik moddalarini iste’mol qilib kelayotganini bildirgan.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsiyevalar “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
@masofatalim
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti rektori lavozimidan boʻshatildi.
@masofatalim
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi psixotrop modda sabab javobgarlikka tortildi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti energetika muhandisligi fakultetining 1-bosqich talabasi yonidan 2,66 gramm miqdorda psixotrop modda chiqqan.
U bu moddani yo‘ldan topib olganini, sotish niyati bo‘lmaganini, qiziqish tufayli o‘zi endi iste’mol qilib ko‘rmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Sud qarori bilan ushbu talaba JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
@masofatalim
Aytishlaricha, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga Adham Xudoyqulov tayinlanishi kutilmoqda.
@masofatalim
❗️Sirtqi ta’lim shakliga qabul butunlay tugatildi. O‘rniga muqobil ta’lim shakllari paydo bo‘ladi.
@masofatalim
Ayrim vallomat prorektorlarni yerga tushirish kerak.
@masofatalim