Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
AOKAning matbuot kotiblari reytingida agentliklar ichida Yoshlar ishlari agentligi matbuot kotibi ham yuqori oʻrinda qayd etilibdi.
Agentlik matbuot kotibi Nodir Abduqodirov va jamoasi aslida birinchi oʻringa ham loyiq edi. Hamisha tezkor ishlaydi. Har qanday OAVga doim ochiq.
Yoshlar bilan bogʻliq har qanday masala hech qachon ochiq qolmaydi.
Bu reytingni nafaqat matbuot kotiblariga, balki tashkilotlarning birinchi rahbarlariga ham qoʻyilgan baho, deyish mumkin. Chunki rahbar qanday boʻlsa, jamoa ham shunday shakllanadi.
@masofatalim
Vazir ma’lum qatlamga noutbuk tarqatishi yoki kontrakt to‘lab berishi emas, tizimli masalalar bilan shug‘ullanishi kerak
Tarmoqqa sizdirilgan xabarda bir talabaga vazir kontraktini to‘lab berib, noutbuk ham sovg‘a qilgani haqida so‘z boradi. Ko‘pchilik buni “zo‘r-ku” deyishi mumkin. Lekin ko‘pam unday emas.
Davlatning yordam mexanizmlari bor. “Daftarlar” tizimi ishlab turibdi. Banklar qizlarga imtiyozli ta’lim kreditlari beryapti. Kontraktda o‘qish avvalgidek qiyin jarayon emas.
Umuman, noutbukli bo‘lishni xohlaydigan, kontraktiga yordam qilinishi kerak bo‘lgan minglab talabalar topiladi. Bitta vazir hammasiga bu tomonlama yordam bera olmaydi.
Shunday ekan, bu kabi masalalarda muammolar bo‘lsa, tizimli yechimlar ishlab chiqilishi kerak. Vazirning asosiy vazifasi 1-2 ta talabaga kontraktini to‘lab berish yoki noutbuk sovg‘a qilish emas, kattaroq masalalar bilan shug‘ullanish bo‘lishi kerak.
Hay, mayli, yordam qilibdi. Savobga yoyamiz. Va aniq savolga o‘tamiz: bir necha yillardan beri talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmayapti. Oliy ta’lim vazirligi Qo‘chqorov va undan kattaroqlar bilan bu masalalarni muhokama qilyaptim? Takliflar ishlab chiqildimi? Stipendiyada qachon o‘zgarish bo‘ladi? Yoki ungacha vazirning o‘zi o‘zgarib ketadimi?
Masalan, muammo aniq — stipendiya. OTMlar kredit-modul qilib talabalardan to‘lovni olyapti. Ko‘pchilik OTMlarga esa moliyaviy mustaqillik berildi. Endi mana shu joyda stipendiyani ham OTMlarning o‘zini gardaniga yuklash bo‘yicha ishlar olib borilishiga nima halal beryapti?
OTMlar avvalgidek zararda emas, foydada. Raqamlashtirish reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab yurgan vazirligimiz negadir davlat OTMlarning 2025-yil birinchi choragidagi moliyaviy hisobotlarini e’lon qilmagan. Nafaqat bu yilning birinchi choragi, 2024-yilning oxirgi choragi bo‘yicha ham hisobotni hali ko‘rmadik.
Kattaroq muammolar tiqilib yotibdi. Stipendiyalarda yangilik bo‘lsin, o‘qigan talaba yaxshi stipendiya olishiga sharoit qilinsin. Shunda vazirmi, boshqasimi kontrakt ham to‘lab bermaydi, noutbuk sovg‘a qilishiga ham hojat qolmaydi. Yoshlarning o‘zi qolganini eplab ketadi.
@masofatalim
Raqamli “Aloqabank”dan reklamani “momosi”: karnay-surnaylar bilan avtobusda mahallabay yurib, yoshlarga kredit taklif qilishyapti 😁
@masofatalim
2025-yil dekabr oyiga qadar “Oliy ta’lim muassasalari moliya tizimi” axborot tizimi ishga tushiriladi. Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan 1 mlrd 850 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bajaruvchi tender orqali aniqlangan.
@masofatalim
Darvoqe, uchta OTM negizida bitta Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilayotgani rektor ham bitta bo‘lishini anglatadi. Xuddi “narxoz” kabi.
@masofatalim
❗️Tuzatish: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2 ta emas, 3 ta OTM o‘rnida yagona tibbiyot oliygohi tashkil etilmoqda.
@masofatalim
Shahnoza Mirziyoyeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari — kelajak ijtimoiy xodimlari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
“Rostini aytsam, men bu uchrashuvdan ruhlangan holda chiqdim. Chunki mening oldimda betaraf bo‘lmagan, aqlli, maqsadga intilayotgan, yaxshilikka o‘zgartirish kiritishni xohlovchi avlod borligini ko‘rdim”, deb yozdi Sh.Mirziyoyeva.
@masofatalim
Garvard universiteti AQSh prezidenti administratsiyasini sudga berdi
Garvrard universiteti AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati universitetni 2,2 milliard dollarga moliyalashtirishni muzlatib qo‘ygani uchun sudga berdi. Bu haqda universitet prezidenti Alan Garber ma’lum qildi.
“Biz moliyalashtirishni muzlatib qo‘yishni bekor qilish uchun sudga murojaat qildik, chunki bu noqonuniy va hukumat vakolatlari doirasidan tashqarida amalga oshirilgan”, - dedi Garber.
O‘zMPU tashkil etiladi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga aylantiriladi. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi — prezident
@masofatalim
Bir necha yil avval ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan mana shu video kimning esida bor? Bugun fantastik final ko‘rsatib, Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston U17 terma jamoasining murabbiyi aynan shu Islombek Ismoilov bo‘ladi.
Fidoyilik va mashaqqatli mehnati uchun murabbiyga ham alohida minnatdorchilik bildirish kerak!
@masofatalim
Hakam 8 daqiqa qo‘shib berdi.
P.S.: Chindan ham faqat gol urib bermadi, xolos :)
@masofatalim
Muhrim A’zamxo‘jayev (#):
O‘smirlarimiz Osiyo chempionati finalida 9 kishi bo‘lib, mezbonlar Saudiyani 1:0 hisobida mag‘lub etyapti, hozircha. Saudiyalik darvozabon: “Sudya aka, ikkinchi taymda nimadir o‘ylab toping endi”, demayotgan bo‘lmasa edi :)
@masofatalim
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 6-maktab o‘qituvchisi Durdona Muhammadiyeva 18-aprel kuni toifa sinovlariga olti oylik chaqalog‘i bilan kelib, 92 ballni qo‘lga kiritibdi.
Oliy toifa, ustozlik va onalik mas’uliyatini birdek eplayotgan jasoratli o‘qituvchi!
@masofatalim
Mas’ullar qayerga qarayapti?
Xorazmda 7-sinf oʻquvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani haqidagi xabarlarga Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildiribdi.
Unda aytilishicha, bu qiz 7-sinfda oʻqiyotgan payti, ya’ni 2024-yil 24-noyabrda ota-onasining arizasiga koʻra, Xorazm viloyati Bolalar masalalari bo‘yicha Urganch shahar komissiyasining 162-sonli qarori va ushbu qaror asosida 2024-yil 3-dekabrdagi maktab buyrug‘i bilan o‘quvchilar safidan chiqarilgan.
Shundan so‘ng voyaga yetmagan qiz ota-onasi bilan uzoq muddatga doimiy yashash maqsadida 2024-yil dekabr oyida Sankt-Peterburg shahriga chiqib ketgan, joriy yil fevral oyida esa O‘zbekistonga qaytib kelgan. Biroq ota-onasi yoki tegishli tashkilotlar tomonidan maktabga xabar berilmaganligi aniqlangan.
Achinarlisi, bu o‘quvchi bugungi kunda hech bir maktab ro‘yxatida qayd qilinmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Maktablarda o‘quv yili tugashiga bir oy qoldi. Shu reyd bo‘lmaganda voyaga yetmagan qiz maktabga bormay, raqqosalik qilib yuraverarmidi shunda? Anavi budjetdan oylik olib o‘tirganlar, ayniqsa, xotin-qizlarga mas’ullar qayerga qarayapti?
@masofatalim
SHOSHILING. YIL CHEGIRMASI
⭕️RUS TILI⭕️
📲Darslar yopiq guruhda bo'lib o'tadi.
⌨️Darslar yozib olinib guruhga tashlab beriladi. (Ma'lumot uchun darslar tayyor video dars shaklida guruhga yuboriladi)
✍️Lug'at darslari esa quiz test ishlanadi.
❗Har bir uyga topshiriqlar ustozlar nazoratida tekshiriladi!
💸Narxi 50.000 so'm 1oy uchun
🔴Agar hohlasangiz probnik dars tashlab beriladi. To'lov oldindan 1oy uchun 50.000 so'm to'lanadi.
📆Dushanba chorshanba juma kunlari 21.00da dars tashlab boriladi yopiq guruhga.
📞Murojaat uchun
@Diamond_education_admin
📌Obuna bòling👇👇👇
@Rus_online_edu
AOKA e’lon qilgan matbuot kotiblari reytingida vazirliklar ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinni olibdi.
Joyi kelsa qattiq tanqid qilamiz-u, lekin oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati rostan ham bunga loyiq. Istagan soatda ularga yozsak, erinmay javob berishadi.
Albatta, bahslar boʻladi, e’tirozlar ham qilib turishadi, bu normal holat. Lekin ularning ochiqligi, tezkorligi va toqatliligini ham oʻrni kelganda e’tirof etish kerak.
P.S.: Bu chin dildan maqtov. Buni uzoq davom ettirsa ham boʻladi, ammo samimiylik yoʻqolmasin. Qisqa qilib aytganda, ular birinchilikka loyiq.
@masofatalim
Islom Karimov: “Ulardan [Rossiyadan] o‘rganadigan narsa yo‘q”
Sobiq “Kamolot” YIH raisi Bahodir G‘aniyev Facebook’da yozmoqda:
“...Kamolotga raislik qilgan davrimda bir necha bor Rossiyaning Soyuz Molodeji (Yoshlar Ittifoqi) tashkiloti rahbaridan xat kelgandi, uchrashaylik, hamkorlik qilaylik degan.
Shunda biz Prezident devoniga murojat qilgandik, maslahat so’rab. Shunda davlat rahbaridan javob kelgandi - ulardan o’rganadigan narsa yo’q, unga kerak bo’lsa kelib o’rganib ketsin degan”.
@masofatalim
“Noto‘g‘ri o‘tkazilgan tanlov”
Darvoqe, oliy ta’lim vazirligi ichki audit boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasiga ko‘ra, Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining 1,9 mlrd so‘mlik tenderi bekor qilingan ekan.
@masofatalim
❗️Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘rnida yagona Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishiga doir Prezident qarori (to‘liq hujjat).
@masofatalim
2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Toshkent davlat tibbiyot universitetida davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.
@masofatalim
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi. Bu haqida Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
⁃ Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi.
⁃ Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi.
UPD: Xabar to‘ldirildi.
@masofatalim
Qimorni faqat o‘ynatgan yutadi. Yoshlar orasida ham juda ko‘plab uchrayapti. Kimdir shu yo‘lda bo‘lsa, qaytish kerak. Boshqa gap yo‘q. Bu yo‘lning oxiri hech qachon yaxshilik bilan yakun topmagan.
Yoshligimizda TVda giyohvand moddalarga qarshi juda ko‘p targ‘ibot materiallari efirga uzatilardi. Mana shularning o‘zi xulosa qilishga yetarli bo‘lgan.
Hozir zamon tezlashib ketdi. Yoshlar orasida psixotrop moddalar iste’moli, onlayn qimorga berilib ketganlar tiqilib yotibdi. Bugun TVdan ko‘ra ko‘pchilik internetda o‘tiribdi. Buning kuchidan esa unumli foydalanilmayapti, nazarimizda.
Yoshlarga psixotrop moddalar va onlayn qimorning oqibati yaxshilik olib kelmasligini uqtiradigan kontentlar yetarli darajada emas. Ko‘rmayapmiz. Kreativ formatda kimdir signal berishi, ogohlikka chaqirish kerak.
@masofatalim
Direktor bo‘lish narxi — $3000
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirlarda Toshkent shahridagi tumanlardan birining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisini maktab direktori lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Demak, poytaxtdagi maktabga direktor bo‘lishning “stavka”si o‘rtacha — $3000 ni tashkil etyapti ekan.
@masofatalim
Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-yilgi test sinovlari uchun umumiy adadi 1 350 000 ta bo‘lgan javoblar varaqasiga buyurtma beribdi. Buning uchun agentlik tomonidan ochiq tender o‘tkazilgan.
@masofatalim
Hakam Ahmed al-Shammari arablarga qarab:
“Men qo‘limdan kelganini qilyapman, gol urib beraymi endi?”
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:0
@masofatalim
Кеча "Mening yurtim" телеканали директори Қобулжон Аҳмедовнинг таклифига биноан "Чимилдиқ" фильмининг очиқ премьерасида қатнашдим. Тадбир асносида ҳамкасбларим, устоз-журналистлар, фильм ижодкорлари билан кўришдим.
Фильмда барчамиз оилани муқаддас билишимиз, уни асраб-авайлашимиз кераклиги каби муҳим мавзулар комедия орқали замонавий, барчага тушунарли тилда, ёрқин образлар орқали ёритилган экан. Ёшларимиз ҳақида, оилавий томоша учун яхши фильм бўлибди. Зал томошабинларга тўлган, бир ярим соат вақт кўз очиб юмгудек ўтиб кетди.
Давлатимиз бу соҳага қаратаётган эътибор натижасида томошабинга қизиқарли бўлибгина қолмай, қадриятларимизни тараннум этадиган миллий контент кўпайиб бораётгани хурсанд қилади. Эътиборли жиҳати, ушбу фильм рус, қозоқ ва озар тилларига профессионал дубляж қилиниб, Қозоғистон ва Озарбайжоннинг йирик кинотеатр тармоқларида ҳам намойиш этила бошланган экан. Бу ҳам, ўйлайманки, кинематографимизнинг муҳим ютуғи.
Қолаверса, анъанавий оилавий қадриятларни асраш, жамиятимизнинг энг муҳим бўғини бўлмиш оилани мустаҳкамлаш - давлат сиёсатининг ажралмас йўналиши. "Чимилдиқ"дек фильмлар бу жараёнга ўз ҳиссасини қўшишига ишонаман.
Президентимиз айтганларидек, давлат хизматчилари вақт ажратиб, оила аъзолари, ҳамкасблари билан биргаликда театр ва кинога тез-тез бориб туришлари керак. Бу нафақат ҳордиқ чиқариш, балки бугунги ҳаётимиз, жамиятимиздаги ўзгаришлар ва инсоний қадриятларни яхшироқ англаш имконини беради.
—
Вчера по приглашению директора телеканала “Mening yurtim” Кобулжона Ахмедова принял участие в открытой премьере фильма “Чимилдиқ”. На мероприятии встретился с коллегами, уважаемыми журналистами и создателями картины.
Фильм в жанре комедии на понятном и современном языке затрагивает важную тему — о том, что семья — это святое, и мы все должны беречь и защищать ее. Лента получилась актуальной, яркой и близкой молодежи. Отличное кино для семейного просмотра — полтора часа в зале пролетели незаметно.
Радует, что благодаря вниманию государства к этой сфере становится больше национального контента, который не только интересен зрителю, но и воспевает наши ценности. Примечательно, что фильм был профессионально дублирован на русский, казахский и азербайджанский языки и уже начал демонстрироваться в крупных киносетях Казахстана и Азербайджана. Думаю, это важное достижение для нашего кинематографа.
Кроме того, укрепление традиционных семейных ценностей и института семьи — одно из приоритетных направлений государственной политики. Уверен, что фильмы вроде “Чимилдиқ” вносят свой вклад в этот процесс.
Как справедливо отметил Президент нашей страны, государственным служащим стоит чаще находить время, чтобы вместе с семьей и коллегами посещать театры и кино. Это не только отдых, но и возможность глубже осмыслить современную жизнь, происходящие в обществе изменения и важность человеческих ценностей.
Facebook|Instagram|X
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi
Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat.
@masofatalim
Xorazmda 14 yoshli maktab o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
Holat yuzasidan tungi klub rahbari jazolandi va voyaga yetmagan qiz voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
@masofatalim
404. Post o‘chirildi
Yashasin senzurachilar.
Tanqidga toqating bo‘lmasa, yopiq joyda ishla.
@masofatalim