Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
X (Twitter)dan
Rasmda keltirilgan invoys raqam orqali ushbu ma’muriy bayonnoma tavsifi ochiq joylardan tekshirildi. Bu holat Olmazor tumanida joylashgan yotoqxonalarda sodir bo‘lgan. Chindan ham shonli profilaktika inspektori MtJKning 161-moddasi bilan jarima solgan.
161-modda: “Shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek tozalik va sanitariya tartibini ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik”.
Ruslanbek Davletovga taklif eslatmasi
Bundan 4 yilcha oldin o‘sha paytdagi adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida abituriyentlarga kalkulyator berish masalasi haqida gapirgandik. Chunki u kishi qabul komissiyasi a’zosi ham edi.
2021-yil kanalda e’lon qilingan postda qiziq misol ham keltirganmiz:
“Masalan, D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filialiga 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 24-avgustdan 29-avgustgacha o‘tkazilgan. Ushbu imtihonda qatnashgan abituriyentlarga kimyo fanidan D.I.Mendeleyevning davriy jadvali va hisoblagich (kalkulyator) tarqatilgan”, deb yozgandik.
“Bizni vatanparvarlik ustozimiz ham hozir Amerikada trak haydaydi😁”
@masofatalim
Prezident tashabbusi bilan “yoshlar tayanch banki”ga aylantirilgan AloqaBank yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda
AloqaBank tomonidan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishida “Yoshlar biznesi uchun” imtiyozli krediti e’lon qilindi.
Kredit shartlari:
⁃ Yillik foiz stavkasi: 18,0%
Maksimal summa:
⁃ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – 100 mln so‘mgacha;
⁃ Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1,5 mlrd so‘mgacha;
⁃ Yuridik shaxslar uchun – 5,0 mlrd so‘mgacha.
Mazkur kredit “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.
Ma’lumot uchun, joriy yil fevral oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjat bilan AloqaBank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilishi belgilangandi.
@masofatalim
Toshkent shahridagi Inha universitetining sobiq rektori Djalalov Muzaffar Muxitdinovich Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining raqamli transformatsiya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.
@masofatalim
Kinoshunos emasman-u, lekin soliq to‘lovchi sifatida Kinematografiya agentligining budjetdan bo‘lar-bo‘lmas kinolarga milliardlab pul sarflashi, sarflasa mayli, shunga yarasha tuzuk-quruq kinolar ko‘rmay qo‘yganimiz odamning g‘ashini keltiradi.
Eng katta kinoteatr hisoblanmish, xalq tilidagi “panorama” huvillab yotibdi. Qalang‘i-qasang‘i kinolar bilan odamlarni kinoteatrdan uzoqlashtirishdi, endi milliardlab sarflab ham qaytara olishmayapti. Chunki tuzukroq kino olib, uni eplab taqdim eta olishmayapti.
Yaqinda “Chimildiq” filmining yopiq premyerasi bo‘ldi. Nomiga qarab, bu 18+ kino degan hayolga borish juda noto‘g‘ri. Aksincha, kino milliy qadriyatlarimiz, oilaning muqaddasiligi, ajrimlar borasida juda saviyali kino bo‘libdi.
Yanada quvontiradigani, ijodkorlar bu film uchun budjetdan bir tiyin olmagan, soliq to‘lovchilar puli ishlatilmagan. Mukammal ssenariy, kuchli ma’no, va eng asosiysi, oila muqaddasligi haqida so‘nggi yillardagi eng yaxshi kinolardan biri bo‘libdi, deb bemalol aytish mumkin.
Kinematografiya agentligi shuncha pul bilan eplolmayotgan ishni xususiy kinochilar chiranib bo‘lsa ham amalga oshirishga harakat qilishyapti. Mana shu filmni ko‘rishni barchaga tavsiya etamiz. Chipta puliga achinmaydigan kino. Ijodkorlarga bu yanada qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi.
Mazkur kino haqida yanada batafsil maqolani ushbu havola orqali o‘qish mumkin.
@masofatalim
Instagramda bir bloger operatsiyasigacha bitta klinikani rosa reklama qildi. Keyin o‘zi ham o‘sha joyda operatsiya qilinibdi, shundan keyin hozir klinikadan ham, undagi shifokorlardan ham norozi ekan. Endi paqillatib ularni tanqid qilyapti. Litsenziyang yo‘q, mutaxassisliging boshqa, tuda-suda gaplar, xullas.
Bular xalqqa nimani tavsiya qilayotganini o‘zi ham bilmaydi. Reklama beruvchining soqqasini olsa, jig‘ildoniga ursa bo‘ldi, qolgani bilan ishi yo‘q. Taqdirni qarangki o‘zini ham operatsiya qildirgan ekan, ahvoli yomonlashibdi, endi o‘sha shifokorlarni “k. ochib tashlayman” deb yotibdi.
Reklama qilguncha, odamlarga tavsiya qilguncha tekshirmagan. Balki bunga aqli ham yetmagan, hayoli soqqasini olishda bo‘lgan. Bu betayinlarning reklamasiga ishonib, qancha odam jonini xavfga qo‘yganini Xudo biladi. O‘zini ham shu shifokorlarga topshirgach, qarasa ahvol chatoq, endi tanqid qilish tarafga o‘tib olgan.
Instagramda jittillab yurgan har qanaqa blogerning reklamasiga ishonib ketmang. Ayniqsa, inson salomatligi bilan bog‘liq reklamalarga.
@masofatalim
Bosh raqamlashtirishchilarda qo‘shib yozish, yo‘q narsani yozish uchrab tursa, boshqalardan nima kutish mumkin-a? 😁
@masofatalim
Prezident tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Yoshlar ovozi” — Bo‘zatov FEST respublika tanlovi g‘olibi Yasmina Husniddinova Italiyada bo‘lib o‘tgan “Sanremo Junior” xalqaro tanlovida 25 ta davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida gran-pri sohibi bo‘libdi.
@masofatalim
O‘zbekiston xususiy maktablari orasida ilk bor – Sodiq School o‘quvchisi Harvard’dan 360 000 AQSH dollarlik to‘liq grant qo‘lga kiritdi!
Ma’lum qilinishicha, Jasurbek 9-sinfda Sodiq School’ning ilk o‘quvchilaridan biri sifatida ta’limni boshlagan. U o’quv yillari davomida bilimga chanqoq, mehnatsevar va qat’iyatli o‘quvchi sifatida ajralib turgan. Har qanday qiyinchilikni imkoniyatga aylantirib, maqsad sari dadil intilgan.
P.S.: Bu maktab reklamasi emas, shunchaki xususiy maktabning mehnati hamda yutug‘ini ko‘rib, e’tirof etishni lozim deb bildik. Ustozlariga rahmat!
@masofatalim
“Garov” filmi: qahramonlik, muhabbat va adrenalinga yo‘g‘rilgan drama
27-mart kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Garov” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya va “Biz Media” platformasi hamkorligida yaratilgan.
Ushbu kartina tomoshabinlarga o‘z hayotiy qarashlarini qayta baholash, vatanparvarlik va jasorat tushunchalarini anglashga turtki beradi. Hech shubhasiz, vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat. fidoyilik hamda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda bu kabi filmlarning ahamiyati katta.
Agar siz nafaqat jangovor va ekshn sahnalar, balki inson ruhiyati borasida o‘yga toldiradigan kinokartinalarni ham xush ko‘rsangiz, unda “Garov” filmi aynan siz uchun! Ketgan vaqtingizga achinmaysiz.
Batafsil: https://platina.uz/6fa7d9
@masofatalim
Z avlod kimlar?
Tez-tez “Z avlod” degan narsa quloqqa chalinadi. Ularning kimligiga Wikipedia’dagi ma’lumotlar qisman oydinlik kiritadi.
Z (zed) avlod, shuningdek, xalq tilida zumerlar deya ataluvchi Millennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingi demografik kogorta. Tadqiqotchilar hamda mashhur ommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismi X (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1997-2012-yillar orasida tug‘ilganlar Z avlod deb ataladi.
Yoshligidanoq internet va portativ raqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabki avlod sifatida tariflanuvchi “zumerlar” raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, “internet avlodi”, deb ham atalishadi. Qolaversa, ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar.
P.S.: “Z avlod”ga (1997-2012-yillar) tashlab qo‘yamiz.
@masofatalim
Asaxiy.uz’dan aslo telefon xarid qilmang, IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazib berishmaydi va sarson qilishadi
27-fevral kuni Asaxiy.uz internet do‘koni orqali Novey Senat GSM telefoni buyurtma qilingan. Operator bilan muloqot chog‘ida IMEI’dan muammo bo‘lmaydimi, deb so‘ralgan. Buyurtma olgan operator esa “hech qanday muammo bo‘lmasligi, bir oy ichida IMEI avtomatik ro‘yxatdan o‘tib ketishiga” ishontirgan.
Bugun, 27-mart. Ikkita sim-karta joyi uchun ham UZIMEI’dan ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni edi. Bu post chop etilguniga qadar Asaxiy.uz’ga bir necha marta murojaat qilindi.
Birinchi murojaat telefon orqali bo‘ldi, vaziyat tushuntirildi. Muddat kam qolayotgani aytildi. Operator bir gapni qaytardi: “muammo bo‘lmaydi, bir oy ichida avtomatik o‘tib ketadi”, dedi.
Bir necha kundan keyin ularning Telegram kanali ulangan chatiga yozib murojaat qilindi. Bu safar operatorlar IMEI raqamlarni so‘radi, yozib qoldirildi. Oradan bir necha kun o‘tgach tekshirildi. Yana bir xil natija — ro‘yxatdan o‘tmagan.
Oxiri ularning guruhiga muammoni tezroq hal qilishni, agar muddatida IMEI ro‘yxatidan o‘tkazilmasa, bu haqida kengroq yoritib, boshqalarni ham ogohlikka chaqirishni bildirdik. Shundan so‘ng bir necha marta telefon qilib, turlicha yordam taklif qilishdi.
Bu yordamlarning hammasi rad qilindi. Sababi boshidagi kelishuv bo‘yicha ish ketmayotgandi. Birinchi variant: “telefonni Toshkentdagi 8 ta filialimizdan biriga tashlab keting”, deyishdi. Rad qilish sababi: nima uchun mijoz vaqtini ketgazib, ovora bo‘lishi kerak? Keyin IMEI uchun ularning filialiga borishga to‘g‘ri kelsa, o‘zlarini “internet do‘koni” deb atashlarida nima mantiq bor?
Shundan keyin ular “Yandex’dan telefonni berib yuboring, hamma xarajatlarni biz to‘laymiz”, dedi. Bu ham rad qilindi. Sababi telefonning puli to‘langan. U endi birovning mulkiga aylangan. Belafzlik qilib turganlarga qanday qilib shaxsiy telefonni ishonib topshirish mumkin? Qolaversa, unga sim-kartalar ham qo‘yilgan. Telefon raqamlar esa shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi.
Yana bir variant taklif qilishdi. “Telegramdan video tashlab beramiz, shunga qarab o‘zingiz ham o‘tkazib olsangiz bo‘ladi” deyishdi. Bu taklif ham rad qilindi. Chunki telefonning puli to‘lanayotganda bu narsalar ko‘zda tutilmagan, aksincha “bir oy ichida avtomatik o‘tib ketadi” deyilgandi.
Xullas, ortlaridan quva-quva yetib bo‘lmadi, ular esa bu masala keyin nima bo‘lgani bilan ham qiziqmadi. O‘zi bu telefon uncha qimmat emas, ammo ularning beparvoligi, kelishuvda turmasligi odamning jahlini chiqaradi. Shunday qilib, siz endi qayerdan telefon xarid qilmaslikni yaxshi bilasiz.
@masofatalim
Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grok chat-botidan endi Telegram’da ham foydalanish mumkin boʻlibdi.
Hozirda faqat Telegram Premium obunachilarigina bunday imkoniyatiga ega: @GrokAI
P.S.: Oʻzbek tilini bilaman, deyapti Grok.
@masofatalim
Videomurojaat qilgan talabaning oʻzidan raddiya.
Universitet mas’ullari talabaga nisbatan hech qanday bosim qilinmagani va bunday boʻlmasligini ham qat’iy ta’kidlashdi.
Rektor esa doimiy ravishda talabalarni qoʻllab-quvvatlashi ham qoʻshimcha qilindi.
P.S.: Tan olish kerak, “narxoz” juda operativ ishlaydi. Darhol e’tibor qaratib, masalani oʻrganadi va yechim beradi. Oldin ham bunga koʻp bor guvoh boʻlganmiz. Bu yaxshi jihat.
@masofatalim
Darvoqe, bu masalaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham e’tibor qaratsa boʻladi. Chunki sobiq Davlat test markazi oldin Vazirlar Mahkamasi boʻysinuvida edi. Hozir Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida faoliyat yurityapti.
Kalkulyator bergan toʻgʻriroq qaror boʻladi. Sababi imtihondagi savollar “karra-karra” yoki qoʻshish va ayirishdan iborat emas. Hayoti davomida ishlatmaydigan, faqat oʻqishga kirish imtihonida, bir necha soatga kerak boʻladigan “kalkulyatorsiz hisoblash”dan mantiq nima?
Bu masala bilan kirish imtihonida emas, aksincha maktablarda shugʻullanish, ana shu davrda oʻrgatish kerak.
@masofatalim
2030-yilgacha kamida 10 ta OTMni TOP-1000 talikka kiritish uchun harakat ketyapti
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev xalqaro miqyosda oliy ta’lim muassasalarini baholovchi nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) reyting tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov bilan uchrashgan.
Muloqot davomida, 2030-yilgacha kamida 10 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasini QS reytingining TOP-1000 taligiga kiritish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar va hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
@masofatalim
SMM maktab ish taklif qilmoqda
SMM maktab Toshkent shahri va viloyatlarda SMM mentorlarini izlamoqda.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi
- SMM sohasida 1 yildan oshiq ish tarjibasi;
- soha bo‘yicha ravon o‘zbek tilida dars o‘tish;
- yuqori mas’uliyatlilik ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
SMM maktab quyidagilarni taklif etadi:
- shartnoma asosida rasmiy ish;
- soatbay ish haqi;
- do‘stona muhit;
- malakali mutaxassislar jamoasi;
- bepul malaka oshirish darslari;
- O‘zbekistondagi eng yirik loyihalardan biriga hissa qo‘shish imkoniyati.
CV/rezyume va portfolioni “Ish e’loni bo‘yicha” deb yozgan holda quyidagi kontakt orqali yuborish lozim:
Telegram: @smmaktab_dm
*Arizalar 17-may sanasiga qadar qabul qilinadi.
@masofatalim
“Tabiatni asrash, tozalikka mehr bogʻcha va maktabdanoq shakllanib borishi kerak” — Hilola Umarova
@masofatalim
Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin Kalonovning talabalar yotoqxonasidagi videosi Instagram’da chiqib qoldi. Samimiy uchrashuv boʻlganini koʻrib, ulashishni lozim topdik.
Koʻpchilik OTMlar rektorlari yotoqxonalarda yuribdi, ularning aksariyati bunga jiddiy yondashgan va bir paytning oʻzida bu jarayonni chiroyli yoritishni ham unutmagan. 2-3 ta rasm bilan “masalani hal” qilganlar ham yoʻq emas :)
Darvoqe, zamon bilan hamnafas boʻlib, ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlgan va oʻz faoliyatini kreativ yoritib borayotgan mana shunday rektorlarni e’tirof etib ketish ham kerak.
P.S.: Shu video Instagram’da hozirgacha 117 ming marta koʻrilibdi va bu raqam oshib boryapti. Chunki hammasi samimiy, shunga yaxshi qabul qilinyapti.
@masofatalim
“Yosh kitobxon” tanlovining bu yilgi mavsum gʻoliblari Prezident sovgʻasi — elektromobil (BYD) bilan taqdirlanar ekan.
Gʻoliblar bugun, 4-aprel kuni aniqlanadi.
@masofatalim
Diplom bor, ish yo‘q. Ayb kimda?
Har yili yuz minglab kadrlarni yetishtirib beradigan oliy ta’limdami yoki ularga ish topib berolmaydigan bandlik tizimidami?
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yana bir katta tanlovi — “Iqtidor” boshlanmoqda!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Iqtidor" maktab ansambli jamoaviy tanloviga start bermoqda.
O‘quvchilarni san’atga qiziqtirish orqali milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida ushbu tanlov o‘tkazilmoqda.
Loyihaning barcha bosqichlarida jamoalar o‘zlari tanlagan musiqa asarlarini jonli ijro etishadi.
Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa xorijiy mamlakatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun, vazirlik tomonidan 2024-yilda ikkita yangi tanlov — “Turon” maktab teatri va “Jadidlar izidan” o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari Turkiya va Germaniyaga ta’lim sayohatiga yuborildi.
@masofatalim
Darsga kelmagani uchun “ota-onasi bilan kelmaguncha” darsga kiritmaslik ko‘proq maktablarga yarashadi. Oliy ta’lim degan nomni bu kabi ahmoqona talablar bilan rasvo qilmanglar. O‘zi endi-endi oliy ta’lim desa yaxshi tasavvur shakllanish yo‘lida ketilyapti.
Shu ishlarning tepasida turgan “yuksak aql egalari” qachondir tushunib yetishi kerak: balog‘atga yetgan, mustaqil shaxsga aylangan, pasport olgan, uylansa yoki turmush qursa farzandli bo‘ladigan yoshlarning o‘zini javobgar qilib, kattalarga xos ish tutish qiyin emas.
Darvoqe, e’tiborimizni bir narsa tortdi: mana shu xabarni qo‘ygan kanallar birin-ketin OTM_Minbari/51117">o‘chirib chiqmoqda. Bu ham bejiz emas, nazarimizda. Bunga ko‘p chuqurlashmaymiz, lekin ishora beramiz: mansab — xoh u dekanlik bo‘lsin, xoh vazirlik huzuridagi markaz rahbarligi bo‘lsin post o‘chirtirish uchun berilmagan.
Mansabga munosib bo‘linglar.
@masofatalim
Uzcosmos va Uzum yosh iste’dodlarni izlamoqda
"Yosh muhandis" tanlovi g‘oliblari Guhem xalqaro kosmik markaziga yo‘llanma va milliy raqamli ekotizimdan sovg‘alar olishadi. Tanlovda butun mamlakat bo‘ylab 12-20 yoshli bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish uchun 30-martgacha futureengineers.cmspace.uz saytiga ariza topshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan muhandislik loyihasining tavsifi va videotaqdimotini yuborish kerak.
Loyihalar finalchilarining taqdimoti va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 17-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etishga shoshiling!
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch shahrida nodavlat tibbiyot texnikumi litsenziya olmasdan faoliyat ko‘rsatgani haqida mahalliy bloger tayyorlagan video tarqaldi. Unda bloger “Sino tibbiyot bilim yurti” yoki “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasa litsenziyasiz tarzda abituriyentlarni o‘qishga qabul qilayotgani haqida fikr bildirgan.
Bloger keyingi videosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan javob xati olganini aytib, mazkur hujjatda litsenziyaga ega bo‘lmasdan targ‘ibot olib borgan ayrim muassasalar ogohlantirilgani qayd etilganini ma’lum qilgan.
Ushbu holatni o‘rganish davomida “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ Urganch shahrida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tasdiqnoma olgani, biroq 2025-yil 27-mart holatiga ko‘ra, tibbiyot texnikumi sifatida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan litsenziyaga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.
Ya’ni, mazkur ta’lim maskani o‘rta maxsus ma’lumot beruvchi rasmiy texnikum maqomiga ega emas. U faqat tayanch bilimga ega mutaxassislar uchun malaka oshirish yoki qayta tayyorlov kurslari o‘tkazib, tegishli sertifikatlar berishga haqli bo‘lishi mumkin. Ammo maktab bitiruvchilarini o‘qitib, “hamshiralik ishi” kabi diplom berish vakolatiga ega emas.
“Sino tibbiyot bilim yurti” nomi aynan qaysi muassasaga tegishli ekani bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Ushbu nomga o‘xshash texnikum Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritmoqda. Biroq bu texnikum litsenziyada ko‘rsatilgan manzil — Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritishga haqli. Xorazmdagi muassasaning ushbu texnikumga aloqadorligi yuzasidan “Sino tibbiyot texnikumi” vakillaridan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.
Manba
@masofatalim
Rektorlar talabalar holidan xabar olmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov va rahbariyat vakillari talabalar turar joyida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar va umumiy yashash muhiti bilan tanishdi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlarini oʻrganibdi. Bunda olis hududlardan kelgan talabalarning yashash muhiti, muammolari va ehtiyojlari atroflicha tahlil qilingan.
@masofatalim
my.gov.uz portali orqali bir masala yuzasidan muhim savol bo‘yicha 1242 qisqa raqamiga telefon qilindi. “Navbatdagi tartib raqamingiz 73” dedi.
Erinmasdan navbat kelishi 30 daqiqadan ortiq vaqt davomida kutib turildi. Biroq navbat kelganda shunchaki telefon uzib qo‘yildi. Qayta bog‘lanish uchun yana qo‘ng‘iroq qilindi, yana o‘sha ssenariy takrorlandi.
Fevral-mart oyining autsorsing xizmati uchun yaqinda qariyb 4 mlrd sarflashgan ekan.
Puli to‘langan bo‘lsa, nega call-markazda bunday o‘yin qilinyapti?
@masofatalim
Qirg‘iziston bilan o‘yinda raqib jamoadagi futbolchi qizil kartochka olganini bilmay qolgan futbolchimizga bugun Eron bilan o‘yin borligini kimdir aytib qo‘ydimikan? 😁
@masofatalim