masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Metroni kattalari uchiga chiqqan yolg‘onchi ekani haqida ko‘p bor gapirganmiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent shahar hokimligi qizlarning kasb o‘rganishi, ish topishi va daromadli bo‘lishiga e’tiborni kuchaytirdi

Oxirgi vaqtlarda Toshkent shahar hokimligi boshlagan xayrli ishlar ko‘p xursand qilyapti. Gap shundaki, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar qiz SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi. Bu ezgu ish “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

E’tiborlisi, poytaxt hokimligi turli tadbir, forum yoki konsertlar bilan cheklanmay, bo‘ladigan ishni qilyapti. Agar bu loyiha amalga oshsa, yakunda minglab qizlarning hayotida ijobiy o‘zgarish bo‘ladi, doimiy daromad manbayiga erishishadi. Aniq amaliy ishlar degani ham aslida shu.

Bundan tashqari, aynan SMM yo‘nalishiga e’tibor qaratilgani ham quvonarli holat – uyda o‘tirib ham, onlayn ishlab ham pul topsa bo‘ladigan soha. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumki, hozir sartaroshlardan tortib, ovqatlanish maskanlarigacha o‘z faoliyatlari yoritishga ehtiyoj oshib ketdi. Umuman, har sohada yaxshi SMMchiga bugun ish bor.

Ma’lum qilinishicha, qizlar SMM sohasiga bepul o‘qitilishi haqidagi e’londan keyin 24 soat ichida 1200 dan ortiq nomzod ro‘yxatdan o‘tishga ulguribdi. O‘z navbatida, bu qizlardan ham o‘qishga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Hali yana @smaktabbot orqali 25-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tish davom etadi.

Shunaqa loyihalar ko‘payaversin. Qizlarning ta’lim olishi, ish va daromad topishi yo‘lidagi shunday tashabbuslarni doim qo‘llab-quvvatlash kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolgʻonchilarning hiylasidir. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat oʻrnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan taʼsirdir.

Manipulyatsiya oddiy taʼsir oʻtkazish va ishontirishdan farq qiladi. Taʼsir oʻtkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u taʼsir oʻtkazilayotgan shaxsni taʼsirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi. Ishontirish — bu boshqalarni odatda maʼlum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yoʻnaltira olishlik qobiliyatidir. Taʼsir oʻtkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir.

Manba: Vikipediya

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Birinchi xonim Qoraqalpog‘istonga bordi

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, u yerdagi ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot uchun, shu kungacha "Zamin" fondi ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, loyiha barqarorligini ta’minlash maqsadida maktablarda YUNISEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qachondir hamma xususiy universitetlar yopilib ketsa ham, 3 tasi hech qachon yopilmaydi:

1. Sobiq niki.

2. bolasiniki.

3. bolasiniki.

Shulardan 2- yo 3-yashirin nuqta oʻrniga “vazir” soʻzi mos keladi. Albatta, bu holat bizda emas, boshqa oʻlkada😁

#tushungantushundi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O'zbekistonda fond birja borligini bilarmidingiz?
Unda yiliga 60% daromad qilish imkoni borliginichi?

Sherzod Abdullaev, moliyaviy iqtisodchi va 7 yillik investitsiyalarda tajribaga ega investor,
o'zining telegram kanalida milliy birjamizning afzalliklari bilan ulashib bormoqda.

👉 Obuna bo'lishni unutmang

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️SMM maktabning talabalar uchun e’lon qilgan 50 talik grantiga arizalar qabuli tugashiga 1 kun qoldi

SMM maktab nodavlat ta’lim muassasasi talaba yigit-qizlar yuqori daromadli zamonaviy kasblarni oʻrganishlari uchun 50 ta grant e’lon qilgani xabar berilgandi.

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan yoshlar uch oy davomida SMM sohasini bepul oʻrganish va maxsus sertifikatni qoʻlga kiritish imkoniga ega boʻlishadi.

Roʻyxatdan oʻtish 15-oktabr kuni yakunlanadi. Bunda oʻqishni istagan yoshlar suhbat asosida tanlab olinib, amaliyotga asoslangan darslarni uch oy davomida mutlaqo bepul oʻqishlari mumkin boʻladi.

Shoshiling va roʻyxatdan oʻting: @smaktabbot

Aloqa: +998 55 520 60 60

Читать полностью…

Masofatalim™

🤯 Raqobatchilarni ham tushiga kirmagan narxlar!

Barcha smartfonlarga — 15% chegirma
Kichik maishiy texnikagа — 30% chegirma
Idishlarga — 70% gacha chegirmalar
Sovutkichlarga — 20% chegirma

*Faqat 3 kun, 11-13-oktabr, tezlashamiz do'stlar!

Undan tashqari istalgan xarid uchun iPhone 16 Pro yutib olish imkoniyatiga egasiz. Batafsil ma'lumotni do'konlarimizdan olishingiz mumkin!


▫️ ▫️ ▫️ ▫️

🤯 Такие цены не снились даже конкурентам!


На все смартфоны — скидка 15%
На малую бытовую технику — скидка 30%
На посуду — скидки до 70%
На холодильники — скидка 20%

*Только 3 дня, 11-13 октября, поспешите друзья!

Кроме того вы можете выиграть новенький iPhone 16 Pro за покупку любой техники, подробнее в наших магазинах!

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbek tilidagi neyron tarmoq endi Telegramda! Bepul. Hech qanday cheklovlarsiz

Tanishing: @GENT_GPT_UZ_bot

Ushbu neyron tarmoq har qanday savollarga javob berish, sizga o‘qish va ijodda yordam berish, ish va uydagi murakkab masalalarni hal qilishda ko‘maklashadi.

Neyron tarmoq mahalliy dasturchilar tomonidan yaratilgan va o‘zbek internet bazasida o‘qitilgan. Kamchiliklar bo‘lishi mumkin, lekin tarmoq o‘zbek segmentida yangi ma’lumotlar ko‘paygani sari o‘zini o‘zi boyitib boraveradi.

👉 Botni ishlatib ko‘ring: @GENT_GPT_UZ_bot

Читать полностью…

Masofatalim™

Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi

Joriy yilgi kirish imtihonlarida huquqshunoslik fani bo‘yicha tuzilgan savollar abituriyentlar hamda keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Advokat Muhriddin Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, ushbu holatdan norozi bo‘lgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sulaymon oʻldi, devlar qutuldi(mi)?

Fanlar akademiyasining marhum prezidenti, rahmatli Behzod Yoʻldashev ilmiy tadqiqot institutlari xodimlarini bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazishda bosh-qosh boʻlgandi. Bu amalga oshgach, davlat rahbariga ham buning uchun minnatdorchilik bildirgan (videoda).

Endi shu narsani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshchiligidagi Innovatsion rivojlanish agentligi yoʻqqa chiqarish harakatiga tushgan.

Buni qarangki, bu ishlar FA prezidenti Behzod Yoʻldoshev vafot etgandan keyin oradan hech qancha vaqt oʻtmay (28-avgust kuni vafot etyapti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 10-sentabr kuni farmon loyihasini e’lon qilyapti) boshlanib ketdi (Sulaymon oʻldi – devlar qutuldi, deb shunga aytishsa kerak-da).

Ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari, hatto Oʻzbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov ham bunga keskin e’tirozlarini bildirgandi.

Farmon loyihasi ijodkorlariga aniq savol va bunga aniq javob kerak: ilmiy tadqiqot institutlarini bazaviy moliyalashtirish oʻz joyida qolyaptimi yoki baribir yoʻq qilinyaptimi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Inson a’zolari oldi-sotdisi bilan “shugʻullangan” Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi jinoiy javobgarlikka tortildi

Sud hujjatida keltirilishicha, 2003-yilda tug‘ilgan B.A. mo‘may daromad orttirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga inson a’zolarini sotib olishi haqida e’lon joylashtirgan. U tarqatgan e’lonlarida buyrakni 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini bildirgan.

Ushbu e’londan so‘ng unga a’zolarini sotmoqchi bo‘lganlar aloqaga chiqa boshlagan. Jumladan, fuqaro J.R. u bilan muloqotga kirishgan. B.A. unga bitta buyragini 38 ming dollarga sotib olishini aytgan.

“Sheriklarim Germaniyada. Buyrakni ko‘chirib o‘tkazish o‘sha yerda amalga oshiriladi. Buning uchun Germaniyaga borishingiz kerak. Safar uchun oldindan 350 dollar berishingiz kerak”, degan talaba fuqaroga.

B.A. 2024-yil 26-aprel kuni Shayxontohur tumani hududida J.R. dan kelishilgan pulni olgan vaqtida huquqni muhoqaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Talaba sudda bu ishni pulga muhtoj bo‘lib qolgani sabab qilganini, aslida Germaniyada hech qanday tanishlari yo‘qligini, 350 dollarni ehtiyojiga ishlatib, keyin qaytarib bermoqchi bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, u akasi, singlisi va o‘zi talaba ekanini, barchasi kontrakt asosida o‘qishlarini aytib, suddan o‘ziga yengillik berishni so‘ragan.

“Bu ish orqali yaxshigina daromad ko‘rish mumkinligini eshitgandim. Telegram’dagi “buyrak sotish” guruhiga kirib, kim buyragini sotmoqchi bo‘lsa xaridor topib beraman, degan ma’noda e’lon qoldirdim. Oradan taxminan 4-5 kun o‘tib menga bir nechta fuqaro aloqaga chiqdi. Ularga tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishlari uchun Germaniyaga borishlari kerakligini, u yerdagi shifoxonalarda tanishlarim borligini, o‘zlari kutib olgan holda barcha xarajatlarini qoplab berishlarini, faqat chipta uchun oldindan 350 dollar to‘lashlarini aytdim.

Aslida maqsadim pulni qo‘lga kiritib, keyinchalik ish o‘xshamaganini aytgan holda qaytarib berish edi. Germaniyada hech qanday shifoxona yoki tana a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tanishlarim yo‘q”, degan u suddagi ko‘rsatmasida.

Sud hukmi bilan B.A. Jinoyat kodeksi 25- (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 133-1-moddasi 1-qismida (inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Talabadan murojaat kelibdi:

“Assalomu alaykum. Bugun ertalab fakultetimiz dekan oʻrinbosariga salom bergandim, alik olmadi. Sizlardan iltimosim shuki, salomimga alik olmagani uchun rektorimiz shu “zamdekan”dan tushuntirish xati olishida amaliy yordam berishingizni soʻrayman. Oldindan rahmat!”

Talaba bu mudhish voqea qaysi OTMda sodir boʻlganini yozmabdi 🤷🏻‍♂️

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘qituvchilar paxtaga odam topishga majburlanayotgani aytilmoqda. Ota-onalar chiqib beryapti ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

😂😂😂

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Obunachi fikri

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yana bir xususiy universitet yopildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yana infosiganlardan ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida

Mashhur bir ertakchi bola bor. Do‘ppili. Ismi sir qola qolsin. Shuni qanaqadir maktablarida bir nechta shaxsan tanish va yaqinlarning bolalari o‘qidi. Ularga “borma, kuyasan” degan ohangdagi gap kor qilmadi. Mana bugun “to‘g‘ri aytgansan ekan, baloniyam o‘rgatmadi, pulimga kuyganim qoldi” deb o‘tirishibdi.

Xullas, yana o‘sha gap: Instagram’da aqlli bashara bilan chiqib ertak aytib, ta’sirli musiqalar ishlatib, ommaning hissiyotlariga ta’sir qilib auditoriya yiqqan infosiganlardan ehtiyot bo‘lishi kerak. Aksar hollarda bunaqa nusxalar shunchaki o‘z biznesiga yangi mijozlar olib kelish uchun ertaklar aytishadi, aqlli bashara bilan halol, pok inson rolini o‘ynab berishadi.

Unutmang, omma hissiyotlar orqali boshqariladi. Infosigan va ertakchilardan ehtiyot bo‘ling. Ular soqqa qilish dardida yuradi, hammasiyam videoda ko‘ringanidek samimiy odam bo‘lavermaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent shahar hokimligi uzoq kutilgan “Toshkent yoshlarni sevadi” an’anaviy loyihasiga start bermoqda!

Loyihaning bu yilgi mavsumi mutlaqo boshqacha va o‘ziga xos bo‘ladi. Ayniqsa, joriy mavsumda qizlarning zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun bepul SMM darslari yo‘lga qo‘yilishidan tortib, juda ko‘plab amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Xususan, poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan 1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi.

Bunda qizlar o‘zlarining yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida:
- ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
- targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
- grafik kontent yaratish;
- kopirayting;
- mobilografiya
- B2B sotuvlar;
- shaxsiy brend;
- portfolio yaratish va boshqa bilimlarni offlayn tarzda o‘rganishadi.

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning! SMM’ni o‘rganing va kopirayter, kontent menejer, mobilograf, virtual yordamchi, SMM mutaxassisi, targetolog sifatida uyda ham daromad toping.

Tadbirkorlik yo‘nalishida esa onlayn kiyim do‘koni ochishingiz, onlayn kurslar yaratishingiz yoki o‘z blogingizni yurgizib, biznesni rivojlantirishingiz mumkin!

Ro‘yxatdan o‘tish 25-oktabrgacha quyidagi bot orqali amalga oshiriladi:
@smaktabbot

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
+998 55 520 60 60

Telegramdagi rasmiy kanal:

@smmaktab

Toshkent yoshlarni sevadi

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yana 2 ta qizil bersam gol ura olasizlarmi?” degan rasm😂

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sport vaziri Adham Ikromov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, vazir maslahatchisi Shuhrat Ataxanov va vazirlik mutasaddilari Nodir Kasimov hamda Alisher Islomovlarni “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlabdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov esa bunga javoban sport vaziri Adxam Ikramov hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Ilhom Tursunaliyevni “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlabdi.

Sendan ugina, mendan bugina, deb shuni aytishsa kerakda :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Kurs” sotadigan ayrim “biznes trenerlar”ning asl basharasi haqida qisqa video 😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbek tilida ishlaydigan neyron tarmoqdan foydalanuvchilar soni ortib ketishi sabab texnik nosozliklar yuzaga kelibdi. Bu ajablanarli emas, chunki eng yirik ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar bunday muammolarga ko‘p-ko‘p duch kelib turadilar.

Hozirda ushbu xatolik bartaraf etilgani haqida xabar berishdi. Neyron tarmoqdan foydalanish mumkin. Bemalol ishlatsangiz bo‘ladi: @GENT_GPT_UZ_bot

Читать полностью…

Masofatalim™

So‘nggi 7 yilda oliy ta’lim tizimini boshqargan eng yaxshi vazir kim? So‘rovnoma natijalari

10-oktabr kuni soat 13:45dan 11-oktabr soat 13:45 gacha (24 soat) davomida faol bo‘lgan so‘rovnomada 2466 kishi qatnashdi.

Kun davomida sobiq vazir Abduqodir Toshqulov o‘rtacha 68-70 foiz, amaldagi vazir esa 12-13 foiz atrofida ovozni saqlab qolayotgandi. Biroq Qo‘ng‘irotboy Sharipov varianti so‘rovnoma tugashiga bir necha soat qolganda 12 foizdan 22 foizga chiqib oldi. Qiziq holat.

Shunday qilib, so‘rovnoma yakuniy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovozni Abduqodir Toshqulov to‘pladi – 57% (1406 ovoz), Qo‘ng‘irotboy Sharipov – 22% (536 ovoz), Inomjon Majidov – 13% (319 ovoz), Ibrohim Abdurahmonov – 8% (205 ovoz).

Darvoqe, amaldagi vazir ko‘proq ovoz olsa kerak, deb taxmin qilgandik, adashibmiz. Ehtimol, mana shu so‘rovnoma orqali berilgan bahodan kelib chiqib, “Qayerda xato qilyapman?” degan savolni ko‘rib chiqish kerakdir, yanayam kim bilsin.

Izoh: mazkur so‘rovnoma natijalari kanal obunachilarining tanloviga asoslangan bo‘lib, yagona haqiqatni va kanal ma’muriyatining fikrini bildirmasligi mumkin.

Ishtirok etgan barchaga rahmat!


@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Alfraganus universiteti 10-Ta’limda tadbirkorlik UNESCO-APEID xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda

10-11-oktabr kunlari Toshkent shahrida YuNESKOning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Yoshlar kelajagi va taʼlimda tadbirkorlik” mavzusida 10-Taʼlimda tadbirkorlik UNESCO-APEID (YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida taʼlim innovatsiyalarini rivojlantirish tarmogʻi) Kengash yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanga YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, UNESCO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan Alfraganus universiteti mezbonlik qilmoqda.

Ushbu konferensiya UNESCO tadbirkorlik ta’limi tarmog‘ida hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar uchun innovatsion tadbirkorlik dasturlarini namoyish qilish va yoshlarning kelajagi uchun tadbirkorlik ta’limining muhimligini tadqiq qilishga qaratilgan.

Anjumanda dunyoning 34 davlatidan 100dan ortiq ekspertlar, yetakchi oliy taʻlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, 200dan ortiq mamalakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari, akademiklar, professor-oʻqituvchilar, yetakchi tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ingliz Tilini Zerikarli Gramatik Qoidalarsiz O’rganing!

“Real English Full Pack” darslarim yordamida ingliz tilini tez, oson va samarali o’rganasiz.

📌 Qiziqarli online darslarimga qo’shiling va o’zingizni til o’rganish  potensialingizni oching.

✅ Eski, zerikarli, gramatik qoidalarga asoslangan va so’zlarni ro’yhat qilib soatlab yotlatadigan samarasiz darslarni uniting va ingliz tilini eng zamonaviy metod yordamida mukammal o’rganing.

📩 To’liq ma’lumot va darsga a’zo bo’lish uchun @realenglishfullpack profili orqali men bilan hoziroq bog’laning.

❗️Kurs narxi 1 oyga 300.000 so’m. Birinchi 10 o’quvchi 1 oyga pul to'lab 3 oy o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi.

PS: Ingliz tilida ishonch bilan gapiradigan vaqtingiz keldi.

Читать полностью…

Masofatalim™

Yangi virus tarqatilyapti. Ehtiyot bo‘lib, har xil ilovalarni ochmaslik tavsiya etiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

DXX akademiyasiga qabul boshlandi

2025/2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga saralash bosqichi boshlandi.

O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar 2024-yil 10-oktabrdan 10-noyabrgacha Bilim va malakalarni baholash agentligining veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning 2022-yil 5-martdagi videosidan:

“...Bolani ma’nan majruh qilmay o‘qitib bering!”

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bu vallomatlar oʻzidan kim yasab olyapti? OʻzMUdagi ayrim dekan va dekan oʻrinbosarlari qilarga ish topa olmay qoldimi?

Sen kimsan oʻzi salom bermagani uchun uzr soʻratib, tushuntirish xati yozdiradigan? Oʻzi seni bu lavozimga kim qoʻyib, bunaqa vakolat bergan?

Xohlasa salom beradi, xohlamasa yoʻq. Nima ishing bor-a? Tushuntirish xati yozdirmay, chiroyli muomala bilan gapirishga, oʻrgatish va tushuntirishga bu “zamdekan”ning aqli yetmaganmi?

Buning nomi vallomat deyiladi. Oʻzidan kattakon yasab olganlik deyiladi. Anavi yozdirgan tushuntirish xati esa shularning isboti hisoblanadi.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал