O‘zMUning vallomat dekan o‘rinbosari
O‘zbekiston Milliy universitetida talaba ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga salom bermagani uchun uzr so‘rab, tushuntirish xati yozibdi.
@masofatalim
Tez kunda “Jadidlar izidan” loyihasiga start beriladi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etiladi.
Tanlov 2 ta sinf toifasi: 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Jadidlar izidan” klublari tashkil etiladi.
Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.
Loyiha nizomi | Adabiyotlar ro‘yxati
Tanlovda ishtirok etish uchun 25-oktabr kuniga qadar quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim:
https://jadidlarizidan.uz/6-7-8-sinflar.html
https://jadidlarizidan.uz/9-10-sinflar.html
Batafsil ma’lumotlar @jadidlarizidanuz telegram kanalida berib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
@masofatalim
Talabalar uchun “AMALIY SMM 2.0” kursi — SMM olamining yetakchi mutaxassisi bo‘lish imkoniyati
Nimalarni o‘rgatiladi?
Marketing va ijtimoiy tarmoqlar: Samarali strategiyalar yaratish va auditoriya bilan chuqur aloqa o‘rnatish.
SMM strategiyasi: Maqsadli auditoriyani aniqlash va eng samarali kontent strategiyalarini ishlab chiqish.
Kreativ kontent: Video va grafik dizayn, mobilografiya sirlarini egallash.
Target reklama va PR: Brendni rivojlantirish uchun ilg‘or usullar va blogerlar bilan hamkorlik.
Sun’iy intellekt: ChatGPT, Midjourney va boshqa AI vositalari bilan SMM’ni innovatsiyalash.
Shaxsiy brend va sotuvlar: Shaxsiy brendni yaratish va ijtimoiy tarmoqlarda muvaffaqiyatli sotuvlarni amalga oshirish.
Real loyihalar: Amaliy tajriba orttirish, shaxsiy portfolio yaratish va kelajakdagi ish imkoniyatlari.
Talabalar uchun 50 ta bepul grantdan birini qo‘lga kiritish imkoniyati bor! Ro‘yxatdan o‘tish muddati 15-oktabrga qadar @smaktabbot orqali amalga oshiriladi.
Bogʻlanish uchun:
+998 55 520 60 60 | @smmaktab_admin
Ishtirok etish shartlari (Oferta)
Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani, Buyuk Ipak yo’li 152/1, Mo’ljal: “Soul” kafesi joylashgan bino 4-etaji
Kechki mutolaa uchun yaxshi maqola: “Komfort hududi”: qolish kerakmi yoki tark etish?
Hozirda Gʻarb psixologlari va motivatorlari ta’siri ostida “komfort hududi”dan chiqish kerak, degan shiorlar avj olgan. Ta’kidlash kerak, “komfort hududi” deganda jo‘g‘rofiy yoki materialistik tushuncha nazarda tutilmaydi, u inson ongi-shuuridagi hissiyot, xolos.
Boriga qanoat qilish, bir xil hayot tarzidan zerikmaslik, bir xil ish va maoshga “borib-kelish”ni o‘z qismati deb hisoblash kabi xislatlar “komfort hududi”da qolib ketish deya baholanmoqda. Bunday istakdagi odamlar go‘yoki qulay va kichkina, loyqa bo‘lsa-da, “ko‘z o‘rgangan” ko‘lmakchadagi baliqchaga qiyoslanadi. Agar astoydil orzu bilan harakat qilinsa, katta ummonga sakrab o‘tish mumkinligi aytiladi. Ummonda esa keng imkoniyatlar va erkinlik va’da qilinadi.
Biroq “komfort hududi”ni tark etishni istamayotgan toifalarning ham qarshi dalili bor – “ummonga o‘tsamu, meni akulalalar yeb qo‘ysa-chi?” yoki “u yerda raqobatga dosh bera olmay, ovqat topa olmay, qiynalsam va o‘lib ketsam-chi?”, deya o‘z xavotirlarini izhor etishadi.
Xo‘sh, “komfort hududi” o‘zi nima, unda qolish yoki qolmaslik haqida qaror qabul qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Batafsil: https://platina.uz/76ed2c
@masofatalim
Oliy ta’limda har xil tadbirlar va forumlarga qaratilgan e’tiborning hech yoʻq bir qismi moddiy texnik bazaga qaratilganda edi, shu kabi achinarli holatlar yuzaga kelmasmidi?
Rasmdagi holat poytaxtdagi nufuzli davlat institutlaridan birida sodir boʻlgan.
Janob vazir, yigʻilish qilganingizda 3 ta oʻrinbosaringiz bilan 2 ta stulda oʻtirib koʻring, ana keyin rasmdagi holatni tanangizda his qilib, holatni tasavvur qilishingiz osonroq kechadi.
@masofatalim
Hindiston Oliy sudi qashshoq oiladan chiqqan talabaning kollejga kirish orzusini ro‘yobga chiqardi
18 yoshli Atul Kumar iyun oyida Hindistondagi nufuzli texnologiya kollejiga o‘qishga kirishga yordam beradigan murakkab imtihondan o‘tganidan xabar topganida hayratga tushgan. Ammo shundan keyin muammolar boshlangan: o‘qishga qabul qilinish uchun onlayn ravishda 17,5 ming rupiy (281 dollar) to‘lash kerak edi. Bu mamlakatning Uttar-Pradesh shtatida yashovchi oilasi uchun katta mablag‘ edi.
Yigitning otasi qarz olishga erishadi, ammo Atulning aytishicha, u onlayn to‘lovni amalga oshirishga bir necha soniya kech qoladi – bunga texnik muammolar ham qisman sabab bo‘lgan.
Oila taslim bo‘lmay, sudga da’vo kiritadi. Joriy hafta mamlakat Oliy sudi Hindiston texnologiya institutiga (IIT) Atulni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qaror chiqardi. Oliy sud konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan favqulodda vakolatidan foydalanib qaror qabul qilgan va o‘z qarorini “biz bunday iqtidorli yigitning ketishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deya izohlagan.
IIT Hindistondagi yetakchi texnologik institut bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab joylashgan 23 ta kollejidagi 18 ming talaba o‘rniga milliondan ortiq yigit-qizlar da’vogarlik qiladi. Abituriyentlar imtihonlarga tayyorlanish uchun yillab repetitorlik markazlariga qatnaydi, ota-onalar o‘z farzandining IIT’ga o‘qishga kirganini “muvaffaqiyat chiptasi” deb baholaydi.
Atul bilan bog‘liq voqea va uning qiyinchilikda ulg‘aygan hayoti Hindiston gazetalarining asosiy sahifalaridan o‘rin oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Atul Hindistondagi eng quyi kastaga kiradi. Otasi Rajyendra Kumar turli og‘ir mehnat bilan shug‘ullanib, kuniga 5 dollarga yaqin pul ishlab topadi, onasi esa uyida gilam to‘qiydi.
Ammo Rajyendra Kumarning so‘zlariga ko‘ra, uning uchun farzandlari ta’limidan muhimroq narsa yo‘q, bir safar u hatto to‘ng‘ich o‘g‘lining o‘qishiga pul to‘lash uchun uyini ham sotgan. Atulning ikki akasi kollejda muhandislik bo‘yicha, yana biri bo‘lsa bakalavr darajasi uchun ta’lim olmoqda.
Atul imtihonni topshirganida, uning otasi mahalliy sudxo‘rga murojaat qilgan. Ammo u to‘lovni amalga oshirish yakunlanishiga ikki soat qolganida pul bermaydigan bo‘lgan. Shunda erkak do‘stlaridan yordam so‘ragan va ular 14 ming rupiy yig‘ib bergan. Rajyendra Kumar qolgan 3,5 mingni o‘zi to‘plab kelgan mablag‘dan olgan.
U Atul rasmiylashtirishni yakunlash uchun tizimga kirgan vaqtida pulni to‘ng‘ich o‘g‘lining bank hisob raqamiga o‘tkazgan. Biroq bu vaqtga kelib belgilangan 180 soniya vaqt tugab borayotgan edi. To‘lovni amalga oshirish vaqtida portal kutilmaganda qotib qolgan va Atul to‘lovni yakunlashga ulgurmagan.
Yuzaga kelgan holatdan shokka tushgan oilaning tomog‘idan bir kun davomida hech narsa o‘tmagan.
Atul tayyorlangan markaz IIT Dhanbad’ga murojaat qilgan, ammo ularning e’tirozi qanoatlantirilmagan. G‘azab otiga mingan oila kollejning bir nechta rahbariga elektron maktub yo‘llagan va sudga da’vo kiritgan — bularning barchasi samarasiz ketgan.
Oxirgi yo‘l Oliy sudga murojaat qilish bo‘lgan. 2021 yilda ham sud IIT Bombeyga o‘qishga kirishda xuddi shu kabi muammoga duch kelgan talaba foydasiga qaror chiqargan edi. Atul va uning oilasi ushbu talaba bilan bog‘lanib, advokati raqamini olgan. Yakunda sud qarori bilan IIT Dhanbad Atul uchun qo‘shimcha joy ajratadigan bo‘ldi.
@masofatalim
SMM maktab talabalar uchun navbatdagi 50 talik grantni e’lon qiladi!
SMM maktab nodavlat ta’lim muassasasi talaba yigit-qizlar yuqori daromadli zamonaviy kasblarni oʻrganishlari uchun 50 ta grant e’lon qiladi.
Ushbu grantni qoʻlga kiritgan yoshlar uch oy davomida SMM sohasini bepul oʻrganish va maxsus sertifikatni qoʻlga kiritish imkoniga ega boʻlishadi.
Roʻyxatdan oʻtish 15-oktabrga qadar davom etadi. Bunda oʻqishni istagan yoshlar suhbat asosida tanlab olinib, amaliyotga asoslangan darslarni uch oy davomida mutlaqo bepul oʻqishlari mumkin boʻladi.
Roʻyxatdan oʻting: @smaktabbot
Aloqa: +998 55 520 60 60
Mas’ullardan “nima bu maynavozchiliklar” deb so‘rasang, “tepa”dan topshiriq tushgan, deydi.
Hay, baraka topgurlar, shu “tepa”dagilarga ham taklifni pastdan uzatishadi-ku.
Xavfsizroq boshqa narsa qurib qolganmi? Har holda olov bilan kamroq o‘ynashaverish kerak.
Yong‘in xavfsizligi qoidalari chuqur uyquda...
@masofatalim
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar milliy ofisi xodimining oyliklar kamayib ketayotgani haqidagi xabarida ayrim “yuksak aql egalari” muammo qolib, xabardagi imlo xatolarni tanqid qilishga tushib ketishdi.
Imlo xatolarga jiddiy qarashimizni ko‘p yillik obunachilarimiz yaxshi bilsa kerak, ammo bu xabarda xodim o‘zini tanitmaslik uchun ham atayin imlo xatolar bilan yozganini hisobga olish kerak. Bu kabi holatlar ko‘p kuzatiladi.
Shunday ekan, chalg‘imaymiz, nega oyliklar kamayib ketmoqda? Aniq sababi bo‘lishi kerak-ku.
@masofatalim
Nima bu endi?
26-sentabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Gulxan shou” oʻtkazilgan ekan. Bu haqida universitet matbuot xizmati xabar berib, video joylagan.
Rasmiy xabarda aytilishicha, bu shou “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talaba va shoirlar ishtirokida oʻtkazilgan, oʻquv binolari orasida oʻrtaga katta qilib olov yoqilgan.
Mana bu yoqilgan olovni qanday izohlanadi? Atrofda daraxtlar, oʻquv binolari bor. Binolarga tez yonadigan materiallar ishlatilgan boʻlishi mumkin. Ularga ham oʻt ketmasligiga kim kafolat va olov yoqishga ruxsat bergan? Yongʻin xavfsizligi degan qoidalar boʻlardi, haliyam bormi bu?
Toʻgʻrisini aytinglar, shunaqa gʻoyalar kallalaringga qayerdan keladi-a?
@masofatalim
Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi bino yonib ketgani aytilmoqda.
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov ham deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi
Sobiq oliy ta’lim vaziri, Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Xamidovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyati Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilibdi.
@masofatalim
“Andijonliklar keldi!”
Xorijiy tillar boʻyicha respublika fan olimpiadasida umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi institutda tantanali kutib olinibdi.
@masofatalim
Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islambek Rustambekov buyrug‘i bilan universitetda 2023/2024 (o‘tgan) o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 30-sentabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi.
@masofatalim
🛒 Katta va barakali xaridlar sizni kutmoqda!
Yangilangan Opencard ilovasi orqali uydan turib, 2 daqiqa ichida 75 million so'mgacha limit oling!
- Boshlang'ich to'lovsiz;
- Keng hamkorlar tarmog'i;
- Tezkor rasmiylashtirish.
📲Ilovamizni yuklab oling:
App Store | Google Play
📞71-200-15-45
IELTS’dan 6,0-6,5 ball olganlarning imtihon xarajatlari qoplab berilMAydi!
Bir necha oy avval Telegramda ta’limga oid kanallardan biri 2024-yil 1-sentabrdan IELTS’dan 6.0 ball olganlarga ham imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi, deb yolg‘on ma’lumot tarqatgan. Ushbu xabar juda ko‘pchilikni chalg‘ityapti.
Bu xabarni tarqatganlar yozgan safsatalari yanada ishonchli chiqishi uchun hukumat qaroridan skrinshot ham keltirib o‘tishni unutmagan. Vaholanki, qarorda kamida 6.0-6,5 ball, degan narsa umuman yo‘q. C1 daraja, degan joyi bor. C1 daraja – 7.0-7,5-8.0 ball.
Xullas, IELTS’dan kamida 7.0 ball olganda 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi, undan past ballga kompensatsiya yo‘q!
@masofatalim
Xabar berishlaricha, stul yetishmayotgan OTMning ma’ruzalar xonasi yetarlicha stullar bilan jihozlanibdi.
Mazkur OTM Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli edi, vazir deganda Qoʻngʻirotboy Sharipov emas, Aslbek Xudayorov nazarda tutilgan.
Shunga qaramay, holat boʻyicha zudlik bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari va ushbu OTM matbuot kotibi bogʻlanib, vakolatlari doirasidagi zarur va tezkor ishlarni amalga oshirishdi.
@masofatalim
Yangi rekord: 10 yoshli o‘quvchi bola IELTS’dan 7.0 ball olibdi.
P.S. Shu ketishda yangi avlod biryoʻla roddomdan IELTS olib chiqadiyov😁
@masofatalim
Do'stlar, bugun sizga Blackʼni tavsiya qilmoqchiman. Bu Rossiyada ishlash va yashash uchun T-Bankning debet kartasi boʻlib, uning yordamida T-Bank va boshqa banklar, masalan, Sber bankomatlarida komissiyasiz hisobingizga pul toʻldirishingiz va yechib olishingiz mumkin.
Chet elga komissiyasiz tez va qulay pul oʻtkazmalari.
Karta T-Bank ilovasida ona tilingizda migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatlar olish imkonini beradi.
Black kartasini bepul olish uchun siz Rossiya fuqaroligiga ega boʻlishingiz shart emas.
Havoladan o‘ting va Black debet kartasini rasmiylashtiring: https://l.tbank.ru/masofatalim_off
Angliya orzusidagi yoshlar uchun foydali suhbat
Platina.uz sayti Angliyada o‘qish, viza talablari, Chevening dasturi, “Arsenal” & Liverpul, Toshkentda yashash haqida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari janob Jeyms Rod-Mur bilan suhbatlashibdi.
To‘liq video: https://youtu.be/uhKtEqrGF60
Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 3-o‘rinni egalladi
YUNESKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.
Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.
Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
⁃ Qozog‘iston – 78,3 ming nafar
⁃ Ukraina – 76,8 ming nafar
⁃ Rossiya – 63,6 ming nafar
⁃ Turkmaniston – 60,9 ming nafar
⁃ Ozarbayjon – 49,7 ming nafar
⁃ Afg‘oniston – 34,3 ming nafar
⁃ Tojikiston – 32,5 ming nafar
⁃ Belarus – 27,0 ming nafar
⁃ Qirg‘iziston – 17,1 ming nafar
@masofatalim
Buxoro muhandislik texnologiya instituti talabalar yotoqxonasida “Gulxan shou”.
Aftidan, hamma oliy ta’lim muassasalari olov yoqib, atrofida shoirlar bilan she’rxonliklar o‘tkazayapti, shekilli.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar milliy ofisi xodimlaridan jiddiy murojaat kelib tushdi.
Xodimlar oyliklar keskin kamayib ketayotganidan shikoyat qilishmoqda.
Oylik miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Masalan, xodimlardan biri mart oyida 15-20 mln soʻm atrofida oylik olgan boʻlsa, apreldan bu kamaya boshlagan, iyunda – 3,5 mln soʻm, iyul va avgustda esa 2,5-2,9 mln soʻm atrofida oylik toʻlangan.
Murojaat toʻliq holda rasmda keltirildi.
@masofatalim
Kim ilk ustozini eslay oladi?
Platina.uz sayti aholi orasida so‘rov o‘tkazib, birinchi o‘qituvchi, eng yaxshi ko‘rgan fani haqidagi savollarga javob olibdi.
Quyidagi havola orqali kirib, izohlarda savollarga javob yozish mumkin.
https://youtu.be/0umjGh8Qtm8
Toshkent davlat agrar universiteti. Dahshatli darajada yonyapti, deyishyapti.
@masofatalim
Gigantlar jangi: Samsung va Apple smartfonlari kurashi
Ikki kompaniya o‘rtasidagi marketing urushida reklama kuchli qurolga aylandi. Apple o‘zining reklama kampaniyalarida doimo minimalizm, innovatsiya va uslubga urg‘u bersa, Samsung texnik tomonga ko‘proq e’tibor qaratdi.
Batafsil – https://platina.uz/ca4ec0
@masofatalim
Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi
27-sentabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal ochib berdilar.
Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.
Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
@masofatalim
Fikr politsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasi quyidagicha boshlanadi
“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”
@masofatalim
Prezident farmoniga asosan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsieva Gulchexra Shovkatovna II darajali “Sogʼlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
@masofatalim