4 yil ichida diplommi yoki 3 oyda kasbmi?
💼 Universitet kamida 37,2 million so'mga tushadi va 4 yil davom etadi. Agar siz atigi 3 oy ichida talabgir kasbga ega bo'lsangiz-chi?
💸 Osnova SMM kurslari 3 oyga atigi 2 970 000 so'mni tashkil etadi, xozir esa -50% bayram chegirmasi amal qilmoqda! Karyerangizni tezroq va arzonroq boshlang.
Kursga yoziling va 3 oy ichida pul ishlashni boshlang!
Chegirma olish uchun veb-saytda so'rov qoldiring yoki +998 95 445 40 44 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Afsuski, mana shunaqa dunyoqarash, fikrlash (agar fikrlash deyish mumkin boʻlsa), “yoʻlini qilayotgan boʻlsa qaddini ursin” degan gap bilan yashayotganlar oramizda juda koʻp topiladi.
Korrupsiya va nepotizm kabi tushunchalari qonimizga singib ketyapti. Balki allaqachon singib ham boʻlgandir. Mana shunaqa gaplar bilan buni oqlab ham berishyapti. Bu esa faqat va faqat yomon signal!
@masofatalim
Magistr.edu.uz saytida arizalar “tugʻilib” qolyapti
“Magistrlar official” Telegram kanali 31-iyul kuni magistraturaga arizalar qabuli tugagani haqida post e’lon qilib, unga skrinshot ham biriktirgan. Oʻsha skrinshotda jami arizalar soni 33 161 ta ekani aks etgan.
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash” Telegram kanali 26-avgust kuni soat 11:20 larda joylagan postga ilova qilingan rasmda esa jami arizalar soni 33 172 ta ekani koʻrinadi.
Faol obunachilar bu holatga e’tibor qaratib, xabar berishmoqda. Tekshirish uchun magistr.edu.uz saytiga kirganimizda ne koʻz bilan koʻraylikki, jami arizalar soni 33 173 ta boʻlib qolgan.
Xoʻsh, magistraturaga arizalar qabuli yakunlangan boʻlsa, bu raqamlar qayerdan koʻpayib qolyapti? Oʻzidan oʻzi arizalar “tugʻilib” qolyaptimi?
@masofatalim
Magistraturani natijasini kutaverib zerikib ketganlar boʻlsa, kayfiyat uchun shu videoni koʻrib sal chalgʻib olish tavsiya etiladi (izohlar yonib ketdi-ye). Eng qizigʻi shunga odamlar pul toʻlab kirganda bir paytlar :)
@masofatalim
Magistratura natijalari e’lon qilingani aytilmoqda.
❗️Ammo sayt ishlamayapti.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diqqatiga!
Doktorantlar ular uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovi bo‘yicha haligacha jim-jitlik ekani haqida murojaat qilishmoqda.
“Assalomu alaykum. Biz 2024-yil fevral oyida tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan edik. Oradan 6 oy o‘tgan bo‘lsa ham hamon rasmiy g‘oliblar buyrug‘i tasdiqlanmadi. Hali rasman Prezident stipendiyasini ham olmadik. Odatiy stipendiya olmoqdamiz. Himoya qilishimizga ham kech qolmoqdamiz.
Biz vazirni shaxsan o‘zi bilan ham uchrashishga bormoqchimiz.
Bu oliy ta’limdagi eng nufuzli stipendiya bo‘lsayu tashkil qilish ishlar nima uchun bunaqa tashkil qilingan. Shunga ham hayronmiz”, deyiladi murojaatda.
❗️Oradan yarim yil o‘tibdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bunga mas’ul bo‘lganlar e’tibor qaratishini va aniq izoh berishlarini so‘raymiz.
@masofatalim
OTMlar kontrakt narxlarini e’lon qila boshladi
Davlat oliy ta’lim muassasalari 2024-2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miadorlarini ochiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilmayotgani haqida xabar berilgandi.
Shundan soʻng, 24-avgust kuni kun davomida quyidagi OTMlar toʻlov-kontrakt miqdorlarini rasmiy telegram kanalida e’lon qildi. Tegishli havolalar orqali tanishib chiqish mumkin.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – havola
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti – havola
Toshkent davlat pedagogika universiteti – havola
Toshkent davlat agrar universiteti – havola
Guliston davlat universiteti – havola
Termiz davlat universiteti – havola
Samarqand davlat universiteti – havola
Namangan davlat universiteti – havola
Qarshi davlat universiteti – havola
Andijon mashinasozlik instituti – havola
Andijon davlat universiteti – havola
Qoraqalpoq davlat universiteti – havola
Boshqa OTMlar qachon e’lon qilishi tayin emas.
@masofatalim
Davlat OTMlari tengdir davlat OTMlariga
Dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri – Stanfordda kontrakt narxi necha pulligini internet orqali osongina topish mumkin. Ammo bizdagi hatto TOP-1000 talikka kirdi deb maqtalgan OTMlarda kontrakt narxi qanchaligini bilib bo‘lmaydi.
Rektori PAda ham ishlaydigan bitta katta universitet esa kontrakt narxlarini XDFU qilib tasdiqlaydi va yashirib o‘tiraveradi😂
Aytishlaricha, vazir hamma OTMlarga 10-avgustgacha kontrakt narxlarini e’lon qilishni aytgan ekan. Amalda bu ko‘rinmayapti. Agar rostan ham vazirdan shunday topshiriq chiqqan bo‘lsa, bu nega ijro qilinmaganini nazorat qiladigan odamlar bormi?
@masofatalim
24-25-avgust kunlari respublika bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Hashar nafaqat ish, balki qo'shnilar, do'stlar bilan muloqot qilish uchun yaxshi imkoniyatdir!
@masofatalim
Yopiqlikmi yoki e’tiborsizlik: OTMlar kontrakt narxini nega ochiqlamaydi?
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani xabar berilgandi. Bunda universitet ushbu ma’lumotni rasmiy veb-saytida e’lon qilgan, jamoatchilik uchun ochiq.
Masalan, vazirlik vaqtida kontrakt narxlarini tasdiqlab berdi, biroq O‘zbekistonda moliyaviy mustaqillik berilgan yana 40 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi bor, ular ham o‘zlari uchun narx belgilashi mumkin. Ammo hammasi ham buni rasmiy manbalari orqali ochiqlayvermaydi.
Otaxona OTM – O‘zbekiston Milliy universitetining barcha sahifalari o‘rganildi, kontrakt narxi bo‘yicha yangilik yo‘q. Shunda narx oshirildimi yoki eski holida qoldimi? Talabalar bu ma’lumotni kimdan oladi? Universitet saytining yangiliklar bo’limida bu haqida ma’lumot yo‘q.
Toshkent davlat transport universitetining ham sahifalari tekshirildi, kontrakt bo‘yicha faqatgina vazirlik e’lon qilgan ma’lumot bor. Narxlar o‘zgardimi yoki eski holida qoldimi? Yoki rektor hali bu haqida buyruq chiqarishga ulgurmadimi?
Toshkent davlat texnika universitetining saytida esa na yangiliklar degan joyi bor va na kontrakt narxlari haqida ma’lumot. Yana qarasa bu kabi OTMlar chiqaveradi. Ayrim katta-katta OTMlarga birrov qaradik, xolos.
Ba’zi OTMlar summani hamma manbasida ochiq beradi, yana ayrimlari imi-jimida saytning bir teshigiga joylab qo‘yadi, aksariyati esa umuman ochiq manbalarda e’lon qilmaydi.
Ko‘rib chiqilgan OTMlar ichida, masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti kabilar rasmiy veb-saytiga ma’lumotlarni ochiq joylagan.
Vazirlik tasdiqlagan narxlarni Telegram kanalda “pereslat” qilib qutulmasdan, har bir OTM yo‘nalishlar kesimida, talabalarning bosqichlari bilan narxlar haqida ma’lumot berishiga nima halal beradi?
Talabalar o‘zi o‘qiyotgan yo‘nalishda kontrakt narxlari haqidagi ma’lumotni qayerdan oladi? Bugalteriyaga borsa, u yerda o‘tirganlar hammaga birma-bir aytadimi? Rasmiy manbalar orqali ma’lumot berish shunchalik qiyinmi? Yoki bu maxfiy ma’lumotmi? Davlat sirimi? Yopiqlikmi yoki e’tiborsizlikmi?
@masofatalim
“Restoranimizga mehmonga taklif qilsak boʻladimi, bir piyola choyga?”
Evos brendi asoschisi Xusamiddin Kayumovdan samimiy taklif va davlat rahbaridan samimiy javob😅
Toʻliq video: https://youtu.be/pk0LzNzjC5Q?si=2yvsO8qnfwo3LknA
@masofatalim
Shu yigit Andijondan Qoraqalpog‘istonga piyoda ketyapti. Yo‘lga chiqqan payti obunachisi 50 ming ham chiqmasdi. Yo‘lga chiqqanining 23-kuniga kelib, unda 335 mingdan ortiq obunachi bor. Bu raqam esa o‘sishda davom etyapti, manzilga yetib borguncha uning kuzatuvchilari yarim milliondan oshsa ham kerak. Orada reklamalar ham joylayapti. Telekanallarda intervyusi ham chiqdi.
Issiqda piyoda bu ishni qilish uncha-muncha odamning qo‘lidan kelmaydi. Yana bir e’tibor tortgani, u imkon qadar toza o‘zbek tilida gapirar ekan. Masalan, “zontik” deyish o‘rniga “soyabon” deyapti. Xullas, u ko‘pchilikka bir narsani amalda ko‘rsatib beryapti: muvaffaqiyatga erishish shunchaki oddiy narsa. Maqsadni aniq qo‘yib, shunga qarab mehnat qilish va natijasini tavakkal qilish yetarli ekanini ko‘rsatmoqda.
Shohijahonga omad, sog‘-salomat manzilga yetib olsin, deb duo qilib qo‘yamiz.
@masofatalim
60-70 ball toʻplaganlar grantga kirib turganda, super-kontraktga balo bormi, deydigan odam yoʻq😂
@masofatalim
27-avgust – kollej va texnikumlarni tanlashning oxirgi kuni
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi.
Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashning so‘nggi kuni.
Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej va texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻyilsa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@masofatalim
“Tugʻilgan” arizalardan bittasi “oʻldi”
Magistr.edu.uz saytida 26-avgust kuni kechqurun jami arizalar soni 33 173 ta edi. Ayni vaqtda bu 33 172 ta boʻlgan. Qayerdandir paydo boʻlib qolgan bitta ariza “oʻlgan”.
Eslatib oʻtamiz, qabul yakunlanganda jami arizalar soni 33 161 ta edi, hozir esa 33 172 ta turibdi. 11 ta ariza qayerdan “tugʻilgani” noma’lum boʻlib qolmoqda. Anavi 1 taga kamaygani bilan yana 11 ta shunaqasi bor.
@masofatalim
Tushunarsiz va izoh talab etiladigan holat
Koʻpchilik magistraturaning javoblarini kutayotgandi. Shu vaqt orasida magistr.edu.uz saytida oʻzgarish yuz berdi, goʻyoki natijalar chiqqandek edi. Buni isbotlovchi skrinshotlar bor.
Keyin sayt ishlamay qoldi, ana undan soʻng esa hammasi eski holiga qaytdi, ya’ni natijalar chiqmagan ekan. Mas’ullar ham magistraturaning natijalari hali tasdiqlanmagani va e’lon qilinmaganini bildirdi.
Xoʻsh, natijalar tasdiqlanmagan ekan, unda nega saytda natijalar paydo boʻlib, keyin yoʻq boʻlib qoldi? Agar bu tasdiqlanmagan boʻlsa va u koʻringan narsa natijalar boʻlmasa, nima edi unda?
Turli savollar kelib chiqyapti, oʻz-oʻzida har xil shubhalarga erk berishga ham toʻgʻri kelyapti…
@maaofatalim
❗️Mas’ullar magistratura natijalari hali tasdiqlanmagani va e’lon qilinmaganini xabar berishdi. Lekin oz qoldi, deb iddao qilishmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtgach, DTMning kasali vazirlikka yuqdi: sayt ishdan chiqdi :)
@masofatalim
Magistratura natijalarini kutayotgan hamma yoshlar bizning kanalda ekan-u :)
Izohlarda #FreeMagistratura heshtegini trendga chiqarishmoqda.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlanibdi.
@masofatalim
Termiz davlat universiteti 2024/2025-oʻquv yili uchun yuqori bosqich (2, 3, 4 va 5-kurs) talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlarini rasmiy Telegram kanalida e’lon qildi.
Xabarda 1-kurs bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha to‘lov-kontrakt miqdorlari 24-avgust kuni soat 19:00 da e’lon qilinishi aytilgan.
Aksariyat xususiy OTMlar reklamasini o‘zidayoq kontrakt narxini ochiqlab boradi. Xorijdagi OTMlar esa talabalarning elektron pochtasiga yuborib chiqadi. O‘zbekistondagi davlat OTMlari-chi?
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri 21-avgust kuni OTMlarda oʻqish 9-sentabrdan boshlanishi haqida buyruq chiqardi.
Undan bir kun oldin, 20-avgust kuni esa Oʻzbekiston Milliy universiteti ayrim kurs talabalariga oʻqish 4-sentabrdan boshlanishi haqida buyruq chiqargan.
Ushbu buyruq OʻzMUning talabalar guruhlarida dekan oʻrinbosarlari tomonidan tarqatilgan. Veb-saytda ham, ijtimoiy tarmoqlarida ham bu haqida aytilmagan.
Endi Inomjon Majidov bu buyruqni bekor qilib, yangisini chiqarib, hamma talabalarga xabar yetib borishini ta’minlay oladimi? Har holda vazir oliy ta’limda oʻqish 9-sentabrdan boshlansin deb buyruq chiqardi.
@masofatalim
🤩 Abituriyentlar uchun rad etib bo'lmas xushxabar!
🔥 "Registon" o'quv markazi "Tanlanganlar" loyihasining 3-mavsumiga start berdi.
➖ Bu loyiha 10- va 11-sinf o'quvchilarini imtihon orqali saralab olib, ularga maxsus kuchaytirilgan guruhlarda ta'lim berish uchun tashkil qilingan.
Nega aynan "Tanlanganlar" loyihasi?
📊 Imtihon asosida tanlanib olinasiz;
📝 Maxsus chuqurlashtirilgan dasturlarda o'qish imkoni
👩🏻🏫 Eng kuchli ustozlardan ta'lim olish
🧠 Kuchlilar bilan birgalikda tahsil olish
🆓 Bepul o'qish imkoniyati
👉 Tanlovga ro'yxatdan o'tish
📖 Tanlov nizomi bilan tanishish
Nufuzli davlat oliygohlarida o‘qishni istasangiz, BUXORO viloyatidagi “ISMOIL ADIZOV o‘quv markazi”da tayyorlaning!
Markazda yangi o‘quv yili uchun 5-6-7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilari va abituriyentlar uchun qabul BOSHLANDI!
O‘quv markazi IQTISOD, TEXNIKA, PEDAGOGIGA, TIBBIYOT OLIYGOHLARIGA yo‘naltirilgan:
● Asosiy fanlar (6 kun)
● Majburiy fanlar
ONA TILI | MATEMATIKA | TARIX
📌 Matematika va Fizika fanlaridan MILLIY SERTIFIKAT imtihonlariga tayyorlovchi maxsus guruhlar mavjud!
📌 uzoqdan keladigan abituriyentlar uchun yotoqxona (3 mahal issiq ovqati bilan) mavjud
📌o‘quvchilar bilim darajasiga mos guruhlarga ajratilib o’tiladi
📆 Barcha guruhlar uchun darslar 26- avgustdan boshlanadi.
📈O‘quvchilar natijalari bilan tanishish uchun: @t.me/IsmoilAdizov_ziyo
📍 Manzil: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani (mo‘ljal: 37- maktab)
📞 Murojaat uchun: +998903490733, +998917840203 +998900015801
🧑🏻💻@AdizovIsmoil
🔴 ALFRAGANUS UNIVERSITETI BITIRUVCHILARGA DAVLAT NAMUNASIDAGI DIPLOMLARNI TOPSHIRDI.
🟤Magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimidan video lavha.
🟤Qabul davom etmoqda.
🎓 Magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari haqida batafsil bu yerda.
— Yo’nalishlar bo’yicha kontrakt narxlari: Batafsil
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
— Hujjat topshirish: http://qabul.alfraganusuniversity.uz/
— O’qishni ko’chirish: http://transfer.alfraganusuniversity.uz/
— Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +99878-122-75-57
@Alfraganus_callcenter
📍 Manzil
Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt
Davlat oliy ta’lim muassasalari ham sekin-asta super-kontraktni reklama qilishni boshlabdi.
Sizningcha, davlat OTMlarida super-kontrakt boʻlishi kerakmi?
@masofatalim