😎 O'qishga tayyormisiz? texnomart esa tayyor!
Barcha talaba va o'quvchilar diqqatiga: sizga aksiyalarni BOOMMBASI bor!
- Smartfon xaridi uchun yana bir smartfon sovg'a;
- Noutbuklar va ko'plab texnika xaridi uchun "texnomart ryukzaki" sovg'a!
*Shoshiling, mahsulotlar soni cheklangan!
Ko'proq aksiyalar @texnomart kanalida
______
😎 Готовы к учебе? А texnomart готов!
Для всех студентов и учеников: у нас для вас БОМБЕЗНАЯ акция!
- За покупку смартфона еще один смартфон в подарок;
- За покупку ноутбуков и многих других техник в подарок "Рюкзак texnomart!"
*Спешите, количество товаров ограничено!
Больше акций на канале @texnomart
⚡️Rasman: DTMdan 56.7 va undan yuqori ball to'plagan abituriyentlar imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi.
Bundan tashqari, Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi.
✅ Davlat namunasidagi diplom;
✅ 2 mlrd so'mlik grant;
✅ Yillik 6 mln so'mlik stipendiya;
✅ Xotin-qizlar uchun foizsiz ta'lim krediti;
✅ 3-kursdan boshlab rasmiy ishda ishlash imkoniyati;
✅ Har bir talaba uchun 17 mln so'mgacha davlat subsidiyasi;
✅ Hamyonbop kontrakt narxlari (yillik 8 mln so'mdan boshlab).
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda yondashuv o‘zgardi
2020-yildan beri ushbu kanal faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, kanalda mavsumiy postlar bor. Shulardan biri – yotoqxona masalasi. Har yili o‘qish boshlandi deguncha murojaatlar yomg‘iri va muammolar ketma-ket e’lon qilinardi, ayni yotoqxona masalasida.
O‘tgan yildan talabalarni turar joy bilan ta’minlashda yondashuv ancha o‘zgardi. 2023-yil shu mavzuda tanqidiy post yozganimizni eslolmadik :)
Eng katta va muhim o‘zgarish – tizim raqamlashdi, vazirlik esa talabalarni turar joy bilan ta’minlashga qaratilgan markazlarni ishga tushirdi. Bu markazlar yotoqxonalar bilan emas, ijara xonadonlarni topish va talabalarni joylashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
Asosiysi, bu jarayonlarga mas’ullar avvalgidek boshini qumga tiqib olib emas, ochiq va dadil javob berishga harakat qilmoqda. Buning isboti sifatida kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi press tur tashkil etdi.
Bugungi kunda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 127 792 o‘rinni tashkil etmoqda.
Respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 31 882 o‘rinli 59 ta davlat-xususiy sheriklik asosida, 14 370 o‘rinli 27 tasi oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari doirasida barpo etilmoqda.
Ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrida jami 41 848 o‘rinli 108 ta talabalar turar joylari bo‘lib, 2022-2023 yillarda Toshkent shahrida 7 152 o‘rinli 13 ta talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirilgan.
Ko‘proq ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy kanalida o‘qish mumkin: /channel/eduuz
P.S. Yotoqxona masalasida harakatlar yaxshi, bu yil ham yotoqxona va ijaraga joylashish masalasida tanqidiy post yozmaymiz, deb umid qilamiz :)
@masofatalim
Yotoqxonani qanday olish mumkinligi haqida videoda batafsil tushuntirib berishibdi. Birinchi kurs talabalariga yuborib qo‘yamiz.
@masofatalim
- Ustoz, oʻzingiz oʻqitgan talabalarni koʻrib turasizmi? Ular hozir qaysi tashkilotlarda ishlashadi?
- Ha, albatta, shogirdlarim xorijning nufuzli kompaniyalarida ishlashadi. Ularni deyarli har kuni koʻraman.
- Iye, qanaqasiga?
- Ular Yandex, Uber kabi kompaniyalarda taksi haydashadi.
@masofatalim
Shok xabar: pora bor, qoldirilgan joy bor, lekin pulni bergan odam qidirilmoqda!
16-avgust kuni Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo’limi boshlig’ining xizmat xonasida noma’lum shaxs tomonidan fayl papka qoldirib ketilgani va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 5000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i borligi aniqlangan.
Ayni paytda zarur surishtiruv ishlari amalga oshirilib, porani qoldirib ketgan odam qidirilmoqda ekan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga koʻra, holatni shaxsan vazir Hilola Umarova nazoratga olibdi.
@masofatalim
Imtiyozlar tengsizliklar yaratishi haqida
Toshkent tibbiyot akademiyasiga yillar davomida tayyorlangan, davolash ishi yoʻnalishiga topshirib, 165 ball toʻplagan (osonmas buncha ball toʻplash) kim(lar)dir bugun kontraktga ham kira olmadi. Chunki bu yoʻnalishda kirish bali 168,9 ball boʻlgan. Ammo kimlardir xuddi shu joyga 82,7 ball davlat granti asosida qabul qilindi. Sababi oddiy: imtiyoz. Boshqa imtiyozchilarda ham shunaqa gaplar.
Imtiyozlar ikki toifa uchun qolsa yetadi: nogironligi bor shaxslar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari.
@masofatalim
📚 Endilikda DTM da to’plagan balingiz bilan Navoiy Innovatsiyalar Universitetining talabasi bo’lishingiz mumkin!
Undan tashqari:
- Navoiy Innovatsiyalar Universiteti O'zbekiston bo'ylab eng arzon 8 million so’mdan boshlanadigan kontrakt narxlari taqdim qilmoqda
- 2 mlrd Grant ajratilgan va qo’shimchasiga, 6 million so’mgacha stipendiya ham olishingiz mumkin;
Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud;
Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.
❗️Online ariza topshirish: https://niuedu.uz/uz/cv
✅Biz bilan bogʻlaning: (55)5000043
Telegram | Instagram | web-sayt
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
@masofatalim
Otabek Hasanov Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan katta tanlov e’lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi.
Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi va gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
1-o‘rin — 50 mln so‘m
2-o‘rin — 30 mln so‘m
3-o‘rin — 20 mln so‘m
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 30 mln so‘m
2-o‘rin — 20 mln so‘m
3-o‘rin — 10 mln so‘m
“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 mln so‘m
2-o‘rin — 10 mln so‘m
3-o‘rin — 5 mln so‘m
Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Manba
Shunaqa xabarlar doim qattiq ta’sir qiladi. Afsuski, qornini arang to‘ydirayotgan, bu yo‘lda ota-onasiga yordam beraman deb o‘qishni to‘xtatayotgan avlod kam emas. Bular bilan qaysi tashkilot shug‘ullanishi, o‘qishga borib, ta’lim olishini ta’minlashi kerak?
@masofatalim
Mandat ikki kun ichida e’lon qilinishi kerak
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozimligi haqida bergan xabarida tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda mandat e’lon qilinishini ma’lum qilgan.
Demak, 10-avgust – OTMlar va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning oxirgi kuni bo‘ldi. Shundan kelib chiqilsa, mandat eng kechi bilan 17-avgust kuni e’lon qilinishi kerak.
Avvalgi yillarda mandat chiqishi belgilangan sanadan kechikib e’lon qilinishi ko‘p bor kuzatilgan. Ya’ni mabodo bu yil ham kechikish bo‘lsa, bu birinchisi emas. Ammo shunga qaramay, yakuniy natijalar va’da qilingan sanada chiqadi, deb umid qilishda davom etaverish kerak.
P.S. Agar mandat aytilgan sanadan hech yo‘q bir kun oldin chiqib ketsa, kamdan kam uchraydigan sensatsiya bo‘lardi o‘ziyam :)
@masofatalim
🌎 Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda.
🏛 Buxoroda joylashgan o'z xalqaro atmosferasiga ega Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etayotganini eslatib o'tamiz. Endi qayta imtihon topshirishingizga hojat yo'q, shunchaki DTM natijangiz bilan talaba bo'lishingiz mumkin.
⚖️ Universitetimizda sizga berilayotgan shart-sharoitlar talabalarning nafaqat bilim olishlariga balki, erkin fikrlash, shaxsiy rivojlanishga ham o'z hissasini qo'shadi. Bu esa talabalarning kelajakda o'z sohasining professional mutaxassisi bo'lib yetishishlarida xizmat qiladi.
📚 Hoziroq 27 ta yo'nalish bo'yicha ro'yxatdan o'ting!
🔥 Siz ham kelajagingiz uchun ishonchli tanlov qiling – Osiyo Xalqaro Universitetini tanlang!
📝 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022)
📥 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
☎️ Murojaat uchun: +998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube
Partiyalardan bajarilmaydigan va’dalar
Oʻqish tavsiya etiladi:
https://platina.uz/0ca0b4
“Bankirlar uchun” kanalining yozishicha, mas’ul vazirlik haligacha banklarga kontrakt.edu.uz va prof.edu.uz platformalaridan ma’lumot olish imkoniyatini taqdim etmadi. Natijada, banklar tomonidan talabalarga imtiyozli ta’lim kreditlari ajratib bo‘lmayapti.
@masofatalim
Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga: yotoqxonaga qabul boshlandi
Talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
@masofatalim
Taksi haydovchilari oʻqituvchi va shifokorlardan koʻp topmoqda
6 ta taksi xizmatlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilgani natijasida, Davlat soliq qoʻmitasi taksi haydovchilari bir oyda qancha topayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:
125,6 ming nafari – 1 mln soʻmgacha;
104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;
45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;
78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;
7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.
Statistika agentligi 2024-yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha bergan ma’lumotga koʻra, ta’lim va tibbiyot xodimlarining oyligi oʻrtacha 3,2-3,5 mln soʻmni tashkil qiladi.
P.S. Universitetda ishlaydigan tanishim nega ishdan boʻshab taksi qilib yuribdi desam, gap buyoqda ekanda :)
@masofatalim
Shu mahal bir yaxshi gap yodga tushib qoldi:
“Birovga ‘paxta’ qoʻyishdan avval faqat oʻsha odamga yaxshi koʻrinaman deb emas, oʻsha odam meni ‘paxtam’dan keyin boshqalarga qanaqa koʻrinadi deb ham oʻyla”.
@masofatalim
Toshkent davlat texnika universitetiga kirish ballari.
Kim nima desa desin, muammo faqat va faqat maktablarda.
@masofatalim
Nima ahvol bu?
Otaxon oliy ta’lim muassasasi – Oʻzbekiston Milliy universitetining ayrim yoʻnalishlariga (kunduzgi) kirish ballari.
@masofatalim
Kecha mana bu post izohlarida “mandat qanchalik yaqin” deb soʻrashganda “uxlamaslikni maslahat beramiz, shu darajada yaqin” deb yozgandik.
Koʻpchilik esa rasmdagi postga qarab uxlavorgandi. Mana, toʻgʻri chiqdi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamma uxlayotgan paytda, soat 03:51 da mandatni e’lon qilib yubordi :)
Obbo meney, obbo meney, dermidi😂
@masofatalim
Bilim va malakalarni baholash agentligi 3000 so‘m evaziga ID raqamni 5100 raqamiga yuborilsa, mandat chiqqach sms shaklida ham natijani bilsa bo‘ladi, debdi.
Aftidan, mandat chiqqach serverlari ko‘tara olmay qolishiga tayyorgarlik, shekilli. Balki shundan ham soqqa tushirishmoqchidir, kim bilsin yanayam. Yaxshi gumonda bo‘laveraylik-chi.
@masofatalim
Termiz davlat pedagogika institutining 383,1 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilish holati aniqlandi. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@masofatalim
"Central Asian University talabalari safidan oʻrin olgan kunim, oldimda qanday imkoniyatlar ochilishini va hayotim qanchalik o‘zgarishini tasavvur ham qilolmasdim" - Muhammad Ali Turg‘unboyev hikoyasi
Andijonlik Muhammad Ali katta qadam tashlashga ahd qildi — u o‘z orzusiga ergashish va poytaxtni zabt etish uchun ona yurtini tark etdi.
Central Asian Universityʼda Ali nafaqat bilim, balki chin do‘stlar, ish, keng qamrovli loyihalar va o‘ziga bo‘lgan ishonchni ham topdi.
Muvaffaqiyat hikoyangizni Central Asian University bilan birga boshlang — hujjatlaringizni bugunoq topshiring!
Batafsil maʼlumot olish uchun qo‘ng‘iroq qiling:
📞+998712081234
Hujjatlarni topshirish | Telegram Bot
O‘zbekistonlik telegram kanalida xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan o‘zbeklar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziq lavhalar berib borilmoqda. Turli davlatlardagi vatandoshlarimizning hikoyalari chet elda o‘qishni istagan yoshlar uchun ham foydali bo‘ladi, albatta.
Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz