Kecha mana bu post izohlarida “mandat qanchalik yaqin” deb soʻrashganda “uxlamaslikni maslahat beramiz, shu darajada yaqin” deb yozgandik.
Koʻpchilik esa rasmdagi postga qarab uxlavorgandi. Mana, toʻgʻri chiqdi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamma uxlayotgan paytda, soat 03:51 da mandatni e’lon qilib yubordi :)
Obbo meney, obbo meney, dermidi😂
@masofatalim
Bilim va malakalarni baholash agentligi 3000 so‘m evaziga ID raqamni 5100 raqamiga yuborilsa, mandat chiqqach sms shaklida ham natijani bilsa bo‘ladi, debdi.
Aftidan, mandat chiqqach serverlari ko‘tara olmay qolishiga tayyorgarlik, shekilli. Balki shundan ham soqqa tushirishmoqchidir, kim bilsin yanayam. Yaxshi gumonda bo‘laveraylik-chi.
@masofatalim
Termiz davlat pedagogika institutining 383,1 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilish holati aniqlandi. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@masofatalim
"Central Asian University talabalari safidan oʻrin olgan kunim, oldimda qanday imkoniyatlar ochilishini va hayotim qanchalik o‘zgarishini tasavvur ham qilolmasdim" - Muhammad Ali Turg‘unboyev hikoyasi
Andijonlik Muhammad Ali katta qadam tashlashga ahd qildi — u o‘z orzusiga ergashish va poytaxtni zabt etish uchun ona yurtini tark etdi.
Central Asian Universityʼda Ali nafaqat bilim, balki chin do‘stlar, ish, keng qamrovli loyihalar va o‘ziga bo‘lgan ishonchni ham topdi.
Muvaffaqiyat hikoyangizni Central Asian University bilan birga boshlang — hujjatlaringizni bugunoq topshiring!
Batafsil maʼlumot olish uchun qo‘ng‘iroq qiling:
📞+998712081234
Hujjatlarni topshirish | Telegram Bot
O‘zbekistonlik telegram kanalida xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan o‘zbeklar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziq lavhalar berib borilmoqda. Turli davlatlardagi vatandoshlarimizning hikoyalari chet elda o‘qishni istagan yoshlar uchun ham foydali bo‘ladi, albatta.
Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
🔤 Axborot texnologiyalari va menejment universitetida 2024–2025 o’quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda
Bakalavr yo'nalishlari:
✅Boshlang’ich ta’lim;
✅Filologiya va tillarni o’qitish(arab, ingliz, rus);
✅Tarix;
✅Axborot tizimlari va texnologiyalari;
✅Kiberxavfsizlik injiniringi;
✅Dasturiy injiniring;
✅Iqtisodiyot;
✅Menejment;
✅Matematika;
✅Maxsus pedagogika(defektologiya);
✅Maktabgacha ta’lim;
✅O’zbek tili va adabiyoti;
✅Milliy goya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
✅Psixologiya;
✅Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
✅Bank ishi;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Arxitektura;
✅Tarix;
✅Iqtisodiyot;
✅Matematika;
✅Kompyuter injiniringi;
✅Lingvistika (tillar);
✅Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich ta’lim).
Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Toshkentda qanday kutib olindi?
Batafsil - videoda: https://youtu.be/5ucEKNefoss?si=-unEYBkdovfCpBoP
🛫 Rossiyada o'qish BEPUL!
📍 Yekaterinburg (Rossiya)
📚 Yo’nalishlar:
— IT
— Kadastr
— Arxitektura
— Temir yo'l haydovchisi
— Neftegaz
— Tilla-kon qazilmalar
— Transport
— Logistika
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Bahodir Jalolovni, Ichki ishlar vazirligi Abdumalik Xaloqovni, Mudofaa vazirligi Svetlana Osipovani hamkasbimiz, deb post joyladi. O‘zbekiston Milliy universiteti esa Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovani “bizdan chiqqan”, degan mazmunda post qo‘ydi.
@masofatalim
📣Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi!
TATU - YEUNGNAM UNIVERSITETI
“2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari mavjud:
- “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” (Information and Communication Engineering);
- “Kompyuter injiniring” (Computer Engineering).
TATU - KOOKMIN UNIVERSITETI
“4+0 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznes axborot texnologiyalari” (Business IT) bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
TATU - SEJONG UNIVERSITETI
“1+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration - MBA) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
🎓 Yuqoridagi barcha qo‘shma ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlari nufuzli OTMlarning chet ellik professorlari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
📄 Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga tegishli ravishda TATU va hamkor oliy ta’lim muassasasi tomonidan ikkita diplom beriladi.
TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR:
- Pasport;
- Diplom yoki Shaxodatnoma;
- Xorijiy til (Ingliz tili) sertifikati B1+ daraja (yoki Ingliz tilidan imtihon)
📎Qabul jarayoni 26-avgustgacha davom etadi.
⬇️Hujjatlarni onlayn topshirish uchun: https://apply.tuit.uz/
Batafsil ma’lumot uchun:
+99871-238-55-55
+99833-900-07-56
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
@masofatalim
Otabek Hasanov Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan katta tanlov e’lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi.
Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi va gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
1-o‘rin — 50 mln so‘m
2-o‘rin — 30 mln so‘m
3-o‘rin — 20 mln so‘m
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 30 mln so‘m
2-o‘rin — 20 mln so‘m
3-o‘rin — 10 mln so‘m
“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 mln so‘m
2-o‘rin — 10 mln so‘m
3-o‘rin — 5 mln so‘m
Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Manba
Shunaqa xabarlar doim qattiq ta’sir qiladi. Afsuski, qornini arang to‘ydirayotgan, bu yo‘lda ota-onasiga yordam beraman deb o‘qishni to‘xtatayotgan avlod kam emas. Bular bilan qaysi tashkilot shug‘ullanishi, o‘qishga borib, ta’lim olishini ta’minlashi kerak?
@masofatalim
Mandat ikki kun ichida e’lon qilinishi kerak
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozimligi haqida bergan xabarida tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda mandat e’lon qilinishini ma’lum qilgan.
Demak, 10-avgust – OTMlar va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning oxirgi kuni bo‘ldi. Shundan kelib chiqilsa, mandat eng kechi bilan 17-avgust kuni e’lon qilinishi kerak.
Avvalgi yillarda mandat chiqishi belgilangan sanadan kechikib e’lon qilinishi ko‘p bor kuzatilgan. Ya’ni mabodo bu yil ham kechikish bo‘lsa, bu birinchisi emas. Ammo shunga qaramay, yakuniy natijalar va’da qilingan sanada chiqadi, deb umid qilishda davom etaverish kerak.
P.S. Agar mandat aytilgan sanadan hech yo‘q bir kun oldin chiqib ketsa, kamdan kam uchraydigan sensatsiya bo‘lardi o‘ziyam :)
@masofatalim
#Buyuk_sarkardalar
Buyuk sarkardalarimiz haqida hikoya qilishda davom etamiz.
Spitamen – jasur, mard, xalqiga sodiq, tug‘ilib o‘sgan tuprog‘ini muqaddas bilgan qahramon.
Janglarda teran aql-zakovat va topqirligi bilan oz sonli jangchilari bilan minglab qo‘shinli dushmanlarni ham mag‘lub etgan.
Spitamen garchi xoinlik sabab o‘ldirilgan bo‘lsada, hali hanuz rivoyatlar, tarix haqiqatlarida qahramon sifatida yashab kelmoqda.
“Buyuk sarkardalar” loyihasi bunday qahramonlarimiz haqida ma’lumot berishda davom etadi.
/channel/otabek_khasanov
Eng arzon kontrakt qaysi Universitetda ekanligini bilarmidingiz?
✔️ Navoiy Innovatsiyalar Universiteti O'zbekiston bo'ylab eng arzon kontrakt narxlarini taqdim qilmoqda.
Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud:
Yo'nalishlar:
— Maktabgacha taʼlim
— Boshlang'ich taʼlim
— Pedagogika
— Biologiya
— Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili)
— Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
— Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
— Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
💸 Kontrakt narxlari — 8 mln so'mdan boshlanadi
Siz ham arzon narxda, qulay sharoitda o'qishni, professional ustozlardan ta'lim olishni istasangiz, quyidagi manzillar orqali ro'yxatdan o'ting👇📲 Onlayn hujjat topshirish: niuedu.uz/uz
Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan xalq o‘z qahramonlarini – chempionlarni munosib kutib oldi.
@masofatalim
Firibgarlar tadbirkor Akmal Payziyev nomidan chiqishib, uning tanishidan 50 ming dollar uxlatishibdi.
@masofatalim
100 ta o‘quv markazning bino va inshootlari ijarasi xarajatlari qoplab qilib beriladi
Hukumat qarori bilan uch oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirishi va yuritish tartibini ishlab chiqishi hamda uni amaliyotga joriy etishi belgilandi.
Reyting baholash natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatgich qayd etgan olis va chekka hududlardagi 100 ta o‘quv markazning bino va inshootlari ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.
@masofatalim
Boks boʻyicha Olimpiada chempionlarining murabbiyi Toʻlqin Qilichevga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, uning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya shifokorlariga esa “Doʻstlik” ordeni berish kerak.
@masofatalim
Korrupsiya haqida. Bu videoga ortiqcha matn shartmas, ko‘rish kerak, xolos😂
@masofatalim
Topshiriq tepadan
Bilgichlarning aytishicha, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni formalashtirish (bir xillashtirish) faqat Farg‘ona davlat universitetida emas, balki boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham kuzatilmoqda.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyidagi yig‘ilishda vazirlikdan shunday topshiriq tushgan. Ehtimol, vazirlikka ham shunaqa topshiriq kelgandir. Bu holat mantiqsizligi bilan bir qatorda, korrupsiyani ham keltirib chiqaradi, o‘qituvchilarga ortiqcha xarajat.
Oliy ta’limda ishlaydigan o‘qituvchilar oliy ma’lumotli, qanday kiyinishni o‘zlari juda yaxshi biladi. Ular jamiyatning eng ziyoli qatlami. Shu kungacha qaysidir o‘qituvchi futbolka yoki shortikda darsga kelganini ko‘rmadik.
Endi mana shu ziyoli qatlamni bir xillashtirib, formaga solishdan mantiq nima? Chiroyli ko‘rinishmi? Shundog‘am erkak o‘qituvchilar oq ko‘ylak, galstuk, qora shimda ishga kelishadi, sal salqin paytda esa kostyum-shimda. Ular qanday kiyinishni topshiriq berganlardan yaxshiroq bilishadi, har holda qachondir o‘sha topshiriq berganlar ham oliy ta’limda o‘qigan.
Masalaning ikkinchi asosiy jihati shuki, bunaqa formalashtirish amaliyoti korrupsiya kabi alomatlarni yuzaga chiqaradi. Kiyimni kimda tiktirishni mas’ul odam bajaruvchi bilan kelishib olib, “otkat” olmasdan ishlar bajarilishiga topshiriq berganlar kafolat bera oladimi? Keyin bu mantiqsizlikni nega o‘qituvchi o‘z hisobidan bajarishi kerak?
Boshqa muhimroq ishlar turganda o‘qituvchilarni bir xillashtirish, har kuni “Adiblar xiyoboni”da tadbir o‘tkazish, rektorlarni maktablarga yuborib, shoirlar bilan she’rxonliklar o‘tkazish, rektorlar mahallama-mahalla yurib, yoshlar bilan uchrashib, uni albom qilib, hisobot tayyorlab o‘tirishi bu oliy ta’limning ishi emasda endi, do‘stlar!
@masofatalim