Bazaviy kontrakt miqdori oshirildi
2023-yil talabalarning to‘lov-kontrakti oshirilmagandi, 2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari tasdiqlandi va narxlar oshgani yaqqol ko‘rinadi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yili iqtisod 9,1 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yildan 10,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Darvoqe, bu tasdiqlangan narxlarni moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarga ko‘pam ta’siri yo‘q. Ular 2024-2025 o‘quv yilidan qabul qilingan talabalarga bundan ham qimmatroq narx belgilashi mumkin.
@masofatalim
To‘qlikka sho‘xlik yoki 15 sutkaga yangi nomzodlar
Befarosatlar. Tarvuz arzon bo‘lib ketdi deb har balo qiliqni qilyapti bular. Isrof qilyapmiz, befarosatlik qilyapmiz, degan tushuncha mutlaqo yo‘q. Bular xiring-xiring qilib shuncha ne’matni uvol qilayotganda qaysidir davlatlar ocharchilikni boshdan o‘tkazyapti.
@masofatalim
Diyora Keldiyorova – Olimpiada chempioni!
O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiadada O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni taqdim etdi.
Diyoraning olimpiadadagi dastlabki raqibi ham, oxirgisi ham Olimpiada chempioni edi. U kurashdi va gʻalaba qozondi.
Diyora – Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida chempion boʻlgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, dzyudo sportida oltin olgan ilk sportchi! Bungacha erkaklarimiz ham dzyudodan oltin ololmagan edi.
P.S. Faqat Boburiylar yo Temuriylar emas, Toʻmarislar ham borgan ekan-ku :)
@masofatalim
🎓 Xalqaro ta'lim va diplom olish endi oson!
🛫 "Millat Umidi" universiteti talabalari uchun eng yaxshi xalqaro universitetlarda almashinuv dasturlari mavjud: 2 yil O'zbekistonda va 2 yil BAA, Britaniya yoki Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyati.
IELTS/SAT/CEFR sertifikatlariga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi!
2024 - 2025 o'quv yili uchun qabul ochildi!
1. Xalqaro o'qituvchilar;
2. Dunyo bo'ylab tan olingan diplom;
3. Xalqaro sertifikatlar;
4. Ishga joylashishda ko'mak;
5. Zamonaviy infratuzilma va qulay yotoqxona;
Bakalavriat ta'lim dasturlari:
🌍 ELT (Ingliz tili o'qitish);
💰 Buxgalteriya va moliya (ACCA);
🖥 IT va dasturlash;
📈 Biznes va menejment.
O'qish narxi: 18 - 25 mln. (fakultetga qarab farqlanadi).
🎁 IELTS va SAT sertifikatlariga ega talabalar 100% grantga ega bo'lishlari mumkin.
🔗 Hoziroq ariza topshiring va biz bilan birga xalqaro fuqaroga aylaning!
🌍 Website: millatumidi.uz
☎️ +998 71 200 03 06
Minimal ball hali tasdiqlanmagan, OTM va yo‘nalishni tanlashga shoshmagan ma’qul
Bundan bir necha oy avval o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).
Agar mana shu tartib tasdiqlansa, 56,7 balldan oshiq to‘plaganlar ham xursand bo‘lishmagani ma’qul. Chunki tegishlicha 94,5 va 75,6 ball o‘z-o‘zidan minimal ballga aylanib, 56,7 ball tarixda qoladi. Super kontrakt va super-muper kontrakt ham keyin boshqacha hisob-kitob qilinadi.
OTM va yo‘nalishni tanlashda mana shu yangiliklarga qarab tanlagan afzal. Agar 75,6 balldan oshiq, biroq 94,5 ballga yetmagan bo‘lsa, unda tibbiyotni emas, biologiya yoki boshqa turdosh yo‘nalishni, iqtisodni emas, matematika yoki boshqasini tanlash kerak. Bunga e’tiborsizlik qilib, abituriyent o‘zini-o‘zi o‘qishdan yiqitib qo‘yishi hech gap emas.
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@masofatalim
Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi ma’lumotga koʻra, bu yil kirish imtihonlarida bitiruvchilarning oʻrtacha bali 85 ballni tashkil qilgan.
Statistika agentligi joriy yilning birinchi yarmi boʻyicha bergan ma’lumotga koʻra, eng kam oylik oladigan sohalardan biri haliyam ta’limligicha qolmoqda.
@masofatalim
Oxirgi bir yilda 6 ta OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha vazirlik sudga murojaat qilgan
Oliy sudning ish holatlarini onlayn kuzatib borishga mo‘ljallangan platformasi orqali o‘rganilganda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oxirgi bir yil ichida 6 ta nodavlat oliy ta’lim muassasasining litsenziyasini bekor qilish uchun sudga murojaat qilgani, bundan 5 ta holatda vazirlikning talabi qanoatlantirilib, litsenziyalar bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
2024-yil 18-yanvar kuni Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan Binariy universiteti, 2023-yil 26-oktabr kuni Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bilan “Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti” (2023-yil 14-dekabrda Oliy sud ham bu qarorni o‘zgarishsiz qoldirgan), 2023-yil 23-avgustda Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan Namangan xalqaro universiteti, 2023-yil 3-avgustda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sud qarori bilan Toshkent texnologiyalar universiteti, 2023-yil 17-noyabrda Oliy sud qarori bilan Valley Innovative university litsenziyalari bekor qilingan.
@masofatalim
Hududlarda “Ma’naviyat festivali” ajoyib o‘tyapti
Surxondaryo viloyati Denov tumanida “Ma’naviyat festivali” doirasida “Vatan madhi” nomli gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vatanparvarlik va mehr-muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Eng asosiysi, chekka tuman va mahallalarga mana shunday e’tibor qilinayotganini alohida e’tirof etish kerak.
@masofatalim
Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimovaga maktabgacha va maktab ta’limi vaziri noutbuk sovgʻa qilibdi, onasiga esa tashakkurnoma.
P.S. Vazirni yonida yuradigan maslahatchilari bir ogʻiz “bu xalqaro olimpiadada yutyapti, bitta oddiy noutbuk nima boʻladi, hech yoʻq birorta MacBook beraylik” deb maslahat berishga yaramabdida. Oʻzi Xalqaro biologiya olimpiadasida sharmandamiz chiqib turgan boʻlsa, boshqa yoʻnalishlarda yurt bayrogʻini koʻkka koʻtarganlarga munosabat bunday boʻlmasligi kerak.
@masofatalim
Prezident maktablari o‘quvchilar formasining 1 donasini qariyb 2,4 mln so‘mdan sotib olar ekan.
Manba
@masofatalim
Imtiyozchilarga berilgan “imtiyozli kvota”
Yillar davomida repetitorda tayyorlangan, bilimli, hech qanday imtiyozga ega bo‘lmagan va imtihon topshirib talaba bo‘ladigan abituriyentlar uchun 1000 ta kvota ajratilishi kerak, deylik. O‘sha OTMning sig‘imi shuncha. Keyin imtiyozlilar uchun “alohida” yoki “qo‘shimcha” kvota niqobi ostida 200 ta kvota sug‘urib olinadi. Ya’ni imtiyozsiz abituriyentlar uchun umumiy 1000 ta joy bor edi, endi shu joy 800 ta qoldi.
O‘z-o‘zidan bu o‘tish baliga ham ta’sir etadigan. Tayyorlangan 200 ta abituriyent qolib, uning o‘rniga 200 ta imtiyozi bor kirib ketadi. Sal chuqurroq qaralsa, masala shunday. Aslida “alohida” yoki “qo‘shimcha” deb atalgan kvotalarning nomi sal boshqacha bo‘lishi kerak, ya’ni imtiyozchilarga berilgan “imtiyozli kvota”.
@masofatalim
Bitta saytini eplab kontent bilan to‘ldirib qo‘ya olmagan, tepsa tebranbas Davlat boshqaruv akademiyasi o‘zbek milliy kontenti qanday bo‘lishi kerakligi haqida bosh qotirmoqda 🤣
@masofatalim
“Diyora tug‘ilganda 1,5 kilo edi”
Olimpiadada tarixiy natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorovaning oilasi o‘tmishdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
@masofatalim
JIDU kontrakt narxlarini oshirdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Stipendiyasiz shaklda 1-bosqich bakalavr talabalari uchun 29,4 mln soʻm, 2-4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 mln soʻm etib belgilandi. Magistratura esa 27 mln soʻm.
@masofatalim
Islohotning bir qismi amalga oshmadi: minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilandi.
P.S. Bir necha oy avval rasmiylar minimal o‘tish balini oshirish haqida gapirgandi. Aftidan, o‘rtacha ballarning ahvolini ko‘rib, eski holatda qoldirishga qaror qilishgan, shekilli. Nimayam derdik, bitta botqoqdan chiqmasdan turib tepalikka ko‘tarilib bo‘lmaydi. OTMlarda vijdonan dars beradigan kuchli o‘qituvchilar va professorlarga sabr tilaymiz. O‘rtacha 85 ball yig‘a oladigan avlod boradi bu yil.
@masofatalim
Parijdagi olimpiadada toʻp tepgan oʻzbek futbolchilariga chuqur hurmat saqlagan holda aytamizki… Baribir alam qiladida, e, yorib tashlamaydimi-a? Oldindan uzr, yigitlar zoʻr oʻynagandir, ammo natija magʻlubiyatligi hammasini yuvib ketadi.
@masofatalim
Til bilish – zo‘r, ammo bu shunchaki vosita ekanini ham unutmaslik kerak
Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarning statistik ma’lumotlari e’lon qilindi.
Birinchi holat. Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 85,07 ballni tashkil qilgan, Buxoro viloyati birinchi o‘rinda. Eng oxirgi o‘rinni esa Andijon viloyati qayd etgan – 68,5 ball.
Ikkinchi holat. 345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentning 46,9 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu degani, imtihonga kirgan 345 ming abituriyent mandatni kutmasa ham bo‘ladi – “yiqildi”.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy tillarni o‘rganish uchun davlat tomonidan ko‘p e’tibor qaratilmoqda. Albatta, bu zo‘r, ammo boshqa fanlar-chi? Til bilish davr talabi, ammo bu shunchaki vosita ekanini ham unutmaslik kerak.
Xorijiy tillar uchun milliardlar sarflanyapti. Ichida samarali loyihalar ham bor, quruq sharlar ham bor. Kamida shu qatori fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix, geografiya kabi fanlarga ham e’tibor qaratilishi kerak.
Darvoqe, til o‘rgatishni xususiy sektor, o‘quv markazlar, repetitorlar yaxshi bajaryapti. Ularning o‘ziga qo‘yib bersa ham bo‘ladi. Aniq fanlarga bo‘lgan bugungi e’tibor esa yomon ahvolda, deyish mumkin. Tilga qaratilgan e’tiborning o‘ndan birini boshqa fanlarga qaratilsa, achinarli statistikalarni kamroq ko‘rarmidik?
@masofatalim
ALFRAGANUS universitetida bakalavriat yoʻnalishlari va magistraturaga qabul davom etmoqda
📚 Bakalavriat yo‘nalishlari (tibbiyot)
▫️ Davolash ishi
▫️ Pediatriya ishi
▫️ Stomatologiya
▫️ Farmatsiya
▫️ Sanoat farmatsiyasi
✅ Shuningdek:
- Iqtisodiyot
- Turizm
- Pedagogika
- Ijtimoiy fanlar
- Filologiya
- Raqamli texnologiya
- Jismoniy tarbiya va sport
🎓 Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Kompyuter injiniringi
➖ Dasturiy injiniring
➖ Sun’iy intellekt
➖ Lingvistika
➖ Sport faoliyati
➖ Turizm
➖ Iqtisodiyot
➖ O‘zbek tili va adabiyoti
➖ Falsafa
➖ Pedagogika
👉BATAFSIL
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
➖ DTM ball bilan hujjat topshirish
➖ Hujjat topshirish
➖ O’qishni ko’chirish
➖ Magistraturaga hujjat topshirish
➖ Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +998 78-122-75-57
📞 @Alfraganus_callcenter
📍 Manzil
Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt
Hindlar Zahiriddin Muhammad Boburni mogʻul imperatori sifatida koʻrsatib, film ishlayaptimi? Otabek Hasanov bunga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda hindlar bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film olayotgani va nomi “Buyuk mo‘g‘ul imperatori Bobur” ekani aytilayotgan xabarlar tarqaldi. Hatto film tizerlari ham tarmoqlarga yoyila boshladi.
Buyuk bobokalonimiz bilan bog‘liq tarix haqida dunyo ahlini chalg‘itish kabi bu holat mamlakatimiz jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan ma’lumot olish uchun bog‘landim.
Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qo‘shimcha xabar beriladi.
Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” loyihasi doirasida sarkardalarimiz, allomalar haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha ham tez orada o‘z samarasini berib, milliy o‘zligimiz bilan bog‘liq tariximiz ekranlarda gavdalanadi.
Lekin shu o‘rinda meni xursand qilgani, milliy g‘urur, vatanparvarlik shunchaki kitoblaru, quruq so‘zlarda emas, xalqimiz ongu shuurida yashamoqda, keng jamoatchilik esa bu kabi holatlarga aslo befarq emas.
Bu esa aynan Prezidentimiz aytgan, tahlikali vaziyatlarda millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar jasorat bilan maydonga chiqqayotganliklarining bir ko‘rinishidir.
O‘z navbatida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi keng jamoatchilikka, ziyolilarga befarq bo‘lmagani, ajdodlarimiz bilan bog‘liq tariximizni targ‘ib qilish haqidagi fikrlari uchun minnatdorchilik bildiradi.
Biz millat mas’uliyati yo‘lida hamfikr bo‘lsak, birlashsak, bu kabi qadriyatimiz, tariximiz, o‘zligimizga qaratilgan tahdidlarga qarshi tura olamiz.
Otabek Hasanov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari.
@masofatalim
“Narxoz”ning Samarqand filiali bosh muhandisi firibgarlik qilayotganda qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K. ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Prokuratura departamenti
@masofatalim
Tgstat’ning aytishicha, budjetdan moliyalashtiriladigan “Yangi Oʻzbekiston” nashri Telegramdagi kanaliga nakrutka qilib obunchi yiqqanlikda gumonlanmoqda ekan :)
@masofatalim
Husanov, malades! Bitta ispanni shundoq itardi, ispan yiqildi. O‘yin davomidagi hamma alamlarim chiqib ketdi. Baraka topsin!
O‘sha gap: hakam g‘irt dabba ekan.
@masofatalim
“Soyabon” – qisqa metrajli badiiy film premyerasi
Unda Yangi O‘zbekistondagi islohotlar, evrilishlar va tinchlik qadri haqida so‘z boradi.
Toʻliq video
@masofatalim
Aytishlaricha, Parijga olimpiadaga yo‘l olgan sportchilarimizni ruhlantirish uchun ajoyib rolik olinibdi. Tez orada premyera qilinishi kutilmoqda.
@masofatalim
Xalqaro biologiya olimpiadasining mezbonligi Oʻzbekistondan olib qoʻyildi
2027-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad – IBO) Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo ayni vaqtda bu mezbonlik Polshaga berilgan.
Bunga sabab bir necha kun avval xabar berilganidek, akademik halollikni buzgan holda oʻzbekistonlik oʻquvchiga oʻqituvchisi yordam berishga uringani sabab boʻlishi mumkin.
@masofatalim
Qoʻshimcha kvota – manipulatsiya
Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari qanday taqsimlanadi? Soddaroq tushuntirilsa, o‘sha OTMning sig‘imi, imkoniyatlari va moddiy texnik bazasidan kelib chiqib shakllantiriladi. “Qo‘shimcha kvota”lar osmondan olinmaydi, umumiy kvotadan kesib olinadi.
Yakunda “qo‘shimcha kvota” doirasida o‘qishga kirgan ham, umumiy kvota doirasida kirgan ham bitta binoda, bir xonada, bir xil o‘qituvchilardan dars oladi. Ular uchun alohida binolarda, alohida o‘qituvchilar kelib dars o‘tmaydi. Sodda aytganda, hamma bir qozonda qaynaydi.
Qo‘shimcha kvota – bu axborot manipulatsiyasi. Umumiy kvotadan kesib olingan parcha, xolos. Bu “alohida” yoki “qo‘shimcha” kvotalar umumiy testda bellashadigan abituriyentlarga ta’siri yo‘q. Aslida, esa yaxshigina ta’siri bor. Chunki ularda qolishi mumkin bo‘lgan rizq kesib olinyapti, xolos.
@masofatalim
Yoshlarning ishonchini oyoqosti qilmanglar
Har yili shu Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining g‘oliblariga pul mukofotlarini o‘z vaqtida topshirishda muammo bo‘ladi. Aslida mana shu yoshlardan ishonch kabi tushunchalarni poymol etayotgan ham davlat idoralarining o‘zi bo‘lib qolmoqda.
Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Hukumat qarori chiqadi, tanlov e’lonlari joylanadi, mukofotlar va’da qilinadi. Bunga ishongan yoshlar tanlovda qatnashadi. Keyin qarabsizki, na va’da qilingan puldan darak bor va na boshqasidan. Bu holat har yili takrorlanavergach, yoshlarda ishonch qoladimi?
Mirzo Ulug‘bekdek buyuklarning nomini bunaqa yolg‘onlarga aralashtirish yaxshi emas, yoshlarda ishonchsizlikni kuchaytirish esa mutlaqo oqlab bo‘lmaydigan ish. Mana shunaqa ishlardan keyin boshqa yaxshi ishlarga ham odamlar ishonmay qo‘yadi.
@masofatalim