“...Men jonim bilan sizga, istisno tariqasida, “prava” berishga tayyor edim-u, lekin prezidentning ham haqqi yo‘q bunaqa qonunlarni buzishga...” – Islom Karimov
@masofatalim
Xalqaro biologiya olimpiadasidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan bog‘liq holat Respublika darajasida o‘tkaziladigan har qanday olimpiadani shubha ostiga oladi. Korrupsiya va nepotizm alomatlari jiddiy nazoratga olinishi lozimligini talab etadi. Har holda olimpiada g‘oliblariga bir talay imtiyozlar bor. Masalan, g‘oliblarga pul mukofotidan tortib, bakalavrga imtihonsiz kirish-u, magistraturagacha mixlab qo‘yilgan.
@masofatalim
Ular shunchaki tugʻilgan
Davlat boshqaruv akademiyasing rahbariyatida oʻzi kimlar oʻtirarkan, deb qiziqib ham ma’lumot topolmaysiz.
Saytning rahbariyat boʻlimida akademiyaning rektori Adham Bekmurodov, birinchi prorektor Xudoyqul Azizov va prorektor Alisher Umarovlar keltirilgan.
Bularning biografiyasi bilan qiziqsangiz, anavi ikki prorektorning shunchaki tugʻilgan yili yozib qoʻyilgan, xolos. Rektor Adham Bekmurodov haqidagi ma’lumotlar ham toʻliq emas.
@masofatalim
“Seni kiyinishing oʻzingni qoʻlingdamas, kelajakka qoʻl urib balo bormi?” 🤣
@masofatalim
“BMBAdan e’tirozlarga adolatli yechim va aniq javob bilan bayonot berishlarini so‘raymiz” – Alisher Sa’dullayev
Kirish imtihonlarida huquq faniga oid testlar yuzasidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda. Ushbu holatga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev e’tibor qaratib, munosabat bildirdi.
“Abituriyentlardan Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) manziliga huquq faniga oid imtihonlarda ishlatilgan savollar yuzasidan menga yuzlab e’tirozlar kelib tushmoqda.
Ko‘pchilik yoshlar izohlarda bu vaziyatga munosabat bildirishimni so‘rashmoqda. Vaziyat yuzasidan shuni ta’kidlashim mumkinki, imtihondagi savollar yuzasidan BMBAga yoshlarning e’tirozlari yetkazildi. Shuningdek, BMBAdan e’tirozlarga adolatli yechim va aniq javob bilan bayonot berishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
@masofatalim
Oldingi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanganda tushlik vaqtiga bormasdan savollarning rasmlari internetni kezishni boshlardi, bu yil negadir tinchmi yoki endi chiqib qolarmikan? 😁
Lekin tan olib aytish kerak, oxirgi yillarda o‘qishga kirish tizimi ancha shaffoflashdi. Hozirgi abituriyentlar “bunker” degan kaslar kim, “X variant” va “baza savollari” degan balolar nimaligini bilmay katta bo‘lishyapti :)
@masofatalim
Bo‘zatov festivali g‘olibi Belarusda gran-prini qo‘lga kiritdi
“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov FEST tanlovining respublika bosqichida 10-15 yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Yasmina Husniddinova Belarusda o‘tkazilgan XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida gran-prini qo‘lga kiritdi. Yasminaga mukofotni Belarus prezidentni Lukashenko topshirgan.
@masofatalim
Urganch davlat universitetining poraxoʻr dekani qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.O‘. ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
@masofatalim
Kanalda oliy ta’lim tizimidagi muammolar yoki tanqidiy xabarlar nisbatan ko‘proq yoritilishini doimiy kuzatuvchilar yaxshi bilishadi. Ammo o‘rni kelsa yaxshi ma’lumotlar ham berib boriladi. Shulardan biri – my.edu.uz sayti.
Yaqinda oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim tizimiga oid interaktiv xizmatlar portali – my.edu.uz platformasiga duch keldik. Bugun ertalabdan saytni qarab chiqdik, chiroyli dizayn, qulay va oson yechim ishga tushirilgan.
Hozircha bu platformada biror kamchilikni payqamadik, aksincha juda yaxshi sayt qilishibdi – hamma xizmatlar bir portalda. Platforma ichida vazirlik bilan muloqot portali ham bor ekan, tizimni yaxshilash uchun takliflar qoldirsa bo‘larkan.
Oliy ta’lim tizimida hali yana raqamlashtirilishi kerak bo‘lgan ko‘p narsalar bor. Ammo mana shunday platformalarning ishga tushirilayotgani sekin-asta shu yo‘lda yaxshi ishlar qilinayotganiga signal bo‘la oladi, nazarimizda.
@masofatalim
Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi say-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirilibdi.
Vazir Hilola Umarova mukofotlashga odamini topibdilarda. Bir yil oldin shu hokim yigʻilishda direktor ayol bilan tortishib, militsiyaga “yoʻqot” deb aytgandi. Keyin oʻsha oʻqituvchi ayol 15 sutkaga qamalib ham ketgandi. Yoki vazir hokimni oʻsha voqea uchun taqdirladimikan-a? 🤔
Gap yoʻq, gap yoʻq, til ojiz.
@masofatalim
O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Tuproqqal’a tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bo‘limi boshlig‘i Sh.S. fuqaro J.K. ni tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
@masofatalim
🇺🇿 Sizlarni “Yangi O‘zbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida qisqa muddatli o'quv kurslariga taklif etamiz!
⏰ Kurs 2024-yil 15-20-iyul kunlari "ZOOM" platformasi orqali yetakchi mutaxassislar ishtirokida masofaviy (online) tarzda olib boriladi.
📕Kurs yakunida tinglovchilar maxsus Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🔹Mazkur o'quv kursi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17.05.2024-yildagi №278118-sonli Tasdiqnomasiga asosan o'tkazilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
👉 Batafsil I Ro'yxatdan o'tish
O‘zbekistonlik telegram kanalida xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan o‘zbeklar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziq lavhalar berib borilmoqda. Turli davlatlardagi vatandoshlarimizning hikoyalari chet elda o‘qishni istagan yoshlar uchun ham foydali bo‘ladi, albatta.
Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
Samarqandda firibgar yigit taniqli boylarni aldab pullarini o‘zlashtirdi
20 yoshli yigit Samarqand viloyatida taniqli tadbirkorlarning Telegram sahifalaridan foydalanib, ularni katta pulga chuv tushirgan.
Yigit Telegramʼda tadbirkorlar nomida sahifa ochgan va ularning fotosuratlarini qo‘ygan. So‘ng tadbirkorlar qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan.
Oxirida tadbirkorlar nomidan ularning yordamchilariga, qo‘l ostidagi xodimlarga pul zarur bo‘layotgani haqida yozib yuborgan. Yordamchilar va xodimlar sahifa soxta bo‘lishi ham mumkinligini xayollariga keltirmay, yigit so‘ragan pullarni tashlab beraverishgan. Yigit jinoiy ishga qo‘l urishdan avval taniqli tadbirkorlarni obdon kuzatgan.
“Avval tadbirkorlar nomida sahifa ochdim. So‘ng ularning nomidan menejerlariga, sotuv ofisi xodimlariga va boshqa ishchilariga xo‘jayinlari nomidan pul tashlanglar deb yozvordim. Hech kim nega deb so‘ramadi va so‘ragan pullarimni tashlab beraverishdi”, degan yigit sud majlisida.
Yigit o‘zi chuv tushirgan odamlarga o‘zidagi kartalarning raqamlarini yozib yuborgan va pullarni tushirib olgan. Shu tariqa xaker yigit bir tadbirkordan jami 36 mln, boshqasidan jami 43 mln so‘m undirgan.
U sudda pullarni onlayn qimor o‘yinlarida yutqazib yuborganini aytgan. Yigitning ta’kidlashicha, qilmishlari oshkor bo‘lgach u yashab turgan uyini sotib, tadbirkorlarga yetkazilgan zararni qoplab bergan.
Aniqlanishicha, yigit oldin ham xakerlik yo‘li bilan pul o‘zlashtirib, ikki marta sudlangan ekan.
Sud firibgar yigitni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan aybdor deb topgan va unga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi bergan.
@masofatalim
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi
Joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida 35-Xalqaro Biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiadada, shuningdek o‘quvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey pedagogi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan.
Mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘zbekistonlik oʻquvchilarning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda.
P.S. Bizni tanish-bilishchilik, mana shunaqa “bir-biriga yordam berish”lar xarob qiladi. Kamiga sharmanda ham qilibdi.
@masofatalim
Davlat boshqaruv akademiyasiga gapirding nima, devorga gapirding nima?
Bundan 20 kuncha avval Davlat boshqaruv akademiyasing sayti oyogʻi osmondan boʻlib yotgani haqida yozgandik. Biror oʻzgarish boʻldimikan, kerakli ma’lumotlar kiritildimikan, deb hozir yana qarab chiqdik. Yoʻq, sayt hamon oʻsha-oʻsha – oʻlik holatda yotibdi.
Masalan, deylik men shu akademiyada oʻqimoqchiman. Raqamlashgan dunyoda oʻzimni qiziqtirgan savollarga javobni akademiyaning rasmiy veb-saytidan ololmasam, unda kimdan olaman? Yoki tanish-bilish topishim kerakmi?
AOKAdagilar qayerga qarayapti?
@masofatalim
DAVLAT XALQARO UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA
Farmatsevtika texnik universiteti Buyuk Britaniyaning Sanderlend va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda Farmatsiya, Biokimyo, Biotibbiyot fanlari yoʻnalishlari boʻyicha oliy ta’lim dasturlarini taqdim etadi:
Darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilar xalqaro Britaniya diplomini qoʻlga kiritadilar. 40 ta grant o’rinlar mavjud.
Talablar:
— kamida 5.5 ballga teng IELTS sertifikati yoki muqobil xalqaro sertifikat
— o‘rta ma’lumot
Batafsil maʼlumot uchun:
+998 999508080
+998 958338181
@ptuuz
@ptuuz_bot
www.pharmatechuni.uz
Shoshiling, oʻrinlar cheklangan!
Prezident bilan uchrashgan abituriyent muddatidan oldin, imtiyozli ravishda talaba bo‘ldi
O‘tgan hafta yakunida Prezident bilan Farg‘onada uchrashgan abituriyent Madina Soliyevaga davlat rahbari o‘zi orzu qilgan O‘DJTUga o‘qishga kirishiga omad tiligan edi.
Bu voqeadan bir kun o‘tib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Farg‘onaga kelib, unga imtiyozli asosida, hech bir imtihonsiz o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatni tantanali topshiribdi.
Ma’lumot uchun, bu yil OTMga o‘qishga kirish uchun 894 279 abituriyent hujjat topshirgan.
@masofatalim
O‘zbekistonda tibbiyotga ixtisoslashgan birinchi telekanal ish boshladi
“Shifo TV” – O‘zbekistonda tibbiyot va tabobat haqidagi birinchi maxsus kanal bo‘lib, unda asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, kasalliklarning oldini olish, davolash bo‘yicha maxsus ko‘rsatuvlar, tok-shoular va meditsinaga oid kino hamda seriallar efirga uzatiladi. Telekanalda, shuningdek, shifokor va tabiblar, soha mutaxassislari bilan eksklyuziv intervyular, tomoshabinlardan yo‘llangan qiziqarli hamda kerakli savollarga manfaatli javoblar berilishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda telekanal onlayn rejimda www.shifotv.uz veb-sayti orqali hamda “Biz Media” (www.bizmedia.uz) platformasida bepul namoyish etilmoqda. Yaqin orada ushbu kanalni iTV, MediaBay, AllPlay, Cinerama, TV Com, Beeline TV kabi OTT-platformalardan ham topish mumkin bo‘ladi.
“Shifo TV” – professional va ishonchli.
#Qabul_2024
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024/2025 o‘quv yilida magistratura mutaxasisliklari uchun qabul davom etmoqda!!!
🔼 Bizda mavjud yo‘nalishlar va talab etiladigan sertifikat darajalari: /channel/tktiuz/32907
Hujjat topshirish bo'yicha video qo'llanma: https://www.youtube.com/watch?v=EVkrqIGKYGg
CALL-CENTER:
📞 Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun +998 95 324 88 86
📞 Sirtqi ta'lim shakli uchun +998 95 324 80 01
📞 Magistratura mutaxassisliklari uchun +998 95 324 80 84
📞 Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim shakli uchun +998 95 324 80 82
📞 Ishonch telefoni: +998 95 324 80 85
🔗 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun
👩🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | ✅ TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 tktiuzrasmiy">YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi, senator Alisher Sa’dullayev bugun, 11-iyul kuni 30 yoshni qarshiladi.
@masofatalim
Magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda
🌐 Endilikda siz “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Germaniyaning Mitvayda universitetida ikki diplomli dasturda tahsil olishingiz mumkin.
✅ Mutaxassislik: Sanoat boshqaruvi — innovatsiya va biznesni rivojlantirish
👉 O‘qishga ariza topshirish
Shuningdek, Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga ham qabul davom etmoqda.
📚 Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.
👉 O‘qishga ariza topshirish
15 yoshli o‘quvchi IELTS imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi 91-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Shoxruhxon Xasanov xalqaro IELTS imtihonidan yuqori natija qayd etib, 7 balni qo‘lga kiritdi.
Shoxruhxon test jarayonida o‘qib tushunish (reading) va tinglab tushunish (listening) bo‘limlarida yuqori – 8 ballik natijani qayd etgan.
P.S. Mana shunaqa til biladigan yoshlarning soni oshib boraversin. Yoshlikdan til o‘rganib, gazini bosaverish kerak.
@masofatalim
“Ma’naviyat festivali” hududlar bo’ylab yo’lga chiqdi!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ajoyib tashabbusga strat berilibdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida iyul-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ylab “Biz bir boʼlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʼtkaziladi.
Festival doirasida:
“Vatan madhi” nomli musiqiy konsert dasturi;
“Mutolaa marafoni”;
“Eng ma’naviyatli mahalla”;
“Ziyolilar forumi”;
“Uch avlod uchrashuvi”;
“Oila ma’naviyat qo‘rg‘oni”;
“Ajdodlarga ehtirom”;
“Ma’rifat tur”;
“Milliy birdamlik”;
“Inson qadri”;
“Ma’rifat soati”;
“Ma’naviyat kubogi” sport musobaqasi;
“Kinokarvon” loyihalari oʼtkaziladi.
@masofatalim
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
@masofatalim
Ayrim oliy ta’lim muassasalari iyul oyidan boshlab (hozirda talabalar ta’tilda, hamma qabul bilan ovora bir paytda) “Taraqqiyot sari” degan jurnalga birdan obuna bo‘la boshladilar (1, 2, 3, 4).
Bu jurnal muassisi hisoblangan MChJ esa 15.05.2024 sanasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Hayotning go‘zalligini qarang, firma may oyida ochilyapti, iyunda jurnal chiqaryapti, iyulda OTMlarga sotyapti, 30-40 mln pulini olyapti.
Jurnalning muassisi hisoblangan MChJning ta’sischisi esa Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi ekan.
@masofatalim
Tirikchilik
Express24 orqali ovqat buyurtma qilindi. Uzum tezkor futbolkasi va kepkasini kiygan yigit keldi. Sumkasi esa Yandex eats’ga tegishli edi. Velosipedda.
Buyurtmachining hayronligini koʻrgan yigit: “hayron boʻlmang, koʻpchilik yigitlar har uchalasida ham ishlaydi, ba’zida buyurtma boʻlmasa bekor qolib ketmaslik uchun ham uchtasiga ulanganmiz, tirikchilikda, aka”, deb javob berdi.
P.S. Yoshlarning asosiy vaqti bugun koʻproq bilim olish boʻlishi kerak edi, aslida. Ammo tirikchilik…
@masofatalim