Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi, senator Alisher Sa’dullayev bugun, 11-iyul kuni 30 yoshni qarshiladi.
@masofatalim
Magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda
🌐 Endilikda siz “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Germaniyaning Mitvayda universitetida ikki diplomli dasturda tahsil olishingiz mumkin.
✅ Mutaxassislik: Sanoat boshqaruvi — innovatsiya va biznesni rivojlantirish
👉 O‘qishga ariza topshirish
Shuningdek, Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga ham qabul davom etmoqda.
📚 Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.
👉 O‘qishga ariza topshirish
15 yoshli o‘quvchi IELTS imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi 91-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Shoxruhxon Xasanov xalqaro IELTS imtihonidan yuqori natija qayd etib, 7 balni qo‘lga kiritdi.
Shoxruhxon test jarayonida o‘qib tushunish (reading) va tinglab tushunish (listening) bo‘limlarida yuqori – 8 ballik natijani qayd etgan.
P.S. Mana shunaqa til biladigan yoshlarning soni oshib boraversin. Yoshlikdan til o‘rganib, gazini bosaverish kerak.
@masofatalim
“Ma’naviyat festivali” hududlar bo’ylab yo’lga chiqdi!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ajoyib tashabbusga strat berilibdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida iyul-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ylab “Biz bir boʼlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʼtkaziladi.
Festival doirasida:
“Vatan madhi” nomli musiqiy konsert dasturi;
“Mutolaa marafoni”;
“Eng ma’naviyatli mahalla”;
“Ziyolilar forumi”;
“Uch avlod uchrashuvi”;
“Oila ma’naviyat qo‘rg‘oni”;
“Ajdodlarga ehtirom”;
“Ma’rifat tur”;
“Milliy birdamlik”;
“Inson qadri”;
“Ma’rifat soati”;
“Ma’naviyat kubogi” sport musobaqasi;
“Kinokarvon” loyihalari oʼtkaziladi.
@masofatalim
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
@masofatalim
Ayrim oliy ta’lim muassasalari iyul oyidan boshlab (hozirda talabalar ta’tilda, hamma qabul bilan ovora bir paytda) “Taraqqiyot sari” degan jurnalga birdan obuna bo‘la boshladilar (1, 2, 3, 4).
Bu jurnal muassisi hisoblangan MChJ esa 15.05.2024 sanasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Hayotning go‘zalligini qarang, firma may oyida ochilyapti, iyunda jurnal chiqaryapti, iyulda OTMlarga sotyapti, 30-40 mln pulini olyapti.
Jurnalning muassisi hisoblangan MChJning ta’sischisi esa Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi ekan.
@masofatalim
Tirikchilik
Express24 orqali ovqat buyurtma qilindi. Uzum tezkor futbolkasi va kepkasini kiygan yigit keldi. Sumkasi esa Yandex eats’ga tegishli edi. Velosipedda.
Buyurtmachining hayronligini koʻrgan yigit: “hayron boʻlmang, koʻpchilik yigitlar har uchalasida ham ishlaydi, ba’zida buyurtma boʻlmasa bekor qolib ketmaslik uchun ham uchtasiga ulanganmiz, tirikchilikda, aka”, deb javob berdi.
P.S. Yoshlarning asosiy vaqti bugun koʻproq bilim olish boʻlishi kerak edi, aslida. Ammo tirikchilik…
@masofatalim
3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣
📌 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq YEOJU texnika instituti) Samarqand filialida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda!
🚀 Be smart, be skilled, be professional!
Oxirgi kunlarda Telegram oʻzidan oʻzi barcha qurilmalardan chiqib ketib qolmoqda. Bu holat koʻpchilik oʻzbekistonliklarda kuzatilgan. Ba’zi manbalarda buni vzlom qilish urinish bilan bogʻliq holat, deya izohlangan. Ammo mavjud vaziyat tahlil qilinganda, bu shunchaki Telegramdagi nosozlik boʻlishi ham mumkin.
Ba’zi tavsiyalar. Hozir kim koʻp, firibgarlar koʻp. Ehtiyot choralarini koʻrish, ikki tomonlama himoyadan foydalanish va Telegram ochilgan sim-karta doimo ishlab turishi maqsadga muvofiq.
@masofatalim
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’ati tarkibi tasdiqlandi.
@masofatalim
“Xush kelibsiz, dunyo yoshlari!”
“Humo arena”da 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan konsertda “Bo‘zatov FEST” – Yoshlar ovozi tanlovi g‘oliblari tomonidan tayyorlangan qo‘shiq. Bir so‘z bilan aytganda, ajoyib ijro.
@masofatalim
Fact-checking haqida ikki ogʻiz
Biroz avval telegramda katta auditoriyaga ega kanallardan birida “1 sentyabrdan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun stipendiyalar oshiriladi. Bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshiriladi”, degan xabar tarqaldi.
Keyin bunaqa gap yoʻq ediku deb mas’ullardan soʻrasak, ular ham xayron. Shu xabarni chiqargan kanal adminiga manba soʻrab yozsak, aniquz saytidagi xabarni tashlab berdi. Aniquz’ning telegram kanalida chiqqan narsani shundoqqina koʻchirib tarqatishgani ma’lum boʻldi.
Shundan soʻng sayt tomonidan xabarning toʻligʻiga berilgan link ochib koʻrilganda gap Qozogʻiston haqida ketayotgani, mamlakat bosh vaziri tegishli qarorni imzolagani aytilgan ekan. Oʻzimizning qorakoʻzlar esa xabarning toʻligʻini ochmay, tekshirmay, qasra-qusr tarqatavergan.
Mabodo qaysidir “tezkor”, “dahshat” yoki “shoshilinch” deb xabar tarqatadigan kanallarda sentabrdan stipendiyalar oshiriladi, degan yangilikka koʻzingiz tushsa, bu bizda emas, Qozogʻistonda ekanini yodga oling.
@masofatalim
Davlat boshqaruv akademiyasi saytidan kerakli ma’lumotni olib bo‘lmaydi
O‘zbekistonda turli ta’lim dargohlari bor, shulardan biri Davlat boshqaruv akademiyasi hisoblanadi.
DBA saytida “Ta’lim dasturlari” degan qismi tanlaganda magistratura, doktorantura, qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari borligi ko‘rinadi. Biroq ularning hech biri ishlamaydi.
Hamma sohada raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilyapti. Ammo Davlat boshqaruv akademiyasiga bu boradagi islohotlar yetib bormayotgandek ko‘rinmoqda.
Ma’lumotlarni bemalol yangilashsin, ammo magistratura yoki boshqa yo‘nalishlarni saytdan tekshirganda hech bo‘lmasa qabul tartibi haqida ma’lumot berilishi kerakmi?
Bundan tashqari, akademiya saytida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oluvchi tinglovchilar uchun kontrakt miqdori degan joyi bor ekan. Hech yo‘q kontrakt summasini bilib qo‘yay deb shu joyiga kirsangiz, qanaqadir suhbat jadvalini tiqib qo‘yishgan. Hujjatlar ro‘yxati degan qismiga kirsangiz ruschada qisqa ma’lumot kiritilgan.
Xullas, saytning oyog‘i osmondan bo‘lib yotibdi, ma’lumotlarni to‘ldirib, tez-tez yangilab turish kerak.
@masofatalim
“Sinchalak vlog”🕊️
Maxsus son. Hukumat vakillari hozirgi yoshlar haqida
@Sinchalak_blog
Bayram dasturi va mushakbozlikni oʻtkazib yubormang!
Bugun, 30-iyun kuni soat 17:00 da “Humo arena”da Yoshlar kuni va “Butunjahon yoshlar festivali”ning yopilish marosimiga bagʻishlangan bayram konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Dasturni “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Shuningdek, Yoshlar kuni munosabati bilan soat 21:00 da “Xalqlar doʻstligi” maydonida mushakbozlik oʻtkaziladi.
@masofatalim
Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi say-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirilibdi.
Vazir Hilola Umarova mukofotlashga odamini topibdilarda. Bir yil oldin shu hokim yigʻilishda direktor ayol bilan tortishib, militsiyaga “yoʻqot” deb aytgandi. Keyin oʻsha oʻqituvchi ayol 15 sutkaga qamalib ham ketgandi. Yoki vazir hokimni oʻsha voqea uchun taqdirladimikan-a? 🤔
Gap yoʻq, gap yoʻq, til ojiz.
@masofatalim
O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Tuproqqal’a tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bo‘limi boshlig‘i Sh.S. fuqaro J.K. ni tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
@masofatalim
🇺🇿 Sizlarni “Yangi O‘zbekistonda yosh olimlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida qisqa muddatli o'quv kurslariga taklif etamiz!
⏰ Kurs 2024-yil 15-20-iyul kunlari "ZOOM" platformasi orqali yetakchi mutaxassislar ishtirokida masofaviy (online) tarzda olib boriladi.
📕Kurs yakunida tinglovchilar maxsus Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🔹Mazkur o'quv kursi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17.05.2024-yildagi №278118-sonli Tasdiqnomasiga asosan o'tkazilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
👉 Batafsil I Ro'yxatdan o'tish
O‘zbekistonlik telegram kanalida xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan o‘zbeklar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziq lavhalar berib borilmoqda. Turli davlatlardagi vatandoshlarimizning hikoyalari chet elda o‘qishni istagan yoshlar uchun ham foydali bo‘ladi, albatta.
Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
“MY5” telekanalining 10 yilligi munosabati bilan Buxoroda bugun katta bayram!
“Mening yurtim” telekanalining 10 yilligi munosabati bilan bugun, 6-iyul kuni soat 20:30da Buxoro shaharidagi “Buxoro ARK” – Shahriston maydonida katta galakonsert – “Coca-cola” va “MY5” festivali bo‘lib o‘tadi.
Unda estradaning yorqin yulduzlari ishtirok etadi. Bayram unutilmas va yorqin xotiralarga boy bo‘lishi kutilmoqda. “MY5” telekanali barcha buxoroliklarni konsertda kutib qoladi!
#MY5_10yoshda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarda 15 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi – Raqobat qo‘mitasi
Jumladan, quyidagi holatlar o‘rganib chiqilgan:
⁃ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 16 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 14 mlrd so‘mlik;
⁃ Kasb-hunar maktablarida 3 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 685 mln so‘mlik;
⁃ Akademik litseylarda o‘tkazilgan 2 ta tanlovda 359,8 mln so‘mlik.
Ushbu o‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20, 46 moddalari talablari buzilganligi aniqlandi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan begilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilib, tegishlicha choralar ko‘rildi.
@masofatalim
Navoiylik qiz muddatidan oldin kirish imtihonlaridan maksimal ball yig‘di
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan bo‘lgan Munavvara Cho‘liyeva 6 ta fandan milliy sertifikat olib, kirish imtihonlari uchun maksimal 189 ball yig‘di. Endi u imtihon topshirmaydi.
Munavvara Cho‘liyeva Qiziltepa tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 11-sinfini 2023/2024 o‘quv yilida bitirgan. U 10-sinfligida ingliz tilidan til sertifikati va bilogiya fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. 11-sinfda esa kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix va matematika fanlaridan milliy sertifikat oldi. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan va bu fanlardan maksimal ball beradigan sertifikatga ega. Bunga qo‘shimcha ravishda majburiy fanlardan ham milliy sertifikatni oldi. Bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganini bildiradi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
@masofatalim
IT sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!
Toshkent shahrida joylashgan Idrok IT Academy’da quyidagi dasturlash kurslariga qabul boshlandi:
- Backend (Python)
- Frontend (Vue.js)
- Mobile (Flutter)
- AI (sun'iy idrok)
❗️Darvoqe, bu akademiyada oylik to‘lov miqdori boshqa o‘quv markazlarga qaraganda ancha-muncha arzon.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/oVtKU1tDLzBuJbbNA
Reklama
Yoshlarga unutilmas va takrorlanmas hissiyotlarni taqdim etgan konsert
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo arena”da yoshlar uchun ajoyib konsert bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga o‘zgacha energiya, unutilmas va takrorlanmas lahzalarni taqdim etgan ushbu konsert qanday o‘tganini videoda tomosha qiling.
O‘sha kuni konsertda eng mazza qilgan joyim – “Bo‘zatov FEST” g‘oliblari aytgan qo‘shiq bo‘ldi. Bu tanlov haqiqiy iste’dodlarni kashf etganiga yana bir bor amin bo‘ldik. Keyingi postda o‘sha yoshlar olib chiqqan qo‘shiqni ham joylaymiz.
@masofatalim
Davlat boshqaruv akademiyasi desa juda katta joyni tasavvur qilib yurgan ekanmiz. Saytining ahvolini ko‘rib bu tasavvurlarning hammasi o‘ldi. Shunaqa nufuzli joy bitta saytni to‘g‘rilab qo‘ymagandan keyin uyat-da endi.
Akademiya veb-sayti – dba.uz
@masofatalim
Milliy valyutamiz – so‘m 30 yoshda!
Pinkodchilar so‘mning paydo bo‘lish tarixi haqidagi ba’zi qiziqarli faktlar haqida ma’lumot beribdi.
Milliy valyuta – davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi. Davlat ramzlariga hurmat bilan muomalada bo‘lish, avvalo, o‘sha xalqning o‘ziga bo‘lgan yuksak e’tiborini ifodalaydi.
So‘mimizning qadri baland, qomati mustahkam bo‘laversin :)
@masofatalim