Jizzaxda odam oʻlimiga sabab boʻlgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etildi
Oliy sudning xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudida ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan zominlik 2001-yilda tug‘ilgan X.U. Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etildi.
Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan Zarbdor tuman sudida ayblanuvchi X.U ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sudda u sodir etgan jinoyat ishi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqanligi, qilgan ishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, OTM talabasi ekanligi hisobga olindi. Uni Yoshlar ittifoqi kafillikka olgan.
Talaba “jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan” deb topilgan va 7 yilgacha qamoq jazosi berilishi o‘rniga sud zalidan ozod qilingan.
@masofatalim
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi, 2004-yilda tug‘ilgan M.I. ismli shaxs 19-iyun kuni ikki nafar kursdoshi bilan Bo‘rijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milmoqchi bo‘lgan. Lekin suv tez oqayotgani va sovuqligi uchun suvdan chiqolmay, oqib ketgan.
Toshkent shahar FVB qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi uning jasadini topishgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti.
@masofatalim
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning IMC Krems AFU xalqaro qo'shma ta'lim fakultetiga 2024-2025 o'quv yili uchun qabul boshlandi.
Endilikda siz 2 ta universitet talabasi bo'lish va 2 ta diplomni qo'lga kiritish imkoniyatiga egasiz!
🏆 Fakultetning afzal tomonlari:
➡️ TDIU va IMC universitetlarining xalqaro diplomlari;
➡️ 100%, 50%, 30% Grant o‘rinlari;
➡️ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➡️ Work & Travel;
➡️ Xalqaro ish tajribasi;
➡️ 40-60% xorijlik o‘qituvchilar;
Ta'lim yo'nalishlari:
🤝 Xalqaro biznes boshqaruvi
💻 Turizm va dam olish menejmenti
📆 Hujjatlar 25-iyungacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)
🔗 Hujjat topshirish uchun havola
Qabul bo'limi:
+998943670440
+998943870440
+998943970440
📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
✅Rasmiy Telegram kanal
18-iyun kuni yoshlar oyligi doirasida sirdaryolik yoshlar uchun ajoyib bayram boʻlib oʻtdi.
@masofatalim
Ikki kun dam olib charchaganlar uchun.
Ma’lumot uchun, ertaga ham dam olish kuni :)
@masofatalim
Alpomishlar yurti – Surxondaryo viloyatida 15-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar uchun unutilmas bayram oʻtkazildi.
@masofatalim
14-iyun kuni Qashqadaryo viloyatida qizg‘in davom etgan yoshlar oyligi doirasidagi bayramdan videolavha
@masofatalim
Hech bir narsa mamlakatni o‘rinsiz cheklovu taqiqlar va ularning tushunarsiz oqibatlarichalik dunyoga mashhur qila olmaydi – Muhrim
@masofatalim
Javoblaringizni instagramdagi shu video izohiga qoldiring va 100 ming so'm yutib oling!
G'olibni keyingi savol chiqishidan oldin bir hafta ichida e'lon qilamiz🎉
👉Instagram
Koreya Respublikasi prezidenti Yoon Suk Yeol o‘zbekistonlik yoshlar bilan.
@masofatalim
Yoshlar oyligi yuqori darajada davom etyapti! 12-iyun kuni Buxoro viloyatida yoshlar uchun haqiqiy bayram bo‘libdi. Atmosfera bomba!
@masofatalim
Mabodo my.gov.uz operatorlari bilan bogʻlanmoqchi boʻlib, 1242 qisqa raqamiga ishingiz tushsa va tartib raqamingiz 50-60 orasida boʻlsa, “qizil”ni bosishga shoshmang. 20-25 minutcha kutilsa, navbat yetib kelarkan. #layfhak
Читать полностью…“Notcoin” sotgani sabab qamalgan talabaga Notcoin hamjamiyati yangi iPhone sovg‘a qilmoqchi
Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga notkoin sotgani uchun (800 mig so‘mga) ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
U kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybli deb topilgan hamda talabaning bank kartasi, Samsung Galaxy A30 rusumli telefoni musodara qilingan.
Shundan so‘ng Notcoin hamjamiyati yigitni qanday topish mumkinligini so‘ragan va ular yangi iPhone yuborishga tayyor ekanini bildirib “X” ijtimoiy platformasida yozib qoldirgan.
Bundan tashqari, Notcoin sotib qamalgan talaba haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, bu xabarlar dunyo miqyosiga chiqdi.
@masofatalim
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyatiga qarashli “Ustoz” nomli ajoyib loyiha bor ekan. Bu loyihada ziyoli insonlar chiqib, ustozga ehtirom haqida yaxshi gaplarni aytishyapti. Oʻzi bizga mana shu kabi ziyolilarni ulugʻlaydigan loyihalar koʻp kerak.
@masofatalim
Hozir agar qish fasli bo‘lganda quyidagi gaplar “O‘zbekneftgaz”ga zo‘r javob bo‘lardi: 😁
Qadamda metan zapravka, orada benzin zapravka
Lek afsus topilmaydi metani yo benzini bor zapravka
Zapravka ham bisyor, go‘yo butun zapravkalarda metan yo benzin bor
Lek moshinni yurgazishga metani tugamaydigan zapravka yo‘q bekor.
@masofatalim
19-iyun kuni Namangan viloyatida yoshlar uchun bayram tadbirlari o‘tkazildi.
@masofatalim
Ma’naviyat yangi kuch, yangi harakatga aylanmoqda
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Namangan va Farg‘ona viloyatlarida “Ma’naviyat anjumanlari” tashkil etildi.
Bunday keng masshtabda ilk bor o‘tkazilgan anjumanda – mahallalar, ta’lim muassasalari, shuningdek, mehnat jamoalarida ma’naviyat va ma’rifat masalalariga mas’ul bo‘lgan faollar qatnashdi.
“Bugun targ‘ibotchilar safi yanada kengayib, Haj ziyoratini ado etib qaytgan yurtdoshlarimiz biz bilan birga ishlashni boshlashdi. Demak, katta bir jamoa qanday harakat qiladi, kuchlarni qanday birlashtirish va amaliyotda samarali ishlash mumkin? Shular haqida gaplashib oldik”, – dedi Markaz rahbari Otabek Hasanov.
Yana bir yangilik, endi targ‘ibot ishlari ham raqamlashtiriladi. Vodiy viloyatlarida o‘tkazilayotgan anjumanlar doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilariga targ‘ibot materiallari va eng so‘nggi metodik qo‘llanmalardan foydalanish uchun maxsus QR-kodlar berilmoqda.
@masofatalim
💵 Iyul oyidagi kursimizga chegirma bilan yozilishning so'nggi kuni!
📨 Qurbon hayiti munosabati bilan iyul oyidagi "Scopus sari ilk qadam" nomli premium kursimiz darslari uchun 20% chegirma taqdim qilamiz!
🎯 Asosiy maqsad - Scopus ma’lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop qilish texnologiyalarini o'rgatishga qaratilgan.
🌐 Kursimizga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
/channel/publicationu
P.s: 1$ ham to'lov qilmasdan Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop qilish va ilmiy karerasida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganlar uchun.
Loyiha muallifi: Fakhriddin Abdikarimov
http://myurls.co/fakhriddin_abdikarimov
Kurs haqida to'liqma'lumot: @publish_uz
Respublikaning barcha hududlarida, tumanlar (shaharlar) va chekka hududlarda yoshlar oyligi qizgʻin davom etyapti. Videoda Jizzax viloyatida yoshlar bayrami qanday oʻtganini koʻrishingiz mumkin.
@masofatalim
“Ovoz” loyihasida hakamlar shu yigitga nisbatan nohaqlik qilishdi. Qo‘shiqni zo‘r kuyladi. Izohlarda ham odamlar bu haqida yozishmoqda, ayrimlar hatto endi qaytib ko‘rmaymiz, deb ham yozgan.
Sevara Nazarxon zo‘r qo‘shiqchi, ammo undan hakam chiqmas ekan, qo‘shiq aytilayotgan payti suqulaverib, bezor qildi. Farrux Zokirov esa ko‘pincha yonidagilarga qarab ball beryapti, o‘zi mustaqil ovoz berganini hech ko‘rmadim.
Ozodbek Nazarbekov... Ha, mayli, unga gapirishning foydasi yo‘q, beti qotib ketdi. Budjetdan oyiga 38 mln so‘mdan shu loyiha uchun gonorar olayotganlar orasida Tohir Sodiqov nisbatan yaxshiroq, deyish mumkin. Qolganlarni keyingi safar alishtirish kerak va moliyalashtirishga budjetning pulini tikishni bas qilish lozim.
@masofatalim
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!
🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!
Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!
Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.
Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olish mumkin!
Yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!
Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Oʻzbekistonda jami 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi bor. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa bitta davlat universiteti reklamasini kanalda joylab, boshqalarni joylamasligi eng kamida adolatsizlik boʻlsa kerak.
Oʻzi umuman, vazirlik hamma oliy ta’lim muassasasiga (davlat, xususiy, xorijiy va boshqa) tenglik prinsipida ishlashi, neytral holda turgani ma’qul, aslida. Qaysidir OTMni reklama qilib, boshqalarga bunday imkoniyat berilmasligi – xolislik emas!
@masofatalim
Andijon davlat universiteti rektori ishdan olindi
Hukumat qarori bilan Yo‘ldoshev Akramjon Sultonmurodovich Andijon davlat universiteti rektori lavozimidan olindi. Uning o‘rniga bugungacha Fiskal institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich ADU rektori etib tayinlandi.
@masofatalim
Oxirgi paytlarda talabalar tomonidan ularni my.sport.uz degan platforma orqali roʻyxatdan oʻtishga majburlanayotgani haqida turli murojaatlar kelayotgandi. Avvaliga 1-2 ta OTMdadir deb koʻz yumsak, kun sayin murojaatlar safi oshib boryapti. E’tiborlisi, hammasida kinoya yoki tahdid ohangi bor.
Afsuski, shu kabi majburiy ishlar tez-tez uchrab turadi. Kimga kerak bunaqa yolgʻon va shishirilgan raqamlar? Tavsiya qilishsin, oʻsha platformaning afzalligi ochib berilsin, ana keyin talabalar xohlasa roʻyxatdan oʻtsin, xohlamasa yoʻq. Ammo hech qachon buni tahdid yo turli kinoya gaplar bilan, majburlab qilish kerak emas!
@masofatalim
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da deputatlar amaldagi hemis tizimini keskin tanqid qildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining departmenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov e’tirozlarga javob berishga harakat qildi.
@masofatalim
My.gov.uz boʻyicha bir savolga javob topish uchun 1242 qisqa raqamiga telefon qilgandim, “navbatdagi tartib raqamingiz 56” dedi.
Hammasidan ham qoyil qoldirgani, mengacha 55 ta odam sabr bilan operator javobini kutayotgani boʻldi. Shunchaki dahshat.
Elektron hukumat, 55 ta navbat😂
10-iyun kuni yoshlar oyligi Qoraqalpogʻiston Respublikasidan start oldi.
Qoraqalpogʻistonlik yoshlarga shu kuni unutilmas va takrorlanmas bayram tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi davomida respublikaning barcha nuqtalarida yoshlar uchun ajoyib bayram dasturlari boʻlib oʻtadi.
@masofatalim
Yilning eng zo‘r oyi – yoshlar oyligi start oldi
Bugun, 10-iyundan boshlab O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi boshlandi.
Yoshlar oyligi doirasida har bir hudud va tumanlarda – hamma joyda yoshlar uchun ajoyib bayramlar tashkil etiladi.
Har yili nishonlanadigan turli sanalar bor, shular orasida aynan yoshlar oyligi eng ko‘p vaqt davom etadigan, yoshlarga xos energiya bilan o‘tadigan va eng asosiysi, unutilmas hamda takrorlanmas kayfiyatni baxsh etadigan oylikdir.
Yoshlar oyligi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan start olmoqda. 10-iyun kuni soat 19.30 da Nukus shahrida yoshlar bayrami boshlanadi!
@masofatalim
“Ma'rifat soati”
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etilar ekan.
Navbatdagi o‘quvni quyidagi havola orqali tomosha qiling.
https://www.youtube.com/watch?v=JdT9ACdf_Fw