O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ochiqlandi
Jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafarni tashkil qiladi. Shundan:
- davlat tashkilotlarida — 62 754 nafar (55 foiz);
- xususiy sektorda — 47 469 nafar (41,6 foiz);
- ikkala sektorda — 3 912 nafar (3,4 foiz).
@masofatalim
Tasavvur qilib ko‘ring, Stanford universiteti prezidentlari Richard Saller va Jenny Martinez AQShning Kaliforniya shtatidagi mahallalarda har hafta o‘ziga biriktirilgan yoshlar orasida o‘rganish o‘tkazib, noutbuk, kitob, shaxmat tarqatib yuribdi🤣 Tasavvurni o‘zida qanchalik kulguli tuyuladi bu. Chunki normal davlatlar bunaqa ahmoqona amaliyotni qo‘llamaydi, hamma o‘z ishini qiladi.
@masofatalim
Rektorlar mahallada o‘rganish o‘tkazib, kitob yoki noutbuk tarqatishi emas, o‘zi rahbarlik qilayotgan OTMning ta’lim sifati bilan shug‘ullanishi kerak. Hamma o‘zining ishini qilsin.
Ba’zida shu rektorlarga odamning rahmi kelib ketadi. Topshiriq tushadi, bular o‘zining funksional vazifasiga kirmasa ham bajarishga majbur bo‘ladi. Hech yo‘q shu ta’lim odamlariga tegmaslik kerak.
Rasmda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov topshiriqqa asosan mahallada o‘rganish o‘tkazib, noutbuk so‘raganga noutbuk, kitob so‘raganga kitob tarqatib yuribdi.
@masofatalim
Talabalari xorijda tahsil olishi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda!
Statista portali UNESCO ma’lumotlari asosida taqdim etgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston xorijda tahsil olayotgan talabalari soni bo‘yicha dunyodagi beshinchi mamlakat hisoblanadi.
Xorijda o‘qiyotgan xitoylik talabalar soni 1 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, hindistonlik talabalar 508 mingga yetgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Vetnam (137 ming), Germaniya (126 ming) va O‘zbekiston (110 ming) turibdi.
Achinarlisi shuki, o‘zimizda sifat yetishmasligi sabab ko‘pchilik xorijni tanlayotgan bo‘lsa, masalaning boshqa quvonarli tomoni, migrantlar soni bo‘yicha emas, xorijda ilm olayotgan yoshlar soni bo‘yich TOP-5 talikda ekanimiz xursand qiladi.
@masofatalim
❗️Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish 5-iyundan boshlanadi.
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi
“Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.
Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”, deyiladi tabrik matnida.
@masofatalim
Markaziy bank yangi oʻquv yilidan boshlab noiqtisodiy (tavba, shunaqa soʻz bor ekan, yanayam tilshunoslarimiz oydinlik kiritsa boʻlarkan) ta’lim yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida talabalarni moliyaviy savodxonlikka oʻqitmoqchi.
@masofatalim
Nodir Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
@masofatalim
Oliy ta’lim tizimidagi poraxo‘rlardan biri ushlandi
7-may kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan, 1992-yilda tug‘ilgan Sh.F. 2 nafar shaxsni 1 000 AQSH dollari evaziga texnikum direktorini moddiy manfaatdor etish orqali budjetga o‘qishga joylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
@masofatalim
❗️Ayni daqiqalarda “Mening yurtim” telekanalida “Yoshlar ovozi - Bo‘zatov Fest” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi takroran efirga uzatilmoqda. O‘ta ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan bayram dasturini o‘tkazib yubormang!
@masofatalim
Lola Boʻzatovda!
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumanida “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Unda estrada yulduzlari oʻz qoʻshiqlari bilan haqiqiy bayramona kayfiyat ulashmoqda. Xonanda Lolaning chiqishi esa kutilmagan boʻldi. Eng muhimi, odamlar, yoshlar mazza qilishyapti.
@masofatalim
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtayotgan “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovoning respublika bosqichi, super finali juda qizgʻin oʻtyapti.
Videoda 23-30 yosh toifasi, estrada yoʻnalishi super finalida samarqandlik Abdurahim Mamatqulov Gruziya qoʻshigʻi bilan chiqish qildi.
Shunaqa katta tanlovda, uzoq yillik tajribaga ega hakamlar oldida (ular orasida Oʻzbekiston Qahramoni Munojat Yoʻlchiyeva ham bor) gruzin qoʻshigʻini jonli ijroda kuylash oson emas, albatta.
@masofatalim
Boʻzatov FEST: tanlovning respublika bosqichi, 3-kun – estrada yoʻnalishi
13-may kuni Nukus shahrida tashkil etilgan muhtasham pavilonda “Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov FEST tanlovining estrada yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ijrosidagi o‘zbek, jahon va qoraqalpoq estrada na’munalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ishtiromchilarning 17 nafari estrada yo‘nalishi bo‘yicha tanlovning super finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
@masofatalim
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 10-17-may kunlari boʻlib oʻtadigan, iste’dodli yoshlarning eng sevimli tanlovi – “Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov FEST’ning respublika bosqichiga start berildi.
@masofatalim
Talabalar uchun SMM yo‘nalishida 100 foizlik grant e’lon qilindi
SMM sohasiga qiziqishi bor va shu yo‘nalishda o‘z kelajagini ko‘ra olgan talaba-yoshlar uchun grant e’lon qilindi.
Grant g‘oliblari amaliyotga asoslangan 3 oylik SMM kursida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kurs bitiruvchilari yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi.
🔗 Grant uchun roʻyxatdan oʻting
SMM maktabda bepul o‘qib, yuqori daromadli kasb egasiga aylaning.
📞 Aloqa: +998 55 520 60 60
✈️ @smmaktab
Kontraktga kirgan talaba keyinchalik grantga o‘tib olishi mumkin
Platina Podcast’ning navbatdagi sonida abituriyentlar uchun ko‘plab muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berilibdi.
Video: https://www.youtube.com/watch?v=jkYh5e6uoD4
Oliy ta’lim vazirligi til zabonini yutvormagan bo‘lsa, rektorlarini qutqarishi kerak. Mahallada o‘rganish o‘tkazishga ta’lim odamlaridan boshqasi qolmadimi? O‘sha topshiriq berayotganlarga tushuntirishga yaramaysizlarmi?
Bu “OTM rektori, qo‘lida falon ming talaba o‘qiydi, faloncha o‘qituvchi ishlaydi. Bu ta’lim sifatiga qarasinmi yo mahallaga chiqib ishlasinmi, nima qilsin” deyish shuncha qiyinmi?
Janob vazir, rektorlaringizni himoya qilib, ular o‘z ishi bilan shug‘ullanishiga zamin yarata olasizmi yoki qo‘lingizdan kelmaydimi?
@masofatalim
Ta’lim krediti endi faqat kunduzgi ta’limda oʻqiyotganlarga ajratilarkan. Qolgan yangiliklar rasmda.
@masofatalim
Buxoroda OTM o‘qituvchisi pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J. ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda jinoiy qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Prokuratura departamenti xabar berdi.
@masofatalim
Bugun O‘zbekiston ilm jamiyati uchun quvonarli kun bo‘ldi. Iqtisodchi Botir Qobilov dunyoda nufuzi bo‘yicha 3-o‘rinda turadigan Harvard universitetida PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.
Bundan tashqari, yana bir olim hamyurtimiz Damir Musayev genetika sohasidagi doktorlik ishini AQSHning Yel universitetida muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Manba
@masofatalim
Obunachidan taklif kelibdi:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanaliga oxirgi kunlarda joylanayotgan postlarni koʻrib, vazirlik nomini Tadbir, festival, forum, konferensiya, konsert oʻtkazish vazirligi deb oʻzgartirish taklifi tugʻilib qoldi”, deb yozishibdi.
Chindan ham, vazirlik kanalini qarab chiqib, bu ta’lim vazirligining kanalimi yoki tadbirlarni yoritib boradigan biror kanalimi, deb ikkilanib qoldi odam.
Ilm-fan bilan bogʻliq, dunyodagi yangi innovatsiyalar yoki texnologiyalar bilan bogʻliq xabarlardan ham joylab borilsa, talabalar va oʻqituvchilarga shundan foyda. Bitiruvchilar haftaligi doirasida talabalarga dota yoki counter strike oʻynatganini koʻrsatishdan nima foyda borligi esa tushunarsiz. Tadbirlarniyam yoritish kerak, lekin har holda bularni oliy ta’lim vazirligi degan nomi bor. Yonida innovatsiyalar degan soʻzi ham bor.
Nomga munosib boʻlib, sal ilm-fanga, innovatsiyalarga yaqin xabarlardan ham joylab turilsa, nur ustiga alo nur edida.
@masofatalim
“Global ko‘prik”
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat migrantlari qanchalik qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida tez-tez xabarlar tarqaladi. Ko‘rib odamning yuraklari ezilib ketadi. Biroq migratsiya faqat Rossiyadan iborat emas.
Davlat ham mavjud vaziyatni tushunib, xorijda o‘qish yoki ishlashni istagan yoshlar uchun bir qancha imkoniyatlar eshigini ochishga intilyapti. Bu yo‘nalishda ko‘proq e’tibor Yevropa davlatlariga qaratilayotgani ham alohida ahamiyatga ega.
Ana shunday yo‘nalishda Germaniyaga o‘qish va ishlash uchun yuborilgan o‘zbekistonlik yigit-qizlarning hayoti, u yerdagi mehnat sharoitlari, erishayotgan yutuqlari haqida so‘zlovchi “Global ko‘prik” nomli ilmiy-ommabop hujjatli film suratga olinibdi. Mazkur film premyerasi 22-may kuni soat 19:00da bo‘lib o‘tadi.
Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=C8bFBNfzVNE
“Subyektiv”ning qaysidir bir sonida Amerikada uchuvchi bo‘lib ishlaydigan Javohir ismli o‘zbek yigitni olib chiqishgan ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, o‘sha bola vatanga qaytib, o‘zimizning havoshkada (UzAirways) ishlamoqchi bo’libdi. Ammo rus tilini yaxshi bilmagani uchun uni ishga qabul qilishmabdi. Darvoqe, undagi xalqaro sertifikat milliy havoshkamizdagi birorta uchuvchida yo‘q, deb yozishmoqda Twitterda.
@masofatalim
Ma’lumot uchun, Zo‘r TVda qizil knopka bosib o‘tirgan artistlar shu ishiga budjetdan oyiga 38 mln so‘mdan gonorar olyapti.
@masofatalim
“Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovining tantanali taqdirlash marosimidan ajoyib salyutlar!
Boʻzatov iqtidorlarni kashf etadi!
@masofatalim
Davlat budjetidan milliardlab pul olib kun koʻrib yurgan, kamiga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini boshqalardan post oʻgʻrilab yuritib yurgan gazetalardan biri kecha davlatning “Oltin qalam” mukofotini olibdi😁
@masofatalim
❗️Ish qidirib yurgan talabalar uchun zoʻr imkoniyat: sotuv menejeri lavozimiga tanlov asosida 18-35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishga taklif etilmoqda
Asosiy talablar:
➖ sotuvchilikni uddalay olish;
➖ sotuvchi operator lavozimida eng kamida 6 oylik tajribaga ega bo‘lish (tajriba bo‘lmasa o‘rgatiladi);
➖ o‘zbek tilida ravon va chiroylik gaplasha olish;
➖ hushmuomala va kirishimli bo‘lish.
Qulayliklar:
➖ qulay joylashuv;
➖ oylik va qo‘shimcha bonuslar;
➖ shaxsiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati.
💵 Oylik-maosh: 5 mln soʻmdan 10 mln soʻmgacha (oklad + sotuvdan bonuslar bor).
Ish vaqti:
• 08:00 dan 19:00 gacha( qat’iy)
• 6/1 dam olish kuni (yakshanba).
Manzil: Toshkent shahri: Mirzo Ulugʻbek tumani Ц1. Orientr Bibigon kafesi.
Murojaat uchun:
Telegram: @HR_SEVINCH
Telefon: 50 708 41 40.
2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
- turli restoran va kafelar, xonadonlarda "Bitiruv oqshomlari"ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
- bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;
- o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
@masofatalim
Nukus shahrida “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovi respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi boshlanmoqda.
@masofatalim
Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan) qiz chaqaloq dunyoga keltirdi. Bolaning otasi 2006-yil tugʻilgan bola ekani ma’lum boʻldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqida Bolalar ombudsmani xabar berdi.
@masofatalim