“Boʻzatov FEST” yorqin pallaga kirmoqda!
Nukusda “Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov FEST tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari tantanali kutib olindi.
@masofatalim
Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalida davolanayotgan Muhiddin bobo Doʻsanboyevning Imona ismli nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga imtihonsiz, davlat granti asosida, hali qabul boshlanmay turib qabul qilinibdi. Buni Muhiddin boboning oldiga shaxsan vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov borib ma’lum qilibdi.
@masofatalim
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi
Toshkent shahrida talaba yigit Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasini yoqib yuborishga urindi. Sud hujjatida keltirilishicha, 2004-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi bo‘lgan A.A. 2023-yilning 19-oktabr kuni erta tongda Isroil elchixonasini yoqib yubormoqchi bo‘lgan.
Yigit o‘sha kuni soat 4:30 lar atrofida o‘z maqsadini amalga oshirish uchun sport sumkasiga kerosin solingan shisha idish, gantel, ikki quti gugurt va mato bo‘laklarini solib, velosipedda elchixona yoniga kelib to‘xtagan. Shunda uning harakatlari elchixona yonida joylashgan Yakkasaroy tumani IIO FMB 4-sonli IIB xodimlarining e’tiborini tortgan.
IIB xodimlari yigitdan to‘xtashni so‘ragan, u esa esa velosipedini boshqargan holda qochishni boshlagan. Xodimlar xizmat mashinasida uni kuzatib borib, to‘xtatgan va IIB binosi yoniga olib kelishgan hamda yelkasidagi sumkani ochib ko‘rsatishni so‘rashgan.
Talaba yigit shunda ham o‘z maqsadiga yetishish uchun IIB xodimlarini chalg‘itib, sumkasidagi kerosin solingan shisha idishni va bir dona gantel toshini qo‘liga olib, elchixona binosi tomonga yugurgan. IIB va elchixona binosini qo‘riqlayotgan Milliy gvardiya xodimlari yigitni elchixona eshigi yonida ushlashgan. Bu orada u qo‘lidagi shishani va gantel toshini devor ustidan elchixona hovlisi ichiga uloqtirishga erishgan.
A.A. sudda bergan ko‘rsatmasida 2023-yil oktabr oyining o‘rtalarida Gʻazo sektorida Isroil va Falastin o‘rtasida bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlar aks etgan videolarni ko‘ra boshlaganini, oqibatda Isroil davlatini yomon ko‘rib qolganligini, o‘ch olish maqsadida ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasini yoqib yuborishni maqsad qilganini bildirgan.
“Avval kerosin solingan butilkalarni devor orqali elchixona ichki hovlisiga uloqtirmoqchi edim. Keyin uning ortidan mato bo‘laklarini gantel toshlariga o‘ragan holda kerosin bilan to‘yintirib, ularni ham yoqqan holda kerosinli shisha singan hududga otib, bu orqali elchixonaga o‘t qo‘yishni reja qildim.
Odamlarga yoki elchixonaga zarar yetkazish niyatim bo‘lmagan, faqatgina Isroil davlati Falastindagi shifoxonaga bomba tashlagani uchun norozilik bildirmoqchi bo‘ldim. Sodir etgan harakatlarim noto‘g‘ri ekanini tushunib yetdim”, degan suddagi ko‘rsatmasida.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining shu yil 19 apreldagi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
@masofatalim
“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov fest tanlovining hududiy boqichi yakunlandi. Tanlovning respublika bosqichi esa 9-17-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.
Har bir hududdan uchta yosh toifasida baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yoshlar tanlovning respublika bosqichida bellashadilar.
Ma’lumot uchun, respublika bosqichida 1-o‘ringa 50 mln so‘m, 2-o‘ringa 30 mln so‘m va 3-o‘ringa 20 mln so‘m pul mukofoti bor. Qolgan barcha respublika bosqichi ishtirokchilarini esa 10 mln so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
@masofatalim
😊“Poytaxt Bank” yangi ishchi o‘rinlari yaratgan tadbirkorlik sub’yektlariga kredit foiz stavkalari kamayib boruvchi “Taraqqiyot sari” yangi kredit mahsulotini joriy qildi.
➖ Muddati: 36 oy
➖ Miqdori: 5 mlrd so‘mgacha
➖ Foiz stavkasi quyidagicha:
⁃ 10-20 tagacha yangi ishchi o‘rin uchun – 25,0%
⁃ 21-30 tagacha yangi ishchi o‘rin uchun yillik – 24,0%
⁃ 31 ta va undan ortiq yangi ishchi o‘rni uchun – 22,9%
Imtiyozlar:
⁃ 6 oygacha imtiyozli davr;
⁃ Debet aylanma uchun komissiya – 0%.
🚀 “Poytaxt Bank” bilan hamkorligingizni ertangi kunga qoldirmang!
Telegram ▪️ Facebook ▪️ Instagram ▪️ Web
“Saygʻoqni asraylik”
Oliy ta’lim muassasalarida “Saygʻoqni asraylik” mavzusida turkum tadbirlar va uchrashuvlar oʻtkazilar ekan :)
@masofatalim
Setanta Sports’da futbol ko‘rish endi yanada oson
Eng yirik futbol ligalari va eng zo‘r sport musobaqalari, yiliga 7000 dan ortiq jonli efirdagi rasmiy va eng muhimi sifatli formatdagi translyatsiyalar...
Gap Setanta Sports telekanallari haqida!
Endi ushbu sport kanallari “Biz Media” platformasida ham mavjud!
Hoziroq ilovani Google Play, AppStore yoki AppGallery orqali yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va Setanta tarif rejasini xarid qiling. Haqiqiy sport zavqini Setanta Sports telekanallarida aynan Biz Media platformasi orqali his eting.
Aytgancha, www.bizmedia.uz sayti hamda barcha smart televizorlarda ko‘rish imkoni ham mavjud.
Reklama
Kursimizda nimalar o'rganasiz❓
➖ Xitoy online magazinlari
✅ Taobao
✅ 1688
✅ Alibaba
✅ Pinduoduo
Va yana boshqa magazinlar haqida to'liq darsliklar, ro'yxatdan o'tish, manzil kiritish, to'lov qilish va hokazo
Va eng asosiysi, eng arzon va eng ishonchli kargo kompaniyalar haqida ma'lumotlar va ular bilan qanday ishlashni o'rganib olasiz
➖ Darsliklar yopiq telegram kanalda video ko'rinishida o'rgatiladi va siz kanalda doimiy qolasiz.
➖ Darslar davomida uyga vazifalar beriladi va tajribali kuratorlar tekshirib borishadi.
➖ Darsliklarni tamomlaganingizdan keyin yopiq guruhiga a'zo bo'lishingiz mumkin va u yerda boshqalar bilan ma'lumot almashib tursangiz bo'ladi
➖ Kurs davomida 2 marta Umar Zokirov bilan jonli efirda suhbatlashib, savollar bo'lsa savol javob, bo'lmasa fikr almashishingiz mumkin
➖ Kurs davomiyligi 30 kun
Siz zakaz berishni bilsangiz ham darsliklarimiz davomida olgan bilimlaringiz bilan siz kurs uchun to'lagan pulingizni 100% chiqarib olasiz, biz inshaalloh bunga kafolat beramiz
Maqul kelgan bo'lsa marxamat adminga aloqaga chiqing va kursga yoziling
Admin lichkasi: @kurs_unishopuz
Telfon nomeri : +998917626006
Telegram kanalim: @unishopuzReklama
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati yana oshdi. Vazir stipendiya masalasini hal qilishi kerak!
Statistika agentligi 2024-yil may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etishini ma’lum qildi. Yanvarda bu qiymat 621 ming so‘m bo‘lgandi.
Minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Bir necha yillardan beri talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmayapti. Bu haqida avval ham yozgandik. Yildan yilga minimal iste’mol xarajatlari oshyapti, pensiya va nafaqalar esa shundan kelib chiqib oshib bormoqda, ammo talabalarning stipendiyasi esa joyida qotib turibdi.
May oyidan boshlab bir oyda bir kishining minimal iste’mol xarajatlari qiymati 648 ming so‘mni, talabalarning bazaviy stipendiya miqdori esa 517 ming so‘mni tashkil qilyapti. Ya’ni talabalarning o‘rtacha stipendiya miqdori bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlaridan ham kamroqni tashkil qilyapti. Achinarlisi bir necha yildan beri mana shu holat kuzatilyapti.
Agar adashmayotgan bo‘lsak, orada 3 ta vazir almashib ham ketdi, endi umid yana yangi vazirdan. Hech yo‘q shu masala rasmiylar tomonidan ko‘tarilishi, yuqori minbarlarga takliflar tayyorlanib, yetkazilishi kerak. Natija chiqmasa ham talabalar manfaati uchun eng kamida gapirish va urinib ko‘rish lozim.
@masofatalim
Pastkash
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. Rayon rahbari esa hamyurtimizning bu ishi uchun unga surat, ish kiyimi va faxriy yorliq berib taqdirlabdi.
Mehnatkash hamyurtimizning bu ishini har qancha olqishlasak arziydi🫡.
Ammo Sank-Peterburg rahbarining qilig‘i esa pastkashlikdan boshqa narsa emas. Bu nomardni qarang, hamyurtlarini yong‘indan bir o‘zbek qutqarib qolsa-yu, bergan narsalarini ahvolini qarang. Faxriy yorlig‘ingayam, rasmingayam, kiyimingayam, basharangayam... o‘sha gap.
@masofatalim
Eng kam oylik hamon shifokor va o‘qituvchilarda bo‘lib qolmoqda
Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylari bo‘yicha ish haqi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamon shifokorlar va o‘qituvchilarning oyligi boshqa sohalarga nisbatan taqqoslanganda eng quyi o‘rinda qolmoqda.
Sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtacha 3,2 mln, o‘qituvchilar o‘rtacha 3,4 mln oylik olib turgan bir paytda Madaniyat vazirligi bitta shouning artist hakamlariga bir oyda 38 mln so‘mdan gonarar to‘lamoqda. Ha, kamiga bu artistlar xalqning bitta to‘yiga falon ming dollarga boradi, ular bu topgan daromadiga munosib soliq to‘lashi ham savol ostida. O‘qituvchi esa o‘zi arzimagan oylik oladi, ammo hasharga oyligidan pul to‘lagan ham shular, qizil yarim oy, nuroniy degan joylarga puli shilib olinganlar ham shular.
@masofatalim
Yaqin kunlardagi eng zoʻr yangilik Oʻzbekiston yoshlarining Osiyo chempionatida magʻlubiyatsiz shaklda oldidan chiqqan har qanday raqib ustidan gʻalaba qilishayotgani boʻlib turibdi. Gap yoʻq, yigitlar🫡
@masofatalim
Kimdir taqib ketsa, indamay taqib yuravermang. Georgiy tasmasi nima o‘zi u?
Har yili 9-may arafasida Georgiy tasmasining tarqatilishini, uning tarixini bilib-bilmay, goh ko‘ksiga, goh mashinasiga taqib yuradigan yurtdoshlarimizni ko‘rib hayron qolasan kishi. Axir bu tasma ortida qanchalik qora tarix bor!
Yekaterina II davrida, rus-turk urushi paytida joriy etilgan bu tasma va shu nomdagi orden urushda jasorat ko‘rsatgan rus harbiylariga berilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu tasma o‘zga yurt tuproqlarini toptagan, bosib olgan bosqinchilarga rag‘bat ramziga aylangan.
Uch qator qora va ikki qator to‘q sariq rangdan iborat bu tasma chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasiga bosqinchilik yurishlari davrida bosqin uchun mukofot bo‘lgan. Bizning ota-bobolarimiz qonini to‘kkani uchun ne-ne bosqinchilar bu tasmani taqmagan deysiz.
“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida shu mazmun aks etgani achchiq haqiqat.
Begunoh odamlarning to‘kilgan daryo-daryo qonlari, mushtipar ayollarning ohu voylari, yetim qolib bo‘zlagan bolalarning faryodlari, yonib ketgan uylar, vayron bo‘lgan binolar, zo‘ravonlik va xo‘rlikning haddi a’losiga yetishi ortida bu tasma yomg‘irdan keyin chiqqan kamalak kabi tovlanib turadi. Bu qora tarixni bilmasdan yoki ongli ravishda qatida qon jilvalanib turgan tasmani tarqatish kimgadir kerakdir, lekin uni taqish sharafsizlik emasmi? Hech bir vatanparvar inson bu tasmani o‘ziga ravo ko‘rmaydi, aksincha, undan jirkanadi.
O‘zbek degan millat o‘ziga qilingan yomonlikni kechirishi mumkin, lekin hech qachon unutmaydi. Biz ota-bobolarga munosib avlod bo‘lish uchun eng avval ularning qonini to‘kkan dushmanlarni tanib olishimiz zarur. Zotan, o‘z vataningni bosib, talab, vayron qilib, uni toptagan bosqinchiga muhabbat qo‘yish, uning faxr belgisi bo‘lmish – ramziy tasmasini taqish millatga nisbatan xiyonatdir.
Biz faxr qiladigan muqaddas bayrog‘imiz bor. Ataylab bizga tiqishtiriladigan yovuz tasma o‘rniga o‘z bayrog‘imiz tasvirlangan tasmalarni taqib yurganga nima yetsin! Ularga munosib javob shu!
Yaqinlarni ogohlantirishni unutmang!
@masofatalim
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bir qator yaxshi tashabbuslar ilgari surilgan. Ulardan eng muhimlari quyida keltirilmoqda:
• 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
• Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
• Davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.
• O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).
Barchasini islohotlar deyish mumkin. Ammo bu yangiliklarning hujjati chiqishidan oldin biroz boyitish kerak.
Birinchidan, minimal ball oshirilyapti. Ammo “superkontrakt” joyida turibdi. Demak, bu masala ham ko‘rilishi kerak. Masalan, tibbiyotga kirish biroz baland yuradi. Deylik imtihonda 1-75,6 ball olgan talaba pulini to‘lab tibbiyotda o‘qishi adolat emas. Ball oshirilishining ham bularga taalluqli joyi ko‘rinmayapti. Bu masalani ko‘p marta ko‘targanmiz.
Ikkinchidan, o‘qishga kirishdagi imtiyozlar to‘liq tugatilishi kerak. Bilimi zo‘r bo‘lsa, el qatori imtihon topshirib o‘qisin. Boshqa izoh shartmas. Bu haqidayam ko‘p gapirganmiz.
Uchinchidan, stipendiya masalasi shu orada yana unutilib qolib ketmasligi lozim.
Xullas, shu 3 ta narsa qolib ketmasligi kerak: superkontrakt, imtiyoz va stipendiya. Balki barchasi navbati bilan bo‘lar. Muhimi bugungi yangiliklarning hammasini yaxshi qadamlar deyish mumkin, albatta.
@masofatalim
Agar mana shu topshiriq rost boʻlsa, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida munosib oʻrinbosarlar oʻtiribdi, rahmat.
Oʻtgan yili ayrim OTMlar “katyusha” va rus qoʻshiqlariga oʻynagan. Bu yil kuzatamiz, shunaqa holat kuzatilsa, albatta, ayash yoʻq.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va ikki oʻrinbosari yaqinda tayinlandi. Ularga ham shu orqali baho beramiz.
Rus propagandachilari bundan bir necha oy avval chiqib gapirgan sassiq gaplarini unutib qoʻymaylik.
@masofatalim
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.
@masofatalim
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
U-23: Men Porijga ketaman, ketaman dedim, ketaman:)⚽️
Jaloliddinov, Odilov, Norchayev va boshqalar… Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi va ularning ota-onalaridan eksklyuziv intervyu.
https://youtu.be/cZmCQyh547I?si=T_av2xi65k3TYgqU
@Sinchalak_blog
Haddan tashqari madaniyatli millat-a shu yaponlar. O‘zbekistonlik muxlislar oldiga kelib, ularga o‘z hurmatini bildirib ketdi.
Manba
@masofatalim
Bugun, 3-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da Qatardagi Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Sportchi va harbiylarimiz bugungi finalda yoshlarga omad tilab, maxsus videorolik e’lon qilishibdi.
Futbolchilarimizga omad yor bo‘lsin!
@masofatalim
Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi. Stipendiyalar esa yana o‘zgarishsiz qoldi.
2024-yil 1-maydan boshlab:
- ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m etib belgilandi.
Kutilganidek, talabalarning stipendiyalari yana indeksatsiya qilinmadi. Shunday qilib, stipendiyalar bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlaridan ham kamroq summani tashkil qilmoqda.
@masofatalim
Gulruhbegim Tohirjonova shaxmat bo‘yicha Xalqaro usta unvonini qo‘lga kiritdi
Hozirda AQSH terma jamoasi safida dona surayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston tarixida erkaklargina sazovor bo‘lgan Xalqaro usta (International Master) maqomini qo‘lga kiritgan ilk shaxmatchi ayol bo‘ldi.
@masofatalim
Toshkent shahar hokimligidan kutilmagan video. Ular ham instagramdagi trendga qo‘shilib, mahallada nima qilish mumkinu, nima mumkinmasligini aytib chiqibdi.
Videodan ilhomlanib, hokimlikka mos uchta yaxshi gap kelib qoldi, shu yerda qoldiramiz:
1. Oliy ta’lim muassasasi binosini qurish mumkin-u, lekin sotish mumkinmas.
2. Parklarni obodonlashtirish mumkin-u, lekin sotish mumkinmas.
3. Tanlov o‘tkazish mumkin-u, lekin pulini bermay, g‘oliblarni aldash mumkinmas.
@masofatalim
❗️Toshkentda taksi haydovchisini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ikki talaba qamoqqa olindi
Voqea 27-aprel kuni kechasi sodir bo‘lgan. 20 yoshli M.Z. va 18 yoshli M.D. o‘zganing mulkini egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirishni reja qilgan. Ular Chilonzor tumanida joylashgan “Olmazor” metro bekati yonida taksi buyurtma qilgan. Chaqiruviga asosan A.Ch. boshqaruvida bo‘lgan Gentra yetib kelgan.
Ular taksiga o‘tirib, Yangiyo‘l tumani hududiga borgan. So‘ngra avtomashinani to‘xtatib, atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, oldindan tuzilgan rejani amalga oshirishni boshlashgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan M.D. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin o‘ng orqa sohasiga bir marotaba urib, bo‘ynini qo‘llari bilan bo‘g‘ishga uringan. Haydovchi unga qarshilik qila boshlagach, o‘rindiqda o‘tirgan M.Z. jabrlanuvchining qo‘llarini ushlab turganida tuman IIBning to‘rt nafar tungi navbatchilik guruhi a’zolari kelib qolgan.
Xodimlar zudlik bilan ularni qo‘lga olgani sababli yigitlar boshlangan jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan. Hodisa joyidan bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan M.Z. va M.D ga Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (odam o‘ldirish) 2-qismi “i”, “p” bandlari va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov e’lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ikkala yigit ham Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va ayni paytda Toshkentdagi oliygohda birinchi bosqich talabasi bo‘lgan.
@masofatalim
“Sukut saqlama” loyihasi koordinatori Nigora Adizova bizda ham zo‘ravon amaldorlar borligini ma’lum qildi
“Bizga ham Bishimbayev singari katta lavozimda ishlaydigan oila boshliqlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayollar yoki farzandlar murojaat qilishgan, ammo biz ularni yorita olmaganmiz!”, degan u.
@masofatalim
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish uchun yaxshi ishga qo‘l uribdi. Maktablarning 7-10 sinflari o‘rtasida ilk marotaba “Turon” maktab teatri tanlovi o‘tkazilmoqda.
“Turon” maktab teatri Telegram kanalida mazkur tanlov hududlarda qanday o‘tayotgani keng yoritib borilmoqda. Quvonarlisi shuki, maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodini yuzaga chiqarish uchun mana shunaqa tanlovlar juda kerak edi, nazarimizda.
Darvoqe, hududiy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.
Maktablarda ham shunaqa yaxshi tanlovlar o‘tkazsa bo‘larkan-ku!
@masofatalim
2025-yil 1-yanvardan internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilibdi.
@masofatalim