“Sevimli” degan kanalda ketgan mana bu ko‘rsatuv boshlovchilari xayriya nima, volontyor kim ekanini bilmaydi, shekilli. Keyin sal farosatni ishlatib, madaniyatli odamlarga o‘xshab ko‘rsatuv olsa ham bo‘ladi: bechora gapirayotgan qizning gapini anavi boshlovchi naqd 5 marta bo‘lib tashladi-ye.
Ikkinchi boshlovchi ham birinchisidan qolishmasdan, qovunni zo‘rini tushirdi, savolni ahvolini qaranglar: “... oshqozonni tikib bo‘lmasa, volontyorlar qayerdan oylik oladi”, deb so‘rayapti🤣
Bilmasang, tushunmasang, nima qilasan ko‘rsatuv qilib? Nima qilasan boshlovchilik qilib? Volontyorlar butun dunyoda bor, bizda endi-endi rivojlanyapti, TVga shunaqa “aqlli boshlovchi”lar chiqib olib, bechora gapirayotgan odamning gapini tushunib-tushunmay bo‘lib, o‘zini ko‘rsatish shartmasda endi.
@masofatalim
“Noinsof firibgar”
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 59 yoshli U.T. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, jabrlanuvchi U.T. gumonlanuvchi I.S.dan “TBC bank” ilovasi orqali onlayn mikroqarz olib berishini iltimos qilgan va U.T.ning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 8.099.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va unga “Sizga kredit berishmadi” deb aldagan.
Bundan xabar topgan, jabrlanuvchi U.T., I.S. bilan uchrashib, nima sababdan bunday qilganligi aytib pullarni qaytarishni so‘raganida I.S. uning nomiga olgan kreditini yopib berishini aytib, bank kartasini olib, U.T.ning nomiga “Asaka bank” mobil ilovasi orqali 20 mln. so‘m takroran onlayn kredit olib, jami 28.099.000 so‘m pullarni talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan I.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
@masofatalim
14-19-aprel kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi Yoshlar forumi va uning doirasidagi tadbirlarda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda D.Kattaxanova mamlakat yoshlari nomidan nutq so‘zladi.
Shuningdek, tashrif davomida AQSHda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan muloqot va o‘zbekistonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilibdi.
@masofatalim
Derazadan qarab turgan qoʻshni bolalar
Abduqodir Toshqulov topib gapirgan: “…uylar kengaydi, ammo insonlarning bag‘ri toraydi”.
@masofatalim
Ziroat Mirziyoyeva Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi “Mehrli maktab” gospital turdagi maktab filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar ta’lim olishga qiziqishini yo‘qotmaganini, o‘qituvchilar ularni mehr va e’tibor bilan qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yoshlarni o‘z qobiliyatlari va iste’dodini rivojlantirishga ruhlantirdi.
@masofatalim
O‘qishga kiritib qo‘yish va diplomni nostrifikatsiya qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan shu kabi tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki o‘zini “Ta’limni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
@masofatalim
O'qituvchi yoki talabamisiz 👨🏫
Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz 💻
Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi 😢
👉 Imkoniyatdan foydalaning
Link:@slaydqilbot
O‘zbekiston – mobil internet hamyonbopligi reytingida Markaziy Osiyoda birinchi!
Broadnabd Genie tomonidan tuzilgan Mobil ma’lumotlar hamyonbopligi indeksida 179 ta davlatlarda o‘rtacha oylik va kamida 10Gb internet ishlatish ushbu oylikni qancha qismiga to‘g‘ri kelishi tahlil qilingan.
O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi va dunyoda 43-o‘rinda deb topilgan.
Ushbu jadvalni 10Gb internetni ishlatish narhi (Mobile data cost) bo‘yicha tahlil qilinsa, bu ko‘rsatkichda O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
P.S. Bu reyting-ku mayli, muhimi, mobil internetdan faol foydalanuvchilar chindan ham narxlar yildan yilga arzonlashayotganini his qilishyapti, nazarimizda. Internet narxining arzonlashishi va tezlashishi ko‘p sohalar rivoji yo‘lida yaxshi turtki bo‘la oladi. Bardavom bo‘lsin.
@masofatalim
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti quriladi
Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.
@masofatalim
Bu go‘zal joylar Shvetsariya yoki boshqa biror Yevropa davlati emas, balki o‘zimizning Oqtosh.
Turizm uchun shu kabi joylarni ko‘proq ko‘rsataverish kerak. Yurtimizda shunday ko‘zni quvontiradigan maskanlar borligini xorijlik sayyohlar tugul o‘zimiz ham bilmaymiz, masalan.
Rasmlar Davronbek Tojialiyev Facebook sahifasidan olindi.
@masofatalim
Operachi oliy ta’lim vaziriga maslahatchi bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi. Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.
@masofatalim
12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalari baklajkadan raketa yasab, uchirib ko‘rishibdi :)
@masofatalim
AQShning Humphrey Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda
Unda o‘zbekistonliklar ham ilmiy unvonsiz magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlar o‘qish to‘lovlaridan ozod etilib, barcha xarajatlar qoplab beriladi. Arizalarni 7-iyungacha jo‘natish kerak.
Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislarga tanlov asosida ajratiladi.
Dastur muddati 10 oyni tashkil etadi, uning davomida ishtirokchilar kasbiy rivojlanish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinadi. Bularga AQSh professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan maslahatlar va hamkorliklar, seminarlar, tadqiqot loyihalari hamda foydali strategiyalarni ishlab chiqish jarayonlari kiradi.
Kerakli ta’lim sohalari qatorida Iqtisodiy rivojlanish, moliya va bank ishi, aloqa va jurnalistika, qonun va inson huquqlari, qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar kabilar bor.
Tanlovda ishtirok etish uchun ingliz tilidagi rasmiy transkriptlar, ikkita tavsiyanomani onlayn jo‘natish kerak. Bunda ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi. Biroq mavjud bo‘lsa, uni ham ilova qilish mumkin.
Manba
@masofatalim
Kanada maktablari ijtimoiy tarmoqlarni sudga berdi
Kanadaning to‘rtta katta maktab kengashi ommabop ijtimoiy tarmoqlar ustidan sudga shikoyat qildi. Da’vogarlarning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar bolalarning fikrlashi va xatti-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va ular 4 milliard Kanada dollari miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Maktab kengashi rahbarlarining fikricha, o‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishi tufayli o‘qishda muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli, maktablar o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ko‘proq sarmoya kiritishga majbur bo‘lmoqda.
Toronto okrugi maktab kengashining ta’lim bo‘yicha direktori Kollin Rassell-Rolinz so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar diqqatni jamlash, ijtimoiylashish, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelyapti, tajovuzkor xatti-harakatlar va mojarolarga ko‘proq moyil bo‘lyapti.
Muammoga qarshi kurashish uchun Kanadaning to‘rtta hududidagi maktab kengashlari Meta Platforms (Facebook va Instagram egasi), ByteDance (TikTok egasi) va Snap (Snapchat egasi) kompaniyalarini sudga bergan. Da’vogarlar ta’lim tizimiga yetkazilgan zararni 4 milliard Kanada dollariga (2,9 milliard AQSh dollari) baholagan.
@masofatalim
Botir Qodirov, malades! Shu ijodkorni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Odobiga esa gap bo‘lishi mumkin emas!
https://youtu.be/uU8tqovRvnY
Toshkent shahrida 21-aprel kuni 32 davlatdan professional sportchilar va havaskor yuguruvchilarni jamlagan BYD Toshkent xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda ko‘plab tashkilotlar qatorida banklar, jumladan, AloqaBank, Poytaxt Bank, Agrobank, Xalq banki, Ipak yoʻli bank, Turon bank va Mikrokreditbank xodimlari, ayniqsa, ushbu banklarda faoliyat yuritadigan yoshlar faol ishtirok etishibdi.
@masofatalim
37 millionga bir qadam
Bir necha soatlardan soʻng, aniqrogʻi 334 ta tugʻilishdan soʻng Oʻzbekiston aholisi rasman 37 millionga yetadi.
@masofatalim
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi boshlanmoqda!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatrining hududiy bosqichiga 22-apreldan start beriladi va 4-mayga qadar davom etadi.
Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.
@masofatalim
Zamon bilan hamnafas ta'lim oling
Kundan-kunga rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiya va AyTi olamida o'z o'rningizni topmoqchimisiz?
🔥 Ayni vaqtda IT Park, Uzinfocom, Uzum, Paynet, Novalab kabi yirik kompaniyalarda ishlayotgan bitiruvchilar safida bo'lish imkoniyatiga ega bo'ling.
Siz ham «Najot Ta'lim» Dasturlash kurslarida dasturlash asoslarini tajribali mutaxassislardan o'rganib, texnologiya sohasidagi karyerangizni boshlang.
Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
🔗 Ro'yxatdan o'tish
📞 78 888 98 88
Toshkent shahri MDH yoshlarining poytaxti bo‘ldi
O‘zbekistoning eng katta qismi yoshlardan iborat. Shunga yarasha davlat yildan yilga har sohada yoshlarga e’tiborni kuchaytiryapti.
Buning mevalaridan biri sifatida 2024 yilda Toshkent shahri MDH yoshlarining poytaxti maqomini olganini ko‘rsatish mumkin, nazarimizda.
2022 yil turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” va Buxoro shahri Birinchi turkiy dunyo Yoshlar tashabbuslari poytaxti deb e’lon qilingan edi.
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalaridagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari:
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligida 12-mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini o‘rgatish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 150 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi maʼlum bo‘ldi.
- Urganch davlat universiteti buyurtmachiligida 6-mart kuni suzish fanida foydalanish uchun suzish havzasi xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 260,6 mln so‘mlik davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@masofatalim
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida makillab qolishibdi :)
@masofatalim
“Yunusobod tumani hokimi bildirgan takliflarni mutlaqo qo‘llab-quvvatlamaymiz” – Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev Kimyo-texnologiya litseyi 30 foiz quvvatda ishlayotganini, 70 foizi bo‘sh bo‘lgani sabab hududdagi 3 ta yer uchastkasini auksion orqali sotib, shu yo‘l bilan 22,5 mlrd so‘m (1 sotix uchun 65 ming dollar) jalb qilinishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti raddiya bildirdi.
9-aprel kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida tuman hokimi Bahodir Abduvaliyev hududda joylashgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey negizida qaytadan maktab tashkil etishni taklif qilgandi. U 2007-yilda 960 o‘rinli maktab binosi akademik litseyga berilgani, ammo shunga qaramay, u atigi 30 foiz quvvat bilan ishlayotganini ta’kidlagandi. Hokim uchta bo‘sh yer uchastkasini “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” deb atagandi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti matbuot kotibi Egamnazar Abulboqiyevning ma’lum qilishicha, tuman hokimining bu akademik litseyga tashrif buyurgani haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas, hozirda ta’lim muassasasining binosi to‘liq quvvatda ishlab kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, hokim Bahodir Abduvaliyev aytib o‘tgan litseyning “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” hududida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun yotoqxona qurish belgilangan. Bu tashabbus 2023-yilda Toshkent shahar hokimi huzurida muhokama qilingan va shahar hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi boshlanibdi. Unda ikki tomondan 100 ga yaqin OTMlar rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etayotgan ekan.
Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda.
Oxirgi paytlarda turli shou loyihalar juda ko‘payib ketgandi. Hatto artistlarning gonorariga milliardlab pul ajratilayotgandi. Ammo bugun ta’lim borasidagi mazkur xalqaro forumni ko‘rib, odam sal taskin topdi. Ilm-ma’rifat yo‘lidagi shu kabi hamkorliklar, muloqotlar va forumlar ko‘payishi kerak. Ta’lim hech qachon ortda qolmasligi va aksincha birinchi o‘rinda yurishi lozim.
@masofatalim
Bo‘zatov FEST avjiga chiqmoqda
Chekka-chekka mahallalardan tortib, butun O‘zbekiston bo‘ylab eng iste’dodli yoshlarni kashf etayotgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” tanlovining hududiy bosqichi 15-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fevral oyidan bugungacha tanlovning mahalla, sektor va tuman bosqichlari o‘tkazilgan. Endi hududiy bosqichda yutgan isde’dod egalari may oyining oxirida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Ma’lumot uchun, tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uch yosh toifasida (10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh) an’anaviy ijro, baxshichilik, opera va estrada yo‘nalishlarida bellashadi.
Har bir yo‘nalish va yosh toifasida 1-o‘ringa 50 million so‘m, 2-o‘ringa 30 million so‘m hamda 3-o‘ringa 20 million so‘m pul mukofoti beriladi. Qolgan finalchilarning har biriga 10 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.
@masofatalim
📢✏️✏️✏️ ✏️✏️✏️✏️
⚡️SUPPER MEGA CHEGIRMA. Oxirgisi ulgurib qoling. Boshqa bu narxda kurslar sotilmaydi.
3 OYLIK DARSLAR 50MING SO'M
(Joylar chegaralangan)
👩💻SO‘ZLASHUV KURSIGA taklif qilamiz.
📲Darslar telegramda 0 dan olib boriladi.
📆Darslar 3oy davom etadi.
Har kuni uzluksiz davom etadi.
🔺Lug'at bilan shug'ullaniladi.
🔻Har bir o'quvchi bilan individual yondoshuv.
🔺Dars davomida mashqlar bilan ishlash.
🔻Agar yaxshi harakat qilsangiz 3oy davomida bemalol gaplasha olishingiz uchun garantiya beriladi.
Murojaat uchun 👇
@Diamond_education_admin
SMM maktabda dars o‘tish uchun o‘qituvchilar qidirilmoqda. Oylik 10-15 mln so‘m!
Quyidagi asosiy talablar mavjud:
- Toshkent shahrida yashash va ofisga kelib ishlay olish;
- SMM sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Sohaning nazariyasi va amaliyotini chuqur tushunish;
- Xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi.
Qanday imkoniyatlar taklif etiladi?
- Doimiy ish;
- O‘rtacha 10-15 mln so‘m oylik-maosh;
- Shinam ofis va ahil jamoa;
- O‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar.
Ish vaqti har kuni 8 soatni tashkil etadi (ertalabdan kechgacha). Shoshiling, vakant joylar soni cheklangan. Nomzodlar quyidagi link orqali ariza yuborishlari mumkin.
Ariza yuborish uchun: https://forms.gle/G31Dv6YwnCe8hJn47
Reklama
Ramazon hayiti munosabati bilan 10-, 11- va 12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi.
@masofatalim