masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan, Daliyev Shaxrux Xojakbarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Daliyev 1985-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.

Uni yaqindan tanigan va bilganlarning so‘zlariga ko‘ra, Sh.Daliyev o‘ziga nisbatan talabchan, intiluvchan, dunyoqarashi keng, xalqaro tajribaga ega, tashkilotchi, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajaradigan, soha rahbarlari va xodimlari orasida obro‘ga ega tajribali rahbar kadr hisoblanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaqin kelajakda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-aprel kuni qurilishi boshlangan Yangi Toshkentga koʻchiriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

👨‍⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨‍🎓Magistratura: masters.kiut.uz

☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube

Читать полностью…

Masofatalim™

Bugun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Manba xabariga ko‘ra, vazirlikda ikki o‘rinbosar almashadi.

P.S. Ulardan biri butun faoliyati davomida velikda ishga kelib qilgan piari bilan, boshqasi esa ma’lumotlarni kirillchada topshiringlar, degani bilan yodda qoldi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bir oyda 1 mln so‘m yutish mumkin bo‘lgan onlayn olimpiada e’lon qilindi

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasi e’lon qilindi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin. G‘oliblar 1 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

1-apreldan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-qizlar, professor o‘qituvchilar va xodimlar adras, atlas, beqasam nimcha hamda do‘ppi kiyib kelishlari kerak ekan. Kim qaysi kuni shunaqa kiyinib kelishini fakultetlar kesimida hafta kunlariga ham bo‘lib chiqishibdi. Uni nazorat qilish esa dekanlarga topshirilgan.

Ritorik savol: qachondir shular kim nima kiyishini belgilab o‘tirishdan tashqari tuzukroq ta’lim berish haqida ham bosh qotiradigan kunlar kelarmikan?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tabiiy emas, ammo kreativ

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining innovatsiya bo‘yicha oʻrinbosari Shahlo Turdiqulovaning “avtomobilsiz kun”i kreativ chiqibdi. Opa velikda ishga boribdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning oʻzi ishga mashinada boribdi. Tabibimning oʻzi ham bemor ekan, degani shu boʻlsa kerakda😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Baliq boshidan sasirkanda...

OTMlar va ularning rahbariyati turli taqdimotlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlasa, umuman, kirilldan to‘liq voz kechilsa, nur ustiga alo nur bo‘lardi, deb yotibmiz. Buyoqda esa baliq boshidan sasib yotgan ekan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 27-mart kuni OTMlar rektorlari va filiallar direktorlariga chiqargan xatda shunday deyiladi: “... Ma’lumotlar lo‘nda va aniq hamda o‘zbek tilida kirill alifbosida to‘ldirilishi kerak...”

Ey, baraka topgurlar, 30 yil bo‘ldi. Ta’lim vazirligi degan nomlaring bor, uyalmaysizlarmi-a?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi 3,7 mlrd so‘mga albom chiqarmoqchi. Nashriyot ham begonamas – Ortiqxo‘jayevniki!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob albomlarini (20 jild, 1000 nusxada) chop etish uchun “Kolorpak” MChJ bilan 3,7 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomaga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-yanvardagi 6-son majlis bayoni asos qilib keltirilgan.

Izoh: mazkur 3,7 mlrd soʻmlik shartnoma 2024-yil 22-yanvarda tuzilgan. Oʻsha paytda oliy ta’limda vazir yoʻq edi. Vazirlik nomidan shartnomani Komiljon Karimov imzolagan.

“Kolorpak” ushbu kitob-albomlarni chop etgach, albomlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OTMlarning kutubxonalariga tarqatiladi.

Joriy yil fevral oyida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan vazirlik yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalarida 630,1 ming nusxadagi oʻquv adabiyotlar yetishmasligi aytilgandi. Ya’ni katta miqdordagi o‘quv adabiyotlarga ehtiyoj bor, ammo bu qolib shuncha pulga albomlar chiqarilyapti.

Bir tomondan vazirlikni ham toʻgʻri tushunish kerakdir. Balki ularga ham tepadan albom chiqarasan va shartnomani “Kolorpak” bilan tuzasan, deb topshiriq tushgan bo‘lsa va bu bayon orqali oʻz aksini topgan bo‘lsa, bular ham nailoj topshiriqni bajarishga majbur qolgandir. Kim bilsin.

Ma’lumot uchun aytish kerak, 3,7 mlrd so‘mlik shartnomani qo‘lga kiritgan “Kolorpak” MChJ poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jiyaniga tegishli ekani aytiladi. Bu korxona avvalgi yillarda bir qancha maktab darsliklarini ham chop etgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Iqtisodchi Botir Kobilov: “Open budjet” va odamlar aynan parlament qilishi kerak bo‘lgan ishni qilmoqda

“Open budjet” orqali odamlar parlamentning ishini qilmoqdalar, ya’ni budjet taqsimotida qatnashmoqdalar. Balki bu hozircha umumiy budjetning kichik qismidir, majburiy mehnat va boshqa texnik muammolar ham bordir – bular borib-borib bartaraf etiladi, odamlar faolligi esa qoladi.

Ovozlar “narxi” oshayotgani sababi – odamlar ovoz qadrini anglamoqdalar. Masalan, 2 yil oldin hech narsaga qaramasan duch kelgan loyihaga ovoz berib yuborganlar bu yil o‘z mahallasiga yoki bilgan loyihasiga bersa, ovozlar soni cheklangan bozorda narx oshadi.

“Open budjet”ga o‘rinli tanqidlardan biri – bu qaysidir amaldor masalan do‘xtirlarni, o‘qituvchilarni, qo‘l ostidagilarni ovoz yig‘ishga majburlayotgani. Aslida, bu “Open budjet” muammosi emas, bu majburiy mehnat haliyam borligi, tepadan buyruqbozlik borligini ko‘rsatib beryapti.

Ya’ni shuning uchun “Open budjet”ni “otmen” qilaylik deb targ‘ibot qilmasdan, “majburiy mehnat haliyam bor ekan, shu bilan kurashaylik” desa bo‘lar edi. Ular “Open budjet” bo‘lmasa, boshqa narsaga majburlaydi: gul festivaliga, “subbotnikka”, ko‘cha tozalashga va hokazo.

“Open budjet” orqali odamlar hukumatga ham, parlamentga ham o‘ta muhim “message” yubormoqdalar - “bizni poliklinikada, bizni qishloqda, bizni maktada u-bu narsa yo‘q, pul kerak” degan. Agar openbudget bo‘lmasa hukumat ham, parlament ham bilmas edi, kimdir ijtimoiy tarmoqda yozmaguncha.

“O‘zi shundoq ham davlat qilishi kerak buni” deyishadi. Soliqni to‘lab qo‘yib davlatdan mo‘jiza kutish, ya’ni davlat qayerga qancha kerak va shaffof taqsimlaymiz deyishiga umid qilib bo‘lmaydi. Ularga “message” berilmasa, “accountability” so‘ralmasa, pulni boshqa narsaga sarflashadi.

Bu sarson yoki sharmanda budjet ham emas. Odamlar o‘z soliqlarini qanday qilib bo‘lsa ham taqsimlashga urinishyapti. Jarayon mutlaqo silliq ishlamayotgandir hozircha, lekin “Open budjet” va odamlar aynan parlament qilishi kerak bo‘lgan ishni qilmoqda.

Agar parlement to‘liq ishlaganda va hukumat xarajatlarini tiyib turganda edi (masalan, professional sportchilarga trillion bermasdan) poliklinika va maktab uchun ovoz yig‘ilishga xojat ham qolmas edi. Toki hozircha shunday emas ekan, odamlarning faolligiga bolta urish kerak emas.

Botir Kobilov, iqtisodchi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“O‘zbekiston dunyoning eng oldi, eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylansin” – Prezident Shavkat Mirziyoyev samimiy tilaklarini bildirib, Namanganda iftorlik qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ota-ona bitta bolasini tarbiyalashga vaqti yoki toqati yo‘q. Lekin mana bu akamiz 30 ta bolaga qaraydigan bitta bog‘cha opadan shuncha narsa talab qilyapti😂

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan davlat tadbirida maktabdagi davomatning yomonlashgani va ahvolni Milliy gvardiya o‘nglab bergani haqida :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bitta telefon raqam 1 mlrd 70 mln soʻmga sotildi

Tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotilgan. Auksion qoidalariga ko‘ra, xaridordan komissiya yig‘imi ( 32,4 mln so‘m) ham undirilishi ko‘zda tutilgan. Mijoz jismoniy shaxs ekani ko‘rsatilgan. Pulni 5 kun ichida toʻlashi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim rahbariyatida “qon yangilanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich lavozimidan ozod etilishi kutilyapti. Manba xabariga ko‘ra, uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasidan yangi o‘rinbosar kelishi aytilmoqda.

Shuningdek, oliy ta’limda yana bir o‘rinbosar almashadi. Bu katta ehtimol bilan vazirning innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Turdikulova Shahloxon Utkurovna bo‘lishi mumkin. Bu o‘ringa Prezident administratsiyasidan rahbar kelishi kutilyapti.

Aytishlaricha, ushbu o‘zgarishlar haqida 4-aprel kuni rasman e’lon qilinadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang hammangni yo‘qotaman” – Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari tashkilot rahbarlariga tahdid qildi

O‘lmas Istamov tashkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta tashabbusga ovoz to‘plashga majburlagani aks etgan audio tarqaldi. U mazkur topshiriqni tuman hokimi berganini aytib, “plan”ni bajarmaganlarni ishdan bo‘shatib yuborish bilan tahdid qilgan hamda tashkilot rahbarlarini noinsoflar, deya atagan.

Majburiy mehnatning oʻchogʻi — hokimliklar. Xuddi budjet tashkiloti xodimlarini obunaga majburlagan Bagʻdod tumani hokimi oʻrinbosari singari bu hokim oʻrinbosari ham nari borsa bitta intizomiy jazo bilan qutilib ketsa kerak, bundan ortigʻini kutmang.

P.S. Yaxshi loyihalarni ham rasvosini chiqarib qoʻyishadida shunaqa ishlar bilan…

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qayerdasiz? Sizni ish qidiryapti

Oʻzingizga mos oflayn va onlayn vakansiyalarni oʻtkazib yubormaslikning bitta yoʻli bor.

Obuna boʻlish 👉 @qamaruz

Читать полностью…

Masofatalim™

🤩 «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

Har yili Ramazondan Ramazongacha davom etadigan "Kelajak yoshlari" loyihasida bu yil 130 nafar yigit-qizga grant ajratish reja qilingan.

Grant g'oliblari ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim olishadi.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

⚡️ Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Grant uchun ro'yxatdan o'ting va xabarni haqdor insonlarga yetkazib qo'ying.

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbek telekanallaridan birining odatiy ahvoli va undagi kontent. Ketchup ichidan tili bilan sharik topish kerak ekan.

Bog‘cha opalardan bolalarga madaniyatni o‘rgatishni talab qilayotgan akalarimiz bo‘sh vaqtlarida O‘zbekiston-24 telekanalidan tashqari mana shu kabi maynavozchiliklarni ommaga olib chiqayotgan telekanallargayam qarab qo‘ysa yaxshi bo‘lardi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Avtomobilsiz kun bo‘lganiga 2015-2016-yillardagi ustozlarimizdan biri havas bilan aytib bergan misol yodga tushdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining professorlaridan biri Avakov Vyacheslav Ervandovich ishga har doim uyidan piyoda borarkan, liftdan foydalanmay, zinadan chiqarkan. U kishini tibbiyot akademiyasi talabalari balki yaxshi tanisa kerak.

Ha, aytgancha, o‘z vaqtida V.Avakov O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning shaxsiy shifokori bo‘lgan. Islom Karimov bilan rasmdagi inson – o‘sha professor V.Avakov.

P.S. Bir kun mashinada yurmagan amaldorlarni emas, har doim piyoda yurgan yoki jamoat transportidan foydalangan mana shunday professorlarimizni ham tanitib turish kerak, nazarimizda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan OTMlar rektorlari va filiallar direktorlariga yuborilgan xatda maʼlumotlarni kirill yozuvida kiritish soʻralgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Holat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati va masʼullari ishtirokida tahlil qilinib, hujjatlarni ishlab chiqish va ish yuritish boʻyicha kelgusida bu kabi holatlarga qayta yoʻl qoʻymaslik va uning oldini olish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xatda keltirilgan holat yuzasidan mazkur xat masʼul ijrochisi bilan tushuntirish ishlari olib borilib, zarur tavsiyalar berildi. Tizim xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish asoslari boʻyicha seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalarida ish yuritish toʻliq davlat tilida, yaʼni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida olib borilmoqda. Tashqi yozuvlar, koʻrsatkichlar, turli axborot-maʼlumot va tanishtiruv vositalari ham lotin yozuvida boʻlishi taʼminlangan. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlarining Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida muttasil ravishda malaka oshirishlari tashkil qilingan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘qituvchilar va shifokorlarni majburiy topshiriqlar balosidan kimdir qutqarishi kerak. Gapni qara, telefonlarni tekshirisharkanda kimda ovoz berilmagan chiqsa, o‘zidan ko‘rsin ekan. Tavba.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tadbirkor Husan Mamasaidov variantga, “rassrochka”ga biror mahsulot sotib olishda iste’molchi qanday aldanib qolayotganini oddiy telefon misolida juda yaxshi tushuntirib beribdi. “Borma, kuyasanni ishi bu. Ehtiyot bo‘linglar”, deb aytmoqda tadbirkor.

Bo‘lib to‘lashga biror tovarni xarid qilishdan avval kalkulyatorni olib, yaxshilab hisoblab ko‘rish kerak. Hech qaysi tadbirkor o‘zining zarariga mahsulot sotmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Izlagan imkon topadi

Yozishlaricha
, stipendiyasi berilmayotgan jurnalistika universiteti talabalarining guruhida yozish imkoniyati cheklab qo‘yilgan. Ammo uddaburon talabalar murojaatlarini yetkazishning yo‘lini topib, telegramdagi foydalanuvchi nomiga mana shunday so‘zlarni yozib, guruhga qo‘shilishgan.

Albatta, barakalla, talabalar!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Bu degani bolalarning 1/4 qismi bog‘chaga bormaydi.

Hali veri bu raqam 100 foiz bo‘lmaydi. Chunki 2024-yil yanvar oyida mas’ullar aytgan ma’lumotdan kelib chiqilsa, mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Tasavvur qilyapsizmi, 74 foizni 80 foiz qilish uchun hali yana 2 yil bor, 100 foizgacha esa 6 yil.

Shunda bog‘cha bilan qamrab olinmagan 26 foiz o‘zbekistonlik bolaning ota-onasi “ovqatini yeb bo‘lgach idishini olib borib qo‘yishni“, “navbatda turish madaniyatini” va umuman mana shu videoda aytilgan talablarning o‘rgatilishini kimdan talab qilishi kerak? Bolasi bog‘chaga bormasa, masalan, bunga sharoiti yo‘q. Yoki yaqinida bog‘cha bo‘lmasa, ular dardini kimga aytadi shunda?

Xullas, eng katta tarbiyani uyda ota-ona berishi lozim. Bog‘cha, maktab kabilar esa bunga qo‘shimcha bo‘lishi kerak. Ammo hech qachon asosiy tarbiyani bularning gardaniga yuklamaslik kerak.

P.S. Videodagi gaplar huddi oltindek yaltiragan misga o‘xshaydi. Bundan boshqa narsa emas.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov Navroʻz bayrami haqida aytgan gaplari.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qishda – anomal sovuq

Yozda – anomal issiq

Bahorda – noqulay ob-havo

Kutaylikchi, kuzda nima deyisharkan😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov boshchiligida institutda sport musobaqalari tashkil etilib, g‘oliblar pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanibdi.

Shundan so‘ng talabalar yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalar uchun iftorlik dasturxoni tashkil etilib, talabalarga osh damlanibdi. Rektor va prorektorlar talabalar bilan bir dasturxonda ovqatlanishgan.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал