Darvoqe, yozishlaricha, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bitta klip uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma qilib, 2,7 mlrd soʻm sarflayotgan ekan.
A, mana bu yerda esa Oʻzbekiston Milliy universiteti “Open budjet” orqali Geodeziya va geoinformatika kafedrasining “Geodeziya” hamda “Fotogrammetriya va tadqiqot usullari” laboratoriyasini zamonaviy geodezik asboblar va ishchi stansiyalar bilan jihozlash uchun 1,2 mlrd soʻm soʻrab, ovoz yigʻib oʻtiribdi. Bu birgina misol, xolos.
Endi ritorik savol: bizga hozir 2,7 mlrd soʻmlik klip muhimmi yoki ilmiy labaratoriya?
@masofatalim
Toshkent davlat transport universitetining 4 turdagi jurnalga 158 mln so‘mlik obunasi. Yaxshi niyatlar bilan birorta OTM o‘quv adabiyoti yoki kitob sotib olgan bo‘lsa, maqtaymiz deb xaridlarni qarasak, jurnallar chiqib turibdi-da.
5-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari OTMlarda darslik va adabiyotlar yetmasligini, bori ham bugungi talablarga javob bermasligini ko‘rsatib o‘tdilar. Shunday ekan, OTMlarimiz o‘quv adabiyotlar ham sotib olib tursa, jurnallar obunasi qochib ketmasdi. Kitob — birinchi masala. Qolgani — keyingi masala.
@masofatalim
Erkin bolada soch bo‘ladi. Qamoqdagi bolalarning sochi majburiy olinadi — Otabek Bakirov
@masofatalim
Ayrim davlat banklari odamlarni shilishning yangi amaliyotiga o‘tdi(mi)?
Ijtimoiy tarmoqlarda bank kartalaridan naqd pul yechgandagi 1 foiz komissiya 1,5 foiz bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu feyk xabar ekanini ko‘pchilik tushunib ulgurdi. Ammo qaroqchilik boshqacha usulda davom etyapti.
Yaqinda plastik kartaning muddati tugagani sabab uni yangilatish uchun Asakabankka bordim. Qiziq tomoni, davlatga qarashli Asakabankimiz oddiy Uzcard yoki Humo karta bermayotgan ekan. Uzcard + Mastercard yoki Humo + Mastercard shaklida kobeydj karta berilyapti.
Kimdir biladi, kimdir yo‘q, Mastercard yoki Visa kartadan bankomat orqali pul yechganda komissiya 1 foizdan ko‘proq, ko‘pincha 1,5 foiz yechadi. Toza Humo yoki Uzcard kartada esa 1 foizgacha (odatda 1 foiz, lekin undan ko‘p emas aniq) yechadi.
Endi nima bo‘lyapti, bank Uzcard yoki Humo kartaga Mastercard qo‘shib beryapti, boshqachasiga tanlov yo‘q. Keyin bankomatdan pul yechaman deganda komissiya 1,5 foizdan yechyapti. Shu plastikni bergan bankning bankomatlaridan yoki Humo bankomatlaridan 1 foizdan komissiya bilan yechish imkoni bor, xolos. U bankning bankomati esa qayerdadir bor, qayerdadir esa yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shunga o‘xshash holat Agrobank’da ham kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu bank saytida ham faqatgina kobeydj kartalar keltirilgan, oddiy Uzcard yoki Humo yo‘q. Davlat banklari odamlarni oddiy Uzcard yoki Humo kartadan mahrum qilib, komissiyani 1,5 foizdan shaqillatib yechib yotibdi, Markaziy bank esa uxlayapti.
@masofatalim
20-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yotoqxonasida isqitomat qiluvchi talaba-qizlardan biri universitetga qarashli 5-sonli yotoqxonada isitish tizimi yaxshi ishlamayotgani haqida murojaat qilgandi.
Bu holatga oydinlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati hamda universitet matbuot kotibiga bog‘lanildi. Vazirlik matbuot kotibi buni befarq qoldirmasdan, shaxsan yotoqxonaga borib, vaziyatni o‘rgangan va talaba-qizlar bilan muloqot qilgan.
Yotoqxonada isitish bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligi ma’lum qilindi va buni ko‘rsatuvchi video ham taqdim etildi. Shu o‘rinda, murojaatni bee’tibor qoldirmasdan shaxsan vaziyatni o‘rgangan mas’ullarga minnatdorchilik bildiramiz.
@masofatalim
Oʻzbekiston Respublikasining bosh qomusi — Konstitutsiyada yozib qoʻyilgan davlat tili — oʻzbek tilini kamsitib, rus tilini reklama qiladigan churvaqalar ham paydo boʻla boshlabdi.
@masofatalim
O‘zbekistonda mavjud 21 ta vazirlikdan 19 tasi rasmiy telegram kanalini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritmoqda. Ushbu vazirliklarga rahmat.
Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek Sog‘liqni saqlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi sahifalarini hali hamon krill yozuvida yuritmoqda.
Lotinga o‘tganimizga 30 yil bo‘ldi. Bu ikki vazirlik rasmiy sahifalarini yuritishda kirilldan voz kechishiga yana nechi yil kerak ekan? Bu faqat vazirliklar misolida, qo‘mita, agentlik, inspeksiya va boshqa tashkilotlardan lotinga o‘tmaganlarining ham nomini e’lon qilamiz.
@masofatalim
Turin politexnika universiteti OAV, ijtimoiy tarmoqlar va matbuot kotibining farqiga bormaydimi?
16-fevral kuni Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov e’lon qilgan xabarga asosalanib, Toshkentda odamlarning plastigidan pul o‘g‘irlovchi zararli ilova yaratgan talaba 5 yilga qamalgani haqida xabar bergandik. Aziz Obidov e’lon qilgan xabarda aniq qilib Turin politexnika universiteti talabasi haqida so‘z borgan.
Endi bu xabarga Turin politexnika universiteti rasmiy munosabat bildirib, ushbu talaba 2023-yil 12-maydagi 98-y sonli Rektor Buyrugʻiga asosan talabalikdan chetlatilgani haqida xabar beribdi. Qolaversa, talabalikdan chetlatilganligini asoslovchi hujjatlar, rasmiy soʻrovnoma yuborilgan holatda tegishli tashkilotlarga taqdim qilinishi ma’lum qilingan.
Bu tushunarli. Endi universitet “kalla qo‘ygan” joyiga to‘xtalsak. Turin politexnika universiteti munosabatining yakunini shunday tugatgan: “Universitet maʼmuriyati OAVlar va ijtimoiy tarmoq vakillaridan maʼlumotlarni toʻliq oʻrganmagan holatda yangiliklarni tayyorlamasliklarini va ularni tarqatmasliklarini soʻraydi”, deb yozgan.
Bular shunda OAV va ijtimoiy tarmoqlarni aybdor qilyaptimi? Baraka topgurlar, bu xabarni ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallar osmondan olib, yoki o‘zicha yozmadi. Balki Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov e’lon qilgan xabarga asoslanib yozdi. Shunda kim xabarni to‘liq o‘rganmagan bo‘lib chiqyapti?
Turin politexnika universitetidan keyingi safar biror holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirishda avval xabar birinchi manba o‘laroq kimda chiqqanini yaxshilab o‘rganishni, bo‘lar-bo‘lmasga OAV va ijtimoiy tarmoqlarni ayblamaslikni hamda takroran aytamiz: to‘liq o‘rganmagan holda munosabat bermaslikni so‘raymiz.
@masofatalim
Madaniyatchilarning o‘zi ham yarim ruscha, yarim o‘zbekcha gapirib tursa, dodingni kimga aytasan?
Madaniyat vazirligi boshchiligida “Zo‘r TV” telekanalida “Artist” degan loyiha bor ekan (hozir ham bormi yoki yo‘qmi bilmayman). Mana shu loyihaning ayrim sonlariga (1-2 yil avvalgi, shekilli) YouTube’da ko‘zim tushib qoldi. Chiqib qo‘shiq aytiladi, taniqli san’atkorlar esa baho beradi.
San’atimizning ayrim “durdona”lari qo‘shiqchilarga o‘zlarining tavsiyalarini bera turib, sahna muqaddasligi, unda o‘zini qanday tutish kerakligi haqida dakki beryapti. Odamlarni hurmati, muxlislar hurmati, degan narsalar haqida so‘zlayapti. Eng ajablanarlisi esa, o‘sha san’atimiz “durdona”lari bu dakkilarini rus tilida aytyapti.
Hay, baraka topgur, sen sahna muqaddasligi, muxlislar hurmati haqida ruscha gapiryapsan, lekin o‘zbek xalqiga, uning tiliga bo‘lgan hurmat qani? TVda chiqib bemalol ruscha gapirishga va “Zo‘r TV” buni bemalol efirga berishiga nega jim qarab turilgan?
Madaniyat vazirligi bu faqat “otarchilar” bilan ishlaydigan tashkilot emas. O‘zbek xalqining to‘lagan soliqlari hisobidan vazirlik yashab turgan ekan, demak, artistlari shu xalqning tilini, Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan davlat tilini hurmatini joyiga qo‘yishini ham nazoratga olishi kerak. Eplab o‘zbekcha gapira olmaydigan madaniyat vakillariga TVda joy bo‘lmasligi kerak.
Bahodir Ahmedov degan madaniyat vazirining o‘rinbosari artistlarga yig‘ilish o‘tkazib, dakki berishga usta-ku, shu odam til masalasida ham u-bu narsa deb qo‘ysin, deb bu postni tugatmoqchi edik. Ammo uning o‘zi ham dakkisining yarmini rus tilida gapiradi. Madaniyatni tepasida ham yarim ruscha, yarim o‘zbekcha gapiradiganlar o‘tiribdi.
@masofatalim
Xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan o‘zbeklar hayotidan lavhalar berib boruvchi O‘zbekistonlik telegram kanali Buyuk Britaniyaga turistik viza qanday topshirilishi, shartlari, hujjatlar, xarajatlar va bepul aylanish joylari haqida ma’lumot e’lon qilibdi. Batafsil: uzbekistonlikuz
Читать полностью…E’tibor bering, Prilepin ochiqchasiga O‘zbekistonni bosib olishini aytganida O‘zbekiston TIV Rossiya elchisini “taklif qilgan” edi. Qudratxo‘jayevning so‘zlaridan so‘ng esa bizning elchini “chaqirishibdi”.
Oʻzbekiston tomoni hech kimdan uzr ham soʻramasligi kerak. Elchimiz ham tik turib beradi, degan umiddamiz. Oʻzbekiston — mustaqil davlat.
Javob berish kerak boʻlsa, oʻzlarining usulini oʻzlariga ishlatish kerak: “Sherzodxon Qudratxo‘janing gaplari o‘zining shaxsiy fikri, u mustaqil shaxs. Oʻzbekistonda fikr erkinligi ta’minlangan, biz aralasha olmaymiz”, deb yedirish kerak endi. 1:1 boʻladi.
Ularning bir joylari achishib, pitirlayotganini koʻrib, zavqlanishda davom etamiz. Yashang, Sherzodxon aka, sizni toʻliq qoʻllaymiz!
@masofatalim
Shunaqa amaldorlar bo‘ladiki, umri yuqori mansablarda o‘tgan. U vazir o‘rinbosarligidan bunisiga, bunisidan esa unisiga. Lekin shunaqa amaldorlar borligini ularning ish joyi o‘zgargandagina bilamiz. Ular yo buyuk ishlar qilib soyada qolishgan, yoki hech balo qilmay tinchgina soyada yurishgan. IMHO.
@masofatalim
Va nihoyat, sal kam bir yil deganda yoshlarga mukofot pullari to‘lab berilmoqda
2023-yil iyul oyidan beri Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari mukofot pullarini ololmayotgani haqida tinmay yozib kelamiz (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8). 13-fevral kuni kunning ikkinchi yarmida bir qancha g‘olib yoshlar mukofot pullarini olishgani haqida xabar bera boshladilar.
Tanlov g‘oliblaridan biri 3,3 mln so‘m miqdordagi mukofot pulini olganini bildirib, pullarning rasmini ham yubordi. Shuningdek, boshqa g‘oliblar ham bu ma’lumotni tasdiqlashmoqda.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kun avval oliy ta’lim vaziri bu masalaga alohida e’tibor qaratib, mas’ul tashkilotlar g‘oliblarga mukofot pullarini qisqa vaqtda to‘lab berilishini nazoratga olish bo‘yicha topshiriq bergan. Bu harakatlar esa natija bergan ko‘rinadi. Va nihoyat, yoshlarga pullari berilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan ushbu bosqichdagi mukofot pullarini oliy ta’lim vazirligi yoki boshqa tashkilotlar emas, balki hokimlik to‘lab berishi kerak edi.
@masofatalim
Sal kengroq bo‘laylik
Rasmdagi ogohlantirish xati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan salbiy qabul qilinmoqda. Lekin xatda aniq-tiniq qilib, MjtKning 47-moddasiga binoan bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi yozilgan.
Bu yerda bolaning maktabga borishiga ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘sqinlik qilishi haqida so‘z boryapti. Ota-onalarni bu bilan ogohlantirilishining nimasi yomon? “Bolang maktabga kelsin, bunga qarshilik qilsang javobgarligi bor”, deb ogohlantirilyapti. Bolasi maktabga borishiga to‘sqinlik qiladigan ota-onalar O‘zbekistonda yo‘q deydiganlar qattiq adashadi.
Maktabga borma, ishla, pul top, bozorga chiq, arava tort, deb bolasini maktabga yubormaydigan ota-onalar ham ancha-muncha topiladi. Ta’lim rasvoligi haqida gapiriladi, demak, davomat ham rasvodirki, mas’ullar shunaqa ogohlantirish xati yuborishgacha borgandir. Bu ogohlantirish xatini “Bolang maktabga kelsin” degan ma’noda tushunish uchun yuksak aql sohibi bo‘lish shartmas.
P.S. Madhiya aytsa, yoqmasa, bolang maktabga kelsin, bunga to‘sqinlik qilsang, javobgarligi bor, deb ogohlantirishsa, yoqmasa... Sal kengroq bo‘layligee)
@masofatalim
Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.
B.Kaipbergenov shu kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.
@masofatalim
Sun’iy intellektda 0 dan O‘zbekiston tarixiga oid generatsiya qilingan kadrlardan test sifatida video tayyorlashibdi.
Baho bering.
@masofatalim
Bo‘sh vaqtda qaysi filmni tomosha qilamiz?
BizMedia’da tanlang! Premium obunasi bilan birga. Qo‘shimchasiga 70 dan ortiq xorijiy va mahalliy telekanallar, radio va ko‘rsatuvlar!
Undan tashqari, obunani olish orqali 3 ta Iphone 15, Dyson, Play Station 5 hamda 5 ta chet elga $300 vaucher kabi qimmatbaho sovg‘alarga ham ega bo‘ling!
Sovg‘alarga ega bo‘ling: 👉 https://t.ly/8Wgzd
Maktab ta’lim dargohimi yoki sartaroshxona?
Navoiy viloyatidagi maktablardan birida bola huquqlariga tupurgan holda soch olish “marosimi” o‘tkazilgani aytilmoqda.
Shularni bolalarning sochi, ko‘rinishi, kiyinishi bilan nima ishi bor ekan-a? Sochni oldirdi deylik, keyin nima bo‘ladi? E, mantig‘ingga!
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalarida 630,1 ming nusxadagi oʻquv adabiyotlar yetishmasligi aytildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yigʻilishda davlat oliy ta’lim muassasalarida umumiy hisobda 630,1 ming nusxadagi o‘quv adabiyotlar yetishmasligi ko‘rsatilib, mas’ullarga aniq va fundamental fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar tayyorlash choralarini ko‘rish topshirilgan.
Ma’lumot uchun, OTMlardagi talabalar soni jami 1 mln nafardan ko‘proqni tashkil qiladi. Yetishmayotgan o‘quv adabiyotlar soni esa 630,1 ming nusxa ekan. Qiziq raqamlar.
@masofatalim
Oliy taʼlim vazirligi rahbariyatini taniysizmi?
Platina.uz nashri vazirlik, idora va tashkilot rahbarlarini tanishtirib bormoqda (1, 2, 3, 4, 5). Bugungi sonda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, vazirning birinchi oʻrinbosari Karimov Komiljon Hamidovich, vazir oʻrinbosarlari Turdikulova Shaxloxon Utkurovna va Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich hamda vazirning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna haqida ma’lumot berishibdi.
Batafsil: /channel/platinauzb/4980
@masofatalim
🔥 Endi siz ham dasturchi bo'la olasiz. Dasturlashni 0 dan o'rganmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat!
«Najot Ta'lim» yilda 4 marta qabul bo'ladigan Dasturlash foundation kursiga qabul e'lon qiladi.
Dasturlash foundation kursida siz atigi 5 oy ichida dasturlash asoslarini mustahkam o'rganasiz va dasturlash sohasida o'z o'rningizni topasiz.
Bizning takliflarimiz:
— ish taklif qilmasak, pulni 100% qaytarib berish*;
— yilda bir marotaba chet elga sayohat yutish imkoniyati;
— 24/7 bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqa va master-klasslar;
— ingliz tili kurslari uchun 5,000,000 so'mgacha vaucher;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofotlari*.
Endilikda o'quvchilar kirish imtihonisiz qabul qilinadi.
Imkoniyatdan foydalaning, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
🔗 Ro'yxatdan o'tish
📞 78 888 9 888Reklama
Xohish bo‘lsa yetadi
“Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturida rus millatiga mansub va o‘zbek tilida ravon so‘zlasha oladigan o‘qituvchi haqida lavha efirga uzatilibdi. E’tiborlisi, u o‘quvchilarga tarix, xususan, O‘zbekiston tarixi fanidan dars berib kelmoqda.
Tilimizni o‘rganish, davlat tilida so‘zlashish va o‘zbek tilining mavqeyi borasida xohish bo‘lsa yetadi. Bu yo‘lda hech nima to‘sqinlik qila olmasligiga mana shunday o‘qituvchilar yaqqol misoldir. Bu kabi ko‘plab misollar keltirsa bo‘ladi. Masalan, “Markaziy studiya”ning boshqa bir lavhasida o‘zbekzabon rus sportchi haqida so‘z borgan.
@masofatalim
Toshkentda odamlarning plastigidan pul o‘g‘irlovchi zararli ilova yaratgan talaba 5 yilga qamaldi
Toshkent shahrida yashovchi tadbirkor Sh.Sh. hamda Turin politexnika universiteti talabasi A.Y. internet ijtimoiy tarmog‘idan foydalanib, “Agrobank mobile” zararli ilovasini yaratadi. Mazkur ilova orqali esa fuqarolarning plastik kartasidan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Dastur yordamida fuqaro A.N.ning plastik kartasidagi 47 mln 235 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini birjada kriptovalyutaga almashtirgan holda mazkur mablag‘larni yashirin ravishda talon-toroj qiladi.
Bundan tashqari, fuqaro O.J.ning kartasidagi 45 mln 225 ming so‘m so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini ham kriptovalyutaga almashtirgan holda o‘zlashtirib olgan.
Sudlanuvchilarga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
@masofatalim
Har yili Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon” tanlovining final bosqichi boshlandi
E’tiborlisi, tanlovning 10-14 yosh toifasi bo‘yicha finalga chiqqan 14 nafar yoshdan 11 nafari qizlar, 3 nafari esa yigitlardan iborat ekan. Ortda qolyapsizlar, yigitlar :)
Aytishlaricha, 1-o‘rin sohiblari bu yil Prezident sovg‘asi sifatida “Spark” bilan emas, boshqa avtomobil bilan taqdirlanishi kutilmoqda. Mashina nomi hozircha sir ekan.
@masofatalim
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
Konstitutsiya, 4-modda
@masofatalim
UzJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja AlterEgo loyihasiga bergan intervyusida bir mamlakatda yashab turib, uning tilini bilmaydiganlarni “bosqinchi yoki ahmoq” deb atadi. Uning bu gapi Putlerning shaykalariga juda qattiq tegibdi, shekilli, ichlari yonib-kuyib, pitirlab qolishdi.
Sherzodxon Qudratxo‘ja qo‘l ostida minglab fikr egalari tarbiyalanayotgani ham rus shovinizmi vakillarining tinchini buzayotgani aniq. Battar bo‘lishsin. Gazini bosing, Sherzodxon aka. Mana shunaqa paytda odamlar birlashib, o‘z millatparvarlarini himoya qilishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak.
@masofatalim
“Zamministr”likdan prorektorlikka
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga transformatsiya bo‘yicha prorektor etib tayinlandi.
@masofatalim
👩🏻⚕ Zo'r hamshira bo'lishni istaysizmi?
🦷 Balki stomatologiya qiziqroqdir?
👩🏻🔬 Farmasevt bo'lishingiz ham mumkin!
🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan №221612 litsenziya asosida faoliyatini boshlagan Registon texnikumi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha qabul jarayonlari davom etayotganini ma'lum qiladi:
🟥 Hamshiralik ishi
🟥 Feldsherlik ishi
🟥 Stomatologiya ishi
🟥 Farmatsiya ishi
Nega aynan Registon texnikumi?
🏢 Toshkent shahridagi zamonaviy bino;
💵 Eng qulay to'lov-kontrakt narxlar;
👩⚕ Professional ustozlar jamoasi;
🏥 Eng zo'r klinikalarda amaliyot o'tash;
🚯 Korrupsiyasiz ta'lim jarayonlari;
📚 Chet tillarini mukammal o'rgatiladi.
Bu hammasi emas, muhimi
✅ Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar vazirlik tomonidan taqdim etiladi va O'zbekistonda 100% tan olinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chustiy MFY, Beruniy B-1
Mo'ljal: Korzinka supermarketi yonida
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998971052700
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
✈️📷🖤 @Registan_Medical_College
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi “OTMlar nega darslik emas, jurnal yoki gazeta sotib olishi kerak?” nomli postga munosabat bildirdi
Markazga tezkor va batafsil ma’lumot uchun minnatdorchilik bildiramiz. Quyida munosabatdagi asosiy ma’lumotlar bilan tanishish yoki ushbu havola orqali to‘liq holda o‘qish mumkin.
Asosiy ma’lumotlar:
➖ 2023-yilda markaz tomonidan jurnal obunasi tashkil etilmagan va Respublikadagi barcha davlat va nodavlat OTMlarga 12 000 nusxada bepul yetkazilgan. 2024-yil uchun esa jurnal obunasi ixtiyoriy ravishda tashkil etilishi tavsiya qilingan. Bu tanlov oliy ta’lim muassasalarining o‘zida qolganini, ular istasa obuna bo‘lishi, istamasa obuna bo‘lmasligi mumkinligini anglatadi. Shu o‘rinda, jurnal sahifalarida nashr qilinayotgan maqolalarda sifatli ta’limni tashkil qilish, universitetlar reytingini oshirish, xalqaro tajriba bilan tanishtirib borish kabi muhim masalalarni yoritib borish maqsad qilinganini alohida ta’kidlab o‘tamiz. Jurnalning barcha sonlari bilan elektron formatda rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tanishishingiz mumkin.
➖ Markaz veb-saytida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi yoritilmagandir, ammo bu uning faoliyatiga baho berish uchun yetarli asos emas. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmoqda. Xususan, birgina 2023-yilda Markaz tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:
⁃ Oliy ta’limni rivojlantirish va ilg‘or xorijiy tajribani tadqiq qilish bo‘yicha 30 dan ziyod dolzarb masalalar yuzasidan axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlangan va tegishlicha takliflar kiritilgan.
⁃ OTMlarning metodik jihatdan ta’minlash uchun 2023-yilda 20 nomda, 2024-yilning boshida 20 nomda, jami 40 nomda metodik qo‘llanmalar tayyorlanib, OTMlarga bepul tarqatildi. Ularni Markaz veb-saytidan istalgan odam yuklab olishi mumkin.
⁃ 26 ta ta’lim sohasi kengashlari tashkil etilib, ularning faoliyati muvofiqlashtirildi. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining 1166 ta malaka talablari, o‘quv rejalari (618 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 548 ta magistratura mutaxassisliklari) ekspertizasi amalga oshirilgan.
⁃ Yangi avlod adabiyotlarini yaratish uchun adabiyot.edu.uz platformasi orqali 6 808 nomdagi o‘quv adabiyotlari ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berilgan 5 302 nomdagi o‘quv adabiyotlari nashrga ruxsat berilgan.
⁃ 25 ta fan bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi o‘tkazildi. 146 nomdagi, adadi 23 900 ta o‘quv adabiyotlari, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi talabalar uchun Brayl yozuvida 12 nomdagi adadi 1 290 ta adabiyotlar nashr etilgan va oliy ta’lim muassasalariga yetkazilgan.
⁃ Qat’iy hisobdagi hujjatlarni yuritish borasida 198 ming 7 dona diplom blankalari va 747 dona ko‘krak nishonlari tarqatilgan, 4686 dona diplom dublikatlari rasmiylashtirilgan.
⁃ Axborot-resurs markazlarini o‘zaro integratsiya qilish va raqamlashtirish maqsadida “Elektron kutubxona platformasi” (unilibrary.uz) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur platformaga 429 ming nomdan ortiq adabiyotlar kiritilgan.
⁃ 66 ta oliy ta’lim muassasasi “EBSCO” axborot xizmatlarining 12 ta ma’lumotlar bazasiga ulab berilgan.
⁃ Davlat oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari fondida mavjud 1 091 383 nomdagi o‘quv adabiyotlari, 745 462 nomdagi ilmiy adabiyotlar to‘liq elektron shaklga o‘tkazilgan.
⁃ Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun fan olimpiadalari tashkil etilgan. Jumladan, “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiada (Nukus shahrida 2023-yil 26–27-oktabr kunlari) o‘tkazilgan.
Shuningdek, Markaz barcha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun ochiq, barcha savollarga javob berishga tayyor ekanini bildirgan.
@masofatalim
Prezident qaroriga asosan AloqaBank tomonidan aholi uchun yangi turdagi mikroqarz joriy qilindi
Bunda ijtimoiy soliq to‘layotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishlari uchun quyidagi mikroqarzlardan foydalanishlari mumkin.
Mikroqarz shartlari:
➖ 12 oygacha muddatga, 5 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 26% stavka bilan. Mikroqarz ta’minotiga kreditning qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi qabul qilinadi.
➖ 12 oygacha muddatga, 17 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 27% stavka bilan. Mikroqarz ta’minotiga uchinchi shaxs kafilligi qabul qilinadi.
Manba