masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

​​OTMlar nega darslik emas, jurnal yoki gazeta sotib olishi kerak?

Oliy ta’lim muassasalarida darslik yetishmasligi va ba’zi hollarda bir nechta talabaga bitta SSSR davridan qolgan darslik to‘g‘ri kelishi haqida tez-tez yozganmiz. Bu muammo haqida davlat rahbari ham alohida gapirib o‘tdi. OTMlarda darsliklar bo‘yicha bir talay muammolar bor.

Davlat xaridlari portali orqali o‘nlab OTMlarning xaridlarini o‘rgandik. Ular orasida faqat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti darslikka katta malag‘ ajratib, sotib olgan. Buni avvalroq alohida e‘tirof etgandik.

Talabalarga darslik yetishmayotgan bir paytda OTMlar Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazidan “O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnali obunasiga mablag‘ sarflayapti. Bu markaz o‘z saytida keltirgan vazifalarni (rasmda keltirildi) to‘liq bajarsa, ancha-muncha muammolar yechim topardi, nazarimizda. Lekin markaz saytida ochiq ma’lumotlar juda-juda kam. Nima ish qilayotgani, qanday qilayotganini ochib, yoritib bermagan.

Obunaga qaytamiz. Faqat jurnal emas, gazetalar obunasiga ham OTMlar katta mablag‘ sarflayapti (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10). Avvalroq yarim hazil, yarim chin qilib “O‘zbekistonda budjet tashkilotlari bo‘lmaganda allaqachon gazetalar yopilib ketardi”, deb yozgandik. Darslik yetishmayotgan paytda gazeta va jurnallar kerakmi? Balki kerakdir, ammo darslik oldida bular kutib turishi kerak. Kitoblar va darsliklar muammosini hal etish birinchi galdagi vazifa bo‘lishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Faqat 30-iyun kuni “seviladigan” yoshlar haqida

10 oydan beri mukofot pulini ololmayotgan yoshlardan murojaat kelibdi. Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovida faqat Toshkent shahar emas, boshqa hududlardagi g‘oliblar ham pulini ololmayotgan bo‘lishi mumkin. Murojaatga ko‘ra, ana shunday hududlardan biri Termiz shahri ekan.

P.S. Bunaqa ko‘zbo‘yamachilik uchun o‘tkaziladigan tanlovlarni hech yo‘q buyuklar nomi bilan bog‘lamanglar.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

👍👍👍
Oshmi yoki beshbarmoq?
Prezidentlar tomosha qilgan xokkeydan reportaj


https://youtu.be/kXoI7KitZR4?si=Qv28FJLNf-QBSA8s

@Sinchalak_blog

Читать полностью…

Masofatalim™

Talabadan - talabalar uchun! 🎓

Dunyoning eng nufuzli universitetlar qatoriga kiruvchi, Italiyaning Rim shahrida joylashgan, Sapienza universiteti magistratura talabasi Muxlisa Abdullayeva talabalarga yordam berishini ma'lum qildi!

Agar siz ham chet elda mutlaqo bepul o'qishni orzu qilsangiz va 7000+ € stipendiya sohibi bo'lishni istasangiz, lekin qayerdan boshlashni bilmasangiz, Muxlisa sizga yordam berishga tayyor!

🔍 Quyidagilarni taklif qilinadi:

- mos universitet tanlash
- hujjatlarni topshirish
- jarayon davomida shaxsiy yordam
- visa va stipendiya
uchun hujjatlarni rasmiylashtirish

💼 Muxlisaning tajribasi:

- Stipendiya orqali bepul ta’lim
- Agentliklarsiz mustaqil qabul
- Yangi muhitga muvaffaqiyatli moslashish


📬 Muxlisa Abdullayeva bilan qanday bog'lanish mumkin:

1. Instagram yoki telegram akkauntiga @mukhlisa_italy ga o'ting
2. Shaxsiy xabar yozing
3. Orzularingiz va savollaringiz bilan o'rtoqlashing!

🚨 DIQQAT, Talabalar! 🚨
Universitetlarga qabul boshlandi, hujjatlarni topshirish vaqti cheklangan! ✨

Читать полностью…

Masofatalim™

Telekanallar uchga boʻlinadi: rahbarlar koʻradigan, kam sonli odamlar koʻradigan va hech kim koʻrmaydigan.

Birinchi turga mansub yagona kanal bor — Oʻzbekiston-24. Shu kanal Alisher Navoiy tavalludining 538 yilligi haqida yozmoqda. Biz gʻariblar 583 yilligi deb yuribmiz.

Matematikaga ham toʻgʻri kelmayapti-ku, dermidi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Twitterda yozishmoqda: Mana shunaqa ilovalar ko‘p odamning kartalaridan pul “uxlatish”ga rosa yordam beryapti. Barcha smslarni “perexvat” qilib, skrinshotdagi IPga tashlaydi. Eng qizig‘i, kelgan smsni o‘chira oladi — sms kelmagan deb ham o‘ylaysiz.

Qisqasi, har xil ilovalarni telefonga o‘rnatishda, noma’lum linklarni ochishda ehtiyot bo‘lish kerak. Moliyaviy firibgarliklar va mana shu turdagi ilovalar kun sayin ko‘payib boryapti. Mehnat qilmay pul topish yoki oson boyib ketish faqatgina qopqonda bo‘ladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Davlat telekanali rahbar shaxslaridan biri xodimasiga shilqimlik qildi va 3 sutkaga qamaldi

27-yanvar kuni davlat telekanallaridan birining bosh muharriri o‘rinbosari mazkur telekanalda ishlovchi xodima ayolni aldab, ish joyiga chaqirib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Ayolning sudga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, erkak mazkur ayol birga ishlovchi ustoz bo‘lgan. O‘sha kuni erkak ayolni burchakka taqab, o‘pmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, u IIBga murojaat qilgan.

Ayol bunday holat anchadan buyon bo‘lib kelayotganligini, bu holatdan so‘ng asabiylashib qolganligini bildirib, suddan erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.

Sudda erkak yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Sud qarori bilan erkak MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Darvoqe, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovi g‘oliblaridan birining xabar berishicha, haligacha mukofot pullari berilmabdi. Boshqa tomonda esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi tanlovning yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etayotganini xabar bergan.

Ajoyib. Toshkent shahar va poytaxtdagi tuman hokimliklari eski mavsumdagi g‘oliblarga bir yil o‘tsada mukofot pulini bermay kelyapti, boshqa tomonda esa yangi mavsumga start berib yuborildi. Shunchaki qoyil)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Insoniylik

Videodagi holat Farg‘ona shahrida 2024-yilning yanvar oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Bolakay onasi bilan birga yolg‘iz yashaydi. Betob onasining olma yegisi kelganini bilgan bola do‘kon oldidagi rastadan ikki dona olma o‘g‘rilab ketishga qaror qiladi. Biroq u buning uddasidan chiqolmaydi. Do‘kon egasi uni tutib oladi. Shu hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan YPX xodimi esa holatga befarq bo‘lmay, bolaga qilgan xatosini tushuntirib, unga olma olib berib, haqini to‘lab yuboradi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaxshi yangilik: Prezident ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish borligini ta’kidlab, endilikda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratilishini ma’lum qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Ayrim rektorlarga tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayapti”.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Jahongir Ortiqxo‘jayev:

“Men bilaman go‘rga hech balosiz kirib ketishimizni, lekin hayotda hech narsa qilmasdan kirib ketishdan qo‘rqaman...”

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaxshi odamlar haliyam bor va ular koʻp

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni bir video portlatdi. Unda kuryer yigit velosipedi buzilib qolgani uchun yomgʻirda ham velosipedini, ham mahsulotni koʻtarib ketayotgani aks etgan. Video instagram’ga joylangach, juda koʻpchilik bu yigitga sovgʻalar tayyorlab qoʻygani haqida yozgan.

Bu yigitni ingliz tili oʻquv markazi bepulga til oʻrgatishni, IT oʻquv markazi esa ITga bepul oʻqitishni taklif qilgan. Royal taksi esa yangi elektro skuter olib berishni yozgan. Parfyumeriya doʻkoni esa istagan mahsulotni bepulga olib ketishi mumkinligini aytgan. Va boshqa shu kabi yaxshi izohlar.

Yozda issiqqa, qishda sovuqqa chidab bunaqa yurishga hammayam dosh berolmaydi. Velosipedda, piyoda kuryerlik qiluvchilarimiz - qahramon.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Bu — muhtaram prezidentimizning siyosiy taktikalari” — Abduqodir Toshqulov TerDUga qayta rektor bo‘lgani haqida gapirdi

Surxondaryo viloyati hokimligi YouTube tarmog‘iga joylagan intervyuda sobiq oliy ta’lim vaziri, prezident mashalatchisi o‘rinbosari Abduqodir Toshqulov yana qaytib Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlangani haqida shunday degan:

“... Viloyat ahliga xizmatga yuborilganimdan xursandman. Haqiqatdan ham siyosat maydonini kuzatsangiz shunday tajriba bor: hududlardan rahbarlar poytaxtga, markazlarga tajribasini oshirish, dunyoni anglash, yanayam salohiyatini oshirish uchun lavozimlarga tayinlanib, yana shu o‘zining hududiga yuboriladi. Bu — muhtaram prezidentimizning siyosiy taktikalari, desa ham bo‘ladi.

Davlatimiz rahbariga faqat poytaxt emas, u kishi uchun Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, vodiy, balki poytaxtdan ham ahamiyatliroqdir. Biz chegara hududdamiz, shuning uchun men ham rahbarimizning, ham xalqimizning ishonchidan minnatdorman. Menimcha, surxondaryoliklarning nomiga dog‘ tushirmasdan, imkon qadar mehnat qilib keldik...”

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi!

“Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining rapid bahsida Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi! So‘nggi o‘yinda hamyurtimiz amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, turnir mukofot fondi 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilaridan majburiy tartibda hijobni yechishi, sug‘urta to‘lovlariga jalb etilishi (pedagog o‘qituvchilarga ham tegishli) haqida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan biror-bir topshiriq berilmagan” — Qashqadaryo viloyati MMTB

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

​​Alisher Navoiy haykali yonida (poyida deyish sal xato bo‘lsa kerak) talabalarga konsert qilib berilgani keng muhokama qilinyapti. Videoga e’tibor berilsa, haykalning tagida emas, unga yaqin joyda boʻlganini ko‘rish mumkin. Holatni tanqid qilayotganlarning mantig‘i biroz tushunarsiz.

Masalan, talabalar shaharchasida tez-tez talabalar uchun mana shunday konsertlar uyushtiriladi, yonida Beruniy haykali bor. Skverda yoki Mustaqillik maydoniga yaqin joyda ham ko‘p shou va konsertlar bo‘ladi, yonida Amir Temur haykali bor. Bundan tashqari, quda tomonga o‘tib ketgan Magic City’ni olaylik, bu yerda qancha-qancha ishlar bo‘ladi, shundoq biqinida buyuk adiblar haykallari bor.

Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yonidagi konsert ham (kimlargadir bu diskotekadir) Navoiy haykalining tagida bo‘lganda boshqa gap edi, ammo unday emas-ku. Talabalar, yoshlar bir yayrasa yayrabdi, tegishli idoralardan buning uchun ruxsat ham olingan bo‘lsa, tadbir haykalning tagida emas, unga yaqin joyda o‘tgan bo‘lsa, buning nimasi yomon?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

G‘oliblarga vaqtida mukofot pulini bermay, yana qaysi bet bilan bu tanlovni qilishmoqchi?

2023-yil sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov poytaxt hokimligiga bir necha marta xat yozib ham Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining pul mukofotini olib berolmagandi.

Holatni o‘rgangan “MY5” telekanali muxbirlariga Toshkent shahar hokimligi mas’uli vazirlik xat yozgan, ammo xodimini kengashda ishtirok etishini ta’minlab bermaganini aytgan.

Yangi vazir mana shu eski muammoni hal qiladi, degan umiddamiz. Tanlovning Toshkent shahar g‘oliblari sal kam bir yildan beri mukofot pullarini olisholmayotgani haqida gapirib kelamiz.

Pulni berish hokimliklar zimmasida edi. Hokimlikdagilar ham tilga kirib qolar.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

​​Aslida fojiamiz ham shunda

Qo‘limizga cho‘p tutqazib qo‘yishsa, do‘stimiz bo‘lsa, ortidan, dushmanimiz bo‘lsa, oldidan ayamay kavlashtiramiz. Birlik va o‘zaro hurmat yo‘qolib boryapti.

Rossiya prezidenti yoshlarga qo‘shilib madhiya kuylasa, trendga chiqarishni bilamiz. Futbolda madhiyani hatto jo‘r bo‘lib birga kuylaymiz, birov g‘alati tushunmaydi.

Yoki Namangan hokimi favvora ochilishida yoshlar bilan birga madhiya aytadi. Har kuni yarim kechasi va ertalab davlat telekanallarida davlat madhiyasi yangraydi.

Nafaqat madhiya, bayroqni ham behurmat qilamiz. Vatan tuyg‘usi desa, kulamiz. Madhiya aytsa, kulamiz. Lekin xorij kinolarida tomiga bayroq ilib qo‘yganlarga qarsak chalamiz, havas qilamiz.

Yerda yotgan bayroqqa befarq bo‘lgan odamni yomonlaymiz, uyiga bayroq o‘rnatsa, ustidan kulamiz. Mahalladagilar madhiya kuylasa, tanqid qilamiz, ko‘chada kimdir madhiyani aytishni bilmasa, masxaralaymiz.

Yurtni yov bossa, ko‘r-ko‘rona maqtab, “paxta qo‘yganlar” birinchi bo‘lib qochadi; davlat ramzlarini hurmat qilmaganlar, hazil-mazax qilganlar birinchi bo‘lib sotadi. Xudo ko‘rsatmasin!

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Moliya + “narxoz” + fiskal = To‘lqin Teshaboyev

Prezident qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut birlashtirildi. Teshaboyev To‘lqin Zokirovich esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U 2020 yil oktyabrdan buyon Toshkent moliya instituti rektori lavozimida ishlayotgandi.

To‘lqin Zokirovichni yangi mas’uliyat bilan tabriklab, kuch-quvvat tilaymiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaxshi yangilik: Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori” stipendiyasi tsulofficial/z374U6iICs6">joriy etilibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent yoshlarni sevmaydi

Toshkent yoshlarni sevsa, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Toshkent shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlarga mukofot pullarini vaqtida berardi.

Bunaqa jozibador gaplarga ishonmanglar.

Konsert qilib berguncha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘tkaziladigan tanlov g‘oliblarining mukofot pulini o‘z vaqtida berishni o‘rganish kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi

Mana shu juda yaxshi yangilik bo‘ldi. Jamg‘arma rahbariyatini ham to‘liq yangilansa, nur ustiga alo nur bo‘lardi. 2021-yilda bu jamg‘armaning o‘yinlari, gapi-gapiga to‘g‘ri kelmasligiga shaxsan guvoh bo‘lganmiz. Jamg‘arma PAga o‘tkazilarkan, rahbariyati ham yangilanishini kutib qolamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur”Prezident Shavkat Mirziyoyev

Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi.

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyihalar boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnologlar kerak, degani.

Lekin oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi hamda ayrim rektorlarni tanqid qildi

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

P.S. OTMlarda darsliklar yetishmayotgani haqida ancha avval yozgandik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Penaltilar seriyasi - lotoreya. Yigitlar oxirigacha kurashdi. Ajoyib oʻyin va haqiqiy kurash uchun futbolchilarimizga rahmat!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bugun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan Kongratbay Sharipov shu kunning oʻzida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyiga borib, yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishibdi.

Ma’lumotlarga koʻra, kanalimiz kuzatuvchilari orasida vazir K.Sharipov ham bor ekan. Demak, ijtimoiy tarmoqlarni faol kuzatib boradilar. Avvalo, yangi vazirni mas’uliyatli lavozim bilan tabriklaymiz. U kishi haqida asosan yaxshi gaplar yuradi. Vazir mana shu dadillik, ochiqlik va muloqotni saqlab qoladi, degan umiddamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasining murojaati kanalda e’lon qilingandi. Universitet matbuot kotibi bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritdi va murojaatda talaba tomonidan aytilgan gaplar oʻz isbotini topmadi.

Nazarimizda, kimdir universitetni obroʻsizlantirish harakatida. Goʻyoki talaba niqobi ostida turli kanallarga shunaqa igʻvolar tarqatilayotgan ekan. Murojaatchiga bir necha marta yozdik, javob bermadi.

Biz esa talaba murojaatidan ta’sirlanib, kanalda uning gaplarini e’lon qilgandik. Ammo keyin bilsak, qaysidir isqirt jirkanch niyatini amalga oshirish uchun shunaqa igʻvo yuborgan ekan. Bunga aralashib qolishni istamadik va shu sabab xabar kanaldan oʻchirildi.

Tezkorlik, aniqlik va ochiqlik uchun Jahon tillari universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал