Davlat tili nimaligini bilmaydigan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi haqida
Pekinda o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumidagi ekran va banner yozuvlarida o‘zbek emas, balki rus tilidan foydalanilibdi. Yonida xitoy tili. Ammo o‘zbek tili yo‘q.
Kuzatuvlarimizga ko‘ra, boshqa rahbarlar, masalan, Toshkent shahar hokimi darajasidagi uchrashuvlar, tadbirlar va forumlarda o‘zbek tilidan foydalanilgan (buning uchun alohida rahmat).
Ammo Xitoyga rektorlarni uxlashga olib ketgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishtirokidagi forumda o‘z tilimiz, davlat tili, o‘zbek tilidagi bannerlarni uchratmaysiz.
Bu vazirlik o‘zi Xitoyga nimaga borgandi? O‘z forumining bannerlariga o‘zbekcha so‘z yoza olmasa, rektorlari uxlab yotaversa, pishirib qo‘yganmidi bularga?
Bundan buyon rasmiy tadbirlarda, hukumat tashkilotlarida o‘zbek tilidan foydalanmagan hech bir tashkilotni ayamaymiz. Juda rus tilida yozgilaring kelsa, ana, borib Rossiyada ishlanglar.
Rus propagandachilari tinimsiz har xil “bayonot”lar berib turganda ta’lim vazirligining qilig‘i oshib tushdi. Tilimizni hurmat qilmaganlarning ham bir tiyinlik hurmati yo‘q biz uchun.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir 🇺🇿
@masofatalim
Qarshi davlat universitetining poraxo‘r xodimi DXX tomonidan qo‘lga olindi
Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti Koson tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘qiyotganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, o‘qishini Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
@masofatalim
Madaniy meros agentligida oʻzbeklar ishlayaptimi? Bu tashkilot Oʻzbekiston Hukumatiga boʻysunadimi?
“Sharq” nashriyotining madaniy meros obyekti roʻyxatidan chiqarilgani yuzasidan Madaniy meros degan agentlik soat 14:45da bayonot bergan. E’tiborlisi, bu bayonot faqatgina rus tilida e’lon qilingan. Mana oradan sal kam bir soat oʻtyaptiki, oʻzbekchasi yoʻq.
Bu agentlikda oʻzbeklar ishlaydimi? Bular Oʻzbekistondagi agentlikmi yoki Rossiya hukumati tarkibiga kiruvchi tashkilotmi? Nega rasmiy bayonotning faqat rus tilidagisini e’lon qilib, oʻzbekchasini bermayapti? Shularam budjet hisobidan, xalq toʻlagan soliqlar evaziga oylik olib ishlayaptimi? Yoki oyligini Rossiyadan olyaptimi? Davlat tili — oʻzbek tiliga boʻlgan munosabat shumi? Uyat!
AOKAdagilar, bu tashkilotning matbuot xizmatiga u-bu narsa deb qoʻyinglar. Ja rus tilida yozgisi kelsa, borib Rossiyadagi biror tashkilotga ishga kirsin.
@masofatalim
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining o‘zini faolligi oshiriladi
Ushbu markaz davlat budjeti, xalqaro moliya institutlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar, xo‘jalik va shartnoma asosida metodik faoliyatdan hamda pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
P.S. Ha, rostan ham shunaqa markazcha bor. Nima ish qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Bundan keyin endi bunaqa tashkilotning o‘zi nima keragi bor, degan savol o‘rtaga chiqadi. Budjetga ortiqcha yukdan boshqa narsa emas. Yopvorilsa ham hech nima o‘zgarmadi. Bugungacha nimani qoyillatgandiki, bundan keyin bir natija bersa?
@masofatalim
Oyiga 621 ming soʻm topasanmi? Unda kambagʻalmassan. Oyiga 1 mln 242 ming soʻm topasanmi? Unda ikki karra kambagʻalmassan. Bir oyda 1 mln 863 ming soʻm topasanmi? Unda uch karra kambagʻalmassan! Toʻxta, sen oyiga 3 mln 105 ming soʻm topasan-ku, a? Unda “uje” sen boyvachchasan!
@masofatalim
Korrupsiya, nepotizm, erkin fikrni bo‘g‘ish — jamiyatning va yoshlarning eng katta dushmani.
Shu uchalasi yo‘q bo‘lib ketsa, degan aqlga sig‘maydigan gap aytib bo‘lmaydi-ku, lekin shular biroz kamaysa, ancha rivojlanib ketamiz.
OTMlarda anonim taklif so‘rashsa, har doimgidan boshqa yozuvda yozish kerak, topib olishsa, “big‘illatishadi”. Bu — oltin qoida.
@masofatalim
### Navigation
🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar!
📌 Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish!
💯 Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar!
🎯 Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar!
🎉 Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish!
🚫 Scopus ma'lumotlar bazasidagi soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar!
🌐 Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar!
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!
Telegram: @publish_uz
Toshkent, 2024-yil. 18-yanvar tongi. Hech qanday montaj emas, tabiiy video.
@masofatalim
❗️Bu xabar feyk. Bugun kuni bilan rasmiylar, rasmiy idoralarning sahifalari, telegram kanallar — hamma mana shu feyk xabarni tarqatib o‘tirdi. Hatto Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham xato xabar tarqatdi.
@masofatalim
Qo'shtirnoq Podkastda bu safar o'zbekcha gapiroladigan sun'iy intellekt (SI) ham mehmon bo'ldi. Suhbat davomida SI kimlarni ishsiz qoldirishi, SI firibgarlarga qo'l kelayotgani, ChatGPT orqali pul ishlash, SI bizda bloklanishi mumkinmi, SI'ning tibbiyot va ta'limda qo'llanilishi kabi mavzularda gaplashildi.
https://youtu.be/plE83MaMjBU
8-yanvar kuni yoshlarxxx.uz (yashirib ko‘rsatildi) domeni bilan O‘zbekistonda bemalol faoliyat yuritayotgan onlayn qimor haqida ma’lumot beruvchi, targ‘ib quluvchi sayt haqida, bu domen avval Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi”ga tegishli bo‘lgani haqida yozgandik.
Mana, oradan roppa-rosa 10 kun o‘tdi. AOKA ham, Raqamli texnologiyalar vazirligi ham bu borada biror tayinli chora ko‘rgani haqida ma’lumot yo‘q. Qimor sayti esa hozir ham bemalol ishlab turibdi. Shunaqa saytlarni bloklash uchun aynan “Shermatov qayerga qarayapti?” deb sarlavha qo‘yib post yozish shartmi? Yoki bu qimor saytlari ishlab turishidan kim(lar)dir manfaatdormi?
@masofatalim
Tekinga shunday joy borligini bilarmidingiz?
Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida ochilgan “Kreativ park” yorqin, zamonaviy atmosferaga ega, yoshlarbop eng ajoyib maskanlardan biridir. Bu yerdan foydalanish, boshqa shunday manzillardan farqli o‘laroq, mutlaqo bepul. Mazkur hududda bir nechta qulayliklar mavjud. Ular:
- Kafe&bar;
- Coworking hududi;
- Kutubxona;
- Wifi;
- turli stol o‘yinlari;
- animatsiya maktabi;
- shaxmat klubi;
- kulolchilik akademiyasi.
Darvoqe, ushbu ajoyib maskan 24/7 ishlaydi. Yoshlar uchun bu yerda qanday zo‘r sharoitlar yaratilgani bilan esa videoda tanishish mumkin.
@masofatalim
Yosh talaba bolalar ombudsmaniga turmushga chiqishga majburlanayotganidan shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi
Shahrisabzda 17 yoshli talaba-qiz turmushga chiqishga majburlandi. U bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, avval o‘qishini tugatmoqchi ekani sababli yordam so‘ragan. Qizga himoya orderi berilgan, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirilgan.
Shahrisabz shahrida yashovchi M.M. bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga universitetda birinchi kursda o‘qiyotgani va o‘qishini davom ettirmoqchi ekanini aytgan. Ammo bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. ismli yigit uni turmushga chiqishga undab, turli bosimlar o‘tkazib keladi. Yigit va qizning ota-onalari esa qizdan rozilik so‘ramay, unashtiruv marosimini o‘tkazgan.
Vaziyat nazoratga olinib, ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganildi. Talaba-qizga himoya orderi berilgan va uning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47−3-moddasiga (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilganlik uchun esa Jinoyat kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, jarima, ahloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.
@masofatalim
❗️Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi.
@masofatalim
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov o‘g‘il bolalar istiqomat qiladigan talabalar turar joyiga borib, ular bilan muloqot qilibdi va 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklabdi.
Shuningdek, rektor va talabalar o‘rtasidagi suhbat davomida yotoqxonadagi sharoitlarni yanada yaxshilash borasida ularning takliflari tinglangan.
Abduqodir Toshqulovning shu odatini doim hurmat qilganmiz. Talabalar ichida ko‘p yuradi, muloqot qiladi. Ba’zi rektorlarga o‘xshab o‘ziga alohida lift ajratib, xonasiga qamalib olmaydi. Faqat rasmiy tadbirlarda ikki og‘iz gap gapirish uchun ko‘rinish bermaydi.
P.S. Albatta, talabalar bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan boshqa rektorlar ham ko‘plab topilsa kerak, ammo o‘sha OTM matbuot xizmati buni eplab yoritib bera olmas, yanayam kim bilsin.
@masofatalim
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Minhojiddin Mirzo O‘zbekiston aholisini zaharli g‘oyalardan saqlash uchun mamlakatdagi xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barcha radio-televideniye kanallar hamda ularning internetdagi saytlarini zudlik bilan cheklash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
P.S. Tepadan buyruq kutib o‘tiradigan rahbarlarning bunaqa chiqishlar qilib qolgani — yaxshi va katta qadam.
@masofatalim
💸Qanday qilib offisda o'tirib og'ir ish qilmasdan Buxgalteriya orqali 3 oy ichida $500 dan $1000 gacha daromadga chiqish mumkin?
👩💻Meni ismim Sevara Mukhamedova buxgalteriyada ekspertman
🚀Men sizga xech qanday og'ir mehnatlarsiz, aqliy mehnat bilan yaxshi daromadga chiqishni o'rgatmoqchiman
Buni o'rganish uchun 24-yanvar 20:00 Bepul vebinarimda qatnashing
👇Vebinarga qo'shilish uchun pastdagi tugmachani bosing va meni telegram kanalimga obuna bo'ling
Jim turing, shovqinlanmang, uyqu ichida...
Ko‘pchilik rahbar shaxslar qatorida bir qancha OTMlarning rektorlari ham hozir Xitoyda xizmat safari bilan yurishibdi. Ularga ham osonmas, to‘g‘ri tushunish kerak. Ko‘p harakat qiladi, ishlaydi, charchaydi. Ba’zan esa mana bunaqa yig‘ilishlarda uxlab qoladi. Boshqa bir rektor esa uxlab qolgan rektorga qaramay, shartta kanalida rasmni e’lon qivoradi. Chunki rasmda o‘zi zo‘r chiqqanda, boshqalar bilan nima ishi bor, to‘g‘rimi?
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Majidov va Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev qattiq charchabdi, shekilli. Ko‘zlari biroz ilinibdi.
@masofatalim
Qozogʻistonliklarga respekt!
Rossiyalik bitta kal chiqib, Oʻzbekistonni qoʻshvolishimiz kerak, deganini hali koʻpchilik unutmadi. Endi qozoqlardan oʻrnak olib, oʻsha kalni (bu haqorat emas, rostdan ham kal ekanda) Oʻzbekistonga kirishini taqiqlash kerak.
@masofatalim
5 600 soʻm “otmen”, endi buyogʻi 20 700 soʻm
O‘zbekistonda 2024-yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga bir oyga 621 ming so‘m deb belgilanibdi. Bu bir kunga taxminan 20 700 soʻmga toʻgʻri kelmoqda.
Shuni hisoblaganlarning hammasini qoʻliga 621 ming soʻmdan pul tutqazib, “bor, yasha” deb aytilsa, necha kunda ular ochlikni oʻz tanalarida his qilishadi? Albatta, bu tajribani ham bir marta boʻlsada oʻtkazib, buniyam hisoblab koʻrish kerak.
@masofatalim
Prezident Farmoni bilan Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida esa Sport vazirligi tashkil etiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti tashkil etiladi.
Rasmda Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari taqdim etilmoqda.
@masofatalim
Aftidan, aksariyat iqtisodchilarimizdan tortib bonkirlarimizning o‘zini ham moliyaviy savodxonligini oshirish hamda firibgarlardan ogoh bo‘lishga o‘qitish kerak :)
@masofatalim
Fakt-checking qilishni bilmaydigan, xabarni tekshirmasdan e’lon qiladigan, yolg’on bilan rostni ajrata olmaydigan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ayrim ko‘rsatmalar:
1. “Graduate” degani magistr bosqichi. Ikki rasmda ham “graduate” deb yozilgan. Aslida, “undergraduate” bo‘lishi kerak.
2. Xatlar rasmiy tonda yozilmagan.
3. Xatlarning ichi to‘la imlo xato bilan yozilgan, hatto universitet nomi ham xato yozilgan.
Bundan tashqari, sun’iy intellekt ham buning feyk xabar ekanini aniq-tiniq ko‘rsatib berdi.
P.S. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidagilarga shu xabarni yuborib qo‘yinglar. Ular “bu xabarning nimasi feyk ekan” deb aniqlolmay, boshi qotib o‘tirgan bo‘lsa, ishlari osonlashadi :)
@masofatalim
Oxirgi yillarda davlat oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan juda ko‘plab tajribali o‘qituvchilar yoppasiga xususiy OTMlarga o‘tib ketayotgani tez-tez qulloqqa chalinadi. Ochiq manbalar orqali buning aniq raqamlarini bilish imkoni yo‘q. Ammo shu tizimda ishlovchi kadrlarning fikrlarini o‘qib, o‘qituvchilar nega davlat OTMlarini tashlab ketayotgani ancha tushunarli bo‘ldi.
@masofatalim
Telegram Premium obunachilar uchun ajoyib qulayliklarni taqdim etdi:
➖ Xabar yuborilganda ikkinchi tomon xabarni soat nechida o‘qiganini ko‘rish imkoniyati yaratildi.
➖ Premium obunachilar endilikda xabar yozishni kontaktida bo‘lmagan yoki Premium akkaunt bo‘lmaganlarga cheklab qo‘yishi mumkin bo‘ldi.
P.S. Durovning marketologlari qattiq ishlashyapti :)
@masofatalim
Hukumat qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi 2024-yil 1-aprelga qadar o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasini yaratadi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq har yili 50 tagacha o‘quv-uslubiy film ishlab chiqariladi.
@masofatalim
Andijon davlat universitetini tekshirgan KRUchilar 129 mln so‘mlik kamomad aniqlagan. Undan keyin Hisob palatasi borib tekshirgan va 39 mlrd so‘mlik talon-torojni aniqlagan.
@masofatalim
W avlod
Maktabda hamma fanni 5 bahoga bitirib, kumush so‘zini “kumuw” deb yozadigan va kamiga kumush medal oladigan avlod chiqishni boshladi.
Hali tibbiyotga super-muper kontrakt bilan o‘qishga kirgan avlod to‘liq bitirib chiqishni boshlasin, kasal bo‘lishga ham haqqingiz qolmaydi :)
p.s. wunaq yozmasli ucn vowwem k6p ktop 6qiw kere
@masofatalim
O‘zbekistonlik bo‘la turib, pulini to‘lab, qonuniy ravishda teleminoraga chiqmoqchi bo‘lganimizda ish vaqti tugashiga 10 daqiqa qolganini aytib, eshik yaqiniga ham yo‘latishmagandi bir paytlar.
@masofatalim