Samarqandda o‘tgan FIDE bo‘yicha jahon chempionatida rapid bo‘yicha ham, blits bo‘yicha ham Magnus Karlsen chempion bo‘ldi. Shuningdek, 2-o‘rin — Daniil Dubov, 3-o‘rin — Vladislav Artemiyev.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar shoxsupaga ko‘tarila olishmadi.
Erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboyev 12,5 ochko bilan qayd etishdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘pladi
@masofatalim
“Biztv.Media” barcha bilimdon yoshlarni Yangi yil bilan samimiy tabriklaydi!
“Biztv.Media” — bayramni oila davrasida tomosha qilish uchun eng yaxshi platforma. Shu munosabat bilan barcha uchun bir kunlik promokod taqdim etilmoqda. Quyidagi havolalar orqali ilovani yuklab oling, promokodni kiriting va platformadan mutlaqo bepul foydalanib, yangi yilni o‘zgacha o‘tkazing!
Sara retro filmlardan tortib, eng so‘nggi kino va seriallarni, ayniqsa, Yangi yil filmlarini o‘zbek tilida hamda sifatli formatda aynan ushbu platformadan topasiz. Foydalaning va mazmunli hordiq chiqaring.
Promokod: YANGIYIL
Muddati: 1 kun
Aktivlashtirish: 3-yanvargacha
Yuklab oling: Android | iOS | Veb-sayt
❗️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Prezident imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallar odam o‘limi bilan bog‘liq ko‘plab noxush va ko‘ngilsiz holatlarni ochiqchasiga tarqatmoqda. Rasm va videolarni gapirmasa ham bo‘ladi, juda xunuk holat. Qaysi kalla bilan shu darajaga borish mumkin? Bundan maqsad nima? Obunachi yig‘ish, shov-shuv ko‘tarishmi? Ayni shu turdagi xabarlar senzuralanishi kerak.
@masofatalim
Hukumat tashabbusi bilan 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ldi.
@masofatalim
Instagramda kambag‘al odam qolmadi
Instagramda har xil videolar bor: aqlli basharani yoqib, ta’sirli musiqa ostida ibratli voqealardan aytib, biznes trening o‘tib yurganlaru, “ekiming olti”ning o‘zidan “ko‘cha” yasab olgan avlodigacha — hammasidan bor, xullas.
Har xil so‘rovnomalar asosida sahifa yuritadiganlar ham bor. Masalan, shularning so‘rovnomalariga javob bergan odamlarning gapiga ensa qotadi: nima emish, baxt pulda emasmish. Baxt pulda bo‘lmasa, pul topma, kambag‘aldek yasha, deydigan odam yo‘q :)
Lekin instagramda hali kambag‘al odam ko‘rmadim, u yer boshqa dunyodek go‘yo. Ayniqsa, osongina “mana bunaqa qilsang, boyib ketasan, soqqani soqqaga urib, mazza qilib yashayverasan”, deguvchilarning og‘zidan nechadir millionlar osongina chiqib ketadi.
Infolo‘ttivozlar... Bularga ko‘p to‘xtalishning xojati yo‘q. Aqlli basharani yoqib, ta’sirli musiqa ostida odamlarga qanday yashashni o‘rgatyaptimi, demak, u odamdan uzoq yurish kerak. Infolo‘lilarning aksariyati o‘z biznesini ushlab turish, yangi mijozlar oqimini olib kelish uchun ham tarmoqda chiqish qiladi.
Ularga odamlar baxtlimi, baxtsizmi, boymi yoki kambag‘almi — umuman qiziq emas. Ular shu yo‘l — odamlarning hissiyotlaridan foydalanib auditoriya yiqqan, odamlarning ishonchiga kirgan.
Yaqinda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga qanaqadir obro‘ yasab olgan, atrofiga “sportsmen”larni yig‘ib olib, har xil chiroyli mashinalarda yurgan, ammo hayotda boshqalarni qiynoqqa solib, tovlamachilik va pul undirish yo‘llari bilan kun ko‘rayotgan shaxslarga ergashayotgan yoshlar ko‘payib borayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Shu ma’lumotdan ham xulosa qilsa bo‘ladiki, kimgadir ergashishga hech qachon shoshmaslik kerak. Ko‘proq kitob o‘qish kerak. Hamma ilmlarning asosi — kitob. Bir kitobda shunday yozilgan: “Omma hissiyotlar orqali boshqariladi”.
@masofatalim
26-dekabrdan Samarqandda shaxmatning blits va rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionati boshlanadi
Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu VI jahon chempionatida dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turgan grossmeysterlar — Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattarov, Daniil Dubov, Gukesh Dommaradju, Vinsent Kaymer, Shaxriyar Mamedyarov, Yan-Kshishtov Duda, Yu Yan’i, Maksim Vashye-Lagrav, Levon Aronyanlarning ishtirok etadi.
Bugun soat 15:00 dan boshlab quyidagi havola orqali o‘yinlarni jonli efirda kuzatib borish mumkin.
https://www.youtube.com/live/LXFBLzhBYCA?si=Cxt4R4S7hC3qYi4U
@masofatalim
Nahotki odamlarimiz shunchalar optimist bo‘lsa? Nahotki UzAutoMotors’dan onlayn shartnoma ololaman va mashina mina olaman deb, bu safar ham ekranga termulib o‘tirgan bo‘lsa? Albatta, optimistlik yaxshi, lekin bu darajadagisi yomon-da, azizlar :)
@masofatalim
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent moliya instituti 424,8 mln so‘mlik yangi yil sovg‘asi olibdi.
Bayram bayramdek o‘tsin, degan bo‘lishsa kerak. Egalariga yetib borsa bo‘ldi, albatta :)
@masofatalim
“Halollik vaksinasi” bilan emlangan va xodimlarini ham shu vaksina bilan emlayotgan SSV vaziri, hamma o‘ziga javob berishi kerakligini aytgan soliq qo‘mitasi raisi, umrida umuman pora bermagan antikorrupsiya rahbari — vazirlar va boshqa rahbar shaxslardan qiziq so‘rovnoma o‘tkazishibdi. Ularning javobini ushbu video orqali ko‘rish mumkin.
@masofatalim
O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda 23-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Qarshi, Shahrisabz, Qorako‘l, Mirbozor, Termiz, Uzun va Denovga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilibdi. Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
@masofatalim
Hilola Umarova yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi
21-dekabr kuni “Yoshlar forumi 2023” doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar va o‘quvchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Bundan tashqari, joriy yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, bunda yoshlarning qator murojaatlari o‘rnatilgan tartibda hal etilgan.
Bugungi uchrashuv doirasida ham ishtirokchilar tomonidan bildirilgan tegishli masalalarni hal etish bo‘yicha masʼul xodimlarga zarur topshiriqlar berilgan.
@masofatalim
Bugun Telegram kanallardagi kun mavzusi:
1-xabar: HUMO ishlamayapti.
2-xabar: HUMO ishlamayotgani haqida rasmiy munosabat bildirdi.
3-xabar: HUMO ishlab ketdi.
Bugun ko‘plab kanallarda originallik degan narsa yo‘qolib boryapti. Copy/paste.
@masofatalim
Bosh binosi oldida ham rasvo ishlaydigan Ucell haqida
Ucell’ning bosh binosi poytaxtning qoq markazi, Oloy bozori yaqinida joylashgan. Uzoq vaqtdan beri shunga yaqin hududda Ucell mobil interneti juda rasvo ishlaydi. Bu bo‘yicha kompaniyaga murojaat qilingan va natijada rasmdagi kabi javob kelgan.
Baraka topgurlar, poytaxtning qoq markazi, buning ustiga kompaniyaga juda yaqin hudud “barqaror tarmoq hududi” hisoblanmasa, unda boshqa hududlardagi ahvolni qanday tushunish mumkin? Yangi tayanch stansiyani joylashtirishga joy topa olmayotgan bo‘lsanglar, oyiga 150 ming so‘mdan abonent to‘lovi to‘layotgan mijozda nima ayb?
“O‘zkomnazorat” degan tashkilot “aloqa operatorlari sifati xizmat ko‘rsatmasa, bizga murojaat qilinglar” degan mazmunda rosa piar qilayotgandi. Ucell’ning o‘zi bilan muammo hal bo‘lmadi, endi “O‘zkomnazorat” qanchalik rost gapirgani va qo‘lidan nima kelishini ham sinab ko‘rish kerak.
@masofatalim
Tavsiya: Oʻzbekistonlik telegram kanali xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan yurtdoshlar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziqarli lavhalarni berib bormoqda. Kuzatib boring: @uzbekistonlikuz
Читать полностью…Oliy ta’lim yilni vazirsiz tugatmoqda
2023-yil tugab bormoqda, ammo oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimi haligacha vakant turibdi. Sobiq vazir Ibrohim Abdurahmonov 25-oktabr kuni qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangandi.
Ikki oydirki oliy ta’limga yangi vazir tayinlanmadi. O‘rinbosarlar ishlarni tashkil etib turishibdi. Ayrim manbalar yopiq hujjat asosida oliy ta’limga qarab turish Odil Abdurahmonovga yuklatilgani haqida xabar bergandi.
Masalan, o‘tgan yili 30-dekabrda ham tayinlovlar amalga oshirilib, “adminreforma” qilingandi. Balki vazir yanvarda tayinlanar, balki ungacha, ammo asosiy nomzod ham aniq — Odil Abdurahmonov.
@masofatalim
2023-yilda @masofatalim kanalidagi postlarning jami ko‘rishlar soni 21,2 millionni, ulashishlar soni 95 600 dan ko‘proqni tashkil etibdi.
2024-yilda ham qiziq postlar, oliy ta’lim muasssasalarining xaridlari-yu tenderlari va boshqa ko‘p mavzularda yaxshi postlar bo‘ladi.
Kanal obunachilariga minnatdorchilik bildiramiz. Barchangiz tillo odamsizlar.
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi: o‘yin boshlanmoqda
Samarqandda o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati rapid yo‘nalishining 12-turida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Ushbu o‘yinni ayni vaqtda quyidagi havola orqali jonli efirda (o‘zbekcha sharh bilan) kuzatish mumkin: https://www.youtube.com/live/1YvaSxBcOyM?si=ztfIXkDS2X2m-wZn
@masofatalim
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining 2022-2023-yillardagi gʻolibi, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistika va tadqiqotlar departamentida faoliyat yuritayotgan Jahongir To‘rayev qoʻlga kiritgan yutuqlari va hozirgi ish faoliyati haqida “Yangi avlod” loyihasida ma’lumot berdi.
@masofatalim
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari qanday o‘tdi?
“Yoshlar forumi 2023” doirasida butun respublika bo‘ylab 18-23 dekabr kunlari barcha vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, viloyat hamda tuman (shahar) hokimlari yoshlar bilan shaxsan uchrashib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishdi. Hukumat vakillari va boshqa rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlari qanday o‘tgani haqida ushbu video orqali bilib olish mumkin.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi talabalar uchun alohida navbatchi tashkil qilibdi. Agar hududlarga chiqib ketishda transport vositalari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin: +998 55 520 08 08 (ichki raqam 167 yoki 168), +998 90 003 34 34
@masofatalim
18-23-dekabr kunlari barcha vazirlik va idora rahbarlari, 34 ta tashkilot rahbari, 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, viloyat hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsan yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvlar davomida tashkilotlar birinchi rahbarlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha masalahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etilib, ushbu lavozimga tashkilotda mehnat qilayotgan iqtidorli, tashabbuskor yoshlar tayinlandi va tanishtirildi.
Bundan tashqari, minglab yoshlarni qamrab olgan ushbu muloqotlar davomida faol yoshlar tomonidan ko‘tarilgan bir qator talab va takliflar hamda muammolar rahbarlarning ish rejasiga kiritildi.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi yaxshi tashabbus e’lon qilibdi. Vazirlik “Sen kuchlisan” nomli oqqonga chalingan bolalar muallifligida yaratilgan asarlar kimoshdi savdosini tashkil etmoqda.
Unda onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar namoyish etiladi va uni istagan odam istagan summada sotib olishi mumkin. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida auksion o‘tkaziladi va unda eng yaxshi suratlar kimoshdi savdoga qo‘yiladi.
Ko‘rgazma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Amfiteatr”ida 27-dekabr kuni soat 10:30 da boshlanadi. Rasmlarga hech qanday narx belgilanmaydi, ishtirokchilar istagan narxida sotib olishi mumkin.
Ko‘rgazmaga borib, bu kabi xayriyalarni albatta qo‘llab-quvvatlash kerak.
@masofatalim
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali vacancy.argos.uz ochiq portaliga joylashtirilgan Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi ostida go‘yoki Kambag‘allikni “oshirish” va mahallani qo‘llab-quvvatlash yozuvlari paydo bo‘lganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Bunday yozuvlar Respublikaning boshqa viloyatlarida ham kuzatilmoqda. Ushbu holatlar mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilganda, tizimni obro‘siga putur yetkazish maqsadida soxta yozuvlar kiritilib, montaj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu soxta yozuvlarni tarqatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni topish va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilindi.
Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan XXI asr, axborot asrida bunday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi rasmiy xabarda.
@masofatalim
Ertaga 100 foiz oq halat va oq kalpachokda shu uchrashuvga kiradigan talabalarga tavsiya: savol berishda chuqurlashmanglar :)
@masofatalim
Yodju universiteti rektori Janpo‘lat Xudoybergenov vafot etdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (eski nomi Yodju) rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 21-dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi.
Marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
@masofatalim
Zaxar Prilepin degan mana bu rossiyalik nusxa O‘zbekistonni bosvolishimiz kerak, debdi. “Kiyevda g‘alaba paradini o‘tkazgach, o‘zi bu O‘zbekistonlarni bosvolishimizga hech narsa to‘sqinlik qilolmaydi”, degandek qilibdi. Iflos.
@masofatalim