Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi talabalar uchun alohida navbatchi tashkil qilibdi. Agar hududlarga chiqib ketishda transport vositalari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin: +998 55 520 08 08 (ichki raqam 167 yoki 168), +998 90 003 34 34
@masofatalim
18-23-dekabr kunlari barcha vazirlik va idora rahbarlari, 34 ta tashkilot rahbari, 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, viloyat hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsan yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvlar davomida tashkilotlar birinchi rahbarlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha masalahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etilib, ushbu lavozimga tashkilotda mehnat qilayotgan iqtidorli, tashabbuskor yoshlar tayinlandi va tanishtirildi.
Bundan tashqari, minglab yoshlarni qamrab olgan ushbu muloqotlar davomida faol yoshlar tomonidan ko‘tarilgan bir qator talab va takliflar hamda muammolar rahbarlarning ish rejasiga kiritildi.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligi yaxshi tashabbus e’lon qilibdi. Vazirlik “Sen kuchlisan” nomli oqqonga chalingan bolalar muallifligida yaratilgan asarlar kimoshdi savdosini tashkil etmoqda.
Unda onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar namoyish etiladi va uni istagan odam istagan summada sotib olishi mumkin. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida auksion o‘tkaziladi va unda eng yaxshi suratlar kimoshdi savdoga qo‘yiladi.
Ko‘rgazma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Amfiteatr”ida 27-dekabr kuni soat 10:30 da boshlanadi. Rasmlarga hech qanday narx belgilanmaydi, ishtirokchilar istagan narxida sotib olishi mumkin.
Ko‘rgazmaga borib, bu kabi xayriyalarni albatta qo‘llab-quvvatlash kerak.
@masofatalim
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali vacancy.argos.uz ochiq portaliga joylashtirilgan Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi ostida go‘yoki Kambag‘allikni “oshirish” va mahallani qo‘llab-quvvatlash yozuvlari paydo bo‘lganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Bunday yozuvlar Respublikaning boshqa viloyatlarida ham kuzatilmoqda. Ushbu holatlar mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilganda, tizimni obro‘siga putur yetkazish maqsadida soxta yozuvlar kiritilib, montaj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu soxta yozuvlarni tarqatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni topish va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilindi.
Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan XXI asr, axborot asrida bunday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi rasmiy xabarda.
@masofatalim
Ertaga 100 foiz oq halat va oq kalpachokda shu uchrashuvga kiradigan talabalarga tavsiya: savol berishda chuqurlashmanglar :)
@masofatalim
Yodju universiteti rektori Janpo‘lat Xudoybergenov vafot etdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (eski nomi Yodju) rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 21-dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi.
Marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
@masofatalim
Zaxar Prilepin degan mana bu rossiyalik nusxa O‘zbekistonni bosvolishimiz kerak, debdi. “Kiyevda g‘alaba paradini o‘tkazgach, o‘zi bu O‘zbekistonlarni bosvolishimizga hech narsa to‘sqinlik qilolmaydi”, degandek qilibdi. Iflos.
@masofatalim
“Xalq banki” axborot xizmati xodimi biz bilan bog‘lanib, Samarqanddagi bank mansabdori pullarni bukmekerlik o‘yinlariga ishlatib yuborgani yuzasidan rasmiy munosabat taqdim etdi.
“Qonunbuzarlik holati sodir bo‘lganining ertasi kuniyoq (6.03.2023) bank mas’ullari tomonidan aniqlanib, rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Faoliyatida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodim o‘sha zahoti ishdan bo‘shatilgan va JIB Samarqand tuman Sudining 2023ғyil 12ғsentabrdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan”, deyiladi xabarda.
@masofatalim
“Xalq banki”ning qimorvozlari
“Xalq banki” Samarqand filialida Chakana bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan qashqadaryolik 36 yoshli Sh.Y. o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda o‘zining nomidagi bank plastik kartasiga noqonuniy ravishda 631 mln. so‘m kirim qilib, ushbu mablag‘ning barchasini bukmekerlik qimor o‘yiniga tikib, yutqazib qo‘ygan.
2022-yilda ham shunga oʻxshash holat boʻlgan. “Xalq banki” Uzun filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. fevral-mart oylarida o‘ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko‘rinishida chiqarilgan jami 121,1 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qo‘yish orqali o‘zlashtirib, ushbu pullarni onlayn kazino o‘yinlariga ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
@masofatalim
Budjet tashkilotlari, maktab, shifoxona, OTMlar bo‘lmaganda allaqachon gazetalar O‘zbekistonda yopilib ketgan bo‘lardi, nazarimizda. Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shu fikr keldi.
@masofatalim
Havolar sal iliganiga Chilonzor tumani, 3-mavzeda (balki boshqa tumanlarda ham shundaydir) isitish tizimini o‘chirib qo‘yishibdi, shekilli, “otopleniya batareya”lari sal kam muzdek turibdi.
Qishga tayyorgarlik shumidi? Havo sal ilisa, isitish tizimini o‘chirib qo‘yish yoki pasaytirib qo‘yishni reja qilib tayyorgarlik qilinganmidi? Gaz, benzin, “svet”, mana endi odamlar poytaxtda “otopleniya”dan mahrum bo‘ldimi?
Qishloqdagilar yaxshi yashayapti. Chunki ularda hozir yoqishga tappisi va tappiga mo‘ljallangan pechkasi bor.
@masofatalim
Respublika bo‘ylab 18-23-dekabr kunlari vazirlik va idora rahbarlari, hokimlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlari — “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda har bir yosh o‘zini qiziqtirgan savolga javob olish imkoniyatiga ega.
@masofatalim
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Hasanxon Husanxonov: “Menga dastro‘mol sovg‘a qilgan o‘qituvchini ishdan olganman”, - debdi.
“Dastroʻmol sovgʻa qilgani uchun ishdan olganman”, deb odam oʻzini ja oppoq koʻrsatishi yoki bu bilan kerilishi shartmas. Mayli, shunaqa boʻlib, ishdan ham olgan deylik. Bunga mehnat kodeksi nima deydi?
Shunda ishdan boʻshatish haqidagi buyruqqa nima deb yozilgan? Dastroʻmol sovgʻa qilgani uchun ishdan boʻshatildi, deb yozilganmi? Shunaqa sabab koʻrsatib ham ishdan olsa boʻladimi? Xodimning huquqlari buzilmaganmi?
Oʻshanchun ja bunaqa yemagan misollarni keltirib tashlash shartmas, boshqa savollar ochilib kelaveradi. Bunaqa misollardan keyin bizga oʻxshaganlarning yozgisi kelib, qoʻli qichiyveradi😊
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov yoshlarga imkon beryapti: TerDUda yosh yuristlar dekan va kafedra mudiri etib tayinladi
1994-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Po‘latov Mirzohid Qo‘zimurodovich Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti yuriskonsulti lavozimida ishlagan.
1995-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Xolmirzayev Doniyor Ro‘ziqul o‘g‘li Termiz davlat universiteti jinoyat huquqi va fuqarolik prosessi kafedrasi mudiri etib tayinlandi. U 2021-yilda Yaponiyadagi Nagoya universitetining magistraturasini tamomlagan. Tayinlovga qadar TerDU jinoyat huquqi va fuqarolik prosessi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
Avvalroq TerDUda yuridik fakultet dekani va kafedra mudiri ishdan olingani xabar berilgandi.
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha hisobotlar bilan tanishdi
“Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar soni 1 million nafarga, “Mutolaa” dasturi orqali yosh kitobxonlar soni 1,5 million nafarga yetkazish choralari ko‘riladi. Buning uchun hududlarda qo‘shimcha infratuzilma barpo etilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.
@masofatalim
“Halollik vaksinasi” bilan emlangan va xodimlarini ham shu vaksina bilan emlayotgan SSV vaziri, hamma o‘ziga javob berishi kerakligini aytgan soliq qo‘mitasi raisi, umrida umuman pora bermagan antikorrupsiya rahbari — vazirlar va boshqa rahbar shaxslardan qiziq so‘rovnoma o‘tkazishibdi. Ularning javobini ushbu video orqali ko‘rish mumkin.
@masofatalim
O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda 23-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Qarshi, Shahrisabz, Qorako‘l, Mirbozor, Termiz, Uzun va Denovga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilibdi. Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
@masofatalim
Hilola Umarova yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi
21-dekabr kuni “Yoshlar forumi 2023” doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar va o‘quvchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Bundan tashqari, joriy yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, bunda yoshlarning qator murojaatlari o‘rnatilgan tartibda hal etilgan.
Bugungi uchrashuv doirasida ham ishtirokchilar tomonidan bildirilgan tegishli masalalarni hal etish bo‘yicha masʼul xodimlarga zarur topshiriqlar berilgan.
@masofatalim
Bugun Telegram kanallardagi kun mavzusi:
1-xabar: HUMO ishlamayapti.
2-xabar: HUMO ishlamayotgani haqida rasmiy munosabat bildirdi.
3-xabar: HUMO ishlab ketdi.
Bugun ko‘plab kanallarda originallik degan narsa yo‘qolib boryapti. Copy/paste.
@masofatalim
Bosh binosi oldida ham rasvo ishlaydigan Ucell haqida
Ucell’ning bosh binosi poytaxtning qoq markazi, Oloy bozori yaqinida joylashgan. Uzoq vaqtdan beri shunga yaqin hududda Ucell mobil interneti juda rasvo ishlaydi. Bu bo‘yicha kompaniyaga murojaat qilingan va natijada rasmdagi kabi javob kelgan.
Baraka topgurlar, poytaxtning qoq markazi, buning ustiga kompaniyaga juda yaqin hudud “barqaror tarmoq hududi” hisoblanmasa, unda boshqa hududlardagi ahvolni qanday tushunish mumkin? Yangi tayanch stansiyani joylashtirishga joy topa olmayotgan bo‘lsanglar, oyiga 150 ming so‘mdan abonent to‘lovi to‘layotgan mijozda nima ayb?
“O‘zkomnazorat” degan tashkilot “aloqa operatorlari sifati xizmat ko‘rsatmasa, bizga murojaat qilinglar” degan mazmunda rosa piar qilayotgandi. Ucell’ning o‘zi bilan muammo hal bo‘lmadi, endi “O‘zkomnazorat” qanchalik rost gapirgani va qo‘lidan nima kelishini ham sinab ko‘rish kerak.
@masofatalim
Ko‘plab yoshlarning ustozi Jamol Xo‘jayev uni TATUga ishga olishmaganidan keyin bo‘lgan qiziq voqea haqida gapiribdi:
“TATUga matematikadan dars berish uchun murojaat qildim. O‘zim haqimda ma’lumotlarni berdim. Matematik modellashtirish bo‘yicha “kandidat nauk” ekanligimni aytdim. Ular matematikadan dars bera olmasligimni tushuntirishdi. Nimaga desam, “chunki sizda “bazoviy” ma’lumotingiz iqtisodchi ekansiz, siz matematikadan dars berishingiz uchun shu sohada, ya’ni matematika yoki matematik modellashtirish sohasida magistr diplomiga ega bo‘lishingiz kerak”, - deyishdi.
40 yoshimda Milliy universitet matematik modellashtirish yo‘nalishiga magistraturaga topshirdim va 1-o‘rinda budjetga kirdim. Ikki yil magistratura o‘qib, 2-magistr diplomiga ega bo‘ldim. Qiziq tomoni shundaki, u yerga o‘qishga kirganimda kafedraga qarasam, abituriyentligida o‘zim o‘qitgan o‘quvchim u yerda domla bo‘lib ishlayotgan ekan. Ya’ni o‘zimning o‘quvchim o‘zimga domla bo‘ldi”.
@masofatalim
Tadbirkor bo‘lishni istagan qizlar uchun maxsus imkoniyat
Yoshlar ishlari agentligi tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan qizlarni o‘qitish uchun maxsus grant e’lon qildi. Bunda ikki oy davomida 50 nafar qiz 0 dan biznes boshlashning amaliy usullarini 10 nafar tajribali ekspertlardan bepul o‘rganadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lgan, Toshkent shahrida yashaydigan yoki yashash imkoniga ega bo‘lgan nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Grant yutish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish va shartlar bilan tanishish lozim.
@masofatalim
8-avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov korrupsion holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi holat va shart-sharoitlarni bartaraf etishda qat’iyatsizlik ko‘rsatgani hamda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif tayyorlash yuzasidan vazir topshiriq bergani” haqida xabar tarqatgandi.
Mana, 19-dekabrga ham keldik. Shu masala ham negadir imi-jimida yopilib ketdi. Keyin hamma unutdi, rektor esa haliyam joyida ishlab yuribdi. Ishdan olinmadi. Ishdan olinmaslik sababi ham aytilmadi. Vazirlik matbuot xizmati xato ma’lumot tarqatgan bo‘lsa, keyinroq buni bildiruvchi hech qanday reaksiya ham bo‘lmadi. Nega bunday bo‘ldi? Ha, aytgancha, bu ritorik savol edi. Javobi shuki, chuqurlashmaslik kerak. Ha, chuqurlashmaslik.
@masofatalim
4800 AQSH dollari pora olgan OTM mansabdori 4 yilga qamaldi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim mudiri Abdurasul O‘rozov fuqaroni o‘zi ishlayotgan OTMga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 800 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Sud hukmi bilan unga 2 yil muddatga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
@masofatalim
18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalasi bo‘yicha anjuman o‘tkazilgan. Unda mutaxassis va olimlar Ch qoʻsh harfini C emas, Ç shaklida ifodalash yuzasidan kelishib olgan. Yakunda rasmdagi o‘zgarishlar yig‘ilishga kelganlar tomonidan ma’qullangan.
@masofatalim
Universitetlarimizda prorektorlarning shotirlari nimalar bilan band?
Twit muallifi OTM nomini yozmagan. Lekin nazoratga olib qo‘yish, yoppasiga chora-tadbirlarni ko‘rish zarar qilmaydi. Obunaga “tavsiyaviy” xatlar chiqarishadi-ku, huddi shunga o‘xshatib, talaba-qizlarga shilqimlik qilmalaring, deb yana bitta xat chiqarib qo‘yish qiyin ish emas, degan umiddamiz.
@masofatalim
Madaniyat
Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona bo‘lsa ham tabassum qilib qo‘yishadi. “Kechirasiz” va “Rahmat” – eng ko‘p ishlatadigan so‘zlari. Qorami, oqmi, boymi gadoymi –hammaga bir xil muomala qilishadi. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Hamma o‘z hayoti bilan yashaydi. “Odamlar nima deydi?”, degan stereotip yo‘q.
Eshikdan kirayotganda va chiqayotganingizda sizdan avvalgi odam eshikni ushlab turadi yoki ochib beradi. Hamma o‘zi uchun ochsin deb yuzingizga eshikni yopib ketavermaydi, chunki orqasidan kelayotgan odamga e’tiborli. Ular uchun kompliment qilish odatiy holga aylangan. Shunchaki yoningizdan o‘tib ketayotgan odam ham “kiyimlaringiz juda yarashibdi”, deb aytib o‘tadi. Juda yoqimli-a?
Yordam so‘rasangiz chin dildan yordam berishadi. Masalan, men darsim bo‘ladigan xonani topolmaganimda bitta talabadan so‘raganman, u “pastki qavatda bo‘lsa kerak. Siz shu yerda turib turing, men pastki qavatni qarab chiqaman”, deb yugurib pastdan men uchun xonani izlab kelgan, pastki qavatni qarang deb ketavermagan.
Pollarni yuvayotgan farrosh “hozir tozalagan joyimni kir qilma, boshqa joydan yur”, deyishiga o‘rganib qolganmiz, Amerikada esa “hozir yuvdim, ehtiyot bo‘lib o‘t. Sirpanib yiqilib tushma”, deb aytishadi.
Bu post biznikilarni yomonlab Amerikani ustun qo‘yish uchun yozilmadi. Biz ularning yaxshi taraflarini o‘rganib kelib, bu yerda tatbiq qilish vazifamiz bor. Shu yaxshi taraflarini ko‘rdim va bizda ham bo‘lishini istadim.
The University of Arizona talabasi Sabina Nabiyeva
Manba: @uzbekistonlikuz
Novza metro bekati. Soat 10:21. Poyezd orasidagi oraliq vaqt 9 daqiqadan koʻproqni tashkil qilyapti.
Metrodagi oraliq vaqtni 2 daqiqaga tushirdik, deb axborot bergan yolgʻon ustalariga yuborib qoʻyamiz.
@masofatalim