Ko‘plab yoshlarning ustozi Jamol Xo‘jayev uni TATUga ishga olishmaganidan keyin bo‘lgan qiziq voqea haqida gapiribdi:
“TATUga matematikadan dars berish uchun murojaat qildim. O‘zim haqimda ma’lumotlarni berdim. Matematik modellashtirish bo‘yicha “kandidat nauk” ekanligimni aytdim. Ular matematikadan dars bera olmasligimni tushuntirishdi. Nimaga desam, “chunki sizda “bazoviy” ma’lumotingiz iqtisodchi ekansiz, siz matematikadan dars berishingiz uchun shu sohada, ya’ni matematika yoki matematik modellashtirish sohasida magistr diplomiga ega bo‘lishingiz kerak”, - deyishdi.
40 yoshimda Milliy universitet matematik modellashtirish yo‘nalishiga magistraturaga topshirdim va 1-o‘rinda budjetga kirdim. Ikki yil magistratura o‘qib, 2-magistr diplomiga ega bo‘ldim. Qiziq tomoni shundaki, u yerga o‘qishga kirganimda kafedraga qarasam, abituriyentligida o‘zim o‘qitgan o‘quvchim u yerda domla bo‘lib ishlayotgan ekan. Ya’ni o‘zimning o‘quvchim o‘zimga domla bo‘ldi”.
@masofatalim
Tadbirkor bo‘lishni istagan qizlar uchun maxsus imkoniyat
Yoshlar ishlari agentligi tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan qizlarni o‘qitish uchun maxsus grant e’lon qildi. Bunda ikki oy davomida 50 nafar qiz 0 dan biznes boshlashning amaliy usullarini 10 nafar tajribali ekspertlardan bepul o‘rganadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lgan, Toshkent shahrida yashaydigan yoki yashash imkoniga ega bo‘lgan nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Grant yutish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish va shartlar bilan tanishish lozim.
@masofatalim
8-avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov korrupsion holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi holat va shart-sharoitlarni bartaraf etishda qat’iyatsizlik ko‘rsatgani hamda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif tayyorlash yuzasidan vazir topshiriq bergani” haqida xabar tarqatgandi.
Mana, 19-dekabrga ham keldik. Shu masala ham negadir imi-jimida yopilib ketdi. Keyin hamma unutdi, rektor esa haliyam joyida ishlab yuribdi. Ishdan olinmadi. Ishdan olinmaslik sababi ham aytilmadi. Vazirlik matbuot xizmati xato ma’lumot tarqatgan bo‘lsa, keyinroq buni bildiruvchi hech qanday reaksiya ham bo‘lmadi. Nega bunday bo‘ldi? Ha, aytgancha, bu ritorik savol edi. Javobi shuki, chuqurlashmaslik kerak. Ha, chuqurlashmaslik.
@masofatalim
4800 AQSH dollari pora olgan OTM mansabdori 4 yilga qamaldi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim mudiri Abdurasul O‘rozov fuqaroni o‘zi ishlayotgan OTMga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 800 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Sud hukmi bilan unga 2 yil muddatga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
@masofatalim
18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalasi bo‘yicha anjuman o‘tkazilgan. Unda mutaxassis va olimlar Ch qoʻsh harfini C emas, Ç shaklida ifodalash yuzasidan kelishib olgan. Yakunda rasmdagi o‘zgarishlar yig‘ilishga kelganlar tomonidan ma’qullangan.
@masofatalim
Universitetlarimizda prorektorlarning shotirlari nimalar bilan band?
Twit muallifi OTM nomini yozmagan. Lekin nazoratga olib qo‘yish, yoppasiga chora-tadbirlarni ko‘rish zarar qilmaydi. Obunaga “tavsiyaviy” xatlar chiqarishadi-ku, huddi shunga o‘xshatib, talaba-qizlarga shilqimlik qilmalaring, deb yana bitta xat chiqarib qo‘yish qiyin ish emas, degan umiddamiz.
@masofatalim
Madaniyat
Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona bo‘lsa ham tabassum qilib qo‘yishadi. “Kechirasiz” va “Rahmat” – eng ko‘p ishlatadigan so‘zlari. Qorami, oqmi, boymi gadoymi –hammaga bir xil muomala qilishadi. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Hamma o‘z hayoti bilan yashaydi. “Odamlar nima deydi?”, degan stereotip yo‘q.
Eshikdan kirayotganda va chiqayotganingizda sizdan avvalgi odam eshikni ushlab turadi yoki ochib beradi. Hamma o‘zi uchun ochsin deb yuzingizga eshikni yopib ketavermaydi, chunki orqasidan kelayotgan odamga e’tiborli. Ular uchun kompliment qilish odatiy holga aylangan. Shunchaki yoningizdan o‘tib ketayotgan odam ham “kiyimlaringiz juda yarashibdi”, deb aytib o‘tadi. Juda yoqimli-a?
Yordam so‘rasangiz chin dildan yordam berishadi. Masalan, men darsim bo‘ladigan xonani topolmaganimda bitta talabadan so‘raganman, u “pastki qavatda bo‘lsa kerak. Siz shu yerda turib turing, men pastki qavatni qarab chiqaman”, deb yugurib pastdan men uchun xonani izlab kelgan, pastki qavatni qarang deb ketavermagan.
Pollarni yuvayotgan farrosh “hozir tozalagan joyimni kir qilma, boshqa joydan yur”, deyishiga o‘rganib qolganmiz, Amerikada esa “hozir yuvdim, ehtiyot bo‘lib o‘t. Sirpanib yiqilib tushma”, deb aytishadi.
Bu post biznikilarni yomonlab Amerikani ustun qo‘yish uchun yozilmadi. Biz ularning yaxshi taraflarini o‘rganib kelib, bu yerda tatbiq qilish vazifamiz bor. Shu yaxshi taraflarini ko‘rdim va bizda ham bo‘lishini istadim.
The University of Arizona talabasi Sabina Nabiyeva
Manba: @uzbekistonlikuz
Novza metro bekati. Soat 10:21. Poyezd orasidagi oraliq vaqt 9 daqiqadan koʻproqni tashkil qilyapti.
Metrodagi oraliq vaqtni 2 daqiqaga tushirdik, deb axborot bergan yolgʻon ustalariga yuborib qoʻyamiz.
@masofatalim
Qaysi biri qulay: Humo yoki Uzcard? Fikrlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov TerDUda keng qamrovli “tozalash” ishlarini olib bormoqda
Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytgan Abduqodir Toshqulov universitet yuridik fakultetining dars jarayonlarida shaxsan ishtirok etib, ta’lim sifati ko‘rsatgichlari bilan tanishgan. Bu jarayonda o‘quv mashg‘ulotlari dars jadvaliga muvofiq o‘tilmayotgani ma’lum bo‘lgan.
Kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda esa fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari va kafedra mudirlari, shuningdek, ayrim o‘qituvchilar lavozimlaridan ozod etilgan. Ba’zi o‘qituvchilarga hayfsan hamda ogohlantirish intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
@masofatalim
Iqtisodchi Otabek Bakirov talabalarga faqat ta’tilda beriladigan imtiyozli chiptalarni istagan paytda sotib olish imkoni berilishi kerakligini taklif qildi
“Imtiyoz talabalarga ham, o‘quvchilarga ham kerak. Butun dunyoning tajribasi shunday. Ammo bu manzilli bo‘ladi, talabaning o‘rnidan kimdir foydalanib ketib qolmaydi.
Imtiyoz talabaning jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, hammasiga taalluqli bo‘ladi. Ikkinchidan, men transport kompaniyalaridan mazkur qoidalarni hamisha saqlab qo‘yishlarini so‘rardim. Ya’ni iyul oyidayam, avgust oyidayam talabalar biletlarni 50 foizlik chegirma bilan olishi lozim”.
Otabek Bakirovning fikricha, talabalar ularga taqdim qilinayotgan imtiyozlarni pul ko‘rinishida olishi kerak.
@masofatalim
Payshanbadan keyin anomal sovuq ortga chekinadi, odamlarga rahmi keladi, deb iddao qilyapti ob-havo ma’lumotlari :)
“Oʻzgidromet” rahbari esa hozir yoqqan qor dekabr uchun eng oxirgisi, yangi yilga qor soʻrab yurmanglar, deyapti.
Darvoqe, noyabrgacha qishga tayyormiz, deb koʻp gaplar aytilgandi. Ammo negadir gaz zapravkalar 12 gacha ishlaydigan boʻlibdi.
@masofatalim
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga qanaqadir obro‘ yasab olgan, atrofiga “sportsmen”larni yig‘ib olib, har xil chiroyli mashinalarda yurgan, ammo hayotda boshqalarni qiynoqqa solib, tovlamachilik va pul undirish yo‘llari bilan kun ko‘rayotgan shaxslarga ergashayotgan yoshlar ko‘payib borayotgani haqida ma’lum qildi.
@masofatalim
“Xalq banki” axborot xizmati xodimi biz bilan bog‘lanib, Samarqanddagi bank mansabdori pullarni bukmekerlik o‘yinlariga ishlatib yuborgani yuzasidan rasmiy munosabat taqdim etdi.
“Qonunbuzarlik holati sodir bo‘lganining ertasi kuniyoq (6.03.2023) bank mas’ullari tomonidan aniqlanib, rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Faoliyatida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodim o‘sha zahoti ishdan bo‘shatilgan va JIB Samarqand tuman Sudining 2023ғyil 12ғsentabrdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan”, deyiladi xabarda.
@masofatalim
“Xalq banki”ning qimorvozlari
“Xalq banki” Samarqand filialida Chakana bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan qashqadaryolik 36 yoshli Sh.Y. o‘z mansab vakolatidan foydalangan holda o‘zining nomidagi bank plastik kartasiga noqonuniy ravishda 631 mln. so‘m kirim qilib, ushbu mablag‘ning barchasini bukmekerlik qimor o‘yiniga tikib, yutqazib qo‘ygan.
2022-yilda ham shunga oʻxshash holat boʻlgan. “Xalq banki” Uzun filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. fevral-mart oylarida o‘ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko‘rinishida chiqarilgan jami 121,1 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qo‘yish orqali o‘zlashtirib, ushbu pullarni onlayn kazino o‘yinlariga ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
@masofatalim
Budjet tashkilotlari, maktab, shifoxona, OTMlar bo‘lmaganda allaqachon gazetalar O‘zbekistonda yopilib ketgan bo‘lardi, nazarimizda. Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shu fikr keldi.
@masofatalim
Havolar sal iliganiga Chilonzor tumani, 3-mavzeda (balki boshqa tumanlarda ham shundaydir) isitish tizimini o‘chirib qo‘yishibdi, shekilli, “otopleniya batareya”lari sal kam muzdek turibdi.
Qishga tayyorgarlik shumidi? Havo sal ilisa, isitish tizimini o‘chirib qo‘yish yoki pasaytirib qo‘yishni reja qilib tayyorgarlik qilinganmidi? Gaz, benzin, “svet”, mana endi odamlar poytaxtda “otopleniya”dan mahrum bo‘ldimi?
Qishloqdagilar yaxshi yashayapti. Chunki ularda hozir yoqishga tappisi va tappiga mo‘ljallangan pechkasi bor.
@masofatalim
Respublika bo‘ylab 18-23-dekabr kunlari vazirlik va idora rahbarlari, hokimlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlari — “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda har bir yosh o‘zini qiziqtirgan savolga javob olish imkoniyatiga ega.
@masofatalim
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Hasanxon Husanxonov: “Menga dastro‘mol sovg‘a qilgan o‘qituvchini ishdan olganman”, - debdi.
“Dastroʻmol sovgʻa qilgani uchun ishdan olganman”, deb odam oʻzini ja oppoq koʻrsatishi yoki bu bilan kerilishi shartmas. Mayli, shunaqa boʻlib, ishdan ham olgan deylik. Bunga mehnat kodeksi nima deydi?
Shunda ishdan boʻshatish haqidagi buyruqqa nima deb yozilgan? Dastroʻmol sovgʻa qilgani uchun ishdan boʻshatildi, deb yozilganmi? Shunaqa sabab koʻrsatib ham ishdan olsa boʻladimi? Xodimning huquqlari buzilmaganmi?
Oʻshanchun ja bunaqa yemagan misollarni keltirib tashlash shartmas, boshqa savollar ochilib kelaveradi. Bunaqa misollardan keyin bizga oʻxshaganlarning yozgisi kelib, qoʻli qichiyveradi😊
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov yoshlarga imkon beryapti: TerDUda yosh yuristlar dekan va kafedra mudiri etib tayinladi
1994-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Po‘latov Mirzohid Qo‘zimurodovich Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar Termiz davlat universiteti yuriskonsulti lavozimida ishlagan.
1995-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Xolmirzayev Doniyor Ro‘ziqul o‘g‘li Termiz davlat universiteti jinoyat huquqi va fuqarolik prosessi kafedrasi mudiri etib tayinlandi. U 2021-yilda Yaponiyadagi Nagoya universitetining magistraturasini tamomlagan. Tayinlovga qadar TerDU jinoyat huquqi va fuqarolik prosessi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
Avvalroq TerDUda yuridik fakultet dekani va kafedra mudiri ishdan olingani xabar berilgandi.
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash tizimi bo‘yicha hisobotlar bilan tanishdi
“Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar soni 1 million nafarga, “Mutolaa” dasturi orqali yosh kitobxonlar soni 1,5 million nafarga yetkazish choralari ko‘riladi. Buning uchun hududlarda qo‘shimcha infratuzilma barpo etilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.
@masofatalim
Ilon Mask o‘z universitetini ochadi
Dunyoning eng boy odami, Tesla asoschisi, X (sobiq Twitter) egasi Ilon Mask Texasda o‘z universitetini ochmoqchi. Bu universitetda eng yaxshi muhandislar tayyorlanadi.
Shuningdek, muhandislik fanlari va tabiiy fanlar yagona sxemada birlashtirilgan “STEM” tizimiga muvofiq ishlaydi. Loyiha uchun 100 million AQSH dollardan ortiq sarmoya kiritilgan.
@masofatalim
Talabalar shaharchasi, Toshkent davlat texnika universiteti tomonlarda “svet” ketibdi.
@masofatalim
Yaxshi xabar bor. Anomal sovuqlar ortda qoldi: bugun O‘zbekistonda harorat +5 darajagacha isishi kutilmoqda. -10, -15 degan savuqlardan qutulganimiz rost bo‘lsin🤲🏻
@masofatalim
Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ustozlaridan biri aytgan ekan: “Ko‘p gap yolg‘onsiz, ko‘p pul haromsiz bo‘lmas”.
@masofatalim
25-30-dekabr kunlari Samarqandda shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Jahon shaxmat yulduzlari jam bo‘ladigan ushbu chempionatni yoritishni istagan ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar quyidagi havola orqali FIDE’ning media vakillari akkreditatsiyasidan roʻyxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://worldrapidandblitz2023.fide.com/media-registration/
@masofatalim
“Men albatta hokim bo‘laman” — shoirdan yangi shedevr
Bu odam nega bunaqa she’rlar yozaverarkan, degan savolning javobi ham, mana, topildi. Dardi hokim bo‘lish ekan. Tepadagilar tushunavermagach, oxiri o‘zi she’r qilib, maqsadga o‘ta qolibdi :)
@masofatalim