Narx nimaning hisobiga shishib ketdi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “O‘zbekiston talabasi” jurnali obunasi uchun “Ilk qadam matbuot” MChJ bilan 219 mln so‘mlik shartnoma tuzibdi. Jurnalning 1 donasiga 1 462 500 so‘mdan to‘langan, jami 150 ta jurnal yetkazib berishga kelishilgan.
Qiziq tomoni, avvalroq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham ayni ushbu jurnalning 150 tasiga obuna bo‘lish uchun “INTEGRATION CENTR UMID” MChJ bilan 146 mln 250 ming so‘mlik shartnoma tuzgandi. Bunda jurnalning bir donasiga 975 ming so‘mdan to‘langan edi.
Qiziq holat: Nizomiy TDPUgacha bu jurnalning bir donasi 975 ming so‘mdan OTMlarga o‘tkazib kelinayotgandi (1, 2). Endi qanday qilib narx birdan 1 mln 462 ming so‘m bo‘lib qoldi? Ikki OTM misolida e’tibor bering: bittasi jurnalning 150 tasiga 146 mln, boshqasi esa 219 mln to‘layapti.
@masofatalim
Piyodalar yoʻlagiga mashinangni qoʻyishga qoʻyibsan (oq kobalt — 01C 287 ZB) hech yoʻq yoʻlni yarmini ochiq qoldirsa boʻlardi-ku. Yonidagi kobalt turgan qatorning oldida ham, orqasida ham joy bor edi. Farosat boʻlmasa ham qiyin ekan.
Parkovka yoʻqligi bu piyodaning yoʻlini, uning haqini egallab olish mumkinligini anglatmaydi. YPXdagilar bemalol jarima yozvorsa ham boʻladi, holat sal oldin boʻlgan. Mukofot shartmas, keyingi safar piyodaning yoʻliga mashinasini qoʻymaydigan boʻlsa yetadi.
@masofatalim
Yoshlar ishlari agentligi jahonga mashhur bo‘lgan 1000 ta kitobni tanlab olib, o‘zbek tiliga tarjima qilish va mamlakatda ommalashtirishga qaratilgan “Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasini amalga oshiradi — Prezident qarori
@masofatalim
Bootcamp Grafik dizayn kursining afzalligi nimada?
— ma'lum shartlar asosida ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti;
— 5,000,000 so'mgacha ingliz tili kursi uchun vaucher;
— 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar.
Agar Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»ning Chimboy filialida, chuqurlashtirilgan holatda o'rganishni istasangiz, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
👉Ro'yxatdan o‘ting
📚 Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!
🌐 Kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilish!
📌 Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish!
💯 Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar!
🎯 Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar!
🎉 Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish!
📚O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari!
🚫 Soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar!
💯 Soxta xalqaro tanlovlar haqidagi ma'lumotlar!
🔝Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!
🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar!
🌐 Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar!
📨 Ushbu postni universitet guruhlariga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!
Telegram: @publish_uz
❗️Toshkentda maktab o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgani aytilmoqda. Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati esa yolg‘on ma’lumot tarqatgan bo‘lishi mumkin.
27-noyabr kuni taxminan soat 18:15 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi A.A. maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgan. Tez yordam bilan Kardiologiya markaziga olib ketilgan oʻquvchi ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, ekspertizaning dastlabki xulosalariga koʻra, uning oʻlimi “elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaxarlanish, o’tkir nafas yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o’pka shishi, chap qo’l kaft sohasi elektr tamgʻasi” natijasida yuz bergan.
Toshkent shahar MMTB esa “O‘quvchini tok urmagan va mazkur hududda hech qanday elektr toki kabeli uzilgan holat kuzatilmagan. Maktab stadioni va uning atrofida elektr energiya uzatgichlari borligi aniqlanmadi”, deb axborot tarqatgandi. Ayni paytda boshqarma ushbu xabarni tahrirlab qo‘ygan. Ammo ko‘plab OAVlar MMTB xabariga tayanib axborot tarqatishga ulgurgandi.
Darvoqe, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatishda sherga aylanadigan rasmiylar “bola elektr tokidan o‘lmadi”, deb yolg‘on axborot tarqatgani uchun javobgarlikka tortiladimi? Toshkent shahar MMTBga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz!
@masofatalim
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida qishki sessiya ta’tildan keyin o‘tkaziladi.
@masofatalim
Erta tongni toshkentliklar sassiq havo bilan kutib olishdi. Internetda tarqayotgan rasm va videolarga koʻra, poytaxtning qoq markazi, “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin joyda nimadir yonyapti.
@masofatalim
Sovrin jamg‘armasi $1 millionni tashkil qiluvchi “Prezident Tech Award” tanlovi ishtirokchilarining xabar berishicha, tanlovning kiberxavfsizlik yo‘nalishida do‘xtir topib beradigan Shifo24 nomli ilova g‘olib bo‘libdi. Qatnashchilar esa bundan norozi bo‘lishmoqda.
Bilganimizda bizam Masofatalim™ telegram kanali bilan qatnashvorardik. Balki sun’iy intellekt bo‘yicha g‘olib ham bo‘larmidik-a? 🙈
@masofatalim
Darvoqe, Farg‘ona davlat universitetini obuna masalasida ham alohida e’tirof etish kerak. Chunki ular qimmat yoki shishirilgan narxda obuna taklif qiladigan o‘rtakashlar bilan emas, balki bir muncha arzonroq narxda obuna taklif qiladigan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona bo‘limi bilan shartnoma tuzgan. Narxlarni boshqalarga taqqoslab chiqqanda, arzonligi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Aslida, OTMlarning moliyaviy mustaqilligi mana shunday ishlashi kerak. Moddiy-texnik baza va kitoblarni ko‘paytirish uchun xizmat qilishi kerak. Malibu olgisi kelganda yoki KIAda yurgisi kelganda shartta sotib olish vositasi bo‘lmasligi kerak.
@masofatalim
Termiz davlat universiteti 1 mlrd 455 mln so‘mga universitetga turniket o‘rnatarkan. Tender sobiq rektor Avaz Maraximov davrida o‘tkazilgan. Turniketning yaroqlilik muddati sifatida 1 yil ko‘rsatilgan.
@masofatalim
“Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limi har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvijonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, bir piyola choy ustida suhbatlashish, taqdirlash va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun budjetdan 10 milliard ajratar ekan.
@masofatalim
Obuna “plani”ni bajarmagani uchun kollej direktorini kaltaklagan Bog‘dod tumani hokimi o‘rinbosariga hayfsan berishibdi.
Endi ritorik savol: shu ish teskarisi bo‘lganda, ya’ni kollej direktori “zamhokim”ni kaltaklab qo‘yganda, direktor necha yilga qamalardi?
Hokim o‘rinbosari bitta hayfsan bilan qutilib ketmasligi, bu qilig‘iga huquqiy baho berilishi va qonuniy javobgarlik masalasi ham ko‘rilishi kerak.
@masofatalim
Darvoqe, O‘zbekiston Milliy universitetida rektor chiqib tushishi uchun alohida bitta lift, butun boshli xodimlar uchun alohida lift ishlaydi. O‘ziga shunaqa komfort sharoit yaratib olgan universitet rektori Inomjon Majidov nogironligi bo‘lgan talabalar ham bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratishi kerak.
@masofatalim
Yakudza nomi bilan tanilgan 18 yoshli PUBGchi yigit — Shoxruz Nazarov onasiga Mercedes Benz G63 AMG avtomobilini sovg‘a qilibdi. Uning YouTube sahifasida 876 ming, Instagram sahifasida esa 542 mingdan ortiq obunachisi bor. U 2021-yilda MDHning eng yaxshi geymeri bo‘lgan.
P.S. Internetdan unimli foydalaning, yoshlar.
@masofatalim
“Xalq so‘zi” gazetasi tahririyati bu yil obunadan yaxshi foyda ko‘ribdi, shekilli. 276 mln so‘mga shartta bitta Tracker-2 sotib olibdi. Ko‘pchilikka sir emas, hududlarda majburiy obuna avjiga chiqqan. Bag‘dod tumani “zamhokimi” kollej direktorini kaltaklagani ham buni isbotlaydi. Ushbu Tracker-2 avtomobili birovlarning ertalabdan kechgacha mehnat qilib topgan rizqini qiyib, majburiy tarzda yig‘ilgan pullar hisobidan xarid qilinmagan, degan yaxshi gumondamiz.
@masofatalim
Toʻgʻri, bunaqa xatoliklar boʻlib turadi. Ammo bunaqasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining kanalida tez-tez boʻlib turadi.
Qizgʻanmanglar :)
@masofatalim
Prezident qaroriga koʻra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:
➖ oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
➖ umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;
➖ yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi.
@masofatalim
Islom Karimovning nabirasi Mariyam Tillayeva Malavida (Sharqiy Afrikadagi davlat) siklondan aziyat chekkan aholiga xayriya qilibdi. Tillayevaning Instagram sahifasida ma’lum qilinishicha, qizlar uchun kichik maktab ham qurilgan.
@masofatalim
Eshik-derazalarni ochmang, iloji bo‘lsa, niqob taqib yuring. Toshkentni o‘ta sassiq hid egallagan. Bu inson salomatligiga zararli bo‘lishi mumkin. Ayrimlarda nafas olish qiyinlashyapti.
Poytaxt hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotiblarini ishdan bo‘shatvorish kerak. Odamlarni hech yo‘q shunaqa paytda ogohlantirishga yaramayapti. AOKA qayerga qarayapti?!
@masofatalim
Yong‘inga sabab shonli energetika tizimizning yer ostiga yotqizilgan elektr kabellarida yuzaga kelgan “qisqa” tutashuv ekan.
Ichki ishlar vazirligi binosiga yaqin joyda shuncha tutun chiqib sassiq hid butun Toshkentni egallab olguncha ham... Hay, chuqurlashmaymiz :)
@masofatalim
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamova va uning murabbiyi (otasi)ga komputer sovg‘a qilibdi.
Samarqand viloyati hokimiga hurmatni saqlagan holda, bir narsani ma’lumot uchun aytish kerak: bir bokschi musobaqalarda g‘olib bo‘lganda qayta-qayta Toshkentdan-u, tug‘ilib o‘sgan viloyatidan uy sovg‘a qilishadi, mashinalar “oltin raqami” bilan tortiq qilinadi. Boshqa payt esa... Hay, mayli, chuqurlashmaylik-a? :)
Tor ko‘ngulluk beklar, man-man damang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.
@masofatalim
Bizga murojaat qilishmoqda:
“Bu videodagi Francesco Cracoligi ismli hakam (Nomadic Minds vakili). U sovrin jamg‘armasi $1 millionni tashkil qiluvchi “Prezident Tech Award” tanlovida bir jamoa taqdimoti boshlanishi bilan random baholab jo‘natishni bosdi. Hali u jamoa taqdimotini yakunlamagandi va qo‘shimcha savol javoblarga javob bermagandi”.
Raqamli texnologiyalar vazirligidan rasmiy izoh kutamiz.
@masofatalim
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 58 turdagi gazeta va jurnallar obunasi uchun qariyb 395 mln so‘m sarfladi. Shartnomada keltirilgan jadvalga ko‘ra, Hukumat qarorlarini ham ular pulga sotib olib o‘qirkan. Masalan, 1 ta qaror nusxasi uchun universitet 1 mln 560 ming so‘m to‘lagan.
TATUdagilarga tekin layfhak: Hukumat qarorlari, bundan tashqari, boshqa ko‘plab hujjatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — lex.uz’da bepul e’lon qilinadi. Buning uchun pul sarflab obuna bo‘lish shart emas, shunchaki raqamli dunyoda internetni o‘qib turish kifoya :)
@masofatalim
Talabar shaharchasidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududiga kiraverishda bir tomonlama harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘lga qo‘yilgan to‘siq (“shlagbaum”) sababli yana tez yordam mashinasi hududga kira olmadi. Aftidan, to‘siqni qo‘yganlar tez yordam mashinasi yetib borolmay kimdir o‘lishini kutyapti, shekilli.
Mir Alisher Navoiyning oltin bitiklari yodga tushadi:
“Kuchuk birla xo‘tukni qancha qilma tarbiya,
It bo‘lur, eshak bo‘lur, aslo bo‘lmas odamiy!”
@masofatalim
⚡️Talaba boʻlishni erta kechi yoʻq!
Siz SIRTQI TA'LIMDA imtihonsiz talaba bo'lish mumkin
💰 Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud
Mavjud yo'nalishlar:
✔️ Tarix
✔️ Maktabgacha ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!
👉 Onlayn hujjat topshirish 👈
📞 78-113-21-22
Yuqoridagi holat bo‘yicha o‘zini O‘zMU biologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs hozirda fakultetda nogironlik aravachasida harakatlanadigan talaba yo‘qligini, agar keyinchalik bo‘lsa, sharoit yaratib berilishini, bundan avvalgi holatlarda ham “imkon darajasida” sharoit qilib berganligini bildirdi.
@masofatalim
Shumi ijtimoiy tenglik?
O‘zMU biologiya fakulteti. Nogironlik aravachasida keladigan talabaga hech qanday sharoit yo‘q ekan. Bu birgina holat, xolos. Boshqa OTMlar ham bundan qolishmasa kerak.
Ko‘plab OTMlarda nogironligi bor yoshlar bemalol harakatlanishi uchun hech qanday sharoit yo‘q.
Baraka topgurlar, nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun har yili qo‘shimcha kvotalar ajratilyapti, oliy ta’lim muassasalari shunga moslab sharoit yaratib qo‘yish qiyinmi?
@masofatalim
Hukumat portali — gov.uz ham ishlamay qolibdi. Oxirgi paytlarda vazirlik, idora va tashkilotlarning saytlari tez-tez ishlamay qolyapti. Axborot xavfsizligiga mas’ullar hozircha bu borada hech qanday tayinli izoh bermadi.
@masofatalim