masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Bizga murojaat qilishmoqda:

“Bu videodagi Francesco Cracoligi ismli hakam (Nomadic Minds vakili). U sovrin jamg‘armasi $1 millionni tashkil qiluvchi “Prezident Tech Award” tanlovida bir jamoa taqdimoti boshlanishi bilan random baholab jo‘natishni bosdi. Hali u jamoa taqdimotini yakunlamagandi va qo‘shimcha savol javoblarga javob bermagandi”.

Raqamli texnologiyalar vazirligidan rasmiy izoh kutamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 58 turdagi gazeta va jurnallar obunasi uchun qariyb 395 mln so‘m sarfladi. Shartnomada keltirilgan jadvalga ko‘ra, Hukumat qarorlarini ham ular pulga sotib olib o‘qirkan. Masalan, 1 ta qaror nusxasi uchun universitet 1 mln 560 ming so‘m to‘lagan.

TATUdagilarga tekin layfhak: Hukumat qarorlari, bundan tashqari, boshqa ko‘plab hujjatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — lex.uz’da bepul e’lon qilinadi. Buning uchun pul sarflab obuna bo‘lish shart emas, shunchaki raqamli dunyoda internetni o‘qib turish kifoya :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Talabar shaharchasidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududiga kiraverishda bir tomonlama harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘lga qo‘yilgan to‘siq (“shlagbaum”) sababli yana tez yordam mashinasi hududga kira olmadi. Aftidan, to‘siqni qo‘yganlar tez yordam mashinasi yetib borolmay kimdir o‘lishini kutyapti, shekilli.

Mir Alisher Navoiyning oltin bitiklari yodga tushadi:
“Kuchuk birla xo‘tukni qancha qilma tarbiya,
It bo‘lur, eshak bo‘lur, aslo bo‘lmas odamiy!”

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Talaba boʻlishni erta kechi yoʻq!

Siz SIRTQI TA'LIMDA imtihonsiz talaba bo'lish mumkin

💰 Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud

Mavjud yo'nalishlar:

✔️ Tarix
✔️ Maktabgacha ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

👉 Onlayn hujjat topshirish 👈

📞 78-113-21-22

Читать полностью…

Masofatalim™

Yuqoridagi holat bo‘yicha o‘zini O‘zMU biologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs hozirda fakultetda nogironlik aravachasida harakatlanadigan talaba yo‘qligini, agar keyinchalik bo‘lsa, sharoit yaratib berilishini, bundan avvalgi holatlarda ham “imkon darajasida” sharoit qilib berganligini bildirdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Shumi ijtimoiy tenglik?

O‘zMU biologiya fakulteti. Nogironlik aravachasida keladigan talabaga hech qanday sharoit yo‘q ekan. Bu birgina holat, xolos. Boshqa OTMlar ham bundan qolishmasa kerak.

Ko‘plab OTMlarda nogironligi bor yoshlar bemalol harakatlanishi uchun hech qanday sharoit yo‘q.

Baraka topgurlar, nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun har yili qo‘shimcha kvotalar ajratilyapti, oliy ta’lim muassasalari shunga moslab sharoit yaratib qo‘yish qiyinmi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hukumat portali — gov.uz ham ishlamay qolibdi. Oxirgi paytlarda vazirlik, idora va tashkilotlarning saytlari tez-tez ishlamay qolyapti. Axborot xavfsizligiga mas’ullar hozircha bu borada hech qanday tayinli izoh bermadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Transport vaziri yolg‘on ma’lumot berdimi?

Bir rasmiy manbada “Bugungi kunda metropolitendan foydalanadigan yo‘lovchilar soni 5 barobar oshib, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi. Kunning tig‘iz vaqtida poyezdlar kelish vaqti avvalgi 5-7 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi”, degan ma’lumotga ko‘zim tushib qoldi.

Har kuni metrodan faol va eng tig‘iz paytlarda foydalanuvchi fuqaro sifatida aytaman, bu bo‘lmagan gap. 2 daqiqagacha qisqarganini hali hech kim ko‘rmadi. Marhamat, transport vaziri ham bunga shaxsan guvoh bo‘lishni istasa, bir kun oddiy fuqaro kiyimida metroda yurib ko‘rsin.

Metrodagi muammolar haqida, ayniqsa, oraliq vaqti haqida ko‘p bor yozdik (1, 2, 3, 4). Metropoliten “tigʻiz vaqtda” degan tushunchasini real vaqtga moslab olishi kerakligi ham taklif qilindi. Shuncha gapdan keyin “2 daqiqagacha qisqardi” degan ma’lumotni ko‘rish alam qilarkan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Global tadbirkorlik haftaligi – O‘zbekiston 2023”ning ikkinchi kuni TOBB ETU Tashkent Universiteti va UEnter’da bo‘lib o‘tadi.

Muqobil energetikani rivojlantirish, ishlab chiqarish va isteʼmol uslublarini tadbiq etish, yashil startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarga bag‘ishlangan tadbirlar oʻtkaziladi.

Dastur bilan tanishish | Roʻyxatdan oʻtish

Reklama

Читать полностью…

Masofatalim™

Mana bu zoʻrovon yigit OTM talabasi ekan, OTM manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida uning nomi ochiqlanmas ekan. Aytgancha, Qarshida 22 yoshli talaba oʻz joniga qasd qilganda oʻsha talaba qaysi OTMda oʻqimasligi-yu, aslida qaysi OTMda oʻqishi haqidagi ma’lumotlar rasman e’lon qilingandi, masalan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, ichki ishlar organlari holatni oʻrganishni boshlagan. Albatta, OTM nomi ochiqlanmay qolib ketgan taqdirda ham (bu ko‘p narsani hal qilmasa kerak baribir), tibbiyot xodimiga, ayol kishiga zoʻrovonlik qiladigan bu kabi nusxalarga qonuniy chora koʻriladi, deb umid qilamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tibbiyot xodimiga, ayol kishiga nisbatan shunaqa xatti-harakat qiladigan, psix, nevroz, xullas, shu kabi isqirtlarni hech ikkilanmay to‘g‘ri 15 sutkaga tiqaverish kerak.

15 kun o‘tirsa, o‘pkasini ancha bosib oladi. Kamlik qilsa, yana muddatni uzaytiraverish kerak. Bu holat Yunusobod tumanidagi 7-sonli shifoxonada sodir bo‘lgani aytilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bog‘dod tumani hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi pedagogika kollejining zimmasiga bu yil gazeta va jurnallar uchun qariyb 24 mln so‘m obuna rejasi qo‘yilgan. Bu rejani bajarolmagan pedagogika kolleji direktori tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan kaltaklandi.

Xabar qilinishicha, shu vaqtgacha mahalliy hokimliklar tomonidan ijtimoiy soha vakillarining deyarli hammasi, ayniqsa maktab, kollej, litsey, tibbiyot muassasalarining xodimlari doimiy ravishda majburiy obunaga jalb etib kelingan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yoshlar uchun “Kreativ Park” ochildi

Poytaxtdagi “Yoshlar ijod saroyi”da yoshlarning g‘oyalari, startaplari va loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kreativ soha tadbirkorlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini yanada oshirish maqsadida “Kreativ Park” ochildi.

Shuningdek, bu maskanda ijodkor yoshlar uchun “Book cafe”, kovorking markazlari, kitobxon yoshlar uchun 5 mingga yaqin turli adabiy kitoblar, hunarmand va yosh rassomlarni kreativ qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

Bundan tashqari, “Kreativ Park”da 7 ta xona tashkil etilgan bo‘lib, bular “Shahmat klubi”, “Animatsiya maktabi”, “Ibrat farzandlari”, “Yoshlar nashriyotlari”, “Volontyorlar maktabi”, “Tasnif media”, “Kulolchilik akademiyasi” xonalari o‘z faolyatlarini boshlashdi.

Aytishlaricha, bu markaz 24/7 rejimda ishlashi kutilmoqda ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Budjet tashkilotlari, ayniqsa, maktab va tibbiyot muassasalarida ishlovchi xodimlar majburiy obuna-yu, qaysidir otarchi yoki aktyor/aktrisaning o‘sha hududda uchrashuv va har xil konsertlar qilib, pul yig‘ib ketishidan dod deyotganiga ko‘p guvoh bo‘lyapmiz.

Saida Rametova borsa ham o‘qituvchi va tibbiyot xodimlaridan pul yig‘adi, Imron degani konsert bersa ham yana shulardan pul yig‘adi. Obunani gapirmasa ham bo‘ladi. Aytishlaricha, obuna uchun tibbiyot xodimlarning oyligidan o‘rtacha 100-150 ming so‘mdan ushlab qolishyapti ekan.

Bir nima desang, gazetalarda ishlovchi xodimlarning oyligi, tirikchiligi, axir, degan gaplar yozishadi. Baraka topgurlar, qaysidir peshanasi sho‘rning oyligidan, bola-chaqasining haqidan qiyib qolib bola-chaqa boqmoqchimisiz? Teshib chiqishidan qo‘rqmaysizmi?

Nari borsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “bizda majburiy obuna yo‘q” degan mazmunda bitta rasmiy bayonot beradi, qarabsizki shu bilan qutuladi. Tizimda ishlayotgan xodimlar esa dod deyishda davom etadi.

Otarchilarning konsertiga, qanaqadir aktyor/aktrisa kelib uchrashuv qilganiga pul yig‘ib charchagan, gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilinayotgan xodimlar bo‘lsa, bizga dalillar bilan bu haqida xabar bersin, shaxsni sir tutgan holda e’lon qilamiz.

Ozodbek Axmadovich, budjet tashkiloti xodimlarini shilib ketayotgan otarchilar va o‘zini madaniyat xodimi sifatida ko‘rsatib yurgan qaroqchilarni tiyib qo‘ying.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi. Stipendiyalar esa o‘zgarishsiz qolgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Darvoqe, Farg‘ona davlat universitetini obuna masalasida ham alohida e’tirof etish kerak. Chunki ular qimmat yoki shishirilgan narxda obuna taklif qiladigan o‘rtakashlar bilan emas, balki bir muncha arzonroq narxda obuna taklif qiladigan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona bo‘limi bilan shartnoma tuzgan. Narxlarni boshqalarga taqqoslab chiqqanda, arzonligi yaqqol ko‘zga tashlandi.

Aslida, OTMlarning moliyaviy mustaqilligi mana shunday ishlashi kerak. Moddiy-texnik baza va kitoblarni ko‘paytirish uchun xizmat qilishi kerak. Malibu olgisi kelganda yoki KIAda yurgisi kelganda shartta sotib olish vositasi bo‘lmasligi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Termiz davlat universiteti 1 mlrd 455 mln so‘mga universitetga turniket o‘rnatarkan. Tender sobiq rektor Avaz Maraximov davrida o‘tkazilgan. Turniketning yaroqlilik muddati sifatida 1 yil ko‘rsatilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limi har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvijonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, bir piyola choy ustida suhbatlashish, taqdirlash va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun budjetdan 10 milliard ajratar ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Obuna “plani”ni bajarmagani uchun kollej direktorini kaltaklagan Bog‘dod tumani hokimi o‘rinbosariga hayfsan berishibdi.

Endi ritorik savol: shu ish teskarisi bo‘lganda, ya’ni kollej direktori “zamhokim”ni kaltaklab qo‘yganda, direktor necha yilga qamalardi?

Hokim o‘rinbosari bitta hayfsan bilan qutilib ketmasligi, bu qilig‘iga huquqiy baho berilishi va qonuniy javobgarlik masalasi ham ko‘rilishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Darvoqe, O‘zbekiston Milliy universitetida rektor chiqib tushishi uchun alohida bitta lift, butun boshli xodimlar uchun alohida lift ishlaydi. O‘ziga shunaqa komfort sharoit yaratib olgan universitet rektori Inomjon Majidov nogironligi bo‘lgan talabalar ham bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🫡

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda — Bosh prokuratura

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tahrirchi — sun’iy idrokka asoslangan o‘zbekcha matn tekshiruvi!

O‘zbek tilida xatosiz yozishga qiynalasizmi? “Tahrirchi” matndagi nafaqat imloviy, balki grammatik, uslubiy va tinish belgilariga oid xatoliklarni to‘g‘rilab beradi!

Masalan, “Meni ismim Sardor” degan gapda “Meni” so‘zi “Mening” bo‘lishi kerak. Ushbu xato amaliyotda juda ko‘p uchraydi. Tahrirchi.uz esa sun’iy idrokdan foydalanib, bu kabi xatoliklarni topib, to‘g‘rilab beradi.

Imlo tekshiruvi va matn o‘girish bepul. Grammatikani tekshiraman desangiz, ro‘yxatdan o‘tib, tekinga bir oylik Premium obunaga ega bo‘ling!

Sayt: https://tahrirchi.uz
Kanal: @tahrirchi_uz

Читать полностью…

Masofatalim™

Keskin qoralab ham qo‘yaverishadi, imi-jimida “tavsiyaviy” xat ham yuborib qo‘yaverishadi

“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hokim oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklagan holatni keskin qoralaydi va majuriy obunaga mutlaqo qarshi”, sarlavhali rasmiy munosabat bildirdi.

“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi.

Shuningdek, vazirlik gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilishiga mutlaqo qarshi boʻlib, bunday holatlarga qarshi kurash, oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, professor-oʻqituvchilar, oʻquvchi-talabalar hamda boshqa xodimlar oʻrtasida doimiy tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Darvoqe, yaqinda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov OTM rektorlari va filiallar direktorlariga “Saodat” jurnaliga obuna bo‘lish haqida tavsiya xati yuborgani haqida xabar berilgandi. O‘shanda shu obuna ishiga “tepa” aralashmay, har xil “tavsiyaviy” xatlar yozmasligini tavsiya qilgandik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Velosport bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarga yaratilgan “sharoit”ning ahvoli. Ritorik savol: nega bu yoshlar xor bo‘lishgan va o‘z hollariga tashlab qo‘yilgan?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ancha yillar oldin maktabda o‘quvchilar obunaga majbur qilinardi (balki bu hozir ham bordir, kim bilsin). Obuna bo‘lgach esa o‘sha jurnallarning (“G‘uncha”, “Gulxan”, “Bilimdon” va boshqalar) boshida bir nechta soni qo‘lga yetib kelardi, qolgani esa noma’lum sabablar bilan yetib kelmasdi. Obuna qildirguncha o‘quvchilarni rosa manipulatsiya qilgan o‘qituvchilar shu mavzu haqida so‘z ochilsa, sekin gapni aylantirishardi. Endi-endi katta bo‘lib tushundik, o‘sha paytda (balki hoziram) shuning ortidan kim(lar)dir rosa soqqa qilgan ekan :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Bizda bunday kino ishlashga dux yo'q” (#)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

E, o‘sha seni konsert bergan...

Rishtonlik o‘qituvchilar xabar berishmoqda — “Shunaqa topshiriqlardan zerikdik”.

Konsert beradimi, boshqa qiladimi, uni yugur-yuguri bilan o‘qituvchi ovora bo‘lmasligi kerak!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toshkent moliya institutida institutning barcha rahbar lavozimlariga talabalar tayinlanibdi. Ular kun davomida institut rektori, prorektor va bo‘lim boshlig‘i sifatida rahbar kursisida oʻtirishgan.

Vaziyatdan unumli foydalanib, yaxshi dars bermaydigan oʻqituvchilarni ishdan boʻshatib yuborish kerak edi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" muborak bo'lsin!

💫 Osiyo Xalqaro Universiteti nomidan "Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan siz aziz talabalarni chin dildan tabriklaymiz, avvalo, sog'lik-salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g'ayrat, bilim yo'lidagi izlanishlaringizda omad va zafarlar tilab qolamiz. Kelgusi o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so'nmas kuch-g'ayrat, ilhom, yorqin xotiralar yor bo'lsin.

🧑🏻‍🎓Aziz talabalar! Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, Vatanimizning munosib vorislari boʻlib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Osiyo Xalqaro Universiteti doim Yoshlar bilan birgalikda!

🌐www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…
Подписаться на канал