Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Yopish kerak va boshlovchilarning qilig‘iga huquqiy baho berilishi kerak #stopyoryor
Bular hali bitta uzr so‘rashga ham yaramaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlar diqqat bilan kuzatilsa, birorta odam bu ko‘rsatuvning tarafini olmagan, hamma yopish kerakligi haqida yozmoqda. Nogironligi bor insonni TVga olib chiqib, uni ustidan xohlagancha kulsayam nahot birov chora ko‘ra olmasa?
Oldin ham ko‘rsatuvni yopish haqida fikrlar ko‘p yangragan, ammo shu safargisida haddilaridan oshib ketishdi. Bular chiqvolib TVda nogironligi boʻlgan ayolni masxara qilishdan tashqari, nogironligi boʻlganlarga shunaqa munosabatda boʻlish normal, degan juda-juda notoʻgʻri tushunchani ham shakllantiryapti.
@masofatalim
Vazirlik “shlagbaum” o‘rnatmagan — Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi
Toshkent shahar Olmazor tumani Talabar shaharchasidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududiga kiraverishda bir tomonlama harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘lga qo‘yilgan to‘siq (“shlagbaum”)ni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rnatmagani ma’lum qilindi.
“Toʻsiq qoʻyilishidan avval hududda avtomobillar serqatnovligi natijasida piyodalar yoʻlagi boʻlishiga qaramay ayni tigʻiz vaqtlari piyodalarning avtoulov qatnov qismiga chiqib ketish holatlari koʻp kuzatilib, barcha harakat ishtirokchilariga ancha noqulaylik tugʻdirgan.
Aytish joizki, ushbu hududdan nafaqat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, balki Matematika instituti, respublikadagi eng katta O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda ularning huzuridagi akademik litseylar, shuningdek, xususiy ta’lim muassasalarining 50 000 nafarga yaqin o‘quvchi-talabalari, xodimlari ham harakatlanadi.
Shu kabi omillar sabab mazkur hududda yashayotgan, tahsil olayotgan va ishlayotgan fuqarolar murоjaatlari hamda jamoatchilik fikri inobatga olingan holda Olmazor tuman Xalq deputatlari kengashi qaroriga asosan joriy o‘quv yilining boshidan hududda avtomobillar harakatlanishi cheklangan.
Yoʻlga toʻsiq oʻrnatish, undan oʻtishni belgilash Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilmaydi. Vazirlik xodimlari barcha kabi oʻz avtoulovlarini kirib-chiqishi toʻsiqdan tashqarida joylashgan va vazirlik hududidagi avtoturargohlarga qoʻyib, belgilangan yoʻl harakat qoidalariga rioya qiladilar”, deyiladi vazirlik xabarida.
@masofatalim
Bootcamp Grafik dizayn kursining afzalligi nimada?
— ma'lum shartlar asosida ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti;
— 5,000,000 so'mgacha ingliz tili kursi uchun vaucher;
— 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar.
Agar Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»ning Chimboy filialida, chuqurlashtirilgan holatda o'rganishni istasangiz, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
👉Ro'yxatdan o‘ting
Nima deyishga til ojiz. O‘qituvchi baribir ortda qolaverarkan-da. Banklar tijorat tashkiloti, ularga e’tiroz yo‘q, xohlasa, 10 mln bersin. Muammo bankirlar mukofotlanishida ham emas, o‘qituvchi o‘zining bayramida ulardan bir necha barobar kam mukofot olganida.
@masofatalim
Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.
Universitet tarkibida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
@masofatalim
Zo‘r TVda efirga beriladigan, “Yor-yor” degan bema’ni ko‘rsatuvdan bir parchaga twitter’da ko‘zim tushib qoldi. Bu ko‘rsatuvni nimaligini ko‘pchilik yaxshi tushunsa kerak.
Ko‘rsatuvning qaysidir bir sonida nogironligi bor ayol turmushga chiqishga yigit topib berishni so‘ragan. Mana bu yoshi kap-katta betamiz boshlovchilar esa nogironligi bor ayolning ustidan kulgan, masxara qilgan.
Videoni ulashishni lozim topmadik. Ammo nogiron ayolning ustidan kulgan mana bu ikkalasini javobgarlikka tortish va bu ko‘rsatuvni yopish shart. Bema’niligiga ko‘z yumsa bo‘lardi, ammo nogiron insonning ustidan kulishiga va masxara qilishiga aslo jim qarab turib bo‘lmaydi!
Bularga bunaqa qilishga kim huquq bergan? Shahar bedarvoza bo‘lmasligi, TVda istalgancha betamizliklar qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak!
#stopyoryor
@masofatalim
Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-sayti — senat.uz yana ishlamay qoldi
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistondagi ayrim davlat tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga bir necha marotaba kiber-hujumlar uyushtirildi. Mas’ullar bu bo‘yicha izoh bermayapti.
@masofatalim
Qarshi davlat universiteti gazeta va jurnallar obunasi uchun “INNOVATE RESOURCES” MCHJ bilan 317,8 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.
@masofatalim
Sovg‘a sifatida tanlangan 1 kishiga 3 oylik Telegram Premium to‘lovi amalga oshirilgan. Giveaway’da qatnashish va g‘olib bo‘lib, sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun @masofatalim kanaliga obuna bo‘lish hamda do‘stlarga ulashish kerak. G‘olib 13-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Quyidagi havola orqali ovoz berishni ham unutmang: /channel/masofatalim?boost
Oʻzsanoatqurilishbankning kelishilgan tenderi amalga oshmadi
Oʻzsanoatqurilishbank artist brend ambassador uchun 630 mln soʻmlik tender e’lon qilgandi.
Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ayrim manbalar ushbu tender kelishilgan boʻlishi mumkinligi haqida ham xabar bergandi.
13-noyabr kuni tender yakunlangan va savdo amalga oshmagan. Jamoatchilik xabar topmaganda, balki hamma ish pishgan boʻlarmidi-a?
@masofatalim
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev, O‘zMU rektori Inomjon Majidov! Ikkingiz ham o‘tiradigan binolar oldidagi yo‘lga to‘siqni kim qo‘ygan? Tez yordam mashinasi o‘ta olmay, piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘ldan yurishga majbur bo‘ldi.
Qaysi kalla bilan bu yo‘l yopib qo‘yilgan? Yopishga yopibsizlar, uni ochadigan odam qayerda yurgandi? Shu to‘siqni kim qo‘ygan bo‘lsa ham, tez yordam, yong‘in xavfsizligi kabi mashinalarning kirib chiqishi mumkinligiga nahot faxm-farosati yetmagan bo‘lsa?
UPD: Aytishlaricha, to‘siqni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘ydirgan bo‘lishi ham mumkin ekan.
@masofatalim
Shu o‘rinda deputatlarga sarflanayotgan xalq mablag‘lari ham o‘zini oqlayaptimi, degan haqli savol tug‘iladi.
@masofatalim
Toshkent moliya instituti joriy yil iyun oyida dekanatlar va kafedralar uchun axborot veb-saytini ishlab chiqish xizmatlari uchun 200 mln so‘mlik tender e’lon qilgan. Ushbu tenderda 190 mln so‘mlik taklif bilan “Yumoney” MChJ g‘olib bo‘lgan. Ammo g‘azna bu tenderni bekor qilgan.
Oktabr oyiga kelib, institut ushbu tenderni yana qayta e’lon qilgan. Bu safar 178 mln so‘mlik taklif bilan yana “Yumoney” MChJ g‘olib deb topilgan va 25-oktabr kuni shartnoma tuzilgan.
Davlat reestriga ko‘ra, ushbu MChJning 50 foiz ulushiga Xaitov Azizbek Akmal o‘g‘li egalik qiladi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, u institut qoshidagi “Digital Finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi bosh mutaxassisi lavozimida ham ishlaydi.
Sodda qilib aytganda, ochiq ma’lumotlardan ma’lum bo‘lyaptiki, Toshkent moliya instituti o‘tkazgan tenderni institutga aloqador odamning ulushi bo‘lgan MChJ qo‘lga kirityapti. Bor gap shu.
@masofatalim
Teatrda ishlaydigani ham, radioda ishlaydigani ham, otarchi-yu boshqasi ham to‘yma-to‘y soqqani bosyapti. Falonchi-falonchi deb birovni misol qilib, allakimlarning cho‘ntagini hisoblamoqchi emasmiz, lekin yaxshi yashayapti hammasi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa madaniyat xodimlari haqida emas, davlat OTMlaridan oyligi va sharoiti yaxshiligi sabab xususiy OTMlarga o‘tib ketayotgan o‘qituvchilar haqida ko‘proq bosh qotirsa yaxshi bo‘lardi.
@masofatalim
🚀 Qanday qilib o'quv markazda zamonaviy marketing orqali daromadni oshirish mumkin?
🤔 Sizning ham o'quv markazingizda o'quvchilar oqimi bilan muammolar bo'lmoqdami?
⚡️ Kelgan murojaatlarni ushlab qolish konversiyasi tushib ketmoqdami?
🔥 Aynan shu muammolarga yechim berish maqsadida 12-noyabr soat 20:00 da "Zamonaviy marketing orqali daromadni ber necha barobarga oshirish" mavzusida maxsus online trening tashkil qilmoqdamiz!
Ushbu treningda siz:
✅ Sifatli murojaatlar oqimini oshirishni
✅ O'quvchilarni ushlab qolish konversiyasini oshirishni
⌛️ Ha aytgancha, agarda siz ushbu treningga 24 soat ichida o'z joyingizni band qilsangiz, siz uchun maxsus bonus va sovg'alar taqdim etiladi!
🔗 Shu sababli o'z joyingizni band qilishga shoshiling!
👉 Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/royxatdan_otish_uchun
Biz bilan bog‘lanish:
💬 @tizimmarkaz_cmnty
Reklama
Oʻzbekistonlik telegram kanali xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan yurtdoshlar hayotidan bir-biridan qiziqarli lavhalarni berib bormoqda. Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
Читать полностью…Ko‘chalarni yopvolish an’anasi qaytdimi?
Eski davrda qaysidir kattakon ishora qilsa bo‘ldi edi, butun boshli ko‘chalar qora xalq uchun yopilib ketaverardi. Yoki kattakon aytishiyam shartmas, tepadagilarga yoqish uchun shotirlar shu amalni bajaraverardi.
Nazarimizda, eski davrning asta-sekin tiklanayotgan taqiq tajribalari qatori shu an’ana ham qaytdi.
Talabalar shaharchasiga ishi tushgan odam biladiki, Beruniy metrosidan chiqib Milliy universitet tomon ketishda Universitet ko‘chasi tez-tez yopilib turadi. Tadbir o‘tsayam yopiladi, mehmon kelsayam yopiladi. Vazirning kayfiyati bo‘lmasayam yopiladi. Ma’lumot uchun, Oliy ta’lim va ennovatsiya vazirligi aynan shu yerda joylashgan. Vazirlikning kattalari naq poshsho hisoblashadi o‘zlarini.
Qarangki, har ikki kunda harakat to‘xtatib turiladigan Universitet ko‘chasi endi shlagbaum qo‘yilib, taqa-taq yopilipti.
Istisno Oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi poshsholari uchun ekanini xuv vazirlik binosi ostidagi terilgan moshinlardan bilsangiz bo‘ladi.
Otabek Bakirov, iqtisodchi
P.S. Avvalroq ayni shu yo‘ldan tez yordam mashinasi kira olmay, piyodalar yo‘lida yurishga majbur bo‘lgani haqida yozgandik. Bu yo‘l ochilishi uchun qaysidir talaba o‘lishi shartmi? Yo‘lni yopganlar shuni kutyaptimi?
@masofatalim
No comment. “Ma’rifat” gazetasining bugungi soni muqovasidan (#)
@masofatalim
❓Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!
🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).
Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm
❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!
☎️ Axborot-maslahat markazi:
Operator1 | +998957073638
Operator2 | +998957083638
🌐 Sayt | 📲 Instagram
Tegishli idoralardan bularning qilig‘ini nazoratga olishni, odamlarning keskin e’tiroziga sabab bo‘layotgan ushbu video uchun bular, avvalo, shu ayoldan, qolaversa, jamoatchilikdan eng kamida uzr so‘rashini hamda bu ishlariga huquqiy baho berilishini so‘raymiz. Ko‘rsatuv esa yopilishi shart.
Bu ikkalasi o‘tirib olib naqshni ustidan kuldimi, yoki naqqoshnimi? Xudo o‘zi hammaga insof bersin.
@masofatalim
Parijda YUNESKOning bosh shtab kvartirasida yoshlar forumi oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etib, mamlakatda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va xalqaro hamkorlik loyihalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazmoqda.
@masofatalim
Toshkent davlat stomatologiya instituti gazeta va jurnallarning bir yillik obunasi uchun “INNOVATE RESOURCES” MChJ bilan qariyb 300 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.
“Xalq so‘zi”ni Qarshi davlat universitetiga 1,9 mln so‘mdan o‘tkazgan “INNOVATE RESOURCES” MCHJ Toshkent davlat stomatologiya institutiga xuddi shu gazetani 898 ming so‘mdan sotgan.
Bundan tashqari, institut ayrim jurnallarning bir yillik obunasiga 14 mln so‘mdan 33 mln so'mgacha pul to'lagan. Xususan, “Российский стоматологический журнал”ga 33 mln so‘m to‘langan.
@masofatalim
6-noyabr kuni @masofatalim kanalida e’lon qilingan giveaway’da Shavkatov Shahriyor ismli obunachi gʻolib boʻlibdi.
Unga 3 oylik telegram premium sovgʻa qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, gʻolib kanal adminlari tomonidan emas, aksincha telegram tomonidan tasodifiy tanlash orqali aniqlanadi.
Tez orada kanalda yangi giveaway e’lon qilinadi.
@masofatalim
⚡️Kutib oling! Germaniyada Talabalar uchun ish!
✅Work and travel dasturi bo'yicha O'zbekistondagi barcha oliygoh talabalari uchun, yozgi ta'til davomida, Germaniyada oyiga 2000 dan 3000+ yevrogacha pul ishlash imkoniyati!
✅ Viza: Shengen (Butun Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyati)
🟢 13 - Noyabr, soat 20:00 da Bepul Onlayn Vebinarda ishtirok eting va ushbu dasturda qatnashish uchun kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo'ling!
Vebinar manzili:
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
🟢Faqatgina 1 kun, Vebinarda siz quyidagi savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- ketish uchun qanaqa hujjatlar yig'ilishi
- qaysi oliygoh talabalari qatnasha olishi
- qananaqa ishlarda ishlash mumkinligi
- xarajatlar haqida
- Germaniyaga yetib borganda ko'pchilik yo'l qo'yadigan qaysi xatolarni takrorlamasik
- viza uchun nima hujjatlar yig'ilishi
kabi o'zingizni boshqa ko'plab qiziqtirgan savollaringizga ham javob olishingiz mumkin.
✅ Ushbu ajoyib imkoniyatni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq kanalga a'zo bo'lishni unutmang:
/channel/+kgLT083R4cMwNzRi
Tel: +998712000340
Yashil makon avjida. Ayniqsa, Uchtepa tumanidagi 228-maktabda ota-onalar va o‘quvchilardan ko‘chatga pul yig‘ish orqali rosa avjida. Tuvakdagi gulga pul, maktabda yashil makon qilishga pul, sinf fondiga pul, maktab fondiga pul. Pul, pul va yana pul. Shunaqa xayrli tashabbusni ham bular pul yig‘ib rasvosini chiqaradi.
@masofatalim
Xorijda o‘qib, ishlab, yashab yurgan o‘zbeklar hayotidan lavhalar berib boradigan @uzbekistonlikuz telegram kanali qisqa tanaffusdan soʻng yana faoliyatini davom ettirishni boshlabdi. Kuzatib boring.
Читать полностью…ChatGPT O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Toshkent moliya institutini maqtayapti :)
@masofatalim
❓Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!
🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).
Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm
❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!
☎️ Axborot-maslahat markazi:
Operator1 | +998957173638
Operator2 | +998957083638
Operator3 | +998957273638
🌐 Sayt | 📲 Instagram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Azim artistlar va madaniyat xodimlariga uy olishlari uchun subsidiya berilishi haqidagi mavzu borasida o‘z fikrini Facebook sahifasida qoldiribdi.
Bu mantiqdan kelib chiqilsa, ertalabdan kechgacha 2 mln ham chiqmaydigan oylikka ishlaydigan hamshiralar-u, o‘qituvchilar bor. Hatto 6 yil bakalavr, 3 yil magistr o‘qib, shu 2 mln so‘m ham chiqmaydigan oylikka ishga kiradigan tibbiyot xodimlari bor.
Darvoqe, madaniyat xodimlarining himoyasiga otlangan Nazokat Azimdan talabalarga vaqtida berilmayotgan stipendiyalar masalasida ham munosabat bildirib, ularning ham himoyasiga otlanishni so‘raymiz.
OTMlarning shishirilgan narxdagi obunalari va boshqa jiddiyroq masalalarga kelganda lom-mim deya olmay qolishadi. O‘zlariga taalluqli bo‘lgan ko‘p joyda boshlarini qumga tiqib olib, boshqa mavzu kelganda sherga aylanishadi.
@masofatalim
Brend ambassador sifatida artistga 630 mln atagan O‘zsanoatqurilishbankning soliqdan qarzi 9-noyabr holatiga 150,6 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasining ochiq manbalari orqali tekshirib ko‘rish mumkin.
Masalan, 2 mln oylikka ertalabdan kechgacha ishlaydigan hamshira yoki o‘qituvchi soliqdan 50-100 ming qarz bo‘lib qolsa bormi, soliq o‘sha xodimni oborib-obkeladi. Ammo butun boshli bank 150,6 mlrd qarz bilan bemalol yuraveradi, artistlarga pul sochaveradi.
@masofatalim