O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Rossiyaning amaldagi chempioni Vladislav Artemiev ustidan g‘alaba qozonib, dunyoning TOP 2700 reytinglik shaxmatchilari qatoridan joy olibdi. Bugungacha o‘zbekistonlik shaxmatchilardan faqat Nodirbek Abdusattorov 2700+ reytingga ega edi.
@masofatalim
Yoshlarga xos qiziqish bilan supurgi yasash o‘rniga samolyotlarni rasmga tushirib yurishibdi ekan, zumrashalar... (c)
#tushungantushundi
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda aviaspotting bilan shugʻullanayotgan yoshlarni ichki ishlar xodimlari ushlab olib ketishgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
@masofatalim
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida talabalar supurgi yasashga olib chiqilgani haqidagi xabarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova rasmiy munosabat bildiribdi.
“Yer maydoni talabalar turar joyining yaqinida bo‘lgani bois, ushbu jarayonga qiziqqan bir necha talabalar xodimlarning ishini bevosita kelib kuzatganlar va ayrimlari yoshlarga xos qiziqish tufayli o‘zlari ham supurgi yasab ko‘rishga uringan”, – deb yozgan u.
Bu rasmiy munosabatga tadbirkor Feruz Allayev twitter sahifasida: “Man katta sinf bolalari yoshlarga xos qiziqish bilan g‘isht quygan yoki maktab zamdirektori uyida suvoq qilgan holatlarni bilaman. Bu 15-20 yil oldin edi. Yoshlarga xos qiziqishlar noziklashibdi”, deb fikr bildirgan.
Sen-chi, sen, ey talaba, yoshlarga xos qiziqish bilan nimalar yasagansan? Lekin qoyil qolmay iloj yo‘q. Vaziyatdan chiqishning yangi, innovatsion yo‘lini topishibdi — “yoshlarga xos qiziqish bilan”. Shu holat bo‘yicha 3 kishi 3 xil munosabat bildirdi. Uyalinglar-e.
@masofatalim
Tepadan topshiriq “ixtiyoriy” deb tushadi. Pastda esa uni “ixtiyoriy-majburiy” deb o‘qilmasligiga kim kafolat beradi? Bundan tashqari, shu obuna ishiga “tepa” aralashmay, mana bunaqa har xil “tavsiyaviy” xatlar yozmasa yaxshi bo‘lardi. Gazeta o‘qishni va o‘qitishni xohlaydigan rektorlarning o‘zlari ham bu masalani hal qila olsa kerak, axir? Yoki, albatta, xat yozib, tavsiya qilib o‘tirish shartmi?
@masofatalim
Joriy yil 6-may kuni Namangan davlat universiteti oldidagi piyodalar yo‘lakchasida turmush o‘rtog‘ini shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxs 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinibdi. Vafot etgan ayol NamDU talabasi bo‘lgan ekan.
@masofatalim
Termiz davlat universitetining sobiq rektori (oldin O‘zMUni rektori bo‘lgan) Maraximov Avaz Raximovich yangi tashkil etilgan Nurafshon davlat universitetiga rektor etib tayinlanibdi.
@masofatalim
Oliy ta’limda yangi avlod ko‘rgan eng yaxshi davrlardan biri Toshqulov davri bo‘ldi. Shu odam tizimda boshqa vazirlarga qaraganda ko‘proq va samaraliroq o‘zgarishlar qila olgandi. Kamchiliklar bor edi-yu, ammo tayinli ishlar ham ko‘p qilingan davr bo‘ldi. IMHO.
@masofatalim
“Rossiyalik z-artistlar O‘zbekistonga kelib ashulasini aytib yuraversa maylimi, bunga biror chora ko‘rmaysizlarmi, cheklamaysizlarmi, munosabat bildirmaysizlarmi, deb so‘raganingda “O‘zbekistonda san’atga umuman to‘siq yo‘q”, deb suvga tushgan mushukchadek miyovlab qoladigan mana bunaqa vallomatlar o‘zimiznikilarni yomonlash imkoniyati berilganida sherga aylanishini ko‘ring” — Muhrim A’zamxo‘jayev.
P.S. Videodagi ul “madaniyati oliy zot” madaniyat vazirining o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bo‘ladi. San’atning bosh senzorlarini tanib qo‘yish zarar qilmaydi.
@masofatalim
Odatda oliy ta’lim muassasalarining samarasiz xaridlari haqida yozamiz. Lekin foydali xaridlarni ham yozib turish kerak, nazarimizda. Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1,2 mlrd so‘mga universitet uchun yuzlab xorijiy kitoblarni sotib olgan. Ular orasida sohaga oid ko‘plab kitoblar bor.
Shu kungacha 100 dan ortiq OTMning davlat xaridini kuzatib kelayotgan bo‘lsak, hali buncha mablag‘ga kitob olgan OTMni uchratmagandik. Mashina olish, o‘qilmaydigan gazeta va jurnallar obunasi, qanaqadir bo‘lar-bo‘lmas tadbirlarga mablag‘ ajratish qochmaydi. Har doim birinchi masala kitoblar xaridi bo‘lishi kerak.
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. U avval oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lib ham ishlagan.
@masofatalim
Prezident farmoni ijrosi qachon bajariladi, janob rektorlar?
Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil sentabr oyidan barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda (jumladan, ularning tasarrufidagi tashkilotlarda) qabul qilingan har qanday turdagi qaror, farmoyish va buyruqlar “E-qaror” tizimida e’lon qilinishi kerak edi.
Adliya vazirligi tizimidagi hatto yuridik texnikumlar rahbarlari hujjatlarini e-qaror tizimi orqali e’lon qilayotgan bir paytda, boshqa vazirliklar tizimidagi, jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli 63 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 2 ta, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga qarashli 6 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 12 ta, Madaniyat vazirligiga qarashli 10 ta, Raqamli texnologiyalar vazirligiga qarashli 7 ta, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qarashli 4 ta, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga qarashli 3 ta va boshqa tashkilotlar tasarrufidagi OTMlarning rektorlari qachon hujjatlarni e’lon qiladi? Prezident farmoniga ko‘ra, muddat 2023-yil sentabrgacha edi. Oktabr tugayapti, nega ijro yo‘q?
Prezident hujjatlarining ijrosini monitoring qiladigan Adliya vazirligi, farmon ijrosi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Raqamli texnologiyalar vazirligi qayerga qarayapti? Qogʻozsiz ishlash va ochiqlik sari qaratilgan ushbu ezgu tashabbus ijrosini yana qancha kutish kerak?
@masofatalim
❓Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!
🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).
Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm
❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!
☎️ Axborot-maslahat markazi:
+998957873638 | Operator
+998957173638 | Operator
🌐 Sayt | 📲 Instagram
Obunachidan:
Metroning Chilonzor yoʻli, “Novza” bekati. “Buyuk ipak yoʻli” bekati tomonga 4 ta poyezd ham liq toʻla keldi. Keyin qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtirib, Sergelidan boʻsh vagonga chiqib, ortga qaytib kelishga toʻgʻri keldi.
Transport vaziri Mahkamov va metro rahbari Usmonovni biror kun eng tigʻiz vaqtda metroga tushirib yuborish kerak. Balki shundagina ular muammoni tanalarida his qilib koʻrar va shundan keyin zora biror oʻzgarish qilar…
@masofatalim
“ICTWeek Uzbekistan” koʻrgazmasida svet oʻchib qolibdi :)
Albatta, bunda tashkilotchilarni ayblash unchalik ham toʻgʻri boʻlmasa kerak. Chunki svetsizlik koʻproq Raqamli texnologiyalar vazirligining emas, Energetika vazirligining oldidagi masala. Shu sabab ham rivojlanmaymiz. Katta tayyorgarlik, yaxshi yangiliklar hozirlaysan, biroq oʻzingga bogʻliq boʻlmagan bu kabi koʻngilsizliklar hammasini rasvo qiladi. Koʻrgazmada svetning oʻchib qolishi oshga tushgan pashshaday gap.
@masofatalim
“Uzbekistan Airports” rasmiy bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh spotterlarning huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqidagi foto va video materiallar tarqaldi.
Takidlash joiz, voqea Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Bolalar havo bandargohi chegaralarini buzmagan holda Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan.
O‘z navbatida, “Uzbekistan Airports” O'zbekistondagi spotting harakatini qo'llab-quvvatlaydi va yosh avlodni ushbu hobbi bilan shug'ullanishiga to’sqinlik qilmaydi. Yil boshidan buyon Toshkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 14-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan rejali kuzgi spottingda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bolalar qatnashganini ham alohida ta’kidlash lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Avispottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonda spotting harakati rasman qonuniylashtirilgan.
@masofatalim
❓Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!
🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).
Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm
❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!
☎️ Axborot-maslahat markazi:
+998978021916 | Operator
+998957473638 | Operator
🌐 Sayt | 📲 Instagram
Bitta madaniyat vaziriga ikkita birinchi o‘rinbosar tayinlanibdi. Ajoyib!
@masofatalim
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida talabalar supurgi yasashga olib chiqilibdi.
Mabodo biror oliy ta’lim muassasasi talabalarni mol-qo‘y boqishga olib chiqmayaptimi ishqilib? 😂
@masofatalim
Obuna mavsumi va navbatdagi shishirilgan narxlar
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 40 ta gazeta obunasi uchun “Inform Express” MChJ bilan 181 mln 650 ming so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Narxlar bir necha o‘n barobarga shishirib ko‘rsatilgan holatlar bor.
Xususan, 2023-yilda O‘zbekiston pochtasi orqali “Xalq so‘zi”ning obunasi 887 ming so‘mni tashkil etgan. Bu narxga gazeta bir yilda nechta son chiqsa, hammasi yetkazib beriladi. Ammo O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti shartnomasida gazetaning 1 donasi narxi qariyb 1,3 mln so‘m ko‘rsatilgan. Bir dona gazeta narxi bir yillik obuna narxidan ham qimmat. Boshqa gazetalarning narxlarini esa ushbu havola orqali taqqoslab ko‘rish mumkin.
Nega bunday bo‘lganini tushunish uncha qiyin emas, o‘rtada vositachi bor. Aksariyat OTMlar shu o‘rtakashlardan bir necha o‘n barobar qimmatiga obuna sotib olyapti. Qiziq holat, juda qiziq. Bu pullar esa tahririyatlarga to‘liq yetib bormaydi. Masalan, o‘rtakash shartnomada “Xalq so‘zi”ni 10 dona ko‘rsatib, buning uchun sal kam 13 mln olgan. Tahririyatga shu puldan 1 mln so‘m ham yetib bormasa kerak. Mehnat qilgan boshqa, huzur topgan boshqa.
Biz erkin obunaga aslo qarshi emasmiz. OTMlarga tavsiya shu: shishirilgan narxda emas, bir necha o‘n barobar arzoniga ham shu gazetalarga obuna bo‘lish mumkin. Ko‘pchilik OTMlar shu tarzda obuna bo‘lyapti. Shunchaki tahririyatlar bilan bog‘lanish yoki juda bo‘lmasa, insof doirasida ishlaydigan yetkazib beruvchilarni topish kifoya. Soqqa qilish kerak, lekin insof bilan.
@masofatalim
Haqiqat va yolg‘on chegarasi, faktcheking muammolari, propaganda — Platina.uz sayti shu mavzu yuzasidan tahliliy maqola e’lon qilibdi. O‘qib chiqish tavsiya etiladi: https://pltn.uz/d4b5
@masofatalim
“Falastin xalqi bilan birdammiz” — Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi
“Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Prezident.
❗️Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi
“Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman.
Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch va osoyishta hayotimizni, o‘zaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur”, - dedi davlat rahbari.
@masofatalim
Eksport sohasida katta daromad qilishni istaysizmi?
Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar Kengashi va Dalatek jamoasi hozirda 18-35 yosh orasidagi yoshlarga “Quruq mevalarni eksportga tayyorlash” kurslariga mutlaqo bepulga ega bo’lish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun hoziroq @dalatek_edu akkountiga “eksport” so’zini yuborish kerak. Shoshiling, joylar cheklangan!
“Otmen”mi yo “otmen”masmi?
Prezident farmoni bilan 2021-yil 1-iyuldan boshlab soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi (STIR olganlik) faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan. Shu sababli jismoniy shaxslarga STIR berish amaliyoti ham to‘xtatilgan.
Ammo yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 124-moddasida esa ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlar safida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) ham bor ekan. Shunda nima qilish kerak? Soliqqa STIR raqamimni ber, deb so‘rasa, unaqa narsa bermay qo‘yganmiz, deydi. Ish beruvchi Mehnat kodeksiga asoslanib STIR talab qilib qolsa, shunda buni qayerdan topib beraylik?
@masofatalim
“O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida o‘qituvchilar maktabni tozalamagani uchun tanqid qilindi
Prezident tashrifini yoritgan “O‘zbekiston 24” telekanalida o‘qituvchilar “maoshi oshib, mavqei yuksalsa-da, maktab hovlisini gullatib, yashnatib qo‘ymagani” ta’kidlandi. Qolaversa, telekanal o‘qituvchilarni “hafsalasizlik va befarqlik”da ham ayblagan. Jamoatchilik pedagoglarni mehnatga majburlash taqiqlanganini eslatib qo‘ydi.
@masofatalim
China Global Television Network (CGTN) telekanalining siyosiy sharhlovchisi Aleksey Kan “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholashini ma’lum qilibdi. Ayniqsa, texnologik va innovasion islohotlar natijasidan hayratga tushganini bildirgan.
Shuningdek, u Toshkent va Samarqandda 5G darajasidagi mobil aloqa mavjudligini alohida e’tirof etgan. Kan hatto Moskva shahrida, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham 5G dan foydalana olmaganini bildirgan. Sharhlovchi bunday ijobiy o‘zgarishlar Xitoyning HUAWEI va ZTE kompaniyalari sa’y harakatlari bilan amalga oshayotganini ta’kidlagan.
@masofatalim
“Xalq so‘zi”, “Yangi O‘zbekiston” va “Vatanpar” kabi gazetalarning so‘nggi manzili ekan. Darvoqe, oliy ta’lim muassasalari esa gazetalar obunasiga millionlab pul sarflayapti (1, 2, 3). Kimdir obunaning yomon joyi yo‘q, deyishi mumkin. Ha, albatta, yomon joyi yo‘q. Axir gazetalar nashrdan chiqqach sal vaqt o‘tib hojatxona qog‘ozi ishlab chiqaradigan korxonaga boryapti ekan. Foydali ekani shundan yaqqol ko‘rinib turibdi.
@masofatalim