“Imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday bo‘lsa, “reporter” maqomi ham shunday”
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga 108 davlatdan 1 904 ta universitet kiritilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekistondagi 48 ta OTM ham bu ro‘yxatdan o‘rin olgani haqida xabar qilib, buni “xushxabar” deya e’lon qildi. Mutaxassis Azamat Akbarov bunga munosabat bildirdi.
“Bu yilgi reytingda O‘zbekistondagi 48 ta universitet “Reporter” maqomida reytingdan o‘rin oldi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20 taga ko‘p ekan. Bulardan 47 tasi davlat universiteti va bitta xususiy universitet bor. Ko‘rinib turibdi, vazirlik yoppasiga hammani ushbu ro‘yxatga kiritishga harakat qilmoqda. Ba’zi xabalarda buni ajoyib tarzda reklama qilishmoqda, qandaydir xushxabar/yutuq sifatida ta’riflashmoqda. Bu reytinglarni tushunmagan insonlar uchun bu haqida biroz izoh berib o‘taman.
“Reporter” maqomi 2021-yilda joriy etilgan bo‘lib, “kuchlilar” reytingiga kirish uchun hujjat topshirib kira olmagan universitetlarni “hafa qilmaslik” uchun shunaqa variantni o‘ylab topishgan, chunki hamma xalqaro reytinglar katta pul turadi, bu esa yaxshi biznes. Sizning oddiy Amerika vizasi uchun topshirilgan anketani ko‘rib chiqqaniga konsulga 160 dollar to‘laysiz, reyting uchun topshirilgan yuzlab hujjat bepul bo‘ladimi?
Demak, shartlarni bajara olmagan universitetlarni “uzoqlashtirmaslik” uchun shu tarzda ushlab turishadi. Ya’ni boshqacha qilib aytganda “reporter” maqomi aslida autsayder degani, chiziqdan tashqarida qolganlar. Bular hech qanday reytinga kirmaydi, bularga raqam berilmaydi, “kuchli”lardan keyin alfavit bo‘yicha nomi yoziladi. Imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday bo‘lsa “reporter” maqomi ham shunday. Xatolaridan dars chiqarib keyingi imtihonga tayyorgarlik ko‘radi”, deb yozmoqda Azamat Akbarov
Xulosa qilinsa, O‘zbekistondagi 48 ta universitet topshirgan va bitta ham natija yo‘q. Avvalroq vazirlik reytinglar uchun sarflayotgan milliardlar haqida yozgandik. Mutaxassisning fikrlaridan kelib chiqsak, hammasi havoga uchganga o‘xshaydi.
@masofatalim
Qonunan mumkin bo‘lmasada tadbirkorlik subyektlarida ulushdor bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi mansabdorlari haqida
1. Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich — Toshkent farmasevtika instituti prorektori. “UNISAFE” MCHJning 50 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
2. Baxranova Zubayda Saidovna — Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori. “BUXORO AVICENNA GAVHARI” MCHJning 100 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
3. Turayev Bahodir Xatamovich — Toshkent davlat transport universiteti prorektori. “SUZANA SAFO NURLI YOGDUSI” fermer xo‘jaligining 100 foiz ulushdori va direktori.
4. Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich — Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori. “NOVAYA STOMOTOLOGIYA” MCHJning 100 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
5. Karimov Ma’rif Shakirovich — Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori. “INFARM MADAD” MCHJning 50 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emasligi belgilangan.
Yuqoridagi holatlar ochiq ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Ushbu mansabdor shaxslar izoh berishni xohlasa, ularga ham minbar beriladi. Qolaversa, yuqoridagi holatlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nazoratga olishi kerak. Davomi bor, albatta.
@masofatalim
Qoʻqon davlat pedagogika instituti 153,5 mln soʻmlik chiptalar xaridi boʻyicha rasmiy munosabat bildiribdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu xarid 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan institutning 953 nafar professor-oʻqituvchilariga va barcha ishchi-xodimlariga “Turon” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozib, madaniy tadbir oʻtkazish uchun amalga oshirigan.
P.S. Shu gaplarni shartnomada ham qayd etib qoʻyilsa, birov urishmasdi. Keyin shartnomada chipta deb yozilgan. Bayram dasturxoni, degan joyi yoʻq.
@masofatalim
Sergeli tumanida sodir boʻlgan voqea koʻpchilikni qaygʻuga soldi. Voqea sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Ammo bir narsa e’tiborni tortdi: bir guruh yoshlar ham hodisa joyiga yetib borib, volontyorlik asosida aholiga yordam koʻrsatayotgan ekan. Oʻz navbatida, yoshlarning bu kabi vaziyatlardagi faolligi, yurtdoshlar boshiga ish tushganda jim qarab turmay, yordamga shoshilishi xursand qildi. Barakalla, yoshlar! 🫡
@masofatalim
Bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq voqealar Sergelidagi portlash fonida qolib ketmasligi va bu xabarlar Sog‘liqni saqlash vazirligini “qutqarib” qolmasligi kerak. Jamoatchilik har kuni bu mavzu haqida gapirishi va unutmasligi lozim.
@masofatalim
Sergelidagi portlash natijasida 15 yoshli bolaning boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
@masofatalim
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat beribdi. Vazir nihoyat tilga kirdi deb xursand bo‘lib tursak, bular OAV va jurnalistlarning ovozini o‘chirish uchun gapirishni boshlagan ekan.
Janob vaziri oliylariga qonunda “Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinishi” belgilanganini hamda Konstitutsiyaning 33-moddasida “Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega” ekanini eslatgan holda jurnalist va blogerlarga nima qilishni o‘rgatmaslikni tavsiya qilamiz.
@masofatalim
Toshkent moliya instituti madaniy tadbirlar uchun 250 mln so‘mlik chipta (donasi 125 ming so‘mdan) sotib olibdi. Chiptalar soni 2000 ta ekan.
@masofatalim
Taka-taka tum daka!
Maktablarga 108,9 mlrd so‘mlik 7 to‘plamdagi milliy cholg‘u asboblari sotib olinibdi. Bu haqida UzA xabar berdi.
P.S. Rahmat, endi darsliklarni ham to‘liq yetkazib berilsa, baxtimiz to‘kis bo‘lardi.
@masofatalim
Nufuzli universitet talabasi bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyat!
🔴 Alfraganus universitetida 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul yakunlanmoqda.
Universitetning 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (shulardan 5 tasi tibbiyot sohasiga oid) va 10 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘zbek yoki rus tilida ta’lim olish uchun hujjat topshiring.
Ta’lim jarayonlari kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida olib boriladi.
➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
🌎 O‘qishingizni boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ko‘chirish hamda UZBMB (DTM) ball bilan ham talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.
Hujjat topshirish:
🔵 O’qishga kirish uchun
🔵 O‘qishni ko‘chirish uchun
🔵 Magistratura uchun
🔵 DTM ball bilan hujjat topshirish
🗳 Murojaat uchun:
+998781227557 | @Alfraganus_callcenter
📍 Lokatsiya
📄 Litsenziya (№ 056557 taqdim etilgan sana 12.08.2022)
⚡️Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi
Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.
Hujjatlar shu yilning 30-sentyabr qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.
🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.
Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.
Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!
© Manba
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
⚡️“Mening yurtim” telekanali tomonidan suratga olingan, odamlarda turli moliyaviy firibgarliklarga qarshi yaxshi immunitet shakllantiradigan, eng asosiysi, real voqealarga asoslangan “Piramida” milliy teleseriali 25-sentabrdan boshlab soat 21:30 da “MY5” telekanalida efirga uzatiladi.
P.S. Ko‘rishga va vaqt ajratishga arziydigan serial.
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyo universitetida (eski nomi Akfa) to‘polon videosi tarqaldi. Universitetning hozirgi rahbariyati (amaldagi rektor Kamron G‘ulomov) sobiq rektorni firibgarga chiqardi, sobiq rektor Bekzod Jalilov esa hammasi qonuniy bo‘lganini aytib, javob qaytardi.
Universitetning sobiq rektori Bekzod Djalilovning aytishicha, garchi yuridik maqomga ega va huquqiy tomondan rasmiylashtirilmagan boʻlmasa-da, oʻzini kuzatuv kengashi raisi deb tanishtirayotgan Abdujabbor Abduvohidov (prezidentning sobiq maslahatchi, Jahondir Ortiqxo‘jayevning qudasi) bilan universitet boshqaruvi siyosatida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayli u Akfa Universiteti rektori lavozimidan ketgan.
“Abdujabbor Abduvaxitov kelishi bilan universitet xodimlaridan sifat uchun emas, balki miqdor uchun ishlashni talab qila boshladi va men iqtibos keltiraman: “Shu yerda pul qilsak boʻladiyu”. Uning iltimosiga koʻra, bir qancha fakultetlar, jumladan, oʻsha paytda litsenziya asosida faoliyat yuritgan Ingliz tili filologiyasi fakulteti, unda anchagina talabalar tahsil olayotganiga qaramay, yopildi. Professorlar, talabalar va ularning ota-onalari bu haqiqatni tasdiqlashlari mumkin. Talabalarning ota-onalari darslar oʻtkazilmayotganligi va malakali oʻqituvchilarning yoʻqligi, mavjud taʼlim dasturlari tushuntirishsiz yopilganligi va boshqa masalalarga eʼtiroz bildirib Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga ariza yozishganlar”, deb yozgan Bekzod Djalilov.
Eslatma: ushbu post tomonlarning rasmiy munosabatlari ichidan olingan holda tayyorlandi. To‘liq holda yuqorida keltirilgan havolalar orqali o‘qish mumkin.
@masofatalim
Alifbo masalasida
Ijtimoiy tarmoqlar bugun ikkiga bo‘lindi: harflarni o‘zgartirishni yoqlayotganlar va bunga qarshilar. Aslida, o‘tirib erinmay sanab chiqsa, bahslashayotganlar 600 kishi ham chiqmasa kerak.
Endi sal pastga tushib, arzimagan oylikka ertalabdan kechgacha ishlayotgan odamlarga, qishdan eson-omon chiqib olaylik deb tappini g‘amlayotgan insonlarga, bolamni kontraktini qanday to‘lasam ekan, deb yurgan ota-onalarga va boshqa — topganini ro‘zg‘orga arang yetkazayotgan odamlarga o‘zgaritirish qilinadimi yoki yo‘qmi bu narsa umuman qiziqmas.
Boshqa muammolar tugab qoldimi? Hay, mayli, shu 4 ta harfga alifbomiz o‘zgarsa, odamlar baxtli bo‘lib ketadimi? Qishda uyida chiroq yonib, tappining cho‘g‘iga emas, gazda nonini yopib yeydigan bo‘ladimi? Shu bilan odamlarning daromadi ko‘payib, topgani bemalol yetadigan bo‘ladimi? Hamma muammolarimiz shu 4 ta harf bilan hal bo‘lib qoladimi?
Avval eplab lotin yozuvidan to‘liq foydalanishga o‘tmagan odamlar, endi yangisiga o‘tib qoladimi? Hatto yuqori turuvchi ko‘plab tashkilotlar haligacha kirill yozuvidan foydalanib turganda, 4 ta harf o‘zgargach hamma yoppasiga shunga o‘tib ketadimi?
Islohotmish, qachondir qabul qilish kerakmish, hammasi shu bilan go‘zal bo‘lib ketarmish. Qabul qilinglar, odamlar shu bilan baxtli yashashni boshlasa, muammolar shu bilan tugab ketsa, darrov qabul qilinglar.
P.S. Lotin yozuviga o‘tish haqida kirill yozuvida post yozadigan faollarning kallasiga qoyilimiz! Yana shular lotinni targ‘ib qilarmish, mantig‘iga ham qoyilimiz!
IMHO
@masofatalim
Yangi iPhone sotib olish uchun O‘zbekistonda necha kun ishlash kerakligi hisoblandi
O‘zbekistonda yangi iPhone 15 Pro (128 Gb) sotib olish uchun o‘rtacha 123 kun ishlash kerak bo‘ladi. Kaktus.media tahririyati ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan.
Nashrning ta’kidlashicha, bunda ishlab topilgan pullar faqat yangi iPhone uchun jamg‘arilishi kerakligi nazarda tutilgan. Ya’ni, ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko‘ngilochar va kommunal xizmatlarga umuman sarflamaslik lozim.
Markaziy Osiyo mamlakatlari taqqoslab ko‘rilsa, Tojikiston aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfoni uchun eng ko‘p – 144 kun ishlashiga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston aholisi esa eng kam – 70 kun. Qirg‘iziston aholisi 90 kun mehnat qiladi.
@masofatalim
🔥
Online kurslarimizga qabul ochildi!
-》Beginner
-》Elementary
-》Pre-intermediate
-》Intermediate
Kursimizda siz 0dan boshlab toki sertifikat olish darajasigacha chiqishingiz mumkin!
Batafsil ma‘lumot:
Admin: - @EngVector
Kanal: - @English_VectorReklama
😇 Ustozlar bayrami munosabati bilan texnomart'dan yoqimli yangilik!
25-sentabrdan 15-oktabrgacha, faqat ustozlar uchun 20 mln so'mgacha istalgan texnikani boshlang'ich to'lovsiz 10% chegirma asosida xarid qilishlari mumkin bo'ladi!
*Ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!
👉batafsil: texnomart.uz
📱 71 209 99 44
texnomart - ustozlarimizga yaxshilikka buyursin!
@texnomart
Qo‘qon davlat pedagogika instituti madaniy tadbirlar uchun 153,5 mln so‘mga 950 dona chipta xarid qilibdi. Chiptalarning har biri 161 ming so‘mdan sotib olingan. Davlat reestrida esa chiptani sotgan MChJning faoliyat turi yashаshgа yaroqsiz joylаrni ijаrаgа berish ekani ko‘rsatilgan.
@masofatalim
Termiz davlat universiteti 31-iyul kuni (talabalar bu paytda ta’tilda edi) “Ayol qismati” badiiy filmi uchun yuridik manzili Toshkent shahrida joylashgan MChJdan 12 ming dona chipta (42 mln so‘m) xarid qilgan ekan. Shartnoma muddati 2023-yil 31-dekabrgacha.
@masofatalim
Sergelidagi portlash natijasida tumandagi 305-maktab ham jiddiy talofat ko‘rgan. O‘qish jarayoni vaqtinchalik to‘xtatildi.
@masofatalim
Toshkent moliya instituti madaniy tadbirlar uchun 250 mln soʻmlik chipta xarid qilingani yuzasidan rasmiy munosabat bildiribdi.
“Telegram messenjeri “Masofatalim” kanalida Toshkent moliya instituti madaniy tadbirlar uchun shartnoma tuzilganligiga oid eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Toshkent moliya instituti tomonidan tahsil olayotgan talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-innovatsion va ko‘ngilochar tadbirlar yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda. Birgina 2022-2023 o‘quv yili davomida talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga va jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish, mustaqil, ijodiy va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan 300 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Unda 6000 ga yaqin talaba-yoshlar hamda 500 dan ortiq professor-o‘qituvchilarning faol ishtirok etganligini alohida eʼtirof etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-2024 o‘quv yilining birinchi yarmida ham talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘z ichiga turli konsert-tomosha, festival, teatr va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan”, deyiladi institut rasmiy munosabatida.
@masofatalim
Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda
🏛 Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.
Kontrakt narxlari 9mlndan boshlanadi va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.
🏆 420 ta Grant o'rniga ega.
DTMdan olgan balingiz bilan imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.
⚠️ Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Litsenziya bekor bo‘lmagan va ayni damda faol holatda.
🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun: qabul.namxu.uz
📞 78-113-21-22
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
Reytinglar uchun milliardlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalari reytingini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘lish uchun 3,9 mlrd so‘m ishlatibdi.
Bundan tashqari, vazirlik joriy yil may oyida 10 ta OTMning QS reytingini baholatish uchun 200 ming dollar, 2022-yilning oktabr oyida esa yana 200 ming dollar ishlatgandi.
P.S. Aniq endi OTMlarni reytingi kuchayib ketsa kerak-a?
@masofatalim
Antistrumin
Bir necha kun oldin Namanganda bolalar ommaviy zaharlanib, shifoxonalarga murojaat qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Keyin sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning antistrumin dorisi is’temoli labaratoriya tekshiruvlari natijasi chiqqunicha to‘xtatib turish aytilgan xatolarga boy xati tarqaldi.
Shu yerda qiziq savol: dori bolalarga ichirilishidan va tarqatilishidan oldin tekshiruvdan o‘tmaganmidi? Nega? Dok-1 Maks voqeasidan keyin xulosa qilinmadimi? (Savollar ritorik).
Orada Elmira Bositxonova bolalar dori yoki ovqatdan zaharlanmaganini aytib chiqdi (Ya tavba, kinna kirgan bo‘lsa kerak-da).
Bugunga kelib ma’lum bo‘lmoqdaki, antistrumin dorisi hech qanday tender o‘tkazilmasdan xarid qilingan ekan. Eng qizig‘i, dori dorixonalarda chakana narxda 3000 so‘mgacha sotilayotgan bir paytda “Samo” MCHJ kompaniyasi davlatga 5500 / 6500 so‘mdan ulgurji narxda o‘tkazgan.
Yod o‘zi yaxshi narsa. Ammo shu xayrli tashabbusni ham rasvosini chiqarishdi. Odamlarda yodga, umuman, dorilarga nisbatan fobiya paydo bo‘la boshladi. Yomonrog‘i shuki, odamlar salomatligining xavfsizligiga va boshqa masalalarga ishonchi yo‘qolyapti.
Yil boshida Dok-1 Maks dorisidan qirilib ketgan bolalar, yil o‘rtasida zaharlangan yuzlab bolalar... Xudo ko‘rsatmasin, yana nimalar kutyapti bizni?
@masofatalim
Bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan nafaqat huquqiy, balki siyosiy javobgarlik masalasi ham ko‘rilishi kerak. Na nazoratni, na krizis menejerlikni eplay oladigan, kerak payti boshini qumga suqib oladigan bunday rahbarlar xalqning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi, xolos — Davletovuz
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalariga darsliklar yetishmayotgan, bir talaba bir nechta kitobdan (kirill yozuvida) foydalanayotgan, hatto mustaqillikkacha boʻlgan davrda nashr etilgan rus tilidagi darsliklardan foydalanayotgan bir paytda 28 yil avval oʻtilgan lotin yozuvini isloh qilish haqida emas, oldin darsliklar masalasini hal qilish haqida oʻylash kerak.
P.S. OTMlardagi darsliklar haqidagi gapga shubha qilganlar, marhamat, borsin, koʻrsin va oʻrgansin. OʻzMU kimyo fakulteti kutubxonasi bunga yaqqol misol. Bir necha talabaga bitta kitob, ayrimlari rus tilida, koʻplari esa kirill yozuvida. Boshqa OTMlarda ham vaziyat shunday boʻlsa borki, aslo bundan kam emas.
@masofatalim
⚡️Rasman: Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar imtihonsiz o'qishga qabul qilinadi
Joriy yilda kirish imtihonlaridan yiqilgan abituriyent va o'qishni ko'chirish istagida bo'lgan talabgorlar imtihonsiz Poytaxt markazida joylashgan Renaissance University talabasiga aylanishlari mumkin.
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
➖ Tarix
➖ Boshlang'ich ta'lim
➖ Menejmant (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
➖ Logistika (tarmolar bo'yicha)
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoq va sohalar bo'yicha)
➖ Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili
➖ Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili
➖ Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili
Magirtratura ta'lim yo'nalishlari:
➖ Tarix
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
➖ Axborot tizimlari (tarmoqlar bo'yicha)
💰Kontrakt narxlari 10 mln so'mdan boshlanadi.
🇺🇿 Ta'kidlash joizki, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, "Renaissance university" tomonidan berilgan diplomlar, davlat oliy ta'lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.
☎️ Bog'lanish: 555002224
👉 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: bitly.ws/Vpro
📍 Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko’chasi, 18
📍 Namangan shahar, 5-kichik nohiya,
📝 Litsenziya: №-062370 08.02.2023
NTM «Renaissance University”
Darsga formada kelishni joriy qilib, keyin o‘sha formada “sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilyapmiz” deb badantarbiya qildirilsa, talabalar terlab-pishib darsda o‘tirsa, baxtlari to‘kis bo‘lardi🤣
@masofatalim