masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Izohsiz (#)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Talaba boʻlish imkoniyati hali sizda bor!

⚡️Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!

Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!

👉 https://www.niuedu.uz

Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling👇

📞+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | web-sayt

Читать полностью…

Masofatalim™

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi ham “Tashabbusli budjet”ga e’lon joylagan. Ovozlar biroz kamlik qilayotgan ekan. Agar ovoz bermaganlar yoki qaysi loyihaga ovoz berishga ikkilanib turganlar boʻlsa, shu markazni qoʻllab yuborilsa ham yaxshi boʻlardi.

Ovoz berish uchun: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/ce870841-7d5e-45e4-a852-379015f93901

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️“Bilim uchun 100 million” loyihasining yangi mavsumi boshlandi

2022-yil qariyb 250 ming ishtirokchini qamrab olgan “Bilim uchun 100 million” onlayn olimpiadasining 2023-yilgi mavsumiga 12-sentabr kuni start berildi. Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (12-sentabrdan 1-dekabrgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda o‘ktaziladi.

Birinchi bosqich 12-sentabrdan 1-dekabrga qadar @bilimtestbot Telegram botida onlayn shaklda o‘tkaziladi va bu bosqich 12 turdan iborat bo‘ladi. Har hafta yangi tur e’lon qilinadi va unda ishtirokchilar qatnashib, ball yig‘ib boradilar. Onlayn bosqichda 1-dekabrga qadar eng ko‘p ball yiqqan 100 nafar ishtirokchi finalga taklif etiladi.

Finalda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olibga 100 million so‘m, 99 nafar final ishtirokchisiga esa 1 million so‘mdan mukofot beriladi. Tanlov nizomi.

Ishtirok etish uchun: @bilimtestbot

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida rektorlarni saylash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi — Prezident qarori

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Tez orada Telegram kanallarga ham stories qoʻyish imkoniyatini taqdim etadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev yangi bir loyiha haqida qisqa post qoldiribdi. Aytishlaricha, bu oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” (yaxshi ma’noda, albatta) “Jadidlar” toʻplamiga oʻxshash loyiha ekan. Koʻrinishidan bu safar “Uygʻonish” deb nomlangan (qiziq).

P.S. Soʻraganni aybi yoʻq, ushbu toʻplamdan bizning kanalga ham kelishini kutib qolamiz :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent = Changkent

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Izohsiz

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

IT boʻyicha Qatarda oʻtgan “Seeds for the future” xalqaro musobaqada ishtirok etgan 15 nafar oʻzbekistonlik yosh eng yuqori natijaga erishib, akseleraciya dasturida ishtirok etish uchun Dubayga yoʻl olishibdi. Akseleraciya dasturi yakunlari boʻyicha ular 100 ming AQSh dollariga ega boʻlishlari mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim muassasalarida daraxtlarga oʻqituvchilarni biriktirib qoʻyishayotgan ekan. Bu ennovatsiyasini qaysi innovator oʻylab topdi-a? Kallasiga qoyil.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Gazetalarimizdan kutilmagan tub burilish. Qaysi yurak bilan qoʻrqmay tanqidiy material bosvorishgani aqlga sigʻmayapti-ku :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️YouTube noyabr oyidan boshlab O‘zbekiston uchun videolarda reklamalar berishni yana yo‘lga qo‘yadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qozogʼistonda stipendiyalar oshirildi

1-sentabrdan boshlab Qozogʼistonda magistratura talabalarining stipendiyasi 15 foizga, bakalavriaturaning stipendiyasi esa 20 foizga oshirildi.

Endi magistratura talabalari 97 024 tenge (2 530 000 so‘m atrofida), bakalavriat bosqichidagi talabalarning stipendiyasi 67 200 tengegacha (1 753 000 so‘m) miqdorni tashkil etadi.

Qaror doirasida o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari (bizning kollej va texnikumlarga to‘g‘ri keladi) talabalarining stipendiyalari 50 foizga oshirilib, 32 681 tengega yetkaziladi (852 000 so‘m).

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezidentning 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarorida ham OTMlarga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda tugal ro‘yxati shaklida shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash aytilibdi. Muddat 2023-yil noyabr oyiga qadar ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Andijon davlat tibbiyot institutida har kuni ertalab talabalar majburan mashq qildirilyapti ekan.

Shunaqa narsalarni kim oʻylab toparkan-a?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Alisher Sa’dullayevdan millat oydinlari haqidagi maxsus sovgʻani qabul qilib oldik. Toʻplam tez orada barcha ta’lim dargohlariga yetkazib berilar ekan.

“Uygʻonish” toʻplami minglab yoshlarga buyuk ajdodlarni eng kamida tanitish, ularning hayot yoʻlini oʻrganishga qiziqish uygʻotish va albatta, ziyo tarqatish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz ✊

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkentda kanalizatsiya qudugʻiga tushib ketgan avtobusning “garmoshka”si ikkiga boʻlinib ketibdi.

P.S. Yaqinda Mustaqillik maydonida qopqogʻi yoʻq kanalizatsiyani tanqid qilganimizda ayrimlar buni arzimas muammo, degandi. Mana arzimas muammolar nimalarga sabab boʻladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarorida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda ularning qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash aytilgan ekan. Ijro muddati 2022-yil dekabrgacha edi.

❗️Shu qaror ijrosi bo‘yicha nima ishlar qilingani yuzasidan mas’ullardan rasmiy ma’lumot berishlarini so‘raymiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

/channel/masofatalimchat/19890

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistondagi OTMlarda ishlovchi ko‘pchilik o‘qituvchilarga og‘ir botishi mumkin bo‘lgan post.

P.S. Sulton Qabus universiteti Ummon sultonligida joylashgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Minglab shogirdlar ustozasi, Xalqaro sertifikatlar sohibasi Nilufar Anvarovna online MULTILEVEL va IELTS ga tayyorlov kurslariga start beribdilar.

Ma'lumot uchun :
@NilufarAnvarovna

Читать полностью…

Masofatalim™

Ko‘pchilik tibbiyot yo‘nalishiga super-kontrakt kerak emasligini ma’qullasa, ayrimlar buning aksini aytadi. O‘zi tibbiyot yo‘nalishiga super-kontrakt kerakmi? Javob oddiy: ha va yo‘q!

Uzun post uchun oldindan uzr. Bu yanayam qisqartirilgan varianti. Oxirigacha o‘qiganlarga rahmat!

Kerak emasligi haqida. Tibbiyotda o‘qiydiganlar ham, endi topshiradiganlar ham yaxshi bilishadiki, bu yo‘nalishida kirish ballari biroz yuqori yuradi. Raqobat yetarlicha kuchli. Ko‘pchilik eng kamida 2 yil yaxshilab tayyorlanadi. Ammo tibbiyotni tanlab, minimal ball (56,7 ball) ham to‘play olmay, ayrim hollarda arzimagan bali bilan ham pulini to‘lab, super-muper kontrakt qilib o‘qiydiganlar topiladi.

Mana shu joyida super-muper kontrakt bo‘lmasligi kerak. Sababi bu yo‘nalishda kimyo va biologiyadan zarur bilimlar talab qilinadi. Minimal ball ham to‘play olmadimi, demak, unda aniq bilim yo‘q. Oddiy misol, kimyo va biologiyadan eng elementar bilimlarni ham bilmay, tibbiyotga kirib olgan talaba 6 yil davomida shifokorlikka o‘qiydimi yoki o‘qitilayotgan narsasining tarkibini o‘rganadimi?

Masalan, darsda DNK va RNK haqida so‘z borganda uning o‘zi nimaligini, tarkibi nimalardan iboratligini, ribosoma nima, vodorod bog‘ nima, nuklein kislota nima kabi tushunchalarni bilmagan talabadan qanaqa shifokor chiqadi, axir? DNK va RNKning tarkibi, bu o‘zi nimaligi o‘qishga kirguncha bo‘lgan davrga tegishli bilimlardir. Bu birgina juda kichik misol, xolos. Bundan xulosa qilinsa, minimal ball ham ololmagan abituriyentni tibbiyot oliygohiga yaqinlashtirmaslik ham kerak. Qisqasi, bu ikki fanni alifbesini ham bilmaydigan odamga tibbiyotda o‘rin bo‘lmasligi kerak.

Kerakligi haqida.
Odatda boshqa yo‘nalishlar singari tibbiyotga kirishning ham o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Bundan bir necha yil avval biologiyadagi ayrim mavzular faqat yodlashga ixtisoslashgan, masalalarni esa fikrlab ishlash talab qilinardi. Kimyodan esa kalkulyatorsiz ishlash kabi mashaqqatlari bor edi (buyam bir misol, xolos).

Ammo yillar davomida mashaqqat bilan tibbiyotga tayyorlangan talaba 150 ball bilan kira olmasa, bu uning bilimi yo‘qligini anglatmaydi. 150 to‘pladimi, demak, unda bilim bor, deb qarash mumkin. Mana shu holatda esa super-kontraktga ruxsat bersa bo‘ladi. U talaba 6 yil davomida aravani tortib keta oladi.

135 ballgacha ham ruxsat bermaslik kerak. Shuncha ball yiqqan abituriyentda ham bilim yo‘q emas, bor. Biroq tortib ketishiga ishonish juda qiyin masala. Lekin yana bir yil tayyorlansa, bundan yaxshiroq ball ham olishi mumkin. Balki grant ham kirib qolar.

Xulosa qilinsa, tibbiyotdan super-kontraktni butkul yo‘qotish emas, balki baliga qarab imkoniyat bersa bo‘ladi. Ammo shu narsa aniqki, minimal ball ham to‘play olmaganlar nafaqat tibbiyotga, balki OTMlar ostonasiga yaqinlashtirilmasligi kerak. Yaxshiroq variant: tibbiyotga topshirgan, ammo 15 ballgacha yetmaganlarga bir imkon bersa bo‘ladi. Balki boshqa yo‘nalishlarda ham shunday qilish kerakdir. Puli borga emas, bilimi bor, ammo biroz yetmaganga imkon berish kerak.

IMHO, albatta.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilariga haligacha darsliklar to‘liq berilmagani, ota-onalar farzandlari elektron shaklda darsliklardan foydalanayotgani, ayrim hollarda hatto darslikni o‘zlari printerdan chiqarib olayotgani haqida yozishmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Daraxtbay ishlash

Oliy ta’lim muassasalari hududidagi daraxtlarga oʻqituvchilarni biriktirib qoʻyish ishlari jadal davom etmoqda. Oʻqituvchi bu daraxtlarning nimasiga qaraydi? Suv quyadimi? Tagini oqlaydimi? Yoki daraxtkesarlar endi kesmoqchi boʻlib turganda, bu daraxtni otaliqqa olganman, deb uning hayotini saqlab qoladimi? Mantiq degan narsa daraxtlardan ham koʻra koʻproq qirilib ketyapti, aftidan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Izohsiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Rasman: imtihonda yuqori ball olgan abituriyentlarga 11 mlngacha stipendiya beriladi

📥Hujjatlar shu yilning 25-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.

📥 Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Qulayliklar:
3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi

❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

© Manba

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Rasman: 2023/2024 oʻquv yili uchun Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetiga qabul davom etmoqda

📥 Hujjatlar qabuli onlayn shaklda qabul.uztitu.uz sayti va @titu_qabulbot orqali amalga oshiriladi.

👉 Yoʻnalishlar;

📞Murojaat uchun:
+998990402236 | +998990402237
+998990402238 | +998990402239
+998990402243

👩‍💻 Onlayn murojaat: @tivtuoperator

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Masofatalim™

Dasturlash sohasi vakillari uchun katta master-klass

🔥 Dasturlash sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassislar Akbarshox Sattarov va Alisher Kasimov tomonidan "Dasturchi qanday fikrlaydi?" mavzusida katta master-klass bo'lib o'tadi.

✨ Spikerlarimiz suhbat davomida:
— Dasturchi qanday fikrlaydi?
— Dasturlashni o'rganishdagi eng muhim omillar;
— Dasturchida qanday soft va hard ko'nikmalar bo'lishi kerak? kabi mavzularda o'z bilim va tajribalarini o'rtoqlashadi.

👉 Ro'yxatdan o'tish havolasi

📅 Qachon: 9-sentyabr, shanba, soat 10:30
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha uchun
📍Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Master-klassga ro'yxatdan o'ting va o'z o'rningizni band qiling!

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал