Toshkent metropoliteni yangi oʻquv yilidan metroda poyezdlar oraliq harakatlanish vaqti 1,5 daqiqadan 5 daqiqagacha qisqargani haqida e’lon qilgandi. Masalan, Chilonzor yo‘nalishi 1,5-2 daqiqagacha qisqargani aytilgan.
Rasm esa 7-sentabr kuni aynan Chilonzor yoʻlining “Xalqlar doʻstligi” bekatida olingan. Soat 12:30 ga yaqinlashib qolgan. Bu vaqtda esa juda koʻp joyda kunning birinchi yarmida oʻqiydiganlar uchun dars vaqti tugagan boʻladi.
Shu paytda esa oraliq vaqt qariyb 9 daqiqani tashkil etyapti. Zoʻr-a? Vagonlar ichi tiqilinch, odamlar zoʻrgʻa ketyapti. Sigʻmaganlar esa keyingi poyezdni kutyapti. Keyingisi ham oldingisidan battar boʻlsa borki, ammo boʻsh joy yoʻq.
Metropoliten “tigʻiz vaqtda” degan tushunchasini real vaqtga moslab olishi kerak. Yoki odamlarni aldamaslik kerak.
@masofatalim
Xotin-qizlarga taʼlim krediti foizsiz beriladi
Prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlari ajratiladi.
Bunda, tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (2023-yil 6-sentabr holatida 14 foiz) ajratadi. Xotin-qizlarning taʼlim kreditlari foiz stavkalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ushbu tartib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ta’lim kreditlari mazkur banklar tomonidan ajratiladi: “Mikrokreditbank”, “Asakabank”, “Agrobank”, “Xalq banki”, “Ipoteka-bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank”, “Orient Finans bank”, “O‘zmilliybank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Aloqabank”.
@masofatalim
Tibbiyot yo‘nalishiga kirish uchun super-kontrakt bu yil ham saqlanib qolgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyotdan “super-kontrakt”ni olib tashlash bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgani haqida gapirgandi.
Aftidan, yo hukumat buni rad qilgan, yo Inoyatov aldagan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt saqlanib qolayotganiga shunday munosabat bildirdi: “Shu talabalar medik bo‘lib vazir Inoyatovni, vazir Abdurahmonovni davolashlari kerak”.
@masofatalim
TEKINga IMTIHONSIZ talaba boʻling!
UZBMB (DTM) ballari bilan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi bo‘ling!
Hujjatlar @Tipi_institutiBot yoki qabul.uztipi.uz sayti orqali qabul qilinadi.
👉 Yoʻnalishlar;
☎️ Murojaat uchun:
+998559010604 | +998559000604
+998955060604 | +998955030604
+998955020604 | +998955010604
+998955000604
👩💻 Onlayn murojaat: @Qabul2023y
📍Lokatsiya
Telegram | Instagram | Youtube
SamDU filialida jarohatlanganlar soni 6 kishi
4-sentabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali zalida shift qismiga o‘rnatilgan temir beton plitasi qulab tushgani oqibatida 6 nafar talaba qiz tan jarohati olgan.
Ertalab 2 kishi edi, kechga borib 6 kishi bo‘ldi. Tuzukroq rasmiy munosabat ham berilmadi. Buning uchun kimdir o‘lishi yoki jiddiyroq jarohat olishi shartmi? Yoki vaziyatni yashirishyaptimi? Qani rasmiylar?
@masofatalim
❗️Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida 4-sentabr kuni faollar zalida o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida binoning beton plitasi talabalar ustida qulab tushgani aytilmoqda. Hozircha holat bo‘yicha va jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.
@masofatalim
Talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmayapti
Ma’lumotlarga ko‘ra, talabalarning bazaviy stipendiya miqdori hozirda 517 ming so‘m ekan. Statistika agentligi 2023-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etishi haqida ma’lum qilgandi. Ya’ni talabalarning o‘rtacha stipendiya miqdori bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlaridan ham kamroqni tashkil qilyapti.
@masofatalim
‼️ ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
✅ DTM BALLINGIZ BILAN SIZ
“PERFECT UNIVERSITY” TALABASISIZ!
🎓 BAKALAVRIAT YO'NALISHLARIGA
KUNDUZGI, KECHKI VA SIRTQI TA'LIM SHAKLLARIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!
DTM ball bilan ro'yxatdan o'tish:
dtm.perfectuniversity.uz
Onlayn hujjat topshirish:
qabul.perfectuniversity.uz
O’qishni ko’chirish:
transfer.perfectuniversity.uz
🚀Telegram| 📷Instagram
🔵Facebook|🎬perfectuniversity4471">YouTube|
🌐 Web sayt| 🌀perfect.university">Threads
☎️ 55-500-02-50
@perfect_call_center
1-bino 41.3522904,69.3299524,18z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3522778!4d69.3300556">Lokatsiyasi
2-bino Lokatsiyasi
🔥 DTM imtihonlaridan siz kutgan ballni to‘plolmadingizmi?
💠 50 ball va undan yuqori to‘plagan abituriyentlar Toshkent gumanitar fanlar universitetiga ichki imtihonlarsiz o‘qishga kirishlari mumkin!
😎 𝗫𝗮𝘃𝗼𝘁𝗶𝗿 𝗼𝗹𝗺𝗮𝗻𝗴! 𝗕𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗵𝗮𝗺𝗺𝗮𝘀𝗶 𝗼𝘀𝗼𝗻!
🔘 Online imtihon va online shartnoma olish
📌 𝗛𝗼𝘇𝗶𝗿𝗱𝗮 𝗾𝘂𝘆𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘆𝗼'𝗻𝗮𝗹𝗶𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗵𝘂𝗷𝗷𝗮𝘁 𝗾𝗮𝗯𝘂𝗹 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗻𝗺𝗼𝗾𝗱𝗮:
⭐️ Boshlang'ich ta'lim;
⭐️ Pedagogika va psixologiya;
⭐️ Xorijiy tili va adabiyoti(Ingliz, rus, koreys, xitoy, arab, turk tillari);
⭐️ Iqtisodiyot;
⭐️ Buxgalteriya hisobi va audit;
𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 𝘀𝗵𝗮𝗸𝗹𝗶:
🔷 Kunduzgi
🔷 Kechki
Sirtqi
⚡️ Agar siz ham cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lishni istasangiz, bizning universitetimizning talabasiga aylaning!
☎️ Murojaat uchun:
+998788886666
Endilikda yiqilgan abituriyentlar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi
🗂 Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.
Hujjatlar shu yilning 4-sentyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.
🇺🇿Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.
Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.
Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!
© Manba
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
Yaqindagina ishga tushirilgan eksklyuziv radiokanal — “Truck FM”ga endilikda @truckfmbot orqali ovozli salomlarni, tilak va tabriklarni yo‘llash imkoni paydo bo‘libdi. Haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Ovozli salom!” eshittirishi orqali kelgan yo‘llanmalar nafaqat o‘z egalariga, balki butun dunyoga yetkazilar ekan. Xizmat esa mutlaqo bepul!
Radiokanalni quyidagi vositalar orqali tinglash mumkin:
➖ truckfm.uz sayti orqali;
➖ Android smartfonlar ilovasi orqali;
➖ Apple gadjetlari uchun ishlangan ilova orqali;
➖ Telegram kanalda jonli efiri orqali.
Surxondaryodagi maktab direktori Umida Tursunovani kaltaklagan gumondor shaxs tuman IIBga olib kelinib, surishtiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlari jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Hozircha mushtumzo‘r kimligi va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining aytishicha, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov direktordan xabar olish uchun shifoxonaga yo‘lga chiqqan.
@masofatalim
Dunyodagi eng baxtli odamlar kimlar? World Happiness Report ma’lumotlariga ko‘ra, ular Finlyandiya, Daniya, Islandiya, Isroil va gollandiyaliklardir. O‘zbekiston esa 54-o‘rinni egallagan.
P.S. “Ijtimoiy fikr” markazi odamlarni ko‘ziga tik qarab turib aldavordi-a :)
@masofatalim
#TAVSIYA
TUGALMAS IMTIHONLAR?
📌Endi xalqaro standartlarga to'laqonli javob beruvchi IELTS sertifikatini qo'lga kiritgan abituriyentlar hech qanday imtihonsiz JDU'ning omadli talabasiga aylanishini quvonch ila ta'kidlab o'tamiz.
📚 IELTS natijangiz tufayli Toshkent shahridagi Japan Digital University nufuzli oliygohi sizning keyingi ta'lim maskaningiz bo'lishini istaysizmi?
Unday bo'lsa o'z joyingizni hoziroq band qilib, qimmat imkoniyatni qo'lga kiriting!💥
🗒 IELTS sertifikatini yuklash:
https://www.jdu.uz/page39019488.html
🗒 DTM (UzBMB) imtihonlarida qatnashganlar uchun: https://www.jdu.uz/page38829637.html
🗒 Hujjat topshirish uchun: https://www.jdu.uz/applicationlp8
☎️ Batafsil ma'lumot:
+998712000595 | @jdu_support
Sayt | Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube
⁉️ Magistratura va Doktarantura uchun til sertifikati kerak?
⁉️ Grammatika o'qimasdan turib 3 oy ichida dunyo tan olgan sertifikatga ega bo'lishni xohlaysizmi?
👍 Unda siz uchun ajoyib taklif bor!
Assalomu alaykum, faqat TOEFL uchun o'qitadigan va o'quvchilari yaxshi natijalarni ko'rsatgan EASY TOEFL jamoasimiz! 🫡
⚡️Sizning vaqtingizni qadrlagan xolda sizga 3 oy ichida TOEFL iBT sertifikatini olishda ko'maklashamiz va natijaga erishishingizni kafolatlaymiz!
Tavakkal qilishdan qo'rqyapsizmi!? Siz 3 oy ichida natijaga erisha olmasangiz 100% to'lovingiz qaytariladi desamchi? Ha, bu kafolatlangan 💯🤩
✈️ Telegram channel: @toefl_easy
⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.
Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
@masofatalim
Darvoqe, qaysidir kanal yoki bloger kichik bir texnik xatolik qilib noto‘g‘ri xabar tarqatib qo‘ysa bormi, mas’ullar naqd boshida yong‘oq chaqadi. Tahdid ohangida darrov qonunchilikni eslatadi. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi esa jarohatlanganlarni 2 kishi degandi, Bosh prokuratura 6 kishi, deyapti. Shunda asl holatni yashirib, yolg‘on ma’lumot tarqatgan hokimlikka kimdir u-bu narsa deb qo‘ya oladimi? Ritorik savol.
@masofatalim
Qozog‘istonda 2023-yil, yangi o‘quv yili holatiga ko‘ra:
➖ pedagogika va sog‘liqni saqlash yo‘nalishi talabalari uchun stipendiya — 67 200 tenge (1 mln 777 ming so‘m);
➖ oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun (sog‘liqni saqlash va pedagogika yo‘nalishlari bundan mustasno) — 41 898 tenge (1 mln 108 ming so‘m);
➖ texnik va kasb-hunar ta’limi dasturlarida o‘qiyotgan talabalar uchun — 32 681 tenge (864 ming so‘m);
➖ magistratura talabalari uchun — 94 024 tenge (2 mln 486 ming so‘m) stipendiya belgilangan.
Yangi O‘zbekistondagi stipendiya miqdori haqida avvalroq ma’lumot berilgandi. Bizning OTMlardagi stipendiya miqdorini bugungi holga olib kelishda bosh-qosh bo‘lgan Inomjon Majidovga qo‘shni Qozog‘istondagi narxlarni yuborib qo‘yinglar.
@masofatalim
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul va imtihon jarayonlari davom etadi!
Buxoro shahrida joylashgan zamonaviy ta’lim dasturi va professor-o‘qituvchilarni o‘zida birlashtirgan Osiyo Xalqaro Universitetiga UZBMB (DTM) testi natijalari bilan ichki imtihonlarsiz qabul qilinishingiz mumkin!
👉 17 ta ta’lim yo‘nalishlari
✅ Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun ham sirtqi ta'lim yo'nalishlariga qabul davom etmoqda!
✅ Bundan tashqari oliygohimizga chet el va mahalliy universitetlardan o'qishni ko‘chirishingiz mumkin.
👍 Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar ustiga beton plitalari qulab tushgan bino 2022-yilda “mukammal” ta’mirlangan ekan.
Sardobada suv omborini buzgan baliqlar turkumiga kiruvchi shotirlar endi universitet fililalining tomiga chiqib oldimikan-a?
Balki qaysidir kaltakesaklarning ishidir? 🤔
@masofatalim
Stipendiyaning “sinishi”
Ochiq ma’lumotlar portalida 2015-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davr orasida OTMlar talabalariga to‘langan stipendiyalar miqdori haqida ma’lumot keltirilgan. 2020-yili sessiyani 5 bahoga yopgan talaba 800 ming stipendiya olgan. 4 bahoga o‘qigan esa 600 ming so‘m olgan.
Hozir esa sessiyani 5 bahoga yopgan, faqat davlat granti asosida o‘qiydigan talaba 621 ming so‘m stipendiya oladi. 4 bahoga yopsa, 517 ming so‘m oladi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar esa 5 bahoga yopadimi, 4 bahoga yopadimi yoki 3 bahoga yopadimi, farqi yo‘q — hech balo olmaydi.
O‘sha paytdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov (hozir u O‘zMu rektori) buni uyalmasdan “islohot” deb atagandi. Majidov talabalarning e’tirozlariga qaramay, baribir stipendiya to‘lash masalasida o‘zining absurd “islohot”larini amalga oshirib keta olgan odam sifatida tarixda qoldi va yakunda “aravani torta olmagani uchun” ishdan olindi.
@masofatalim
Ertaga, 4-sentabrdan Oʻzbekistonda yangi oʻquv yili boshlanadi. Koʻpchilik bu sanadan boshlab turli rejalar qilib ulgurgan boʻlsa ham kerak. Kimdir til oʻrganishni astoydil boshlamoqchi, yana kimdir bu yil universitetida bosib oʻqimoqchi. Balki sohasini oʻzgartirmoqchi boʻlganlar ham bordir.
Umuman olganda, maqsadni kattaroq qoʻyish va ularga erishish uchun harakat qilishning ayni vaqti. Maktabni bitirganda eng minimal ballni ham toʻplay olmagan minglab oʻquvchilar qatorida turmaslik ham, OTMni bitirganda diplomli, ammo chalasavod, ish topolmaydiganlar qatorida turmaslik ham koʻproq odamning oʻziga bogʻliq.
Qisqa qilib aytganda, bosib oʻqish kerak, tamom. Yangi oʻquv yilida bilimlilar koʻpayishini, OTMlarda sifatli darslar oʻtilishini, maktablarda ta’lim tizimi (agar tizim deyish mumkin boʻlsa) yaxshilanish sari oldinga bir qadam tashlashini tilaymiz.
@masofatalim
Bugungi valyuta kursi
Dam olish kunlari bo‘lgani sababmi, negadir bugun kurs o‘tgan kunlarga qaraganda biroz pastlagandek. Kelayotgan haftadan yana qiymat oshishi aytilyapti.
@masofatalim
Alife Organyc kompaniyasi shifo ulashishda va insonlarni xursand qilishda davom etadi!
Avvalroq va’da berilganidek, mahsulotlarimizdan xarid qilib, shifo topgan mijozlarimiz uchun aksiyamiz doirasida 31-avgust kuni 3 ta sihatgohga va 1 ta Umra safariga yoʻllanmalar gʻoliblari aniqlandi. Bunda toʻliq shaffoflikni ta’minlagan holda Instagram sahifamiz orqali jonli efir namoyish etildi.
Gʻoliblarni kompaniyamiz nomidan tabriklaymiz! Hali yana oldinda 7 ta sihatgohga va 2 ta Umra safariga yoʻllanmalar kutmoqda. Mahsulotlarimizdan xarid qilishga va aksiyamiz ishtirokchisiga aylanishga shoshiling. Keyingi gʻolib siz boʻlishingiz mumkin.
Murojaat uchun: +998 71 209 74 74
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugungi valyuta kursi
3 ta ovoz = 1 ta oyoq kiyim. Kun sayin kursning koʻtarilishi kutilmoqda.
@masofatalim
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan gap talashib qolgan maktab direktorini (ayol kishi) kaltaklab ketishibdi. U hozir shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekan.
@masofatalim
🇺🇿 Bundan roppa-rosa 32 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:
“Men shu bugundan e'tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami deb e'lon qilishni taklif etaman!” — Islom Karimov
@masofatalim