2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:
➖ Urganch - Toshkent
➖ Xiva - Toshkent
➖ Buxoro - Toshkent
➖ Toshkent - Gʻijduvon
➖ Toshkent - Qorako‘l
➖ Toshkent - Shofirkon
Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.
Transport vazirligi
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 16-avgust kuni talabalar yotoqxonalari boʻyicha ma’lumot e’lon qilgan ekan.
Unda aytilishicha, ayni paytda respublika miqyosida 38 ming o‘rinli 83 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 23 ming 494 o‘rinli 50 ta, oliygoh va budjet mablag‘lari va oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari hamda investitsiya dasturi doirasida 10 ming 660 o‘rinli 21 ta talabalar turar joylari qurilishi uchun zarur mablag‘lar ajratilgan.
Bundan tashqari, matbuot anjumanida va TVda (1, 2, 3, 4) yotoqxonalar boʻyicha ma’lumotlar berib borilayotgan ekan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq vazirlik tashabbusi bilan talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazlari ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.
@masofatalim
O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO yo‘nalishi bo‘yicha “15th IESF WEC” turnirida Vengriyalik raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final bosqichiga chiqdi.
Ma’lumot uchun, turnirning sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Yigitlarga yarim finalda ham, finalda ham yutib, chempion bo‘lishlarini tilab qolamiz!
@masofatalim
Yana o‘sha “Ijtimoiy fikr” markazi:
Fuqarolarning aksariyati, aniqrog‘i 66 foizi o‘tgan yili moddiy ahvoli yaxshilanganini qayd etgan bo‘lsa, 27,5 foiz fuqarolar esa avvalgidek yaxshi darajada qolganini bildirgan.
@masofatalim
🇯🇵 Hech qanday boshlang’ich to’lovlarsiz Yaponiyada talaba bo’ling.
Shoshiling, faqatgina 30ta o’quvchi qabul qilinadi.
Qabul: 20-sentabrgacha davom etadi.
Batafsil malumot uchun:
@reiwa_admin1 | @reiwa_admin2
☎️: 71 200 60 07
📍: Chilonzor tumani, 12-daha OAZIS SAVDO MARKAZI 3- qavat
💬Telegram 📹YouTube
📹Instagram 📹Tik-Tok
Telegram va uning beta versiyasi boʻyicha yangiliklar hamda ma’lumotlarni ulashib boradigan bir qator xorij telegram kanallari Premium obunasiz stories qoʻyish imkoniyati birinchilardan boʻlib oʻzbekistonliklar uchun ishlay boshlagani haqida yozmoqda.
Ayrim ma’lumotlarga koʻra, messenjer ommaviyligiga qarab bu bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan boʻlishi ham mumkin. Ya’ni boshqa tarmoqlarga nisbatan Oʻzbekistonda Telegram keng tarqalgan. Shu sabab ham bu imkoniyat birinchilardan boʻlib bizga taqdim etilgan boʻlishi mumkin.
Sen tomonda turganlarga soʻraganlarini bermasang, nega sen tomonda turishsin, deganlari shu boʻlsa kerak-da. Albatta, nima boʻlganda ham mana shunday islohotlar uchun Paveljonga rahmat :)
@masofatalim
Magistratura natijalari e’lon qilindi
Magistraturaga kirish uchun elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Undan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgordan 6 393 nafari o‘qishga tavsiya etilgan.
@masofatalim
O‘zbekistonda 4 metrlik shokolad tayyorlanadi
Toshkent shahrida uzunligi 4 metr bo‘lgan shokolad tayyorlanadi. 1-sentabr kuni soat 19:00da “Navro‘z” bog‘ida bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbirda “Iman chocolate and fruits”ning professional jamoasi tomonidan tayyorlangan noyob ta’mga ega shokoladlarni ta’tib ko‘rish va rekord darajadagi shokolad tayyorlash jarayonlarini kuzatish imkoniyati yaratilmoqda. Kirish bepul.
@masofatalim
#Rasman
⚡️ Imtihondan yiqilganlar ham endi talaba bo'lishi mumkin!
✅ Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.
Unutmang, bu siz uchun oxirgi imkoniyat boʻlishi mumkin!
🚀 Yuqoridagi 8ta yoʻnalishdan birini tanlang va kirish imtihonlarida ishtirok etib(DTM balingiz 60 va undan yuqori boʻlsa imtihonsiz), talaba boʻling.
👉 Maxsus imkoniyatlar.
NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!
🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish
📞 78-113-21-22
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
Maktab o‘quvchilarining ma’lumotlari qaysi qo‘llarda?
O‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun faoliyat yuritib kelgan kundalikcom — yagona elektron ta’lim platformasi endilikda emaktabuz bo‘lar ekan.
Mazkur platformaning egasi “Kundalik” MChJdir. Ammo o‘zbek o‘quvchilarining ma’lumotlarini o‘zida jamlagan ushbu platforma egalarining ro‘yxatida birorta O‘zbekistonga aloqador tashkilot yo‘q. Biri Rossiya, ikkinchisi Shvetsariya va uchinchisi esa Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalardir. Platforma esa pulli.
Darvoqe, o‘sha paytdagi Xalq ta’limi vazirligi buni “davlat xususiy sherikchiligi asosida” degandi. Ammo ta’sischilar ro‘yxatida xususiylardan tashqari bo‘lishi shart bo‘lgan ta’sischilar qayerda? Platformaning pulli ekani esa alohida bahsli mavzu.
@masofatalim
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda
Universitet talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlardan birida sifatli ta'lim oling!
Bakalavrda:
•Pedagogika va psixologiya
•Boshlang'ich ta'lim
•Maktabgacha ta'lim
•Ingliz tili va adabiyoti
•Rus tili va adabiyoti
•Tarix
•Jismoniy madaniyat
•Iqtisodiyot
•Moliya
•Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
•Konchilik ish
•Davolash ishi
•Stomatologiya
•Farmatsevtika
💲 Sirtqi ta’lim yo’nalishlari kontrakti 12 million so’mdan boshlanadi.
DTM natijalariga ega abituriyentlar uchun ham qabul davom etmoqda❗️
Onlayn ariza topshirish
📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
Budjet mablag‘larining samarali ishlatilishi haqida
Bir necha yildan beri Yoshlar ishlari agentligi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berib kelmoqda. Bugungacha mazkur tizim orqali 18 000 dan ortiq yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilgan. Buning uchun esa 33,3 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.
Mazkur tizimda yoshlarga yana bir qulaylik yaratilibdi. Endilikda xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma olgan yoshlar yoki ularning ota-onalari bank kassalariga borib navbat kutishiga aslo hojat qolmagan.
Shaxsiy kabinetga xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma yoki SMS kelgach, “davlat xizmatini davom ettirish” tugmasi bosiladi, bank plastik karta raqami kiritiladi va “yuborish” tugmasi bosiladi. Qarabsizki, talabgorga pul mablag‘i 1 bank ish kuni davomida o‘tkazib berilarkan.
Mazkur tizimga har doim qancha mablag‘ yo‘naltirilayotgani ochiqlab kelingani bir karra xursand qilsa, odamlarni ovora qilmaydigan shunaqa onlayn qulayliklarning qo‘shilayotgani o‘n karra xursand qilinadi.
@masofatalim
Hali imkon bor! "Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!
📥 Hujjatlar 5- sentyabrgacha onlayn shaklda va hududiy boʻlimlarda amalga oshiriladi.
Ma'lumki, deyarli barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli (maksimal 189 ballning 30 foizi), yaʼni 56,7 balldan past ball toʻplaganlar uchun ham talaba boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.
Yaʼni abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadilar. Lekin siz Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, otning kallasidek 200 mlnlab kontrak toʻlashdan koʻra yaxshiroq variantlar bor.
Misol uchun, biz sizga 40 ga yaqin yoʻnalishlari, dual taʼlim asosida ham oʻqib ham ishlash imkoniyati mavjud boʻlgan TOP Xususiy Renessans taʼlim Universitetda oʻqishni tavsiya qilamiz!
🟢 Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!
Kontrakt 12 mlndan boshlanadi, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin!
📞Qoʻshimcha savollar boʻlsa, murojaat qiling:
+998555067007 | Yozish💭
© Manba
@masofatalim
Kunlardan bir kun shogird ustozi piru komil yoniga kelib so‘rabdi:
- Ustoz, maktab davridan repetitorga qatnasa o‘qishga aniq kiradimi yoki oxirgi ikki yilda qattiq tayyorlansa ham aniq kiradimi?
Ustoz javob beribdi:
- Eh, bo‘tam, imtiyoz olsa yoki superkontrakt qilsa aniq kiradi.
Shogird ustozining donoligiga yana bir karra qoyil qolibdi. Tugadi.
@masofatalim
Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin
Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.
Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida — kontrakt.edu.uz ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali “super-kontrakt” uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.
Bundan tashqari, qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:
➖ kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖ kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
➖ xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.
Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.
@masofatalim
O‘zbekistonda bittasi chiqib oyda shashlik qilmoqchi bo‘lsa, boshqalari shartta osmonga chiqib somsa yopvoryapti.
@masofatalim
Anomal sentabr yaqin: Talabalar uchun qancha yotoqxona qurildi?
Hozir poytaxtning eng chekka Sergeli tumanidagi ijara narxlariga ko‘zim tushdi. Talabalar uchun taklif etilayotgan bir xonali kvartira ijarasi 300 dollardan boshlanadi. Yana birinchi oyda 50 foizlik makler xizmatiyam bor.
Har yili avgustning oxiri, sentabr boshida talabalarning yotoqxona muammosi to‘satdan kelib qoladi (xuddi anomal qish, anomal yozdek).
2021-yilda qabul qilingan Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022-yilda 37 ta, 2023-yilda 59 ta yotoqxona qurilishi kerak bo‘lgan. Shu qaror doirasida yer maydonlari ajratilgan. Budjetdan talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalar uchun 2022-yilda 228,9 mlrd so‘m, 2023-yilda 284,1 mlrd so‘m subsidiyalar ham taqsimlangan (o‘rtacha 400 o‘rinli bir yotoqxonaga 1 mln dollar atrofida subsidiya).
O‘tgan yili kun.o‘z atiga 2 dona yotoqxona qurilganini yozgan edi. Bu yil nechta yotoqxona qurildi? Nechtasi ishga tushirildi?
Balki “talabalarni odobiga ko‘ra guruhga ajratish”, “ishga joylashmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat OTM faoliyatini tugatish”, “tumanlarni universitetlarga biriktirish” kabi ennovatsion tashabbuslar ko‘rsatayotgan vazir janoblari allaqachon qurilishi kerak bo‘lgan yotoqxonalar borasida mundoq chiqish qilar, hisobot berar?
Otabek Bakirov, iqtisodchi
@masofatalim
Bugunni oʻzida DTM balli bilan talaba boʻling!🎓
🏛 Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!
📚Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (rus tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili);
• Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha);
• Boshlang‘ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim;
• Jismoniy madaniyat;
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalari bo'yicha)
📥Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!
📥Hujjatlar https://ipu-edu.uz/uz/cv internet manzil orqali qabul qilinadi.
☎️ Murojaat uchun:
+998752236060 | Yozish💬
+998752306060 | Yozish💬
Telegram | Instagram
Fuqarolarning aksariyati, aniqrog‘i 74,1 foizi hayotdan va ishlarning hozirgi holatidan juda mamnun — “Ijtimoiy fikr”
@masofatalim
“Masofaviy ta’lim” degan brendi patentladik. Endi kim bu so‘zni ishlatmoqchi bo‘lsa, kelib pulini to‘lab qo‘ysin :)
#tushungantushundi
@masofatalim
Bugungi valyuta kurslari:
1 AQSh dollari = 12 084,84 soʻm
1 Yevro = 13 068,55 soʻm
1 ta ovoz = 1 ta ichimlik (hozircha stabil)
P.S. Ovoz berishga majburlash javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin :)
@masofatalim
Davlat oliy ta’lim muassasalari xususiy yoki xorijiy OTMlarga qarab (yoki bizning qayerimiz kam deb) har qancha reklamaga pul sarflamasin, jozibadorlik va qulaylikka, ayniqsa, ta’lim sifatiga urg‘u bermasa, barchasi befoyda.
@masofatalim
📢 Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida DTM natijangiz bilan talaba bo'ling!
✅Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.
DTM imtihonlarida yaxshi natijaga ega bo'lgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz o'qishga qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, universitetda imtihon jarayonlari davom etmoqda!
❗️Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajakni shu yerdan boshlang!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
Telegram barcha foydalanuvchilar uchun stories qo‘yishni bepul qildi. Bu imkoniyat uchun endi premium shartmas.
@masofatalim
DXX kubogida Jizzax viloyatining “Turon” jamoasi gʻolib boʻldi
26-avgust kuni poytaxtning “Jar” stadionida futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. DXX kubogi joriy yilda 250 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan va ilk marta ayol-qizlar o‘rtasida ham musobaqalar tashkil etilgan. Qizgʻin davom etgan final oʻyinida Jizzax viloyatining “Turon” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
@masofatalim
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov abituriyentlarning 40 foizidan ortig‘i 56,7 ball ham ololmaganini musibat deb atadi
“Arzimagan narsalar bilan ovora bo‘lib yuraveramiz. Kuni kecha internetda Hindistondagi olimlar birlashib, Oyga o‘z apparatini qo‘ndirishganini eʼlon qildi. Hindiston yoki boshqa davlatlar Oyga apparat chiqarib, kosmik kemasini chiqarib, butun dunyoni lol qoldiradigan texnikalarni yaratib, ilm-u maʼrifatni butun dunyoga oshkor qilyapti, shu bilan tortishyapti. Biz haliyam soqolni qanday qo‘yishlikni, kiyimni qanaqa kiyishlikni tortishib yuribmiz. Tortishuvlarni to‘xtatmagunimizcha, ilm-maʼrifat bilan shug‘ullanmagunimizcha xalqimiz baxtli-saodatli bo‘lishi qiyin gap.
Mana bu yil maktab o‘quvchilarining o‘qishga topshirgan ballari eʼlon qilindi. 40 foizi 2 ga yarasha ham javob bermagan. Mana buni gapirish kerak. Bu biz uchun musibat. Agar bolalarimizning 40 foizi 2 ga yarasha ham javob bermagan bo‘lsa, biz buning tashvishini qilishimiz kerak. Turli mayda-chuyda masalalarda tortishishni to‘xtatib, soqolning uzun-kaltaligiyu, kiyimni qanday kiyishni muhokama qilishni chekkaga qo‘yib, ilm-maʼrifat bilan shug‘ullanmasak, xalqimiz baxtli-saodatli bo‘lishi qiyin masala”, — deydi muftiy.
Manba
@masofatalim
⚡️Alfraganus universiteti — yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi!
Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o'quv yili yakuni bo'yicha “Nodavlat ta'lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan 19-31-iyul kunlari “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2023” ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.
To'liq jamoatchilik fikriga asosanlangan ushbu tanlovda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Alfraganus universiteti 20707 ta ovoz bilan g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egalladi.
Avval e'lon qilganimizdek, g'olib OTMga “eng yaxshi nodavlat oliygoh” statuetkasi, maxsus sovg'a hamda 15 mln so'm miqdoridagi naqd pul mukofoti topshirildi. Universitet jamoasi kelgusida ham eng yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!
Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish joizki, Alfraganus Universiteti Toshkent shahri, Yunusobod tumanida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida 37 ta bakalavr, 10 ta magistratura ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil berib kelmoqda.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Baholarni qalbakilashtirib o‘qishga kirish ham boshlanibdi
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishga tavsiya qilingan 2000 nafardan ziyod texnikum bitiruvchilarga tegishli boʻlgan maʼlumotlar oʻrganilganda baholarni qalbakilashtirish (“3” va “4” baholarni “5” bahoga oʻzgartirganlik holatlari) hamda Hukumatning tegishli qarori talablariga zid boʻlgan 68 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
@masofatalim
Ijod maktablari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bitiruvchilari joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 100 foiz o‘qishga kirgani haqida xabar bermoqda.
Avvaliga ko‘rib odam “ajoyib” deb quvondi, ammo googlejonga “ijod maktablari imtiyozlar” deb qidirilsa, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bir qator yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinishi haqida ma’lumotlar chiqib keldi.
Qissadan hissa shuki, ajoyibmasakan.
@masofatalim
Qaysi banklar imtiyozli ta’lim krediti berishni boshladi? Ta’lim kreditini qanday olsa bo‘ladi?
Читать полностью…