masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

HOZIROQ ONLAYN RO'YXATDAN O'TING VA DTM BALLINGIZ BILAN TALABA BO'LING!🎓

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

📚Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (rus tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili);
• Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha);
• Boshlang‘ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim;
• Jismoniy madaniyat;
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalari bo'yicha)

📥Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

📥Hujjatlar https://ipu-edu.uz/uz/cv internet manzil orqali qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998752236060 | Yozish💬
+998752306060 | Yozish💬

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Masofatalim™

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Endilikda saytdagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, tartibi bo‘yicha uzog‘i bilan mandat 20-avgust kuni chiqishi kerak. Nima deb o‘ylaysiz, amalda faqat nomi o‘zgargan Bilim va malakalarni baholash agentligi bu yil har yilgi “an’anasi”ni buzgan holda mandatni o‘z vaqtida e’lon qiladimi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hindistonlik 18 yoshli grossmeyster, yoshlar o‘rtasida 3 karra jahon chempioni, shaxmat tarixidagi eng yosh xalqaro master (10 yoshida) Rameshbabu va o‘g‘li bilan faxrlanayotgan uning onasi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qiziga Yagona O‘zbekiston deb ism qo‘ymoqchi bo‘lgan ota farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilmayotganidan shikoyat qildi. Voqea Navoiy viloyatida bo‘lgani aytilmoqda.

P.S. Yangi O‘zbekiston deb qo‘yganda muammosiz guvohnoma olardi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Mustaqillik maydonida bir necha kun ogʻzi ochiq turgan va kechagi tanqidiy postga sabab boʻlgan lyukning ogʻzini yopib ketishibdi. Baraka topishsin, qilsa boʻlarkan-ku.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Diplomat University - bu imkoniyatlar markazi 🤩

Bu yerda tajribali ustozlar, o'z sohasining yetuk mutaxassislari va intiluvchan talabalardan iborat ahil jamoa bor 🎯

Shuningdek, rivojlanish uchun qulay sharoit va o'qish bilan bir qatorda ishlash imkoniyati ham yaratilgan 💼

👉 Yo'nalishlar
📄 Litsenziya
🎓 Grantlar
💵 20% lik chegirma
🔖 UZBMB (DTM) ball bilan talabaga aylaning

Siz ham oilamizga qo'shilishni xohlaysizmi? Hoziroq ro'yhatdan o'ting: apply.diplomat.university/

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 88 126 88 88 / @Diplomatuni
☎️ +998 88 124 88 88 / @Diplomatuniv
🌐 diplomat.university

Telegram | Facebook | Instagram | diplomatuniversity">You Tube

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaxshi xabar: talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi. Shtabda barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kelib tushgan so‘rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonliklarni eng ko‘p nima hayratga solmoqda?

Platina.uz poytaxtdagi bir nechta manzillarda bo‘lib, so‘nggi bir oy ichida aholini eng ko‘p hayratga solgan voqealar, aniqrog‘i ularni qiynayotgan muammolarga qiziqibdi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=muQzYQwtCvc

Читать полностью…

Masofatalim™

Nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar

2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davri davomida faoliyati litsenziyalangan 65 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan 38 tasiga litsenziya berishda 82 ta holatda turli kamchilik va qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

22 ta holatda talabgorlarga davlat yong‘in nazorati va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining tegishli xulosalari olinmagan holda litsenziya berilgan.

Shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan talabgorlar tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq elektron tizimga o‘quv reja va fan dasturlari to‘liq yuklanmagan yoki umuman yuklanmagan bo‘lsa-da, ularga litsenziyalar berib kelingan.

Tahlil yakunlari bo‘yicha nodavlat OTMlarni tashkil etish faoliyatini litsenziyalash sohasida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan va Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Lox bo‘lmang

O‘zining beo‘xshov qiliqlari bilan tanilgan vaynerlardan biri (ismi sir qola qolsin) biznes trening boshlabdi. “Xato qilyapsizmi, demak, to‘g‘ri yo‘ldasiz. Xatolardan tajribalar hosil bo‘ladi”. Qisqasi, shu kabi vala-vala va yana vala-vala gaplar, xullas. Achinarlisi shuki, yuzlab odam shu gaplar uchun kamida 200$ dan to‘lagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ 420 Grant (Byudjet)dan birini qoʻlga kiriting!

🏆 Namangan xalqaro universitetida grantlar barcha ta'lim shakllari (kunduzgi, kechki va sirtqi) uchun amal qiladi.

Mavjud yoʻnalishlar

😉 Barcha NamXU talabalari 2-semestrdan grantni qoʻlga kiritishlari mumkin!

Kontrakt narxlari ham eng arzoni

❗️Shunday ekan shoshiling, hoziroq NamXU talabasi bo'lishga ulguring.

🎓 O’qishga kirish uchun hujjat topshirish

🖇 O‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📍Qo'qon va Andijon qabul ofislari

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Masofatalim™

Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi statistik ma’lumotga tayansak, joriy yilda 439 337 nafar abituriyent 56,7 balldan ham kam ball “to‘plabdi”. 946 mingdan ziyod abituriyentga testda ishtirok etish imkoni berilgan. Qariyb 50 ming nafar abituriyent esa imtihonga kelmagan. Bu degani imtihonga kirgan abituriyentlarning qariyb 50 foizi minimal 56,7 ball to‘playdigan bilimga ham ega emasligini anglatadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Imtiyozlar

Hukumat qarori bo‘yicha yotoqxonalarga joylashtirishda ushbu ro‘yxatdagi talabalarga ustuvorlik berilib, birinchi navbatda shular yotoqxona olar ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kompyuter o‘yinlari o‘ynab o‘tirganlar ushlanibdi. “Ota-onalar qayerga qarashmoqda” deb oh urmoqda muxbir yigit. Yana kamiga “birorta bir bo‘sh joya topa olmadik” deb ham nido qilgan.

Video: Trolluz

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🚀Kutib oling: “REIWA JAPANESE SCHOOL” dan yana bir ajoyib loyiha!

2024-yil aprel oyi uchun hujjat topshirgan barcha talabalar uchun AKSIYA e’lon qilinmoqda.

🎁 AKSIYAda 4 ta sovrin mavjud:

✈️ 1 ta AVIABILET
📲 1 ta Iphone 14
💻 2 ta Noutbuk

15-avgustdan 25-avgustgacha shartnoma imzolang va sovg’alardan biriga ega bo’ling.

Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998 71 200 60 07 | @reiwa_admin2

Manzil: Chilonzor tumani, 12-daha OAZIS SAVDO MARKAZI 3- qavat

💬Telegram 📹YouTube 📹Instagram 📹Tik-Tok

Читать полностью…

Masofatalim™

1-kursga qabul qilinganlar yotoqxonani onlayn oladi

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘qishga qabul qilingan abituriyentlar yotoqxona olish uchun onlayn ariza berishi mumkin.

Arizalar qabuli 20-avgustdan boshlangani xabar qilingandi. Ammo mandat 22-avgust kuni tunda e’lon qilingani hamda my.gov.uz portalga o‘qishga kirganlarning bazasi hali yuklanmagani sabab hozirda bu xizmat ishlamayapti. Aytishlaricha, 1-kursga tavsiya etilganlarning maʼlumotlarini yuklash taxminan bugun kechgacha hal bo‘ladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganingizni aniqlasangiz bo‘ladi

🔥 Ha, buning iloji bor.

Pastdagi botlardan biriga ID raqamingizni yuborish orqali o‘qishga kirish ehtimolingiz necha foiz ekanini bilib olsangiz bo‘ladi.

Bot siz topshirgan yo‘nalishga qancha kvota ajratilgani, grant-kontrakt, jami imtihon topshirgan abituriyentlar orasida nechanchi o‘rinda ekaningiz va talaba bo‘lish ehtimolingiz qancha foiz ekani haqidagi ma’lumotlarni chiqarib beradi.

Rasmiy mandatni kutmasdan tezroq talaba bo‘lish imkoningiz qancha ekanini tekshirib oling!

Quyidagi botlarga ID raqamni yuboring:

👉 @edtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @edtm_mandat2bot
👉 @edtm_mandat3bot
👉 @edtm_mandat4bot
👉 @DTMStat_Bot

Читать полностью…

Masofatalim™

Ko‘pchiligimiz kamida bir marta bo‘lsa ham bitta barmog‘i yo‘q odamga duch kelganmiz. Nimadir sabab tufayli barmog‘idan ayrilgan odamlar ham ko‘plab topiladi. O‘z navbatida bu bir qancha qiyinchiliklar ham tug‘diradi. Ammo ilk marta O‘zbekistonga protez barmoqlar ham keltirilibdi. Bemorni barmog‘ini o‘lchab, juda qulay va sifatli qilib qo‘yib berisharkan. Yaxshi tomoni protezni yechib qo‘yib, kerak payti yana taqib olinsa bo‘larkan. Ruchkada ham bemalol yozsa bo‘larkan. Tanishlarga yuborib qo‘yamiz, ko‘pchilikka foydasi tegadi, albatta.

Murojaat: +998909866544
Telegram: +998958476544

Читать полностью…

Masofatalim™

Osiyo Xalqaro universitetiga DTM natijangiz bilan hujjat topshiring

Buxoro shahrida joylashgan Osiyo Xalqaro universitetiga DTM imtihonlarida to‘plagan ballaringiz bilan talaba bo‘lish imkoniyatidan foydalaning.

Keng tanlov imkoniyati:

🔹17 ta ta’lim yo‘nalishlari

Bundan tashqari oliygohimizga chet el va mahalliy universitetlardan o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud.

🌐  Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
📂 Litsenziya: 047757-son

Batafsil ma’lumot uchun:
☎️ +998553050009

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakolatli organ sifatida ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermaganini va litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkinligini ma’lum qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

#RASMAN

⚡️Baland reytingga ega oliygohlardan biri - Japan Digital University'dan navbatdagi xushxabar.

DTM (UzBMB) da to'plagan natijangiz orqali JDU'ning omadli talabasiga aylaning!

Kirish imtihonlarida qatnashgan bo'lsangiz, shu havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim👉: https://www.jdu.uz/page38829637.html

Aytgancha, universitetimizda siz kontrakt to'lovini yil davomida bo'lib to'lash bandini faollashtirish imkoniga egasiz.

Unutmang! Yaxshi obro'ga ega oliygohda, xorijiy ustozlar qo'lida o'qigan talaba - har doim ish beruvchining e'tiborini jalb qiladi.😉

📌Postni yaqinlaringizga ham yuboring! Zero, siz orqali ular hayotidagi o'z o'rnini topishi mumkin.

Bizda 7-qabul davom etmoqda.

🔗Hujjat topshirish uchun

☎️ 71-200-05-95

Sayt | Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube

Читать полностью…

Masofatalim™

Muammolarni hal qilishning oʻzbekcha modeli

14-avgust kuni (dushanba) kechqurun soat 23:30 larga yaqin poytaxtning qoq markazi, Mustaqillik maydoni metro bekatidan shundoq chiqqanda chap tomondagi holat — lyukning qopqogʻi yoʻq, katta ochiq turgandi. Odam tushsa tushib ketadi. Yoshroq bolalarning tushib ketishi ehtimoli esa yuqori.

Holatni rasmga ola turib, “mayli, biror sabab bilan qopqogʻi ichiga tushgandir, yoki qaysidir qoʻli qichigan tashlab yuborgandir, darrov internetga chiqarmay, mas’ullarning oʻziga aytay” deb tunda naqd 3 ta tashkilotga (suv ta’minot, issiq suv va kommunal vazirlik operatorlariga) telefon qilib, holat va joylashuv haqida ma’lumot berildi.

Bugun, 17-avgust (oradan 3 kun oʻtib) yana shu joydan oʻtib keta turib, rasmdan oʻng tomondagi holatga koʻz tushdi — qopqogʻi yopilmagan, lang ochiq. Ammo “Veolia” yozuvi bor panjarani qoʻyib qoʻyishgandi. Essiz, tunda telefon qilib xabar berilgani, essiz muammoni mas’ullarning oʻzi orqali hal qilish, degan oʻta porloq gumon… Afsus!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaqinda shunday bir kun keladiki, unda tashkilot sifatida oliy ta’lim alohida bo‘ladi, innovatsiya alohida😉

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🎓 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filialida qabul davom etmoqda!

✅ Oliygohda 2023/24-o‘quv yili qabul kvotasi 500 ta o‘rindan iborat:

Kunduzgi ta’lim shakli uchun – 106 ta davlat granti, 244 ta kontrakt;
Sirtqi ta’lim shakli uchun – 150 ta kontrakt.

Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

❗️Kirish imtihonlari (rus tilida) test shaklida matematika va rus tili fanlaridan topshiriladi.

Hujjatlar 20-avgustga qadar onlayn tarzda qabul.mpei.uz sayti orqali qabul qilinadi.

📌 Filialda ta’lim jarayonlari rus tilida olib boriladi.

☎️ Murojaat uchun: @priemmpeiuz, +998951457741, +998951457742, +998951457743, +998951457745, +998951457746

Sayt | TelegramTa’lim reklamasi

Читать полностью…

Masofatalim™

No comment...

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️16-AVGUST TEST NATIJALARI BUGUN EʼLON QILINADI!

Perevodchilar oʻz ballarini @MANDATJAVOBBOT telegram botiga shunchaki ID-raqamni jo'natish orqali bilish imkoniyati mavjud.

👨🏻‍💻 ID-raqamni jo'nating va hech qanday muammosiz o'z ballaringizni bilib oling:

👉 @mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 15-avgust kuni nashr etilgan sonidagi maqoladan bitta parcha e’tiborni tortdi: “Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etildi”, deyilgan unda. Buni o‘qib turib, 2020-yilda ayni mana shu mavzudagi katta bir muammoni ko‘targanimiz esga tushdi.

Yaqin tarixgacha OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal 189 ball to‘plab ham yoshlar to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Hududlar miqyosida kvotalarning ajratilishi sabab bu holat kelib chiqqandi. Ammo 2021-yilga kelib, bu muammo tubdan yaxshi tomonga o‘zgarib ketdi.

Endi maksimal ball yiqqan abituriyentlar grant kirishi kafolatlandi, buning ustiga Prezident grantiga davogar sifatida belgilandi. Prezident granti haqida esa batafsil ma’lumot bu yerda. Umuman olganda, maqolani o‘qib chiqishni ham tavsiya qilamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tavba, bir holatda kompyuter o‘ynab o‘tirgan yoshlarni jinoyatchidek ko‘rsatuvga olib chiqishsa, boshqa holatda esa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun kibersport musobaqasi shiori ostida counter-strike o‘ynatishgan.

P.S. Sal kelishib olinglar-e :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Va nihoyat, yotoqxona olishda shaffoflik sari qadam tashlandi

Hukumat qarori bilan davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.

2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 25-avgustgacha topshiriladi.

2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va texnikumlari talabalari uchun stipendiya joriy etildi

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, kamida 7,5 IELTS sertifikatiga ega hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (hozirda 990 ming so‘m) har oylik stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi. Bu haqida 11-avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал