masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Muammolarni hal qilishning oʻzbekcha modeli

14-avgust kuni (dushanba) kechqurun soat 23:30 larga yaqin poytaxtning qoq markazi, Mustaqillik maydoni metro bekatidan shundoq chiqqanda chap tomondagi holat — lyukning qopqogʻi yoʻq, katta ochiq turgandi. Odam tushsa tushib ketadi. Yoshroq bolalarning tushib ketishi ehtimoli esa yuqori.

Holatni rasmga ola turib, “mayli, biror sabab bilan qopqogʻi ichiga tushgandir, yoki qaysidir qoʻli qichigan tashlab yuborgandir, darrov internetga chiqarmay, mas’ullarning oʻziga aytay” deb tunda naqd 3 ta tashkilotga (suv ta’minot, issiq suv va kommunal vazirlik operatorlariga) telefon qilib, holat va joylashuv haqida ma’lumot berildi.

Bugun, 17-avgust (oradan 3 kun oʻtib) yana shu joydan oʻtib keta turib, rasmdan oʻng tomondagi holatga koʻz tushdi — qopqogʻi yopilmagan, lang ochiq. Ammo “Veolia” yozuvi bor panjarani qoʻyib qoʻyishgandi. Essiz, tunda telefon qilib xabar berilgani, essiz muammoni mas’ullarning oʻzi orqali hal qilish, degan oʻta porloq gumon… Afsus!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaqinda shunday bir kun keladiki, unda tashkilot sifatida oliy ta’lim alohida bo‘ladi, innovatsiya alohida😉

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🎓 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filialida qabul davom etmoqda!

✅ Oliygohda 2023/24-o‘quv yili qabul kvotasi 500 ta o‘rindan iborat:

Kunduzgi ta’lim shakli uchun – 106 ta davlat granti, 244 ta kontrakt;
Sirtqi ta’lim shakli uchun – 150 ta kontrakt.

Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

❗️Kirish imtihonlari (rus tilida) test shaklida matematika va rus tili fanlaridan topshiriladi.

Hujjatlar 20-avgustga qadar onlayn tarzda qabul.mpei.uz sayti orqali qabul qilinadi.

📌 Filialda ta’lim jarayonlari rus tilida olib boriladi.

☎️ Murojaat uchun: @priemmpeiuz, +998951457741, +998951457742, +998951457743, +998951457745, +998951457746

Sayt | TelegramTa’lim reklamasi

Читать полностью…

Masofatalim™

No comment...

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️16-AVGUST TEST NATIJALARI BUGUN EʼLON QILINADI!

Perevodchilar oʻz ballarini @MANDATJAVOBBOT telegram botiga shunchaki ID-raqamni jo'natish orqali bilish imkoniyati mavjud.

👨🏻‍💻 ID-raqamni jo'nating va hech qanday muammosiz o'z ballaringizni bilib oling:

👉 @mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 15-avgust kuni nashr etilgan sonidagi maqoladan bitta parcha e’tiborni tortdi: “Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etildi”, deyilgan unda. Buni o‘qib turib, 2020-yilda ayni mana shu mavzudagi katta bir muammoni ko‘targanimiz esga tushdi.

Yaqin tarixgacha OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal 189 ball to‘plab ham yoshlar to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Hududlar miqyosida kvotalarning ajratilishi sabab bu holat kelib chiqqandi. Ammo 2021-yilga kelib, bu muammo tubdan yaxshi tomonga o‘zgarib ketdi.

Endi maksimal ball yiqqan abituriyentlar grant kirishi kafolatlandi, buning ustiga Prezident grantiga davogar sifatida belgilandi. Prezident granti haqida esa batafsil ma’lumot bu yerda. Umuman olganda, maqolani o‘qib chiqishni ham tavsiya qilamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tavba, bir holatda kompyuter o‘ynab o‘tirgan yoshlarni jinoyatchidek ko‘rsatuvga olib chiqishsa, boshqa holatda esa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun kibersport musobaqasi shiori ostida counter-strike o‘ynatishgan.

P.S. Sal kelishib olinglar-e :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Va nihoyat, yotoqxona olishda shaffoflik sari qadam tashlandi

Hukumat qarori bilan davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.

2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 25-avgustgacha topshiriladi.

2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va texnikumlari talabalari uchun stipendiya joriy etildi

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, kamida 7,5 IELTS sertifikatiga ega hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (hozirda 990 ming so‘m) har oylik stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi. Bu haqida 11-avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2022-yilda “Yoshlar daftari”dagi imkoniyatlardan foydalangan yoshlar haqidagi ma’lumotda “Talabaga madad” loyihasi orqali 85 812 nafar yoshning kontrakt to‘loviga yordam berilgani va “Kelajak kasblari” loyihasida o‘qigan yoshlarning soni ko‘proq quvontiradi. Bittasi ilmga, ikkinchisi kasblarga qaratilgan. Baliq berib emas, baliq tutishni o‘rgatib tarbiyalaydi.

Ushbu ma’lumotlar Yoshlar ishlari agentligining bir yarim yillik faoliyati, tashkil etgan loyihalari, moliyaviy hisoboti, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlari to’g’risidagi “Yoshlar siyosati” jurnalida taqdim etilgan. Jurnalda juda ko‘p qiziq ma’lumotlar bor. Ajoyib menejerlik ishi ham bo‘libdi.

Hammasidan ham xursand qiladigani esa, rivojlangan davlatlardagi singari mana shunaqa ochiq ma’lumotlarga boy, ilmiy ish qilishda ham foydalansa bo‘ladigan jurnalning taqdim etilishi ham katta qadam. Bir so‘z bilan aytganda, bizda ham qilsa bo‘larkan-ku! Jurnalni yuklab olish.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda

Universitet talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlaridan birida sifatli ta'lim oling!

Bakalavrda:
•Pedagogika va psixologiya
•Boshlang'ich ta'lim
•Maktabgacha ta'lim
•Ingliz tili va adabiyoti
•Rus tili va adabiyoti
•Tarix
•Jismoniy madaniyat
•Iqtisodiyot
•Moliya
•Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
•Konchilik ishi
•Davolash ishi
•Stomatologiya
•Farmatsevtika

💲 Sirtqi ta’lim yo’nalishlari kontrakti 12 mln so’mdan boshlanadi.

DTM natijalariga ega abituriyentlar uchun ham qabul davom etmoqda❗️
🗂 Litsenziya: 047757-son

👉 Onlayn ariza topshirish

📞 Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Masofatalim™

Barcha hududlarda test sinovlari to’liq tugadi, endi amaldagi qonunchilik bo‘yicha 10 kun ichida mandat chiqishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaqindagina faoliyatini boshlagan O‘zbekistonning Truck FM onlayn radiokanali 60 mingdan ortiq radiostansiyalar efirlarini jamlagan AQSHning Radio.net platformasiga qo‘shilibdi. Radio.net — bu maxsus sayt va mobil ilova bo‘lib, unda dunyoning ko‘plab mamlakatlari radiokanallari, podkast eshittirishlari mavjud. Undan foydalanish ham bepul bo‘lib, AQSHdagi eng taniqli radio dasturlardan biri hisoblanadi.

“Truck FM radiokanali o‘zbek radio stansiyalari qatorida birinchilardan bo‘lib Radio.net orqali dunyo tinglovchilariga yetib bordi. Truck FMning AQSH platformasiga qabul qilinishiga asosiy sabablar, AQSHda o‘zbekistonlik o‘zbeklarning ko‘pligi, radioning 24/7 formatda uzluksiz ishlashi va 32, 64, 128, 256, 320 kbps sifatlarda audio formatlarga ega ekani, shuningdek, radio efirlarida faqat musiqa emas, maqsadli eshittirishlarning ham mavjudligidir”, degan mutaxassis Jaloliddin Mirzayev.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

#Qabul2023 #Natija
⚡️Oʻn birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 9-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:

👉 @mandatjavob_bot
👉 @mandatjavob_bot
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonliklarni eng ko‘p nima hayratga solmoqda?

Platina.uz poytaxtdagi bir nechta manzillarda bo‘lib, so‘nggi bir oy ichida aholini eng ko‘p hayratga solgan voqealar, aniqrog‘i ularni qiynayotgan muammolarga qiziqibdi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=muQzYQwtCvc

Читать полностью…

Masofatalim™

Nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar

2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davri davomida faoliyati litsenziyalangan 65 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan 38 tasiga litsenziya berishda 82 ta holatda turli kamchilik va qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

22 ta holatda talabgorlarga davlat yong‘in nazorati va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining tegishli xulosalari olinmagan holda litsenziya berilgan.

Shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan talabgorlar tomonidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq elektron tizimga o‘quv reja va fan dasturlari to‘liq yuklanmagan yoki umuman yuklanmagan bo‘lsa-da, ularga litsenziyalar berib kelingan.

Tahlil yakunlari bo‘yicha nodavlat OTMlarni tashkil etish faoliyatini litsenziyalash sohasida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan va Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Lox bo‘lmang

O‘zining beo‘xshov qiliqlari bilan tanilgan vaynerlardan biri (ismi sir qola qolsin) biznes trening boshlabdi. “Xato qilyapsizmi, demak, to‘g‘ri yo‘ldasiz. Xatolardan tajribalar hosil bo‘ladi”. Qisqasi, shu kabi vala-vala va yana vala-vala gaplar, xullas. Achinarlisi shuki, yuzlab odam shu gaplar uchun kamida 200$ dan to‘lagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ 420 Grant (Byudjet)dan birini qoʻlga kiriting!

🏆 Namangan xalqaro universitetida grantlar barcha ta'lim shakllari (kunduzgi, kechki va sirtqi) uchun amal qiladi.

Mavjud yoʻnalishlar

😉 Barcha NamXU talabalari 2-semestrdan grantni qoʻlga kiritishlari mumkin!

Kontrakt narxlari ham eng arzoni

❗️Shunday ekan shoshiling, hoziroq NamXU talabasi bo'lishga ulguring.

🎓 O’qishga kirish uchun hujjat topshirish

🖇 O‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📍Qo'qon va Andijon qabul ofislari

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Masofatalim™

Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi statistik ma’lumotga tayansak, joriy yilda 439 337 nafar abituriyent 56,7 balldan ham kam ball “to‘plabdi”. 946 mingdan ziyod abituriyentga testda ishtirok etish imkoni berilgan. Qariyb 50 ming nafar abituriyent esa imtihonga kelmagan. Bu degani imtihonga kirgan abituriyentlarning qariyb 50 foizi minimal 56,7 ball to‘playdigan bilimga ham ega emasligini anglatadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Imtiyozlar

Hukumat qarori bo‘yicha yotoqxonalarga joylashtirishda ushbu ro‘yxatdagi talabalarga ustuvorlik berilib, birinchi navbatda shular yotoqxona olar ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kompyuter o‘yinlari o‘ynab o‘tirganlar ushlanibdi. “Ota-onalar qayerga qarashmoqda” deb oh urmoqda muxbir yigit. Yana kamiga “birorta bir bo‘sh joya topa olmadik” deb ham nido qilgan.

Video: Trolluz

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🚀Kutib oling: “REIWA JAPANESE SCHOOL” dan yana bir ajoyib loyiha!

2024-yil aprel oyi uchun hujjat topshirgan barcha talabalar uchun AKSIYA e’lon qilinmoqda.

🎁 AKSIYAda 4 ta sovrin mavjud:

✈️ 1 ta AVIABILET
📲 1 ta Iphone 14
💻 2 ta Noutbuk

15-avgustdan 25-avgustgacha shartnoma imzolang va sovg’alardan biriga ega bo’ling.

Batafsil ma’lumot olish uchun:
+998 71 200 60 07 | @reiwa_admin2

Manzil: Chilonzor tumani, 12-daha OAZIS SAVDO MARKAZI 3- qavat

💬Telegram 📹YouTube 📹Instagram 📹Tik-Tok

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ 420 Grant (Byudjet)dan birini qoʻlga kiriting!

🏆 Namangan xalqaro universitetida grantlar barcha ta'lim shakllari (kunduzgi, kechki va sirtqi) uchun amal qiladi.

Mavjud yoʻnalishlar

😉 Barcha NamXU talabalari 2-semestrdan grantni qoʻlga kiritishlari mumkin!

Kontrakt narxlari ham eng arzoni

❗️Shunday ekan shoshiling, hoziroq NamXU talabasi bo'lishga ulguring.

🎓 O’qishga kirish uchun hujjat topshirish

🖇 O‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📍Qo'qon va Andijon qabul ofislari

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Masofatalim™

Bugun kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda dilni xira qiluvchi noxush xabarlar ko‘p aylandi. Bir yosh bola suvda cho‘kib ketib vafot etgan. Ayrim kanallar uning o‘ligini rasmigacha tarqatdi. Boshqa bir holatda esa 18 yoshli yigit Spark avtomobilida daraxtga urilib vafot etgani haqida xabarlar chiqdi. Mashina majoqlanib ketgan. Vafot etgan bolaning shu holatini ham videosi tarqaldi. Yana bir xabarda esa og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, IIBBda vafot etgan odamning hamma joyini ko‘rsatilgan videolar tarqaldi.

Shularni tarqatishdan nima foyda? Mayli, xabar ekan, yomon xabar ekan. Har kim axborot izlashi va uni tarqatish huquqiga egadir, lekin endi bu darajada emas-da. Odamlarga bunaqa rasm va videolar yomon ta’sir qilyapti. Buni tarqatishdan nima manfaat bor, axir? Ayrim tahririyatlar va kanallar adminlari shunaqa rasmlar va videolarni chiqarmasdan ham ma’lumot tarqatish mumkinligini esdan chiqarmasligi kerak.

Odamlar o‘zi shundog‘am sovuq xabarlardan charchadi. Endi o‘lik rasmini va videolarini tarqatish uchun qay darajada farosatsiz bo‘lish kerak, axir? Bunchalikmas-da endi...

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Pavel Durov, Telegram messenjeri asoschisi:

O‘n yil ichida Telegram 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega bo‘ldi. Yillar davomida ko‘plab yangilanishlar va takomillashtirishlar orqali Telegram zamonaviy xabar almashish tajribasi qanday bo‘lishi kerakligini qayta belgilab berdi.

Telegram uchun navbatdagi qadam — bu xabar almashishdan tashqariga chiqish va umuman, ijtimoiy tarmoqlarda innovatsiyalarni rivojlantirish. Biz mashhurligimizdan milliardlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish, sayyoramizdagi odamlarni ilhomlantirish va ko‘tarish uchun foydalanishimiz kerak.

Bugungi kunda barcha foydalanuvchilar uchun hikoyalarning bosqichma-bosqich chiqarilishi Telegram tarixidagi ushbu yangi bosqichning boshlanishini anglatadi. O‘tgan o‘n yillik hayajonli bo‘lsa-da, keyingi 10 yil Telegram o‘zining haqiqiy salohiyatiga erishadigan vaqt bo‘ladi.

P.S. Telegram O‘zbekistonda juda ko‘plab odamlarni ish bilan ta’minlagan, deyilsa ham yolg‘on bo‘lmaydi. Ko‘pchilik kanal reklamalari orqali daromad topyapti. Telegram yana boshqa ko‘pchilikka esa daromad topishidagi eng yaxshi vositaga aylanib ulgurgan. Albatta, barchasi uchun, ayniqsa, qulayliklar va imkoniyatlar uchun Telegramga rahmat aytish kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni ortib bormoqda. Albatta, bu ijobiy holat. Sababi abituriyentlar uchun imkoniyat kengayadi. O‘z navbatida raqobat ham kuchayadi. Tanlash imkoniyati bo‘ladi.

Ammo oliy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish vakolatini hali olmay turib, o‘zini OTM sifatida ko‘rsatib, abituriyentlardan hujjatlarini qabul qilayotgan firmalar ham uchrab turibdi (1, 2, 3) . Ayrimlari hatto tegishli litsenziyasi bo‘lmay turib, qo‘rqmasdan o‘zini reklama qilmoqda.

Abituriyentlar va ota-onalar ham bu jarayonda xushyor bo‘lganlari yaxshi. Quyidagi vazirlik saytidan taqdim etilayotgan linkda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning barchasini ro‘yxati keltirilgan. Qaysidir oliygohni tanlashdan avval uni rostan ham OTM ekanini, barcha hujjatlari joyidami yoki yo‘qmi tekshirib olgan maqsadga muvofiq https://stat.edu.uz/Univer-list.php

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Telegramning 10 yilligi

14-avgust kuni hayotimizning kichik bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan Telegram messenjeri faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 10 yil bo‘ladi. Telegram shu kuni navbatdagi 10.0 yangilanishini taqdim etadi. Bunda stories’lar premium xarid qilmagan foydalanuvchilar uchun ham ishlashni boshlaydi. Bundan tashqari, messenjer bir qancha ajoyib qulayliklarni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarning telefoniga bu kabi reklama smslar kelishni boshlaganiga ancha yillar bo‘ldi. Rostan ham kimdir abituriyentlarning telefon raqamlarini sotyapti. Telefon raqam ham shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi. Millionlab abituriyentning shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga kim sotyapti? Bilim va malakalarni baholash agentligi izoh berishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tavba, adliya xodimi 1,4 mln soʻm pora oladigan darajada och qolganmi-a?

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал