Zamonaviy kasblarni 100%gacha bepul o'rganing!
«Najot Ta'lim» markazi Yoshlar ishlari agentligi bilan dasturlash, grafik dizayn va SMM sohalarini o'rganmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Kelajak kasblari» loyihasi orqali GRANT e'lon qiladi.
🇺🇿 Ta'lim grantida «Najot Ta'lim» Toshkent yoki Farg'ona filiallaridan birida o'qish niyati bo'lgan, "Kelajak kasblari" loyihasining talablariga mos yoshlar qatnashishi mumkin.
👉 Loyiha bilan tanishish va ID-raqam olish bo'yicha yo'riqnoma
Grant kim uchun: Kelajak kasblari loyihasiga kiruvchi barcha uchun
📆 Imtihon sanasi: 30-iyul va 6-avgust
📍 Imtihon manzili: «Najot Ta'lim» Chilonzor va Farg'ona filiallari
👉 Grant uchun ro'yxatdan o'tish
O‘zbekiston yoshlari orasida kuchli salohiyat va bilim egalari talaygina. Kuchli davlatni esa faqat kuchli yoshlar barpo eta oladi. “Strategik kuch” hujjatli filmida jamiyatimizning faol va muhim qatlami bo‘lgan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va undan foydalinishni uddalayotgan yigit-qizlar haqida so‘z boradi.
Filmni 24-iyul kuni soat 18:00da “Mening yurtim” telekanalida tomosha qiling.
@masofatalim
Adolatli hukm chiqarishi bilan dunyoga tanilgan amerikalik mashhur sudya Frank Kaprio asli o‘zbekistonlik talaba Muhammadodilbek Obidjonovni so‘roq qildi
Sudya suhbatdan so‘ng unga 15 ta holatdan faqat bittasini qoldirdi va Muhammadodilbek avtomashinasini noto‘g‘ri joylashtirgani uchun 35 dollar miqdorida jarima toʻlaydigan boʻldi.
Muhammadodilbek Amerikaga o‘tgan yili kelgani, Johnson and Wales universitetida o‘qiyotgani, o‘tmishda futbolchi bo‘lgani, shu tufayli o‘z agentligini ochish niyatida ekanini bildiradi. Frank Kaprio undan Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida qanday farq ko‘rishi haqida so‘raydi.
“Men mamlakatimda hech qachon yashamaganman, chunki Rossiyada futbol bilan shug‘ullanishimdan oldin bakalavr darajasini Yevropada tamomlaganman. Ya’ni O‘zbekistonda tug‘ilganman, xolos. Hayotimning deyarli ko‘p qismi mamlakatdan tashqarida o‘tgan”, — degan Muhammadodilbek.
@masofatalim
@mavzubot’da onlayn olimpiada qatnashgan, ammo pul mukofotini qoʻlga kirita olmagan qatnashchilar uchun tashkilotchilardan maxsus sovgʻalar bor ekan. Bu omadli ishtirokchilar esa random orqali hozir jonli efirda aniqlanyapti. Kuzatish uchun: https://instagram.com/platinauzb/
Читать полностью…Tibbiyot OTMlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yo‘lga qo‘yiladi
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda mavjud 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasidan 7,5 va undan yuqori bo‘lgan ingliz tili IELTS sertifikatiga hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalar ko‘pligini ta’kidlab, amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritish hamda bunday talabalarga vazir stipendiyasini to‘lab borish tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.
@masofatalim
Telegramda story qoʻyish hozircha faqat premium foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan. Ammo iOSda ham, Androidda ham bir paytda ishlayapti.
@masofatalim
Prezident, Beruniy va Navoiy kabi stipendiyalarga qiziquvchilar diqqatiga!
GrantGO loyihasi yuqoridagi kabi nomdor stipendiyalarga bu yil va keyingi yillarda topshirishni maqsad qilgan talabalar uchun mentorlik kursini taqdim qiladi!
Kurs davomida
➡️ Nomdor stipendiyalar va kerakli hujjatlar haqida barcha ma'lumot
➡️ Kerakli hujjatlarni tayyorlash
➡️ Ilmiy ishlarni chop ettirish mumkin nashrlar va qatnashish mumkin bo'lgan tanlovlar
➡️ Ijodiy va respublika bosqichidagi imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish
➡️ Ishtirokchilar hujjatlarini alohida tekshirib, kerakli tuzatish va maslahatlar berish ko'zda tutilgan
Mentor
➡️ Prezident Stipendiyasi g'olibasi (2021-22 o'quv yillari)
➡️ Birinchi xususiy stipendiya - Registon stipendiyasi g‘olibasi (2022)
➡️ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” startap tanlovi respublika bosqichi g‘olibasi (2023)
➡️ “Korpus lingvistikasi” o‘quv qo‘llanmasi va Xorijliklar uchun “O‘zbek tili A2” darslig hammualifi (2023);
➡️ Va yana ko'plab boshqa yutuqlar egasi
Kurs haqida to'liq ma'lumot
🔗 "Stipendiatlikka qadam" kursi haqida batafsil
❗️ Nomdor stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot olish uchun 21-iyul 22:00da bo'lib o'tadigan bepul ovozli chatni o'tkazib yubormang
👥 Nomdor stipendiyalar haqida ovozli chat
Telegram | Instagram | grantgouz">YouTube
🔥 Ta'lim biznesida kurslarni qanday qimmatga sotish mumkin?
Siz ham shu savolga javob topishni istaysizmi?
🥳 Kutib oling aynan siz uchun "O’quv markazlarda mavzumdan foydalanib qanday narxlarni to’g’ri oshirish" mavzusida bepul yopiq online master klassda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdingiz!
⚡️ Buning uchun quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting!
🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun link: bit.ly/kurslarni-qimmatga-sotish-master-klass
Qishda: O‘zbekiston hududida havo harorati keskin sovushi sababli tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinmoqda.
Yozda: O‘zbekiston hududida havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinmoqda.
Keskin sovuq bilan keskin issiq faqat O‘zbekistonda kuzatiladimi shunda?
@masofatalim
⚡️Rasman: Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida qabul jarayonlari davom etmoqda!
🗓 Hujjatlar 29-iyul kirish imtihoni uchun online ariza orqali qabul qilinadi.
✅ TMIIda o'qish davomida siz:
- 1.5 mlrd grant dasturida qatnashish
- Nufuzli institutda bilim va tajriba olish
- Malakali o'qituvchilar tomonidan beriladigan bilimga ega bo'lishingiz mumkin.
📲Shoshiling. Imtihonlarga yozilish uchun bot orqali ro’yxatdan o’ting👇
@timeedubot
+998712009005
(Litsenziya №043969-son, 19.10.2022y)
Rasmiy telegram: Bu yerda
Eng yaxshi sarmoya - bu bilimga bo'lgan sarmoyadir.
Ko'plab qulayliklarni o'zida mujassam etuvchi Japan Digital University'da 6-qabul davom etmoqda.
✅Ommabop va daromadli sohaga aylanib ulgurgan dasturlash;
✅O'zbekistonda keskin rivojlanayotgan yapon tili va menejement darslari;
✅Yuqori natija evaziga grant yutib olish imkoniyati.
Har bir abituriyent oliygoh tanlaganda oqilona qaror qabul qilishga haqli.😉
👉Hujjat topshirish uchun
(P.S. Kirish imtihonlari 29-iyul kuni bo'lib o'tadi)
☎️| 71-200-05-95
📍| https://yandex.ru/maps/org/65692976704
Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube
Durov ham yolgʻonchi boʻlib ketdi
Iyun oyi oxirida Telegram asoschisi Pavel Durov iyul oyi boshida messenjer stories’lar qoʻyish imkoniyati taqdim etilishi haqida xabar bergandi. Mana, iyul oyining 2/3 qismi ham tugab boryapti, haligacha yangilanishdan darak yoʻq.
Durov ham asli oʻzimizdanmikan-a?
@masofatalim
Insoniylik
Andijon shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida ishtirok etuvchi o‘quvchi qizning oyog‘i bir necha kun ilgari lat yegan va shifokorlar gipslab qo‘ygan ekan. Test yakunida xavfsizlikni ta’minlab turgan ichki ishlar xodimi uni ko‘tarib, chiqishiga yordam bergan.
@masofatalim
2021-yilgi saylovda Ekologik partiyadan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan va o‘shanda 4,1% ovoz olgan Narzullo Oblomuradov Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlanibdi.
@masofatalim
Meta kompaniyasi ham O‘zbekistonning chiroyli raqamlarni mo‘may pulga sotish tajribasini o‘rganib olib, ko‘k belgichani (✅) pullashni boshlab yuboribdi :)
Oʻzbekistonliklar ham endilikda Instagram va Facebookdan shu koʻk belgichani sotib olishi mumkin. Shuning bilan galochkaning uzoq yillik obroʻsi ham oʻldi.
@masofatalim
Pora bilan qo‘lga tushish navbati prorektorlarga
Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. fuqaro X.N. ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollari pora talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
@masofatalim
OTMlarning poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi
Andijon davlat tibbiyot institutining o‘qituvchisi o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 16 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, mazkur ishga aloqador dekan o‘rinbosari ham ushlangan.
Buxoro davlat pedagogika institutining xodimi ikki nafar fuqaroni mazkur OTMning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishdan kirish uchun bo‘ladigan imtihonlardan o‘tkazib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollari talab qilib, oldindan 4000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari uni ham ashyoviy dalillar bilan ushlagan.
@masofatalim
⚡️BUGUN KATTA ONLAYN TEST!
Kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn testda ishtirok eting!
🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Bugun yakshanba, 23-iyul kuni Oliygoh.uz va Namangan Xalqaro Universiteti hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 57-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.
📆Test vaqti: 23-iyul
(09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!
Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!
Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH
Namangan Xalqaro Universiteti - 8 ta yo'nalish bo'yicha 210 ta grantga o'rniga ega, xususiylar orasida eng arzon kontrakt narxlarini taqdim qilayotgan oliygoh.
👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Oʻzbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova AQSH shaxmatiga qo‘shgan xissalari uchun “Yil ayoli” deb e’tirof etildi.
@masofatalim
Toshkent metrosiga islohot kerak
Metroning Chilonzor yoʻlida odamlar eng koʻp foydalanadigan ertalab va kechki payt poyezdlar orasidagi vaqt juda katta. Rasmdan ham bu koʻrinib turibdi — 7,5 daqiqa. Tiqilinch. Odamlar zoʻrgʻa nafas olib ketyapti. Ertalabni gapirmasa ham boʻladi.
Hozir hamma ta’lim dargohlarida ta’til. Nisbatan odam boshqa oylarga qaraganda kamroq foydalanadi, ammo dabdalasi chiqib yotibdi. Hech yoʻq odamlar eng koʻp foydalanadigan vaqtlarda nahot orqaliq masofani qisqartirish shuncha qiyin boʻlsa?
Metroga islohot kerak. Balki yangi rahbar ham. Hozirgilari metroni “torta olmayapti”, aftidan.
@masofatalim
Cambridge'da bepul tahsil olishni istaysizmi?
🔥 Ingliz tiliga ixtisoslashgan Cambridge o'quv markazi Yoshlar ishlari agentligi va "Kelajak kasblari" loyihasi bilan hamkorlikda bepul ta'lim grantini e'lon qildi.
🚀 Ta'lim granti doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ingliz tilini 6 oy mobaynida Cambridge'da bepul o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
👉🏻 Grantda ishtirok etish shartlari bilan tanishing
📌 Ushbu ta'lim granti davomida eng yaxshi o'qigan va o'zini ko'rsata olgan yoshlarga Cambridge tomonidan ingliz kurslariga qo'shimcha 5 oylik grant taqdim etadi.
Agar siz yuqorida keltirilgan talablarga mos kelsangiz va ingliz tilini eng yaxshi o'qituvchilardan sifatli o'rganishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting!
📬 Grantda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting
📞 Tel: 78 777 77 74
Hurmatli talabalar, o'qiyotgan oliygohingiz sizga manzur kelmayaptimi?
— Sizga talaba sifatida e'tibor qilinmayaptimi?
— Kontrakt narxlari qimmatmi?
— Yashash joyingizdan ancha uzoqda joylashganmi?
Sizga taklifimiz bor!
— 210 ta Grantga o'rniga ega
— Kontrakt narxlari xususiy oliygohlar orasida eng arzon bo'lgan
— Vodiy aholisi uchun qulay joylashuvga ega bo'lgan Namangan xalqaro universitetiga o'qishni ko'chirishni tavsiya etamiz!
NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!
👉 Mavjud taʼlim yoʻnalishlar
📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz
To'liq ma'lumot uchun:
📞 +998781132122
📞 +998692395333
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
Har kuni ikki mavzuda, albatta, xabarlar bor — korrupsiya va avtohalokat
Masalan, ta’lim bo‘yicha bugungilari:
1. O‘qituvchilar malakasini oshiruvchi institutda milliardlab pullar “yeb ketilgani” aytilmoqda. Bu xabarda 8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ haqida so‘z borgan.
2. Qoraqalpoq davlat universitetning o‘quv uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan B.D. fuqaro F.Y. dan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Kechagilari:
3. Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv bo‘limi boshlig‘i A.A. 5 000 AQSH dollari pora bilan ushlandi.
4. Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi o‘qituvchining oylik maoshiga ustama qo‘shilishini ta’minlovchi va OTMga kirishda imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berish evaziga jami 17 700 AQSH dollari talab qilib, shundan 11 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Va hokazo, va hokazo. Bu ro‘yxat davom etaveradi. Masalan, kechagi va bugungi holatlar ham ta’limdagi korrupsion holatlar ekani yanada chuqur qayg‘uga soladi.
@masofatalim
Buxoroda institut bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi
DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv bo‘limi boshlig‘i A.A. fuqarolar B.S. va Q.Q. ni tanishlari yordamida 5 000 AQSH dollari evaziga ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
@masofatalim
Iqtisodchi Otabek Bakirov:
Kambag‘alchilikka qarshi kurashishning eng ta’sirli vositasi bu kambag‘allarning farzandlarini eng yaxshi maktablarda o‘qishidir.
@masofatalim
Qishloqdagi abituriyentlar hayoti
Astoydil tayyorgarlik ko‘rgan barcha bilimli yoshlar niyatiga yetsin.
Foto: Gazeta.uz
@masofatalim