Toshkent moliya instituti rektori To‘lqin Teshabayev va institut talabalari trendda qatnashibdi. Ajoyib video👍
@masofatalim
⚡️Rasman: Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.
@masofatalim
Shu bolaga hech kim e’tibor bermayotgani haqida yozgandik, har qalay Bektemir tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Komiljon Haydarov Bozorboy bilan uchrashibdi.
Lekin bu yetarli emas. Internetga chiqmagan, ommaga ma’lum bo‘lmay qolayotgan bu kabi qancha holatlar bor hali? Birorta tashkilot saytida, ochiq manbalarda O‘zbekistonda qancha bola tilanchilik qilib yurgani, umuman, hali go‘dak bo‘la turib bunaqa hayot kechirayotgani bo‘yicha hech qanday o‘rganish ham, tahlil ham yo‘q. Bular bo‘lmagandan keyin yechim qayerdan bo‘lsin?
Bozorlarda, ko‘cha-ko‘yda e’tibor bering: ko‘pchilik bolalar yo salfetka sotib yuribdi, yo tilanchilik qilyapti. Yoki boshqa mehnat bilan hali o‘zi go‘dak holida ro‘zg‘or tashvishini bo‘yniga olgan. Bunga tizimli yechim kerak.
@masofatalim
❗️Ehtiyot bo‘ling, zaharlayotgan bodringlar
Bahor oylari ilik uzildi deyiladi azaldan. Chunki bu paytda turli vitaminlarga boy milliy meva-sabzavotlar, ko‘katlar hali pishmagan bo‘ladi. Organizm esa ularni talab qiladi.
Lekin hozirgi zamonda bu muammo emas. Issiqxonalar va qo‘shimcha dorilar bilan ularni bemalol muddatidan oldin pishirib olish mumkin. Shunday bo‘lyapti ham. Mart oyida chiqqan pomidor-bodringu qulupnay giloslarning narxlari bir osmonga ham chiqib oldi.
Mayli, hozir shundog‘am muttasil oshib borayotgan (oyliklar ko‘tarilmayotgan) bir paytda ularni eslatish fikridan yiroqmiz. Bugungi mavzu meva-sabzavotlardan zaharlanish haqida.
Kanalimizga juda ko‘pchilik murojaat qilib, bodringdan o‘zlari va farzandlari zaharlanganini yozishmoqda. Belgilarga ko‘ra, bodring yegandan keyin u hazm bo‘lmayapti, keyin qorin og‘rib, ko‘ngil ayniyapti va oxiri isitma-shamollashga ulanib ketyapti.
Bodringni qayerdan sotib olishayotgani ahamiyatsiz, chunki bozorniki ham, brend do‘konlarniki ham shunday zaharlamoqda. Qayerdandir yoki kimdandir katta partiya kirgan bo‘lishi mumkin. Bu bodringlar esa obdon dorilangan, me’yoridan ortiq hatto.
Ushbu holatni o‘zimiz ham sinab ko‘rdik va amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi. Nafaqat yosh bolalar, yoshi kattalarda ham zaharlanish kuzatilyapti. Ular faqat shu bodringlardan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, SES kabi tashkilotlar yaxshilab o‘rganib, aniq xulosa va tavsiyalar bersa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Iloji boricha, ularni iste’moldan olib tashlash kerak. Hali yana qancha bodring dorilanganini bilmaymiz hatto.
Manba
@masofatalim
⚡️Rasman: Endilikda BUYUK BRITANIYA diplomini Oʻzbekistonda turib olish mumkin
Bunday imkoniyatni sizlarga PDP University taqdim etadi.
Agar siz dasturlashga qiziqsangiz va IT sohasida haqiqiy professionalga aylanish istagida boʻlsangiz, javob aniq: PDP University!
• toʻlaqonli IT universitet;
• xalqaro taʼlim dasturi;
• praktik oʻqituvchilar;
• 2-kursdan keyin 5–7–10 mln soʻmgacha maosh va boshqa imkoniyatlar.
🗓 Imtihon mantiq va matematika fanidan 20-21-may kunlari boʻlib oʻtadi.
Hoziroq ro'yxatdan o'ting!👇
📍Toshkentda 20-may: https://bit.ly/40ZUyQG
📍Viloyatlarda 21-may: https://bit.ly/40ZUyQG
☎️ Savollar uchun: +998787777747
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 10 ta OTMning QS reytingini baholatish uchun 200 ming dollar to‘labdi. Shartnoma 3-may kuni imzolangan. Qiziq tomoni, vazirlik 2022-yil oktabr oyida ham aynan ushbu OTMlar uchun baholash xizmatlarini xarid qilishga 200 ming dollar (har bir OTM uchun 20 ming dollardan) sarflagandi.
Baholatishdan avval shunga yarasha tayyor bo‘lishi kerakmasmikan? Isitish tizimidan tortib, ilmiy labaratoriyasidagi kamchiliklarni ham Open budjet orqali hal qilayotgan OTMlar avval shu kabi muammolarini hal qilib olgach, ana keyin reyting haqida o‘ylashi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.
Kulgulisi shu: kerakli va zarur jihozlar ta’minlanmagan sharoitda, TOP nechtalikkadir kirishmoqchi.
@masofatalim
2002-yil Hindistonda tugʻilgan, hozirda Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan qizning oldiga Hindistondan 1986-yilda tugʻilgan erkak kelib, unga turmush qurishni taklif qilgan. Qiz rad javobini bergach, yigit oʻzini yoqvorgan va oʻlgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
@masofatalim
🟨🟨🟨🟨🟨
🔘SERTIFIKAT kerakmi? Ko’pchilikning talablariga binoan, 50% chegirmali kurslarga start berildi! (Faqat onlayn)
✅ Yuqori darajada ommalashib borayotgan TURK TILI kurslariga META-TA’LIM | Turk tili markazi tomonidan qabul ochildi!
- Milliy sertifikat
- TYS
- Innovatsion video kurs
🔥Ushbu imkoniyat birinchi ulgurgan 50 ta inson uchun, shoshiling o’z joyingizni band qiling!
————————————————-
✅Hoziroq ro’yxatdan o’ting
👉 Ro’yxatdan o’tish
👩🏻🏫 Rahbariyat bog’lanish
📞 Call: (55)5006050
————————————————
Telegram🕊 Facebook📱 javohir.sharopov?_t=8UwLWkxFoDR&_r=1">Tik-tok📱 You-tube📺 Instagram📱
DIQQAT!
3 KUN QOLDI!
OAK tomonidan tan olingan xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnali maxsus soni uchun maqolalar qabuli e'lon qilinadi!
Educational Research in Universal Sciences “ERUS”
Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23): 5.564 (http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)
ISSN: 2181-3515
Sayt: erus.uz
Maqolalar google scholar xalqaro ilmiy bazasida indekslanadi, iqtibos oshadi. ✅
Qabul vaqti: 20-Maygacha.
Nashr vaqti: 24-May.
Qabul doirasi:
1. Filologiya fanlari
2. Pedagogika fanlari
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
4. Aniq fanlar
5. Tabiiy fanlar
6. Iqtisod fanlari
7. Psixologiya fanlari
8. San’at va madaniyat fanlari
9.Tibbiyot fanlari
10.Texnika fanlari
Qabul 7 tilda:
o‘zbek, rus, ingliz, nemis, tojik, qozoq va qoraqalpoq
Indeks:
1. Google Scholar
2. ResearchBib (OAK-14)
3. PKP | INDEX
4. Journals-CiteFactor (OAK-16)
5. Sjifaktor (OAK-23)
To‘lov: Maqola bir beti uchun (25 ming emas) 13 ming so‘m.✅
Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor
Rasmiy kanal: @Erus_uz
.
Siz oʻqimoqchi boʻlgan universitetda...👇
- Sifatli ta'lim kafolatlansa
- Fikrlaringizni hurmat qiladigan oʻqituvchilar dars bersa
- Forma bilan boshingizni qotirishmasa
- Talabalar doimiy, har tomonlama qoʻllab quvvatlansa
- Oʻqishdan keyin ish bilan ta'minlashsa
✅Shunday joyda oʻqigan boʻlarmidingiz?
Javobingiz «Ha» bo’lsa, sizni tog`ri tanlov qilganingiz bilan tabriklagan holda O’zbekistondagi yangi International Digital University (IDU)ga sizni taklif qilamiz!
IDUda:
- Britaniya standarti asosida oliy ma’lumot
- IT va Biznes sohalari bo’yicha yuqori darajada ta’lim;
- 100 tagacha grant o’rinlari
- Universitet paytida malaka oshirish;
- Bitiruvchilar uchun rivojlangan mamlakatlarda ishlash imkoni.
Sizni kutmoqda!
👉 Agar siz ham IDU talabalari qatoriga qo’shilishni istasangiz quyidagi havola orqali ariza qoldiring, bir kun ichida bizning menejerlamiz siz bilan bog’lanib batafsil ma’lumot berishadi!
Madaniyat va turizm vazirligi taklif qilgan loyiha qaysi shovvozga xizmat qiladi?
Jorj Oruelning “1984” asaridagi ahmoqona, ammo qo‘rqinchli g‘oyalar O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin. O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi har bir ishxonada odamlarga majburan musiqa va askiya eshittirishni qonun bilan belgilab qo‘ymoqchi.
Batafsil — https://pltn.uz/0f1a
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlar orqali sun’iy intellektning imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarga tez-tez duch kelyapmiz. Ushbu rasmda esa ulardan ayrimlari keltirilgan. Bu platformalarni o‘rganish va foydalanish zarar qilmaydi.
@masofatalim
Xalq tilida “Shahidlar xiyoboni” nomi bilan mashhur “Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui” bunyod etilganiga bugun roppa-rosa 23 yil bo‘ldi.
2000-yilning 12-mayida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan barpo etilgan majmua Toshkentning Bo‘zsuv kanali bo‘yida joy olgan.
Maydoni 16,5 ga. Majmua markazida balandligi 27 metrli rotonda joylashgan bo‘lib, gumbazining ichki qismi ganch o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Unda ikki – o‘zbek va ingliz tillarida “Vatan ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan shahidlar xotirasi mangu yashaydi”, degan yozuv bitilgan.
Platina.uz ushbu yodgorlik majmui va muzey haqida yaxshi lavha tayyorlabdi: https://youtu.be/aqCpn_-dXsE
Twitterda shu twit’ga koʻzim tushib qoldi. Sir boʻlmasa, siz qaysi sohada ishlaysiz? Daromadingiz qancha? Rejalar?
@masofatalim
⚡️Bugundan poytaxt yoshlar uchun uyg‘ondi: “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi
20-may kuni poytaxtning 3 ta markaziy manzilida — Chilonzor tumanidagi Gʻafur Gʻulom bog‘ida, Olmazor tumanidagi “Talabalar shaharchasi” va Yunusobod tumanidagi Sayilgoh (Broadway) ko‘chasida yoshlar uchun madaniy dasturlarga start berildi.
Bu hammasi emas! Toshkentdagi mavjud 12 tumanning istirohat bog‘larida, alleya va xiyobonlarida, ko‘ngilochar maskanlarida, sayilgohlar, yoshlar markazlari hamda 585 ta mahallada “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostidagi yoshlar festivallari boshlandi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugundan Toshkent yoshlarni yanada qattiqroq sevishni boshladi!
@masofatalim
Vazir oʻrinbosari prorektor bo‘ldi
2020-yil oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan Yusuf Qodirovich Absoatov Toshkent davlat texnika universitetiga prorektor etib tayinlangan.
Yusuf Absoatov haqida ko‘pchilik bilmasa kerak. Ha, yaqingacha ham oliy ta’limda mutaxassisligi boʻyicha kimyogar bo‘lgan IT bo‘yicha shunday “zamministr” bor edi.
Postga aloqasi yoʻq anekdot esga tushib qoldi: prorektorimiz prorektorlikka koʻtarilganmilar yo tushirilganmilar?
@masofatalim
IT Park University talabasi bo'ling!
🇪🇺🇺🇸Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.
📌Qanday qilib ITPU talabasi bo’lish mumkin?
1. my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring
2. Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshiring
3. Shartnomani imzolang va to’lovni amalga oshiring
🤖 Telegram-bot orqali batafsil ma'lumot oling: @itpu_bot
☎️ +998(55) 503-99-99
❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati e’lon qilindi.
@masofatalim
Bilib qoʻygan yaxshi
Yuqoridagi postlardan birida asqatadi soʻzi yozilgan. Ayrimlar bu soʻzni kanal adminlari xato yozgan, deb izoh yozibdi. Ha, azizlar, koʻpchilik oʻylaganidek bu soʻz asqotadi emas, asqatadi shaklida yoziladi.
Bu soʻz borasida ikkinchi boʻgʻinda a emas, o unlisi ishlatilganini koʻrsangiz, demak, xato yozishgan. Soʻzning lugʻatlarda berilgan shakli: asqatmoq.
@masofatalim
Surxondaryoda tez yordam shifokorlari sinov tariqasida elektroskuterlardan foydalanishni boshladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi buni “innovatsion yechim” deb atadi.
Darvoqe, poytaxt uchun shifokorlarga qayiq ham olib berish kerak. Yomg‘irli kunlarda bu juda asqatadi. Qorli kunlar uchun esa chang‘i tashkil qilish kerak...
@masofatalim
2 daqiqalik salyutvozlik 250 mln so‘mga tushgan
Madaniyat va turizm vazirligining Xalqaro festivallar direksiyasi 3-may kuni “MAXSEM FIREWORKS” MCHJ bilan 250 mln so‘mlik shartnoma tuzgan. Shartnomada bu mablag‘ 120 sekundlik pirotexnika shousi uchunligi ko‘rsatilgan. Davlat xaridlari portaliga ko‘ra, Xalqaro festivallar direksiyasi bu shouni “III Xalqaro baxshichilik san’at festivali” uchun uyushtirgan.
Baxshichilik festivaliga shuncha pulga bunaqa shouning nima keragi bor ekan-a?
@masofatalim
“Rektorlarni saylashga tayyormasmiz” – Abduvali Xoliqov
Oliy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan suhbatda vazirlik xodimi rektorlarni tayinlashdan voz kechish juda oson ekanini, ammo bunga hali hech kim tayyor emasligini bildirdi. U ta’lim sohasidagi mavjud holatdan kelib chiqib, hozirgi tartib to‘g‘ri ekanligini qayd etdi.
P.S. Hokimlarni saylashga tayyormasmiz, rektorlarni saylashga tayyormasmiz… Nimaga tayyormiz oʻzi, touba🧐
@masofatalim
🚀 Yoz mavzumida o’quvchilarni ko’paytirish!
🔥 Qanday qilib yoz mavsumida o'quvchilarni nafaqat ushlab qolish balki 3-5 barobarga ko'paytirish mumkin? Qaysi bo'limlarga ko'proq etibor qaratish zarur? Bularni amalga oshirish uchun nimalar qilish kerak?
✅ Aynan shu savollarga javob berish maqsadida Tizim Markaz jamoasi 21-may soat 14:00 da maxsus dars tashkil qilmoqda. Hoziroq o'z joyingiznini band qilishga shoshiling va bonusga ega bo'ling!
🎁 Agar siz 18-may sanasigacha joyingizni band qilsangiz, o'quv bo'limi orqali o'quvchilarni 3-5 barobar ko'paytirish uchun qilinishi kerak bo'lgan ishlar check-listini qo'lga kiritasiz!
🔗 Ro'yxatdan o'tish:
https://bit.ly/Masofa_talim
Telegram | Instagram | You tube
Pharmbills Academy da 2 haftalik onlayn-stajirovka
Amerikaning Pharmbills kompaniyasida stajirovka o‘tash uchun ro‘yxatdan o‘t va muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng sen istagan job-offer ga ega bo‘l.
Nima taklif etiladi:
◾️ ish haqi, $600 gross dan boshlab (sinovdan keyin);
◾️ 3/12 oy bosqichlarida ish haqini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati;
◾️ ish kunining 18:00-3:30 (full time);
◾️ onlayn ishlash imkoniyati;
◾️ zarur texnika bilan ta’minlanish;
◾️ tibbiy sug‘urta;
◾️ xalqaro treninglar va shaxsiy mentorlik;
◾️ rasmiy va uzoq muddatli kontrakt.
Nomzoddan talab etiladi:
◾️ ingliz tilini bilish darajasi Upper-Intermediate va undan yuqori (har kuni amerikalik mijozlar bilan muloqot qilish uchun yuqori so‘zlashuv darajasi);
◾️ ish tajribasining bo‘lishi shart emas;
◾️ ingliz tili va mantiq bo‘yicha testni topshirish.
🏡 Qayerda: masofadan turib ishlash
✅ Ro‘yxatdan o‘tish: https://go.academy.pharmbills.me/wek
Madaniyat va turizm vazirligi ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining madaniy saviyasini yanada oshirish maqsadidagi oʻylab topgan (!) maqomning eshitilib turishi amaliyoti haqidagi taklifidan kelib chiqib, OTMlarda talabalarning madaniy saviyasini oshirish uchun ham biror nima oʻylab topilsa qanday boʻlardi? Masalan, birinchisiga — maqom, ikkinchisiga — tanovor, uchinchisiga esa — dilhiroj.
Ulardan buni kutsa boʻladi :)
@masofatalim
Xalqaro ko‘rlar sporti federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 1-o‘rinni egallabdi. Evaziga esa hatto ularni aeroportda hech kim kutib olmagan. Faqatgina internat o‘qituvchilari va qarindoshlari kutib olishibdi.
Nega bu yoshlarga bunday munosabat? Nahotki mas’ullar amputat futbolchilar voqeasidan keyin xulosa qilmagan boʻlsa? Bu yoshlarga e’tibor qaratish uchun internetda negativ yozish shartmi? Nega oʻzlari bilib-bilib shu ishlarni tashkil qilmas ekan-a? Javobini ham oʻzimiz aytamiz: chunki bu borada tizim-pizim yoʻq!
Sportchilarimizni tabriklaymiz! Bu yoshlarni hech yoʻq 2 ta karnay-surnay bilan kutib olishni tashkil qila olmaganlarga esa aql kirib qolar, degan umiddamiz!
@masofatalim
Poytaxt rahbarlari ota-onalarga murojaat qilib, farzandlarga hech bo‘lmasa 10 daqiqa vaqt ajratib, ular bilan suhbatlashishni so‘rabdi.
@masofatalim
“1000 soʻm bering, akajonlar” deb tanilgan bolakay haqida Twitter’da yozishlaricha, ayrimlar uning ortidan pulni qilib, bolaning oʻzini quruq tashlab ketishibdi.
Aslida, achinarlisi bu emas. Gap shundaki, shu bola keysida bolalar ombudsmani yoki boshqa biror tashkilot bu holatga e’tibor bermadi. Nega bu bola shu yoshida bunday ahvolda yuribdi? Maktabi, oʻqishi nima boʻlgan? Qancha bolalar bugun shunaqa holatda? Muammo va yechimlar nimada? Yoʻq, hech kim e’tibor qilmadi (koʻrmay qolgan boʻlsak uzr). Ammo ayrim yaramaslar boladan foydalanib, pulni ishlab oldi.
Na bolaning va unga oʻxshash bolalarning nega bunday holatda yurgani haqida rasmiylar gapirdi va na keyingi taqdiri haqida. Fojiamiz shunda.
@masofatalim