masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

⚡️2024-yil uchun grin-karta natijalari 5 kundan so‘ng, 6-may kuni e’lon qilinadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Referendumning dastlabgi natijalari: 90,21% — “ha”, 9,35% — “yoʻq”.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Ilohim, tinchligimiz abadiy bo‘lsin, ayni paytda o‘tkazilayotgan referendum xalqimiz farvonligiga xizmat qilsin!”

Bir guruh hamyurtlarimiz, nuroniy otaxonlarimiz ayni paytda Saudiya Arabistonida “Umra” ziyoratini emin-erkin bajarayotganini aytib, yaratilgan shunday sharoitlar uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirishmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident Shavkat Mirziyoyev referendumda ishtirok etdi. An’anaga ko‘ra, davlat rahbariga oila a’zolari hamrohlik qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tarixiy jarayon boshlandi

Bugun O‘zbekistonda umumxalq referendumi bo‘lib o‘tadi. Unda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha xalq munosabati o‘rganiladi.

Qonunchilikka binoan, soat 08:00 dan boshlab butun respublika bo’ylab ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ovoz berish kechki payt soat 20:00 ga qadar davom etadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

DIQQAT!

ERTAGA OXIRGI KUN!

OAK tomonidan tan olingan xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnali maxsus soni uchun maqolalar qabuli e'lon qilinadi!

Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23): 5.564
(http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)

ISSN: 2181-3515

Sayt: erus.uz

Maqolalar google scholar xalqaro ilmiy bazasida indekslanadi, iqtibos oshadi. ✅

Qabul vaqti: 24-aprelgacha.
Nashr vaqti: 27-aprel.

Qabul doirasi:

1. Filologiya fanlari
2. Pedagogika fanlari
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
4. Aniq fanlar
5. Tabiiy fanlar
6. Iqtisod fanlari
7. Psixologiya fanlari
8. San’at va madaniyat fanlari
9.Tibbiyot fanlari
10.Texnika fanlari

Qabul 7 tilda:

o‘zbek, rus, ingliz, nemis, tojik, qozoq va qoraqalpoq

Indeks:
1. Google Scholar
2. ResearchBib (OAK-14)
3. PKP | INDEX
4. Journals-CiteFactor (OAK-16)

5. Sjifaktor (OAK-23)

To‘lov: Maqola bir beti uchun (25 ming emas) 15 ming so‘m.✅

Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor

Rasmiy kanal: @Erus_uz
.

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘quvchi qizlarning samosudi yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilibdi.

Darvoqe, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bu holat 12-aprel kuni yuz bergan desa, ichki ishlar 13-aprelda yuz bergan, deyapti. Kimniki to‘g‘ri endi?

UPD:
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sanani oʻzgartirib, holat 13-aprelda sodir boʻlganini qayd etibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

​​Yangilanayotgan telegram

Turli kanal/guruhlarga tanish/notanish odamlar qo‘shib qo‘yaverishidan bezor bo‘lganlar uchun telegram bu imkoniyatni barcha uchun yopib qo‘yish funksiyasini taqdim etibdi. Telegramni yangilang.

Izoh: Bu imkoniyat avval Plus messenjer kabi norasmiy ilovalarda mavjud edi, rasmiy telegram ilovasiga endi qo‘shildi.

P.S. Bu qimmatli ma’lumot obunachilarga hayitlik o‘rnida :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ko‘chada o‘quvchi qizga tashlangan iflos qo‘lga olinibdi. Tanib olinglar!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 19-aprel kuni taxminan soat 12.50 larda 2005-yilda tug‘ilgan Z.B. Mirobod tumani, Inoqobod ko‘chasida uyiga qaytayotgan vaqtida orqasidan 1997-yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Ozod O. kelib, unga tashlanib, qochib ketgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Ozod O. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident farmoni bilan 21-, 22-, 23- va 24-aprel dam olish kunlari deb e’lon qilindi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ingliz Tilini Online Tarzda Mukammal O'rganing!

📌 Endi siz ham ingliz tilini o'z uy sharoitingizda, o'zingizga qulay vaqtda, qulay joyda va hamyonbob narxda o'rganish imkoniyatiga egasiz. Darslar umumiy 9 oyga mo'ljallangan bo'lib bu vaqt ichida siz ingliz tilini eng zamonaviy metod yordamida tez, oson va eng muhimi samarali o'rganasiz.

✅ Darslar AQSHning TESOL/TEFL sertifikatiga ega xalqaro ingliz tili o'qituvchisi tomonidan olib boriladi.

‼️Aksiya: Online darsning asl narxi oyiga 200.000 so'm. Yangi qabulda yoziladigan 50 o'quvchi kursga 50% Chegirma asosida qabul qilinadi.

To'liq ma'lumot @realenglishfullpack

PS: Chegirma 50 o'quvchi uchun ajratilganini alohida eslatib o'tamiz. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang va darslarga 50% chegirma asosida qo'shilishga ulgurib qoling.

Telegram | Instagram | XOTAMIKROMOV">YouTube

Читать полностью…

Masofatalim™

Qozog‘istonlik poliglot qiz ekan. 17 yoshida 7 ta til bilarkan. Qoyilmisiz?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ajoyib!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

#Õqituvchiga_yordam

O‘qituvchilar oyligini oson hisoblab beruvchi platforma yaratildi!

Hurmatli pedagoglar, sizga qancha oylik maoshi hisoblanishi kerakligini bilasizmi?

2023-yilda ko‘plab o‘qituvchilarning oylik maoshlarida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlardan ko‘plab o‘qituvchilar xabarsiz qolib ketishdi. Shuning uchun, oylik maoshlaringizni hisoblab beradigan maxsus bot ishga tushirildi.

☝️ Endi sizga qancha oylik maoshi hisoblanishi kerakligini quyidagi platforma orqali tekshirib olish imkoniyatiga egasiz

Platforma manzili: 👉 @oylik_hisobla_bot

Talabalar ham platforma imkoniyatidan foydalanib ko‘rishlari mumkin.

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent davlat texnika universitetining muhandislik texnologiyalar fakulteti talabalari Daun sindromiga chalingan jajji qalblarga shodlik ulashish maqsadida ajoyib tashabbus boshlashibdi.

Fakultetning Instagram sahifasida e’lon qilingan videodan koʻrish mumkinki, bu xayrli ishga rahbarlar ham o‘z hissasini qo‘shayotgan ekan. Tashabbuskor talabalar koʻpayaversin. Malades!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Referendum toʻgʻrisidagi qonunga binoan, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan oʻzgarishlar Oʻzbekiston xalqi tomonidan ma’qullandi va qabul qilindi deyish mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

IT sohasiga qadam: mutaxassis ayrim tavsiyalari bilan bo‘lishdi

“Najot ta’lim” o‘quv markazi rahbari Temurbek Adhamov IT sohasini o‘rganish bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollarga javob yozibdi. Ulardan ayrimlari quyida keltirilmoqda.

Savol: IT sohasiga juda qiziqaman, lekin kompyuterni umuman tushunmayman, nima qilay?

Javob:
Bugun ko‘pchilik ITga qiziqadi, dasturlashga qiziqishi tufayli kamida frontend sohasida o‘zini sinab ko‘radi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu ishtiyoq dars boshlangandan keyin bir oyda so‘nadi. “Soha menga emas ekan” kabi firklar yangray boshlaydi. Yechim sifatida, avvalo, kompyuter bilan ishlashni bepul darslar orqali ishtiyoq bilan o‘rganishni, so‘ng dasturlash kabi ITga oid va yondosh sohalarni oz bo‘lsa-da, eng kamida YouTube orqali o‘rganib ko‘rishni maslahat beraman. Agar siz boshlang‘ich tarzda o‘rganib ko‘rib (kamida bir oy) ishtiyoqingiz so‘nmasa, endi keyingi qadamni, ya’ni yo‘nalish tanlashni boshlasangiz bo‘ladi.

Savol: Onlayn kurslari orqali mutaxassis bo‘la olamanmi?

Javob:
Onlaynda ham oflaynda ham zo‘r mutaxassis bo‘lish ko‘p hollarda o‘zingizga bog‘liq jarayon. Ikkisining ham o‘ziga yarasha kuchli va zaif tomonlari bor. Agar sizda vaqt yoki joylashuv tomonlama muammo bo‘lsa, doimiy intizomni o‘zingizda shakllantira olsangiz, Google bilan ishlash ko‘nikmasi a’lo dararajada bo‘lsa, shu bilan birga savol berish madaniyatini shakllantira olsangiz, onlayn kurs aynan siz uchun. Shu holatda natijaga erishingiz foizi ancha oshadi.

Savol: Yoshi katta bo‘lib IT sohasida muvaffaqiyatga erishganlar bormi?

Javob:
Tajribamda 35-42 yoshdagi akalarning ham o‘qishni tamomlab o‘z ish joyiga ega bo‘lganini ko‘rdim. Lekin bu yoshda o‘qish yoshlarga nisbatan biroz qiyin bo‘ladi. Sababi, avvalo, vaqt muammoasi, shu bilan birgalikda yosh o‘tgan sari oila tashvishlari ham ortib boradi. Deylik, o‘rganib bo‘lib ishga yoki amaliyotga joylashgan taqdirda ham hech kim katta oylik bilan kutib olmaydi. Boshlang‘ich 6 oy muddatgacha oylik olmasligingiz yoki juda kam oylikka ishlashingizga to‘g‘ri kelishi ham mumkin.

Savol: Qaysi yo‘nalishni maslahat bergan bo‘lardingiz?

Javob:
Eng avvalo, ingliz tilini o‘rganishni maslahat bergan bo‘lar edim. Sababi ingliz tilisiz ish topish borgan sari qiyinlashib boryapti, har qanday IT sohasini o‘rgansangiz ham ingliz tili bo‘lmasa ishga kirish foizingiz tushib boraveradi. Yo‘nalish bo‘yicha kelsak, yoshingizdan kelib chiqib QA (sifat nazorati yoki testlovchi) PM (loyiha boshqaruvchisi) sohalarini o‘rganishni yoki bo‘lmasa dasturlashdan aniq sohani tanlash uchun foundation bosqichini tamomlashingizni maslahat beraman.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kun fotolari

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

#Tezkor
⚡️ BUGUN TEST! Barcha qatnashishi shart !
YUTUQ:
1.100.000 SO'M!

📆 Bugun, 30-aprel kuni Oliygoh.uz platformasi Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 39-onlayn DIAGNOSTIK IMTIHON'ga start beriladi.

➖ Onlayn imtihon xuddi Davalat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

💰Umumiy sovrin: 1.1 MILLION so'm
📊G'oliblar soni: 22 nafar
🔥Imtihonda qatnashish: BEPUL

📚 BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

☝️Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Masofatalim™

Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.

FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. ( jamoamizsiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Kurs pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)

🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin);
🔸 Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 5 kishiga 20% chegirama bilan 480 000); Kurs 20 kishi bilan boshlanadi
🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
🔺Chegirma: Faqat boshlang'ich 5 kishi uchun;

👨‍💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
🔹 5 yillik tajribaga ega
🔹 Ko'plab loyihalar bilan ishlagan

💃 Birinchi darsda qatnashish uchun ushbu kanalga a`zo bo'ling: Kanal link 🔤

✍️ Murojaat uchun: @frontend_admin

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ BUGUN ONLAYN TEST!
YUTUQ: 1.000.000 SO'M!

📆 Bugun, 23-aprel kuni Oliygoh.uz platformasi va University of Management and Future Technologies oliygohi hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 38-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

➖ Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

💰 Umumiy sovrin: 1 mln so'm
📊 G'oliblar soni: 20 nafar
🔥 Imtihonda qatnashish: BEPUL

Ma'lumot uchun, UMFT Universiteti - xalqaro standartlar asosida IT, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Respublikadagi yirik nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir.

📚 BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

☝️Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Masofatalim™

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 331-maktab oʻquvchi qizlari o‘rtasida janjal yuz bergani aytilayotgan video tarqalmoqda. Unda bir oʻquvchi qiz boshqasini samosud qilayotgani, soʻkib haqoratlayotganini koʻrish mumkin.

Tavba, odamlarga nima boʻlyapti-a? Har kuni bir nima chiqadi-ya. Mana bu holat esa juda-juda achinarli. Videodan keladigan ilk xulosa shuki, e’tiborsizlik va vaqtida berilmagan tarbiyaning “mevasi”. Yoʻqotilayotgan avlod vakillari.

Videoda soʻkinishlar (qiz bola tarafidan) borligi va koʻngilni xira qiluvchi tasvirlar mavjudligi sabab e’lon qilishni lozim topmadik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hech kim hayitlik bermadimi? Demak, katta bo‘libsan :)

#bayrammuborak

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkentda “erkak” maktabdan qaytayotgan qizning orqasidan kelib, unga tashlandi

Holat 19-aprel kuni Mirobod tumani Inoqobot ko‘chasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi qiz tumandagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Ayni vaqtda “erkak” shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Shunaqa ifloslarning dastidan opang, singling, qizing yoki biror yaqining — ayol-qizlar ko‘chada bemalol yura olmasa, buni hech qanaqasiga xavfsiz shahar, deb bo‘lmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2001-2022 yillar davomida davlat rahbarlariga qilingan suiqasdlar

Platina.uz internet nashri so‘nggi 20 yilda davlatlarning birinchi shaxslariga nisbatan qilingan suiqasdlarni jamlabdi. Juda qiziq ma’lumotlar. Batafsil — https://pltn.uz/530e

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 21-aprelga toʻgʻri kelishi haqida dastlabgi xulosalarini ma’lum qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“O‘qituvchilikni tashlab boshqa daromadi yaxshiroq ish qilgim kelayapti.

Oylik olasan-da, boshing og‘rib o‘ylaysan, bu pulni nimaga yetkazsam ekan deb. Kommunallar, kredit, oylik to‘lanishi zarur bo‘lgan to‘lovlardan ortgan pulni qanday taqsimlash haqida bosh qotirasan.

Bolang o‘sib borayapti, ust-boshi kichrayib qoladi darrov yoki yirtiladi, eskiradi, nimadir yegisi keladi, hiqillab turadi, aylangisi keladi, undan tashqari har kuni kundalik xarajatlari uchun pul berib turish kerak. Istaganlarini muhayyo qilishga imkoning yetmaydi.

Onangni yo‘qlaging keladi, nimadir oberging, yegisi kelganini og‘ziga tutging keladi, lekin cho‘ntagingdagi hisob-kitobli arzimagan pulingga qarab yuraging eziladi.

Bolang og‘riydi, o‘zingni kasallik qiynaydi yillab, lekin doktorga borishga o‘ylanasan, imkoning yetmaydi, bolalarimni oldida vijdonim qiynaladi.

Ayollarga xos odatlarni ham unutayapman, chiroyli kiyinish, zeb-ziynatlar haqida-ku orzu ham qilmay qo‘yganman, faqat borku, shu borini kiyib turay deydigan bo‘lganman.

Bolalarimga ham tinmay sabr qil, sabrli bo‘l deyishdan nariga o‘tolmayman.

Bolamni yaxshiroq natijaga erishsin deb xususiy maktabga o‘tkazgandim, afsuski to‘lovini to‘lash bir tomonimni o‘yib olganday bo‘layapti, so‘nggi daqiqada amallab to‘laymiz, ming xil gapni eshitib.

Davolanish tufayli yanayam xarajatlarni qisqartirdim, qarz bo‘lishga ham ulgurdim.

Ba’zida bolam isyon qilib qoladi, qachon bizni uyimiz bitadi, qachon mehmon chaqiramiz biz ham, o‘rtoqlarim undoq, bundoq deb.

U kuni bir dugonam erini (bankda ishlaydi) 14 mln oylik oladi, mukofot pullaridan tashqari dedi. Men oliy toifali o‘qituvchi bo‘lib, bu oylik uchun 4 oy ishlayman.

Siz bir kun 6-7 yoshli go‘dakka dars o‘tib ko‘rganmisiz? Bir bolaga o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish qanchalar mashaqqatli ekanligini bilasizmi? Biz esa nechtalab bolalarga mehrimizni, jonimizni, bor bilimimizni beramiz, asabimiz, sog‘ligimizni sarflaymiz.

Lekin oqibatda “Sizlar oylikni oshirish haqida emas, ta’lim sifatini oshirish haqida o‘ylanglar” degan gap eshitamiz.

Boshqa soha xodimlaridan qayerimiz kam? Mehnatimiz shunaqa arzimas baholanadimi? Qanday qilib shuncha yetishmovchiliklar ichida yashayotgan odamdan natija kutasiz?

Gapirsang gap ko‘p, yurak og‘riydi faqat. Yuqori oylik oladigan o‘qituvchilar foizi umumiy o‘qituvchilarning qanchasini tashkil etadi? Nega hammaning oyligi birdan oshirilmaydi?

Bilmadim, odamni ishlagisi ham kelmaydi. Ketay desang shuncha mehnat uvol bo‘ladimi, deb achinasan, ketmay desang har kuni qayerdan pul topsam deb boshing og‘riydi”

Shu twitda muallifning to‘lgan sabr kosasini ko‘rdim. Yozganlaridan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, oyligi 3,5 mln.

Bu pul birlamchi ehtiyojlargayam yetmayapti: bolasini yedirib-ichirish, dori-darmon, onaning og‘ziga mazali nimadir tutish (ayni ro‘za vaqti bo‘lsa, iftorga tansiq nimadir oborgisi keladi).

Zamonaviy latifa esga tushadi. Kelin o‘qituvchi eriga tana qiladi: “Siz meni aldab uylangansiz. Oyligim 1000$ bo‘ladi degandingiz”. O‘qituvchi er: “Aldangan faqat sen emas, bizni ham aldashgan”.

Ishqilib vaziri chiqib, “Sen yaxshilab dars o‘t, keyin qo‘shimcha dars ber, ota-ona ko‘nglidan chiqarib, barakasini tashlab ketadi”, demasa bo‘ldi.

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

​​Feyk(mi)?

Namangan davlat universiteti “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” deb nomlangan diplomning feyk ekani bo‘yicha rasmiy munosabat bildiribdi. Universitet imzo va muhrni soxtalashttirish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini ham alohida urg‘ulagan.

Ma’lumot uchun, universitet 2022-yil 5-noyabr sanasida “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” va “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazgan.

Feykka o‘xshamayapti

Birinchidan
, universitet bildirgan rasmiy munosabatda aytilishicha, “tanlov gʻoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlangan, ammo hech bir ishtirokchi uchun diplom yoki sertifikat tayyorlab berilmagan”. Ammo universitet e’lon qilgan aynan ushbu tanlovlar nizomida 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari maxsus diplom bilan mukofotlanishi ham yozib qo‘yilgan.

Ikkinchidan, feyk ekani aytilgan diplomning pastki qismida 22.11.2022 sanasi qayd etilgan. Bu diplomda nomutaxassislik so‘zi ham yozilgan. Tanlov g‘oliblari ham aynan 22.11.2022 sanasida e’lon qilingan. G‘oliblar ro‘yxatida ham nomutaxassislik bo‘yicha g‘oliblar keltirilgan.

Uchinchidan, soha mutaxassislari fikricha, soxta ekani aytilgan diplom feyk yoki fotoshop emas, balki ikkisi ham aynan bir odam tomonidan tayyorlangan sertifikat va diplomlar bo‘lishi mumkin. Qolaversa, soxta ekani aytilgan va originali e’lon qilingan diplomlar taqqoslansa, har ikkisida ham pechatlarning ham joylashuvi turlicha ekani seziladi.

To‘rtinchidan, yuqoridagilardan kelib chiqilsa, chindan ham texnik xatolik bo‘lib, 2 ta so‘z o‘zaro almashib qolgan bo‘lishi mumkin va buni hech kim sezmay qolgandir. Ammo shunday bo‘lsa, buni tan olish mardlik bo‘lardi va yolg‘on bayonotga hojat qolmasdi. Agar chindan ham (ehtimoli juda-juda kam) kimdir soxta diplom tayyorlagan, pechatlar, prorektorning imzosidan foydalangan bo‘lsa (shuncha narsa kimga kerak, tavba), ana topishsin, javobgarlikka tortishsin.

Beshinchidan, trollar, bo‘ldi qilinglar endi! Juda jonga tegdilaring, izoh yoza olish imkoniyati berilganiga pushaymon qildilaring.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Namangan davlat universiteti gʻoyasi: “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori”

Bular korrupsiya soʻzining ma’nosini tushunishiga ham shubham bor!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Aytishlaricha, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 289-maktabning 11-sinf o‘quvchisi (o‘g‘il bola) o‘zini 3-qavatdan pastga tashlagan. U tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал