O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) bosh buxgalteri o‘ziga yanvar oyida 157,6 mln so‘m, fevral oyida 310,8 mln so‘m miqdorida oylik yozgan bo‘lishi mumkin.
Markaz direktori Jamshid Gʻaniyevga esa ikki oy uchun qariyb 136 mln so‘mlik oylik maosh hisoblangani aytilmoqda. Oddiy xodimlar esa juda kam: 3-4 mln atrofida oylik olar ekan.
@masofatalim
Yandex qayiq — yomg‘irli kunlarda beminnat xizmatingizda!
Hozirda ushbu xizmat faqatgina kanalizatsiya tizimi chirib ketgan Toshkent shahrida amal qiladi.
@masofatalim
Kuchli yomg‘irdan so‘ng Toshkentda yangi Tinch okeani o‘z faoliyatini boshladi :)
@masofatalim
Uyatsizlar
Yozishlaricha, joriy yil fevral oyining boshida Irina Matviyenko Senat majlisida Xorazmdagi voqealar haqida hammaga gapirib bergan (sud hukmi 2022-yil 6-sentabrda chiqqan). O‘sha majlisda senatorlar, Oliy sud, Adliya vazirligi va boshqa ko‘plab tashkilotlar vakillari bo‘lgan va bundan xabar topgan. Lekin hech narsa bo‘lmagan. Birorta tashkilot bu haqida jiddiy o‘ylab ham ko‘rmagan. Majlisdan chiqiboq barchasini unutib yuborishgan.
Endi bu voqealar internetda shov-shuv bo‘lgach, ayrim mas’ul tashkilotlar rasmiy munosabat-u, bayonotlar berishga kirishib ketdi. Hammasi “chuqur qayg‘uda” emish. Avvalroq qayerda edinglar? Katta ehtimol bilan ayrim mas’ullarning bildirayotgan bayonoti ham shunchaki odamlarni tinchlantirish uchun, xolos.
Bu voqea haqida Senatda gapirilgan ekan, o‘shanda ham o‘zgarish bo‘lmaganini qanday tushunish kerak? Demak, internetda tarqamasa hisob emasmi? Ungacha hamma jim o‘tiraveradimi? Qo‘pol eshitilsa ham, eskilarning bir gapini shu yerga mixlab ketaman: “to‘ydan keyin xinani...”
Uyalinglar, uyatsizlar!
@masofatalim
Qashqadaryo viloyati hokimligi imtiyoz haqidagi xabarni o‘chirib tashladi
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimovning “Viloyat hokimi olimpiadasi”da aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha g‘olib o‘quvchilar Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka qabul qilinishini haqidagi gapiga e’tibor qaratgandik. Ushbu xabar hokimlikning Telegram kanalida o‘chirib tashlangan.
O‘zi o‘qishga kirishda tonnalab imtiyoz bor. Yana-yangi imtiyozlarni o‘ylab topmasdan, eskilarini tartibga keltirib olish, kerak bo‘lsa, hammasini yo‘qotish kerak.
Mukofotlar va medallar — ta’limda kimga berilgan bo‘lsa ham, o‘sha nuqtaga yetib kelguncha qilgan mehnatlari va yutuqlari evaziga berilgan e’tibor sifatida ko‘rilishi kerak, keyingi nuqtaga chiqishida yengillik beruvchi imtiyoz yoki vosita sifatida emas.
@masofatalim
Siz IT sohasidagi qaysi kasb sizga mos keladi, bilmoqchimisiz?
Skillbox dan kasb-professional testidan o'ting! Maqsadlaringizga yaqinlashing va muvaffaqiyatga erishish uchun qanday ko'nikmalar o'zgartirilishi kerakligini aniqlang.
Skillbox tomonidan barcha proftestdan o'tganlar uchun Python kursining sotib olish uchun 500 ming so'mlik vaucher taqdim etiladi. Shundan ko'ra, siz yangi texnologiyalarni o'rganishingiz va IT sohasidagi darajangizni oshirishingiz mumkin.
Karyera o'sishi imkoniyatini o'tkazmang! Skillbox kasb-professional testini hozir to'g'ridan-to'g'ri o'ting va Python kursi uchun vaucher sohibi bo'ling. Bugun harakat qiling!
O‘zbekiston Milliy universiteti 5 ming nafardan ortiq talaba yashaydigan 10 ta talabalar yotoqxonasini isitish tizimini yaxshilash uchun Open budjet’ga loyiha joylashtiribdi.
“...2022/2023 o‘quv yilda kuz-qish mavsumi anomal sovuq kelganligi, issiqlik energiyasi keluvchi oraliq masofa uzoqligi va oxirgi nuqtasi bo‘lganligi sababli issiqlik energiyasi yotoqxonalarga kelgunicha isitish darajasi pasayib ketdi...” deb yozilgan loyiha e’lonida.
Endi savol tug‘ilyapti: yetarlicha ovoz yig‘a olmasa, 10 ta yotoqxonaning isitish tizimi yomonligicha turaveradimi? Keyingi yil ham anomal sovuq bo‘lsa, talabalar sovuqda qishlashda davom etadimi? Universitetga e’tiroz yo‘q. Muammoni hech bo‘lmasa, Open budjet orqali hal qilmoqchi.
Ijtimoiy obyektlarning isitish tizimiga javobgar bo‘lgan hokimlar qayoqqa qaragan? Aslida, bu masala birlamchi ehtiyoj emasmi? Talabalar shaharchasi hokimchasi, Olmazor tumani hokimi nahot bu yilgi qishdan xulosa qilmagan bo‘lsa?
@masofatalim
DIQQAT!
4 KUN QOLDI!
OAK tomonidan tan olingan xalqaro bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnal:
Educational Research in Universal Sciences “ERUS”
Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23): 5.564 (http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)
ISSN: 2181-3515
Sayt: http://erus.uz/index.php/er
Qabul vaqti: 3-aprelgacha
Nashr vaqti: 5-aprel
Qabul doirasi:
1. Filologiya fanlari
2. Pedagogika fanlari
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
4. Aniq fanlar
5. Tabiiy fanlar
6. Iqtisod fanlari
7. Psixologiya fanlari
8. San’at va madaniyat fanlari
9.Tibbiyot fanlari
10.Texnika fanlari
Qabul 7 tilda:
o‘zbek, rus, ingliz, nemis, tojik, qozoq va qoraqalpoq
Indekslanadi:
1. Google Scholar
2. ResearchBib (OAK-14)
3. Directory of Research Journal Indexing (OAK-15)
4. Zenodo
5. Open Air
6. Open Library
7. PKP | INDEX
8. ASI (OAK-28)
9.Journals-CiteFactor (OAK-16)
✅ Har bir maqola uchun DOI raqami beriladi.
Narxi: Umumiy to‘lov 170129 ming so‘m.✅
Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor
Rasmiy kanal: @Erus_uz
.
“Renessans” degan telekanal haqida eshitganmisiz? Videoda shu telekanalni televizorda qanday qilib topish mumkinligi haqida batafsil aytilgan. “Qisqa vaqt ichida kanal ko‘pgina qalblarni zabt etishga ulgurdi” deb aytmoqda kanal ijodkorlari. Albatta, topib ko‘ring. Balki sizning ham qalbingizni zabt etishar😁
@masofatalim
Oqqoʻrgʻon tumanida open budjet’ga ovoz berish maqsadida maktab oʻquvchilarini sim-karta sotib olish uchun uyiga pulga joʻnatgan maktab direktori ishdan olinibdi.
Shu bilan endi hammasi goʻzallashib ketarkan.
@masofatalim
O‘zbekistonda Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sun’iy intellekt yordamida tasvirlash loyihasi yo‘lga qo‘yilibdi
“Yoshlarga shunday ajdodimiz borligini yana bir bor eslatish va ularning e’tiborini jalb qilishning eng yaxshi yo‘li – ular eshitgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishdir. Bugungi kunda bu MidJourney neyron tarmog‘idir.
Nega biz Bobur asarini tanladik, chunki u shaharlarni, odamlarni juda chuqur tasvirlab bergan va o‘sha davr muhitini bera olgan. Bu neyron tarmoq ishini osonlashtiradi”, dedi loyiha mualliflaridan biri.
@masofatalim
Japan Digital University'da 2023-2024 o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!
Nega ushbu universitetni tanlashingiz kerak?
🔸 Bitirganingizdan so'ng 3 ta universitet diplomi beriladi;
🔸 2-kurs 2-semestridan boshlab Yaponiyaning IT kompaniyalarida ishlash imkoniyati;
🔸 O'qishni bitirib, Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalarda ishlashga ko'mak;
🔸 Kirish uchun hech qanday yapon tilini bilish yoki til sertifikati talab etilmaydi.
O'ylanib o'tirmasdan, darhol ro'yxatdan o'ting-da, ko'nglingizni xotirjam qiling. Qabul tugashiga oz qoldi.
👉 Hujjat topshirish uchun
📞 Telefon: +998712000595
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent shahrida olingan rasm. “Maktabimiz uchun ovoz bering” — maktab oʻquvchilari Open budjet’da ovoz toʻplayapti.
Shu maktab joylashgan hududning hokimi, deputati, senatori yoki boshqa vallomati yo‘qmikan-a? Balki bu majburiy mehnatdir?
@masofatalim
🔥 PROWEB o'quv markazi Ramazon oyi munosabati bilan kurslarga 15% chegirma elon qildi
▪️PYTHON DASTURLASH
▪️PRO DESIGN
▪️3DS MAX & AUTOCAD
▪️INTERNET MARKETING
Arzon narxlarda mutaxassis bo'lishga shoshiling! 🤩
📝 Ma'lumot olish uchun bizga yozing
Sayt: proweb.uz
📞 + 998 78 113 01 21
OVERALL 8.5 AGAIN!!! 🏔🚀
EVEREST is once again making the history, my friends ;)!
KHUMOYUNMIRZO KHOLMAKHAMATOV (@KhumoyunIELTSbro) natijasi EVERESTER kandidatlar qayd etgan O'N IKKINCHI overall 8.5 natija bo'ladi, azizlar! Ishoning, bu borada hali EVERESTga tenglashgan o'quv markazi Respublikada yo'q, qanaqa reklamalarga hozirgacha ko'zingiz tushgan bo'lsa ham!
🏔LISTENING - 8.5 (fantastic)
🏔READING - 8.5 (phenomenal)
🏔WRITING - 7.5 (outstanding)🔥
🏔SPEAKING - 8.5 (incredible)🔥
Mr. Khumoyunmirzo Kholmakhamatov EVEREST INTEGRO manzilimizda faoliyat yuritadilar! Mr. Kholmakhamatov EVEREST bitiruvchisi bo'lib, birinchi urinishda overall 7.0 qayd etib jamoadoshimizga aylangan edi! Ustozlik tajribasi va bir oz tayyorgarlik natijani oldin 7.5, songra 8.0 va nihoyat overall 8.5gacha ko'tarilishiga sabab bo'libdi!
📨 Personal messages: @KhumoyunIELTSbro
⛰️ CHANNEL: @IELTS_bro
❗Ushbu xayrli natijani MAXIMUM REPOST qilaylik, azizlar! Iloji boricha ko'pchilikka motivatsiya bo'lib xizmat qilsin! ⛰️🚀
P.S. Barchangizga shu kabi yuksak natijalar nasib qilsin, qadrli EVERESTERLAR! 🤲
Telegram | YouTube | Instagram
⛰️ Manzils :)
Japan Digital University'da 2023-2024 o'quv yili uchun qabul tugashiga 2kun qoldi!
Nega ushbu universitetni tanlashingiz kerak?
🔸 Bitirganingizdan so'ng 3 ta universitet diplomi beriladi;
🔸 2-kurs 2-semestridan boshlab Yaponiyaning IT kompaniyalarida ishlash imkoniyati;
🔸 O'qishni bitirib, Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalarda ishlashga ko'mak;
🔸 Kirish uchun hech qanday yapon tilini bilish yoki til sertifikati talab etilmaydi.
Qabul tugashiga 2 kun qoldi.
👉 Hujjat topshirish uchun
📞 Telefon: +998712000595
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Qutlugʻ Nigorxonim — Zahiriddin Muhammad Boburning onasi va Xonzoda begim — Zahiriddin Muhammad Boburning opasi qanday ko‘rinishda bo‘lgan? Sun’iy intellekt yordamida ularning suratlari yaratilibdi. Ko‘rish uchun: @boburnama
Читать полностью…Yaxshi odamlar haqida. Facebook foydalanuvchilaridan biri yozmoqda:
“Kuni-kecha Toshkentda oqqon kasali bilan sentabr oyidan buyon davolanib kelayotgan jiyancham Shukronaxonga aralash qon kerak bo‘lib qolgan qo‘qqisdan. Qon topshirgan har yoqqa telefon qilib xabarlashdik, topshiradigan odam yo‘q.
Qon sotib olgani mablag‘ yo‘q, bor mablag‘ni ham o‘g‘rilatdik. Shunda bir IIBda ishlaydigan hamqishlog‘imga telefon qildim holat bo‘yicha. Ukaxon darrov Ichki ishlar akademiyasida o‘qigan sobiq kursdoshlar gruppasiga vaziyatni yozgan.
Ishonaveringlar, Toshkentda, Toshkent viloyatida ishlaydigan hamma kursdoshlar bir-birlari bilan aloqaga chiqishib, shaxsan o‘zlari bugun saharda qon olish manziliga yetib borishgan. Hattoki oshiqchasi bilan topshirishgan.
Birorta begonasi yo‘q — hammalari IIBdagilar ekan. Hozirgacha o‘ndan ortiq IIBchilar borishibdi yana. Otangizga balli, deb qoldim. Rasmni yashirib olishgan, piar uchun emas”.
@masofatalim
Open budjet — zo‘r loyiha. Muammo bunda emas, aslo. Muammo haligacha ayrim joylarda majburiy mehnatning saqlanib qolayotganida. Ko‘p hollarda direktorlar va o‘qituvchilar mahalliy rahbarlardan qo‘rqadi. Shu sabab topshiriq kelsa, indamay bajaradi. Bu esa majburiy mehnatga olib keladi.
“Ixtiyoriy-majburiy” degan narsa ham yo‘q. Aslida, bu majburiy degani. Ixtiyor qilishga va bajarishga majbursan, degani.
Darvoqe, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 21-moddasida aynan shu haqida so‘z boradi: “Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas ...” deyilgan.
@masofatalim
Qashqadaryoda aprel-may oylarida 10 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi olimpiadasi” o‘tkaziarkan. Viloyat hokimi Murotjon Azimov aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha g‘olib o‘quvchilar Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka qabul qilinishini ma’lum qilgan.
Aftidan, bu holat maktabga ham, oliy ta’limga ham hokimlar xo‘jayinchilik qilishni boshlaganiga yaqqol misol bo‘lsa kerak. Keyin buning huquqiy asosi qanday bo‘ladi? Qaysi Hukumat qarorida yoki nizomda bu haqida so‘z borgan? Qachondan boshlab o‘qishga kirishning tartibini hokimlar belgilaydigan bo‘lgan?
O‘zi o‘qishga kirishda adog‘i yo‘q imtiyozlar bor. Endi bunga hokimlar ham imtiyoz berishni boshlashi ortiqcha-da! “Hokim imtiyozi” degan narsa qayerdan chiqdi? Imtiyozlar tenglikni yo‘qolishiga ham olib keladi. Qarshi davlat universiteti haliyam vazirlikka bo‘ysunsa, bunga izoh berilishi kerak.
@masofatalim
Buyuk Britaniyaning QS xalqaro reytingida Toshkent davlat yuridik universiteti e’tirof etilib, O‘zbekistonning eng yetakchi universiteti sifatida qayd etilibdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti 2022-yil noyabr oyida O‘zbekistondagi OTMlar ichida birinchi bo‘lib ushbu reytingga kirishni boshlagan va o‘shanda 4 yulduzli OTM sifatida qayd etilgandi.
Bundan tashqari, 2021-yil aprel oyida o‘sha vaqtdagi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov universitet dunyoning TOP-500 ta universitetlari qatoriga kirgani haqida ma’lum qilgandi. Bundan esa ushbu universitet dunyo reytinglarida yildan yilga yaxshi joylashib borayotgani ko‘rinadi va bu ajoyib.
Darvoqe, dunyo reytinglarida mana shunday yaxshi natijalarni ko‘rsatayotgan yuridik universitet qolib, negadir o‘zimizning qorako‘zlar tuzib chiqadigan reytingda “irrigatsiya” bilan “milliy” yuqori o‘rinda yuradi. Yuridik universitet esa o‘zimizning reytinglarda hatto TOP 10 talikda ham yo‘q.
@masofatalim
30.03.2023 holatiga valyuta kurslari:
1 USD = 11 450 so‘m
1 EUR = 12 700 so‘m
1 OVOZ (Open budjet) = 20 000 so‘m
Ovoz narxi oshyapti :)
@masofatalim
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xorijda oʻqiyotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz haqida ham alohida modda bor ekan.
@masofatalim
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktablardan birida o‘quvchilar dars tugamay, ustozlari tomonidan pul olib kelish uchun uyiga jo‘natildi. Bolalarning aytishicha, 10 ming so‘m pul sim-karta sotib olish uchun so‘ralyapti. Bu – “Tashabbusli budjet” bilan bog‘liq ekani taxmin qilinyapti.
Eh, go‘dakkina, sen bir shaharda tug‘ilsang bo‘lmasmidi, hokimlar ta’mirlab beradigan “premium” maktablarda o‘qisang bo‘lmasmidi?
@masofatalim
Stipendiya oshmaydi, ammo kontrakt oshishi mumkin, lekin buyam hali aniqmas
Prezident farmoni bilan faqat budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7 foizga oshirilmoqda. Talabalarning stipendiyalari esa oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.
Qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni qoidasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdori oshganda, kontraktlar ham oshadi.
Biroq bugungi kundagi “ob-havo”ni hisobga olsak, kontrakt miqdori oshmasligi ham mumkin, albatta.
@masofatalim
Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi rad etildi
2022-yilda imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlarni 5-7 yilga imtihondan chetlashtirish mumkinligi ma’lum qilingandi. Bu taklif Adliya vazirligi tomonidan inson huquqlariga to‘g‘ri kelmaydi deb topilgan.
@masofatalim
Bir oila oʻlib ketishi hech gap emasdi, Xudo asrabdi. Karusel uzilib ketgan. Inson(lar) o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Xullas, hech qachon karusel-paruselga chiqib yurmang. Xudo ko‘rsatmasin, o‘lib ketish yoki mayib bo‘lib qolish hech gap emas.
@masofatalim
Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Akfa universitetining Navroʻz tadbirida koʻrinish berib, universitet talabalarini bayram bilan tabriklabdi.
@masofatalim