masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

O‘zbekistondagi ilk IELTS’dan 9.0 ballik natijani qayd etgan Bekzod Mirahmedov Kun.uz’ga intervyu beribdi. Suhbat davomida u yuqori ball olish usullari, ingliz tili o‘rganuvchilar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolar va IELTS'ga oid boshqa mavzular haqida gapirgan. Video: https://youtu.be/wWE9e4AvCGk

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9.0 ball olganlar ikki nafarga yetdi. Ikkinchi sertifikat egasi — Muhammadali Sodiqov.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi o‘quvchi qizlarning mashhur “Za dengi da” qo‘shig‘iga qalbaki dollarlarni sochgan holda aks etgan hazilomuz videosi tarqalgani, poytaxt xalq ta’limi bosh boshqarmasi esa bu holat uchun qizlarning ota-onasiga uzr so‘rattirgani haqida yozgandik.

Ma’lum bo‘lishicha, oʻquvchi qizlarning mazkur videosida huquqbuzarlik aniqlanmagan, XTBBning bayonoti esa asossiz boʻlib chiqqan. Hech qanday bayonnoma ham rasmiylashtirilmagan ekan. IIBB xodimi esa bu o‘quvchi qizlar maktabning namunali o‘quvchilari ekani haqida aytibdi.

Darvoqe, holatni toʻliqroq o‘rganish jarayonida Toshkent shahar XTBB matbuot kotibi yo‘qolib qolgan :) Endi XTBB ota-onalardan uzr so‘rattirgani va noto‘g‘ri bayonot bergani, umuman, yoshlarni bo‘g‘ishga uringani uchun ham uzr so‘rab chiqishi kerak, nazarimizda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Diniy nashida uchun 5 yilga qamalgan 22 yoshli talaba ozodlikka chiqarildi

Bugun chiqarilgan apellatsiya sudining ajrimiga muvofiq, Sardor Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hukmga o‘zgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bahorgi qabul jarayonlari davom etmoqda!

📚 Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida o'z faoliyatini boshlagan.
(Litsenziya №056369)

📌 Siz ushbu institutda quyidagi yo'nalishlardan birini tanlab kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida o'qishingiz mumkin:
- Xalqaro munosabatlar
- Iqtisodiyot
- Menejment
- Pedagogika va psixologiya
- Filologiya va tillarni o'qitish (Fransuz, Ingliz, Arab va Rus tillari filologiyasi)


🔥 E'tiborli jihati shundaki, bahorgi mavsum uchun qabul qilingan sirtqi ta'lim shakli talabalari, joriy yilning oktyabr oyidan 2-kurs talabasi sifatida o'qishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, institutga qabul imtihonlari onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Shuningdek, hujjatlaringizni ham quyidagi havola orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Bahorgi qabulga hujjat topshirish uchun havola: http://bit.ly/3ZnrxxE

Telegram kanal: @isfi_uz

Administrator bilan bog'lanish

📞: 78 113-13-73

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimiga;

Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlanibdi. Ma’lumot uchun, u O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning qizi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Piyodalar endi kechqurun sariq jiletka kiyib yurushi tartibi joriy etilishi aytilgan xabar yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabatga koʻra, bu majburiy emas ekan.

Darvoqe, ushbu xabarni UzA birinchi manba boʻlib tarqatgandi. Oʻzbekistonning yagona rasmiy axborot manbasi hisoblangan, soliq toʻlovchilar — xalq hisobidan moliyalashtiriladigan UzA odamlarni chalgʻituvchi axborot tarqatgani uchun hech yoʻq uzr soʻrashi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonda endilikda kunning qorong‘u qismida harakatlanuvchi maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.

Behazil :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Manbalarning aytishlaricha, oʻzining anomal sovuqligi, ayrim mas’ullarning ta’lim muassasalarida darslarning “boshlanadi-boshlanmaydi” shiori ostida oʻtkazgan chiqishlari va boshqa bir qator unutilmas xotiralari bilan yodda qolgan bu yilgi qish bugun soat 00:00 da rasman tugarkan :)

Ozgina pozitiv-da buyam😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xorijdagi yoshlarga yordam: O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi “Musofir” loyihasini boshladi

Mazkur loyiha orqali xorijda ta’lim olish yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida turli qiyinchilik hamda murakkab vaziyatlarga tushib qolgan o‘zbekistonlik yoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsad qilingan.

Ushbu beg‘araz yordam xorijdagi yurtdoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Buning uchun “Musofir” mobil ilovasi ham ishlab chiqilgan. Ilovani yuklab oling: iOS | Android

Endilikda siz ham xorijdagi vatandoshlarga ushbu ilova orqali yordam bera olasiz @wayuuz

Читать полностью…

Masofatalim™

2022-yilda eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ma’lum qilindi

OTM daromadlari quyidagilardan shakllangan:
budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar (umumiy daromadlarning 25 foiz);
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar (71,6 foiz);
rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar (3,4 foiz).

2022-yilda eng ko‘p sof daromad ko‘rgan 5 ta oliygoh:
▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd so‘m;
▫️Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd so‘m;
▫️Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd so‘m;
▫️Guliston davlat universiteti – 54 mlrd so‘m;
▫️Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd so‘m;

2022-yilda xarajati umumiy daromadidan eng ko‘p miqdorda oshib ketgan 5 ta oliygoh:
▪️Samarqand davlat universiteti – 42,5 mlrd so‘m;
▪️Qarshi davlat universiteti – 28,3 mlrd so‘m;
▪️Samarqand davlat chet tillar instituti – 26,8 mlrd so‘m;
▪️Farg‘ona politexnika instituti – 15,3 mlrd so‘m;
▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 15 mlrd so‘m

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kollejda va texnikumida oʻqiyotganlar va hali ham abituriyent boʻlib yurganlar shu oyning oʻzida talaba boʻlishlari mumkin!

Avgustni kutmang! Hozir hujjat topshirib, sentyabrdan 2-kurs boʻlish imkoni qoʻldan boy bermang!

🟢//
PDP University — yoshlarga IT sohasini 🇬🇧 Buyuk Britaniya ta'lim dasturi asosida o'rganishni taklif qiladi:

• O'zbek + ingliz tilida ta'lim olish
• IT sohasining TOP yo'nalishlari
• Grantlar va Start-Up loyihalar
• Professional mentorlardan saboq olish
• Mahalliy va xorijiy kompaniyalarda amaliyot
• Yurtimizda va jahonda tan olinuvchi Xalqaro diplom
• O'zbekistonda xalqaro universitet talabasi bo'lish
• Yuqori daromadli kompaniyalarga ishga joylashish


👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting: http://bit.ly/3ICQtvh

📥 | @PDPUniversitybot

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️So‘nggi yillarda kiberjinoyat sodir etilishi bir necha barobarga ortgan. Firibgarlar tomonidan quyidagi usullardan foydalanib kiberjinoyat sodir etilmoqda:

➖ moddiy yordam, onlayn kredit, yutuqli o‘yin g‘olibi kabi aldovlar bilan yuborilgan soxta havola orqali bank karta maxfiy kodni qo‘lga kiritish yo‘li bilan (34 foizi);

➖ oldindan to‘lovlarni amalga oshirishga erishib, pullarni qaytarmasdan va kelishuvni bajarmasdan jabrlanuvchi mablag‘ini qo‘lga kiritish yo‘li bilan (22 foizi),

➖ telefon qo‘ng‘iroqlari davomida o‘zini to‘lov kompaniyasi (“Click” va b.) yoki bank xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirib, karta raqami va maxfiy kodini qo‘lga kiritish orqali (17 foizi),

➖ onlayn savdo platformalari orqali karta raqami va kodining oshkorlashtirilishi natijasida (14 foizi),

➖ soxta onlayn moliyaviy birjalar orqali (Binance va b.) sodir etilganligi aniqlangan (9 foizi).

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ayniqsa, bu haqiqatni koʻpchilik talabalar yaxshi bilishadi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xorijiy tillarni bilgan yoshlar o‘zini-o‘zi band qilish — frilansing orqali ham uydan chiqmasdan daromad topmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik frilanserlar o‘tgan yili qariyb 12 mln dollar daromadini pul o‘tkazish yoki Payoneer tizimi orqali O‘zbekistonga o‘tkazgan, bu 2019-yilga nisbatan 7,4 barobar ko‘pdir. Albatta, bu ularning barcha topgan mablag‘lari emas. Chunki ularning ko‘pchiligi chet eldan topgan daromadiga chet davlatning o‘zidan ko‘pgina boshqa mahsulot va xizmatlarni ham xarid qilishadi.

Internetda vaqtni behuda o‘tkazish ham, undan unumli foydalanib, daromad topish ham mumkin. Albatta, bu endi har kimning o‘z qo‘lida. Qiyin joyi yo‘q, xorijiy til va biror zamonaviy kasbni o‘rganish kerak, keyin esa soqqani bosuvrish kerak :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yangi logotipi ekan

Bularga kimdir logotip aslida nima ekani haqida ozgina tushuncha berishi kerak. Bundan 2 yil oldin ham logotip qildirishgandi, har 2 yilda logotipni o‘zgartiravergan bilan tizim o‘zgarmasa, buning sariq chaqalik foydasi yo‘qligini ham kimdir tushuntirishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonda ilk bor IELTS’dan maksimal 9.0 ball qayd etilibdi. Sertifikat egasi — Bekzod Mirahmedov.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

#Talabaga_yordam

⚡️Bo'sh ish o'rinlarini o'zida jamlagan platforma yaratildi!

💠O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ochiq ma'lumotlari asosida Respublika miqyosida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot beruvchi telegram boti ishga tushirildi.

📌 Ushbu bot orqali Respublika miqyosida turli sohalar bo'yicha real vaqt rejimida yangilanib turuvchi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar olishingiz mumkin.

➡️ Bundan tashqari ushbu platforma (@edu_vakant_bot) orqali talabalar ham o'zlari uchun bo'sh ish o'rinlari topishlari mumkin.

Barcha talabalarga ulashing ♻️

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Andijonda o‘zini osmoqchi bo‘lgan 5-sinf o‘quvchisining hayoti saqlab qolindi

27-fevral kuni soat 08:40 da Shahrixon tumanida yashovchi 5-sinf o‘quvchisi yashash xonadonidagi omborxona to‘siniga somon press ipi bilan o‘zini o‘zi osgan.

U o‘z joniga suiqasd qilgan vaqtida onasi bu holatni ko‘rib qolib, yordam bergan. Natijada bolaning hayoti saqlab qolinib, u tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Boladagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, somon press ipi tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan bolaning joniga qasd qilganlik sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Ota-onalar, farzandlaringizga to‘g‘ri tarbiya bering, ular bilan muloqot qiling, ularni eshiting, ularga e’tibor bering!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

DXX 10 ming dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan OTM mansabdorini qo‘lga oldi

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali mansabdor shaxsi fuqaroni ushbu filialga bo‘lim boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilish va uning ilmiy ishini ilmiy kengashga kiritib, himoya qilishida yordam berish evaziga pora tariqasida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

DIQQAT!

2 KUN QOLDI

OAK tomonidan tan olingan xalqaro bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnal:

Educational Research in Universal Sciences “ERUS”

Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23): 5.564
(http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)

ISSN: 2181-3515

Sayt: http://erus.uz/index.php/er

Qabul vaqti: 3-martgacha

Qabul doirasi:

1. Filologiya fanlari
2. Pedagogika fanlari
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
4. Aniq fanlar
5. Tabiiy fanlar
6. Iqtisod fanlari
7. Psixologiya fanlari
8. San’at va madaniyat fanlari
9.Tibbiyot fanlari
10.Texnika fanlari

Qabul 7 tilda:
o‘zbek, rus, ingliz, nemis, tojik, qozoq va qoraqalpoq

Indekslanadi:

1. Google Scholar
2. ResearchBib (OAK-14)
3. Directory of Research Journal Indexing (OAK-15)
4. Zenodo
5. Open Air
6. Open Library
7. PKP | INDEX
8. ASI (OAK-28)
9.Journals-CiteFactor (OAK-16)
✅ Har bir maqola uchun DOI raqami beriladi.

Narxi: Umumiy to‘lov 170
129
ming so‘m.✅


Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor

Rasmiy kanal: @Erus_uz
.

Читать полностью…

Masofatalim™

- Nega tormozsiz kelib urding? Koʻrmadingmi odamni?
- Koʻrdim, “prosta” yashil jilet kiymagan ekan…

#tushungantushundi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi o‘quvchi qizlarning mashhur “Za dengi da” qo‘shig‘iga qalbaki dollarlarni sochgan holda aks etgan hazilomuz videosi tarqaldi. Poytaxt xalq ta’limi bosh boshqarmasi esa bu holat uchun qizlarning ota-onasiga uzr so‘rattiribdi.

Video hazilomuz tarzida olingan, qanaqadir ma’naviyatga zid joyi ham, ochiq-sochiq joyi ham yoki biror ahloqsizlik joyi ham yo‘q. Shunchaki kayfiyat ko‘taradi, xolos. Endi shunga uzr so‘ratishning nima keragi bor ekan, tavba.

Yoshlarni tushunib, ular bilan ishlash o‘rniga sharmanda qilib uzr so‘rattiradiganlarni ishdan bo‘shatish kerak. Aslida, bu yerda sharmanda bo‘lganlar uzr so‘ratganlarning o‘zi bo‘ldi. Hay, shu yoshlar sal erkin ijod qilsa qilibdi-da!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Fargʻonada 145 nafar abituriyent ataylab imtihondan yiqitilgani aniqlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilganda, 356 nafar abituriyentlarning haqiqatda to‘plagan ballariga soxtalashtirilgan.

Shunga ko‘ra, idoralararo ishchi guruhi tuzilib, har bir abituriyentlarning natijalari qayta ko‘rib chiqilgan va 145 nafari (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov-kontrakt) asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmagani aniqlangan. Shundan soʻng 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkentda ikki niqobli yigit pichoq bilan doʻkonga bostirib kirdi. Ulardan biri talaba

Toshkentda Chorsu bozori yaqinida niqob kiyib, pichoq bilan qurollangan ikki yigit mahalliy doʻkonlardan birini tunamoqchi boʻldi. Ular sotuvchini pichoq bilan qoʻrqitgan paytda doʻkonga boshqa bir xaridor kelib qolgan. Shu sabab niqobli yigitlar jinoyat sodir etgan joydan qochib ketishgan.

Videokuzatuv kameralari yordamida jinoyatchilar qoʻlga olingan. Maʼlum boʻlishicha, ulardan biri poytaxtdagi oliy oʻquv yurtlaridan birining 1-kurs talabasi boʻlgan.

Qoʻlga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Mazkur moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi qamoq jazosi qoʻllanilishi belgilangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

YouTube’da “Aslamboi” degan PUBG videoo‘yinining o‘zbekistonlik taniqli ishtirokchisi bor ekan. U o‘zi qatnashgan barcha o‘yinlarni YouTube kanaliga joylab boradi va 357 ming obunachisi bor.

Shu yigit 24-fevral kuni Magic City’da fan klubi bilan uchrashishini va sovg‘alar tarqatishini bildirgan. Ko‘pchilik yoshlar to‘plangan va buning ortidan jamoat tartibi buzilgan. Uni Chilonzor IIBBga olib borishgan. Keyin nima bo‘lgani rasmda.

YouTubeda uni 357 ming obunachi, asosan, yoshlar kuzatadi. Bu kabi yoshlardan unumli foydalanish va ularga imkon berish kerak. Kim bilibdi deysiz, balki u kibersport bo‘yicha yurt nomini dunyoga tanitar?

Albatta, jamoat tartibining buzilishini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi, ammo mas’ullar qo‘llashi kerak, ayrim likkillagan 1-2 ta tiktokerdan ko‘ra, mana shu kabi talantlarga imkon berish kerak, nazarimizda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Telekanal orqali IT bo‘yicha o‘quv kurslari namoyish etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingani, Raqamlashtirish vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

4 oy ichida hozirda shiddat bilan rivojlanayotgan sohani o'rganishni xohlaysizmi?
Yaxshi maoshli ish hamda shinam officeda ishlashni-chi?
Unda Lavina Academyning Intensive kurslariga yoziling!
Go yoki Python dasturlash tillaridan birini tanlab, uni 4 oy ichida o'rganib, Backend developer bo'ling. Yaxshi o'zlashtirgan 5 o'quvchi Lavina Tech IT kompaniyasida ishga qabul qilinadi.

Mart oyida start oladigan kurslarimiz uchun 15% chegirma ham mavjud. Shoshiling!

Kurs haqida to'liq ma'lumot olish uchun izohlar qismiga '+' yozib qoldiring !

Murojaat uchun:
Tel: 71 200 0881
Telegram: @lavina_admin

@lavinaacademy1

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Universitet talabasi 75 million so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘riladi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi M.Sh. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan 75.700.000 so‘m pullarini yechib olganini bildirgan, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va pullarni qaytarishda yordam so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni universitetning 4-kurs talabasi, 1997-yilda tug‘ilgam M.A sodir etgani aniqlangan.

M.A. jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, bank xodimi ekanini bildirgan va sms-xabarnomani qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng u mavjud bo‘lgan barcha pullarni noma’lum shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazib olib, turli bankomatlar orqali pullarini yechib olgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qisqa qilib aytganda, telefonga kelgan sms kodni hech qachon birovga bermaslik kerak. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan har xil linklarga kirib ko‘rish ham yaramaydi, odam qanday aldanganini bilmay qolishi mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал