Har xil “medallar”, sertifikatlar berib, odamlarning pulini shilayotgan loxatronlar haqida bir necha bor yozgandik. Kun.uz mana shu “biznes” haqida batafsilroq material e’lon qilibdi.
Uzun narsalarni o‘qishga erinadiganlar uchun qisqacha aytganda, aldanib qolmang, bularning hammasi sizning pulingizni shilish uchun, xolos.
Shu “medallar”ga aldanib ulgurganlar, iltimos, bot orqali nimanidir yozib isbotlashga urinmang, bu loxatron, tagida pul shilish yotibdi, boshqa narsa yo‘q. Shunchaki pulingizni behudaga sarflamang.
Tegishli tashkilotlar, ta’lim vazirliklari tomoshabin bo‘lib turmasdan, munosabat berishi kerak. Bu masala qayta-qayta gapirilishi kerak. Toki odamlar ko‘zini ochmaguncha gapirilishi kerak.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshiriqlari
17-raqamdagi topshiriq ham juda qiziq. Buni qisqacha yana mana bu nomlar bilan atash mumkin: trollik qilish, ulugʻlash, maqtash, maddohlik qilish kabi variantlar bilan ifodalasa ham boʻladi.
Tizim sha’nini himoya qilish degani nima u? Oʻqituvchi dars bersinmi yo tizim sha’nini ulugʻlab oʻtirsinmi? Masalan, Adliya vazirligi atrofida salbiy fikrlar deyarli uchramaydi. Buyam huddi shunday gap: tizim toʻgʻri ishlasa, uni himoya qilishga xojat qolmaydi.
UPD: Vazirlik holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgan ekan. https://www.edu.uz/uz/news/view/5151
@masofatalim
2022-yil 9-sentabr kuni talabalar yotoqxonaga joylashishini elektronlashtirish kerakligi haqida yozgandik. Qolaversa, yotoqxona berishning aniq tartibi bo‘lishi kerakligi haqida ham ayrim fikrlarni bildirgandik.
2022-yil 18-sentabr kuni esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Laziz Mingishev: “Elektron tizimga ham tayyor edik. TTJ.UZ degan platformani beshta joy bilan kelishib, integratsiya qilib ishlashga tayyor holatga keltirib qo‘ygandik. Keyin o‘yladikki, platforma orqali yotoqxonalarga talabgorlarni ro‘yxatga oladigan bo‘lsak, haqiqiy muhtojlar qolib, muhtoj bo‘lmaganlar u yerga joylashib olishi mumkin ekan. Shuning uchun an’anaviy usulda komissiya orqali ishlarni boshlash kerak degan qarorga keldik”, deb aytgandi.
2023-yilga kelib esa baribir talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashtirish xizmati joriy etilishi kutilayotgani haqida xabarlar yangray boshladi. Prezident farmoni loyihasida keltirilishicha, talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi bepul elektron xizmat joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
Vazirlik o‘shanda xato “o‘ylagandi”. To‘g‘risi esa shu — yotoqxona berish tizimi onlayn bo‘lishi kerak. Yotoqxona berishning aniq tartibi bo‘lishi kerak. Yotoqxona ololmagan talaba nega unga joy berilmaganining izohini bila oladigan tizim bo‘lishi kerak. Asossiz ravishda joy berilmaganda esa o‘sha talaba apellatsiya bera olishi kerak.
@masofatalim
Kelgusi o‘quv yilida 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi
Prezidentning PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:
➖ Matematika va informatika
➖ Fizika va astronomiya
➖ Kimyo
➖ Biologiya
➖ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
➖ O‘zbek tili va adabiyoti
➖ Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
➖ O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
➖ O‘zga tilli guruhlarda rus tili
➖ Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
➖ Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
➖ Maktab menejmenti
➖ Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
➖ Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
@masofatalim
Sherzod Shermatovning yonidagi bu yigit Jizzax viloyati, Baxmal tumanining Baxmal qishlog‘idan — Xosilmurod Abduxoliqov. U 100% grant bilan AQShning Yale universitetiga o‘qishga kiribdi.
“10-sinfda 2-3 oy tayyorlanib IELTS’dan 7,5 ball oldim. 1 yil davomidagi o‘qishda portfolio, loyihalarim, o‘rganganlarimdan so‘ng SAT imtihonidan 1500 natijasini ko‘rsatdim. 2022-yilning dekabrida Yelga qabul qilinganligim haqida xat oldim, quvonchim cheksiz edi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, THE reytingi bo‘yicha Yale universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari ro‘yxatida 9-o‘rinda turibdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov ham shu universitetning bitiruvchisi hisoblanadi.
@masofatalim
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.
@masofatalim
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Global Best M-Gov Award tanlovida dunyoning mingdan ortiq jamoalari orasidan 2-o‘rinni egalladi va Dubaydagi Jahon hukumatlari sammiti doirasida taqdirlandi. Sovg‘ani Misr prezidenti topshirdi.
Loyiha Don't Waste deb nomlanadi va turli xil taom tayyorlovchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni isrof qilmasdan, yesa bo‘ladiganlarini boshqa insonlarga, iste’molga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.
@masofatalim
“Plastikakl kim?" audiokitobi bilan hikoyaga sho‘ng‘iymiz va tasavvurimizni rivojlantiramiz 🎧
Aziz ota-onalar va kichkintoylar, sizning qulayligingiz uchun bosma nashrga qo‘shimcha sifatida biz ko‘nglingizdan joy olib ulgurgan audiokitobni ham taqdim etamiz 🎁 Uni ham o‘zbek, ham rus tilida tinglashingiz mumkin. Yosh kitobxonlar dengiz qa'ridagi olam sarguzashtlariga o‘z tengqurlari bilan yo‘l oladilar — qahramonlarga 3 yoshdan 9 yoshgacha bolajonlar ovoz berishgan.
🎡 Bolajonlar audiokitobni yo‘lda yoki sayohatda, bir vaqtning o‘zida ko‘plab foydali ishlar bilan ham uyg‘unlashtirib tinglashi, o‘z vaqtini shodon o‘tkazishi, hatto ota-onalarining ham hordiq chiqarishlari uchun ajoyib imkon berishlari mumkin.
Audikitobni quyidagi saytlardan o‘zingizga qulay biridan tinglashingiz mumkin:
▫️ Soundcloud
▫️ YouTube
▫️ Litres.ru
“Plastikakl kim?" kitobi haqida saytimizda ko‘proq bilib oling.
App | Telegram | Facebook | Instagram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov majlis o‘tkazib, unda oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, ayniqsa ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantiribdi.
@masofatalim
❗️Toshkentda qizlar ommaviy ravishda yo‘qolayotgani haqidagi xabar rad etildi
Telegram kanallarda Toshkentda qizlar yo‘qola boshlagani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovga ko‘ra, Telegram messenjerida tarqalgan qizlarning g‘oyib bo‘layotgani haqidagi xabarlar go‘yoki bu voqealar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdek tasavvur uyg‘otsa-da, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Buni qizlarning turli kunlarda, turli joylarda g‘oyib bo‘lgani ham tasdiqlaydi.
Ma’lum qilinishicha, kimlardir turli vaqtlarda yo‘qolgan qizlar haqidagi xabarlarni turli joylardan olib umumlashtirgan va voqelikka vahimali tus berishga, bu orqali aholi orasida sarosima tarqatishga uringan bo‘lishi mumkin.
@masofatalim
Bizda zilzila bo‘lishi ham shart emas
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida yo‘l o‘pirilib tushgan, Toshkent shahrida esa ko‘p qavatli uyning devori darz ketgan...
@masofatalim
- O‘rtoq boshliq, men 7 yil “sampi”da, 2 yil magistraturada falon pul to‘lab kontrakt o‘qidim. Lekin 1 stavka ishga kirsam ham, oyligim hatto to‘liq 2,5 mln emas, nega?
- Eh, bo‘tam, sen bemorga yaxshi qara, mehr berib qara, odamlar o‘zi rozi bo‘lib berib ketadi. Shuncha g‘o‘ddayganni boqqan bu xalq shifokorini ham boqib oladi...
@masofatalim
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida qishki qabul davom etmoqda
Universitet talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif qiladi:
🎓Bakalavr (kunduzgi/sirtqi):
• Tarix
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• O'zbek tili va adabiyoti
• (B.A.) Koreys tili
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Turizm
• Matematika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya
• Bank ishi va auditi
• Xalqaro munosabatlar
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Geodeziya, kartografiya va kadastr
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Arxitektura
• Jismoniy madaniyat
👨🏻🎓Magistratura:
▪️Iqtisodiyot
▪️Xorijiy til va adabiyoti
▪️Pedagogika va psixologiya
(Litsenziya №056223, 29.12.2022 y.)
☑️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin.
👉Kontrakt narxlari
👉Universitet haqida batafsil ma’lumot
☎️ Murojaat uchun:
+998781132999
📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 tiftuniversity">Youtube
❗️Jismoniy tarbiya va sport universitetida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan.
Universitetning Farg‘ona filialida ham bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan. Universitetda o‘qishga qabul kvotalari ham sun’iy ravishda oshirilib, 3160 o‘rinli universitetga 13 634 nafar yoki sig‘imga nisbatan 4,5 baravar ko‘p talabalar qabul qilingan.
So‘nggi 2 yilda talaba va o‘qituvchilar tomonidan jami 6 ta korrupsiyaviy va 23 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan. Tekshirish davomida o‘tkazilgan tadbirda talabalar D.I. va J.S. fuqaro G‘.M. ni o‘qishga kiritish uchun undan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, 587 nafar o‘qituvchi va xodimga 1,2 mlrd so‘m rag‘batlantirish pullari hamda o‘tilmagan dars soatlari uchun 172 mln so‘m mablag‘ noqonuniy to‘lanib, talon-toroj qilingan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov olib borilmoqda.
@masofatalim
Butun O'zbekistonimiz bo'ylab IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan kandidatlarga hamda IELTS instruktorlariga manfaatli bo'layotgan EVEREST PODCASTS loyihamizni yangi darajaga chiqarmoqdamiz, azizlar! ⛰🚀
EVEREST PODCASTS nisbatan yangi loyiha bo'lsada, qisqa vaqt ichida minglab muhlislar orttirdi! Unda muhokama qilinayotgan muammolar, yuzlab kandidatlarning o'rganish jarayonlarida hal qiluvchi ijobiy burilish nuqtasi bo'lib xizmat qilmoqda! Bizga yo'llanayotgan ko'p sonli ijobiy kommentlardan bu bizga yaxshi ma'lum, azizlar!
Ushbu loyohamizning keyingi - 19 Fevral, Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan soniga esa faqat IELTS overall 8.5 natija qayd etgan EVERESTER ustozlarimiz qatnashadilar!
⛰ Demak, loyihamiz keyingi hostlari bilan tanishing:
🌟 Ms. INTIZOR UROKOVA
- IELTS 8.5 (Listening 9.0, Reading 9.0, Writing 6.5, Speaking 8.5);
- 4 yillik IELTS instruktorlik faoliyat tajribasi;
- personal messages: @mcr_13
🌟 Mr. ERKIN QOSIMOV
- IELTS 8.5 (L 9.0, R 9.0, W 7.0, S 8.0);
- 7 yillik IELTS instruktorlik faoliyat tajribasi;
- personal messages: @kasimove
- channel: @erkinielts
🌟 Mr. ISROIL BURIEV
- IELTS 8.5 (L 8.5, R 8.5, W 7.5, S 9.0);
- 7 yillik IELTS instruktorlik faoliyat tajribasi;
- personal messages: @izzy_ozzie
- channel: @englishizy
🌟 Ms. OYSARA RAVSHANOVA
- IELTS 8.5 (L 9.0, R 9.0, W 7.5, S 8.5);
- 3 yillik IELTS instruktorlik faoliyat tajribasi;
- personal messages: @oysararavshanova
Ushbu ustozlarimiz ham shaxsiy ham shogirdlari overall IELTS natijalari bo'yicha EVEREST yetakchi mutaxsassislaridan sanaladilar! Ishoning, agar IELTS imtihonlariga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, ular siz uchun eng qimmatli bo'lgan ma'lumotlarni bera oladilar!
❗️Eng muhimi, bu galgi podcast mezbonlaridan siz to'g'ridan-to'g'ri savol so'rashingiz mumkin bo'ladi! Uni ushbu post tagidagi comments sectionda qoldiring! 👇👇👇
🔥 MAX. REPOST! :)
P.S. Savol yo'llang va EVEREST PODCASTS keyingi sonini rasmiy YouTube sahifamizda albatta tomosha qiling, do'stlar! ⛰🚀
Instagram | Telegram | YouTube
⛰ ManzilsReklama
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining absurd topshirigʻi ijrosini bajarishga oliy ta’lim muassasalari allaqachon kirishib ketibdi. Joylarda talabalar maxsus anketalar to’ldirayotgan ekan.
Anketadagi savollarga e’tibor bering. Judayam absurd. Masalan, kim oʻzini xulq-atvorimda buzilishlar bor yoki agressivman, deb yozib beradi? Bu savollarni qaysi “kallali”(lar) tuzgan?
@masofatalim
Istanbulda yashovchi o‘zbekistonlik Abdukarim Mirzayev ijtimoiy tarmoqdagi posti bilan Turkiyadagi tabiiy ofat qurbonlari uchun 6,5 million lira (350 ming dollar atrofida) pul yig‘di. Mirzayev yig‘ilgan yordamni hozir tabiiy ofatdan jabrlanganlar ehtiyojlari uchun sarflamoqda.
@masofatalim
Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
▪️sun’iy intellekt texnologiyalari;
▪️ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
▪️axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
▪️tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
▪️kompyuter va mobil o‘yin dasturlari.
Tanlov g‘oliblari 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha quyidagicha taqdirlanadi:
▪️1-o‘rin uchun – 100 ming AQSH dollari;
▪️2-o‘rin uchun – 50 ming AQSH dollari;
▪️3-o‘rin uchun – 30 ming AQSH dollari;
▪️Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming AQSH dollari.
@masofatalim
Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 10-fevral kuni oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmagani sababli qayta topshirishga qolgan va otasidan tanbeh eshitib, ruhiy tushkunlikka tushgan. Shundan soʻng u joniga qasd qilib, oʻzini yoqib yuborgan.
@masofatalim
Davlat oliygohlariga imtihonlar faqat 1 marta, iyul-avgust oylarida bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Natijalar avgustning oxirida chiqadi, kira olmaganlarga esa boshqa imkoniyat berilmaydi.
🔥 O'zbekistondagi Japan Digital Universityda esa qabul va imtihonlar avvalroq boshlanadi. Sizda esa ushbu universitetga kirib qo'yib, avvaldan talaba bo'lish imkoniyati bor.
Nega JDUni tanlashingiz kerak?
🔸 Bitirganingizdan so'ng 3 ta universitet diplomi beriladi;
🔸 2-kurs 2-semestridan boshlab Yaponiyaning IT kompaniyalarida ishlash imkoniyati;
🔸 O'qishni bitirib, Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalarda ishlashga ko'mak;
🔸 Kirish uchun hech qanday yapon tilini bilish yoki til sertifikati talab etilmaydi.
O'ylanib o'tirmasdan, darhol ro'yxatdan o'ting-da, ko'nglingizni xotirjam qiling. Qabul 26-fevralgacha davom etadi.
👉 Hujjat topshirish uchun
📞 Telefon: +998712000595
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Xitoy hukumati stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Unda butun dunyodan bakalavr, magistratura va PhD darajasi uchun nomzodlar xitoy yoki ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlarga hujjat topshirishi mumkin. Mazkur havola orqali qiziqtirgan dastur va universitetni topish mumkin.
Grant qo‘lga kiritgan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etiladi, sug‘urta xarajatlari ($117) qoplab beriladi hamda universitet yotoqxonasidan joy yoki yashash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Talabalarga quyidagicha oylik stipendiya beriladi:
Bakalavr darajasi uchun — oyiga $366;
Magistratura uchun — oyiga $440;
Doktorantura uchun — oyiga $513.
Arizalarni joriy yilning 1-martigacha jo‘natish mumkin. Qanday qilib, ariza topshirish mumkinligi haqida batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.
@masofatalim
Ko‘zbo‘yamachilikdan qutula olmay yurgan davlat OTMlar qatoriga endi nodavlat OTMlar ham qo‘shilishi mumkin
Oliy ta’limni bitirganlar yaxshi biladi, o‘qishni bitirgach diplomni olish yoki so‘nggi imtihonlarga kirish uchun biror joyga ishga kirganlik haqidagi ma’lumotnomani dekanatga olib kelib berish kerak. Dekanatlar ham, talabalar ham, xullas, hamma bu ishlar 100 foiz ko‘zbo‘yamachilik ekanini juda yaxshi biladi. Bunaqa “spravka”lar bilan OTMlar huddiki talabalari ish bilan ta’minlangani haqida ma’lumot tayyorlaydi va yuqoriga uzatadi. Qisqasi, bu jarayon yillar davomida davom etib kelayotgan an’anaga aylandi.
12-fevral kuni esa oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirgan. Har holda vazirlik shunday axborot beryapti. Buning yomon tomoni shuki, endilikda nafaqat davlat OTMlari, balki nodavlat OTMlar ham shunaqa ko‘zbo‘yamachiliklarga aralashishni boshlashi mumkin.
@masofatalim
Innovatsiyadan chiqqan vazirdan “innovatsiya”
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari, xodimlari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kengaytirish maqsadida rektorlarga oʻz xodimlarining farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yoʻlga qoʻyishni tavsiya qilibdi.
Maktubni kabutar orqali yuborishni va javobni ham kabutar orqali qabul qilish tizimini joriy qilish kerak edi. Darvoqe, maktubni ruchkada yozish kerakmi yoki tovuq patini siyohga botirib yozish kerakmi? Bunga xabarda aniqlik kiritilmagan :)
@masofatalim
⚡️ Abituriyentlar uchun eng muhim kitoblar e'lon qilindi!
— Respublika bo'ylab eng yirik kitob nashriyoti hisoblangan, yuz minglab abituriyentlar uchun 200 turdan ziyod kitoblar chiqaradigan — REGBOOKS nashriyoti tomonidan abituriyentlar uchun eng muhim kitoblar e'lon qilindi.
Ushbu kitoblardan har yiliga Respublikaning turli nuqtalarida 6 mingdan ziyod repetitorlar, yuzminglab abituriyentlar foydalanib keladi.
❗️Eng muhim kitoblardan namunalar ko'rish uchun, marhamat, quyida mutaxasisligingiz bo’yicha fanni tanlang. Tanlangan fan ustiga bossangiz, o’sha fandan kitoblarimiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin:
👉 Tarix yo'nalishi
👉 Ona tili va adabiyoti
👉 Ingliz tili yo'nalishi
👉 Matematika yo'nalishi
👉 Fizika yo'nalishi
👉 Geografiya yo'nalishi
👉 Ingliz tili yo'nalishi
👉 Biologiya yo'nalishi
👉 Kimyo yo'nalishi
👉 Иcтория
👉 Русский язык и Литература
👉 Majburiy fanlar uchun
👉 Для обязательных предметов
👉 Imtihon testlari
👉 Avgust imtihoni
👉 Huquq yo'nalishi
🇺🇿 Ushbu kitoblarni butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
Murojaat uchun:
☎️+998930082700 | Тelegramdan yozish
☎️+998974042700 | Теlegramdan yozish
Tavsiya: telegramdagi @xorijdagiozbeklar kanalida chet elda o‘qib, ishlab, yashab yurgan o‘zbeklar hayotidan juda qiziq lavhalar berib borilar ekan. Kuzatib boring.
@xorijdagiozbeklar
📢 "University of Business and Science"da qishki qabul davom etmoqda
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'z hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin:
➡️ Buxgalteriya hisobi va moliya
➡️ Axborot tizimlari va texnologiyalari
➡️ Boshlang'ich ta'lim
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Tarix
➡️ O'zbek tili va adabiyoti
➡️ Soliqlar va soliqqa tortish
➡️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
➡️ Bank ishi va auditi
➡️ Menejment
➡️ Turizm
♻️ Shuningdek, xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan o'qishingizni ko‘chirishingiz mumkin.
🖊Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi va UBS diplomi O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi.
🗺Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY Beshkapa koʻchasi, 111-uy
☎️ Telefon: +998781132626 +998907894242
📩 Onlayn murojaat: @ubs_admin @ubsuzbekistan_bot
UBSning rasmiy sahifalari:
📨 Telegram |🌐Instagram | 🖥 Website
Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Turkiyaning zilziladan jabrlangan hududlar aholisi uchun issiq taom tayyorlab, yetkazib berish ishlari tashkil etilmoqda.
Zilziladan keyingi holatni, odamlarning ahvolini ko‘rib, har qanday insonning ko‘ziga yosh keladi. Qardosh xalqning og‘ir kunida mana shunday tashabbus ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizga ming rahmat!
@masofatalim
Toshkentda zilziladan talafot ko‘rgan turkiyaliklarga yordam yig‘ilmoqda
Tashabbus boshlangan 8-fevralda o‘zbekistonliklar to‘plash markaziga qishki kiyimlar, chodir, generatorlar, uzoq saqlanadigan oziq-ovqat va gigiyena vositalaridan iborat ko‘plab zarur mahsulotlar olib kelishdi.
@masofatalim
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 7 pog‘ona pastlab, 2022-yilda 141 ta davlat ichida 122-o‘rinni egalladi.
Qo‘shnilarimizda ham internet tezligi biznikiga qaraganda ancha yaxshi. Masalan, Qirg‘iziston 100-o‘rinda, Qozogʻiston esa 95-oʻrinda qayd etilgan.
@masofatalim