DIQQAT!
3 kundan so‘ng maqolalar qabuli to‘xtatiladi!
"International Conference on Innovative Development of Education 2022/14" nomli xalqaro konferensiyaga ilmiy maqolalar qabuli 29-oktabr 22:00 dan so‘ng to‘xtatiladi.
📖 Konferensiya nashr etilish muddati : 2022-yil 30-oktabr
❗️Barcha mualliflarga diplom+sertifikat bepul beriladi.
Maqolalar Google scholar va PKP | INDEX xalqaro bazalarida 100% indekslanadi. ✅
Narxi: Maqola bir beti uchun 15 ming so‘m.
Murojaat: @Erus_Editor
Rasmiy kanal: @Erus_uz
OAK tomonidan tan olingan xalqaro bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnal:
Educational Research in Universal Sciences “ERUS”
Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23): 4.556 (http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)
ISSN: 2181-3515
Sayt: http://erus.uz/
Qabul vaqti: 3-noyabrgacha
✅ Har bir maqola uchun DOI raqami beriladi.
Narxi: Umumiy to‘lov 115 ming so'm.✅
Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor
Rasmiy kanal: @Erus_uz
.
Toshkentda havo sifati tog‘ havosidek “yashil” darajaga chiqdi
Air Quality Index (IQAir) – Havo sifati indeksi saytining ko‘rsatishicha, 26-oktabr soat 14:00 holatiga poytaxt havosi sifati “yashil” darajaga chiqqan. Havo tarkibidagi barcha ifloslantiruvchi moddalar me’yoriy qiymatlardan ancha past holatda qolmoqda. 17-oktabrdagi changli ob-havoni bir necha kundan beri yog‘ib kelayotgan yomg‘ir yuvib ketdi. Toshkent havosi dunyo shaharlari orasida havo sifati bo‘yicha 49-o‘rinda turibdi.
P.S. Ko‘pam sevinmaymiz, qurilishlar davom etmoqda, yana imi-jimida daraxtlar kesiladi, qurilishlar soni oshadi va albatta, “muhtasham birinchilik”ga hali yana qaytamiz :)
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
⚡️Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Toshkent shahridagi Gʻofur Gʻulom bog‘i nomi Dream Park deya o‘zgartirilibdi. Bundan ruhlanib, Toshkent shahrini Johon House deb nomlashni taklif qilamiz :)
#tushungantushundi
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Samarqandda “ICTWEEK Uzbekistan–2022” AKT haftaligi boshlandi
2004-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekistondagi eng yirik ayti tadbirlardan biri – ICTWEEK ilk marta Samarqandda o‘tkazilmoqda.
Haftalikning eng muhim jarayonlardan biri — “ICTExpo” ko‘rgazmasidir. Unda bu safar Nokia, Huawei, ZTE, Yandex va Meta kabi yirik xalqaro va mahalliy kompaniyalar o‘z texnologik yechimlarini namoyish etishmoqda.
Mazkur AKT haftaligiga bora olmaganlar 27-oktabrgacha qizg‘in davom etadigan jarayonlarni “MY5”, “Sevimli TV”, “Renessans TV” va “Yoshlar” telekanallari orqali kuzatib borishlari mumkin. Ijodkorlar bevosita Samarqanddan turib yoritib borishar ekan.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
O‘zbekistonda ta’lim vazirliklariga qanday avtomobillar biriktirilgan?
1-rasm Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga biriktirilgan avtomobillar.
2-rasm Xalq ta’limi vazirligiga biriktirilgan avtomobillar.
Ikki vazirlik vaziri ham Mercedes-Benz’da yuradi :)
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilmni bo‘g‘yapti(mi)?
Iskandar Ablullayev Jahon banki grantini yutib, O‘zbekistonga qariyb 600 000 dollar sarmoya kiritgan. Ammo grand pullari Oliy va maxsus ta’lim vazirligida muzlatib qo‘yilgan. 2 oydan beri biologiyaning ilg‘or yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan ilmiy guruh esa maosh ololmayapti.
Agar qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berilmasa, Jahon banki bergan 600 000 dollar grantini qaytarib oladi, tadqiqotlar esa o‘tkazilmaydi. Bu haqida Iskandar Abdullayevning onasi Facebook sahifasi orqali ma’lum qildi. Iskandar Abdullayev Yaponiyada PhD qilgan, AQSHdagi tadqiqot markazida ishlab, O‘zbekistonga qaytgan ekan. Qaytganiga pushaymon qildirishadi, shekilli.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilm-fanni, ilmiy tadqiqotlarni shunaqa “rivojlantiradi”mi? Buning nomini nima deb atash mumkin? Qaroqchilikmi? Yo‘q, balki so‘nggi paytlarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli ulkan “islohotlar” degani shudir, aslida?
P.S. Bizdan nima yordam, deganda halal bermay tursanglar — mana shu eng katta yordam, deydigan bo‘lib qolibmiz.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
16 yoshli maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirdi. 2006-yilda tug‘ilgan bola fuqaroga 3 yil muddatga 90 mln so‘mga 16 foizdan “Nexia 3” mashinasini olib berishini va’da qilib, uni chuv tushirgan.
Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J. IIB organlariga ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali pullarini o‘zlashtirgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
U arizasida, Telegram’dagi “Avtokredit bosh to‘lovsiz” guruhiga a’zo bo‘lgani, o‘zini guruh admini deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib, 3 yil muddatga 90 mln so‘mga 16 foizdan “Nexia 3” mashinasini olib berishini va’da qilganini, shundan so‘ng kelishuv asosida boshlang‘ich 2 mln 180 ming so‘m pulni qo‘lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan 10-sinf maktab o‘quvchisi M.D. ekani aniqlangan. unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevga Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Biroz avval kanalimizda e'lon qilinib, so'ngra o'chirilgan Samarqand veterinariya inistituti Toshkent filiali haqidagi postga albatta qaytamiz! Boshqa qo'shimcha ma'lumotlar ham kelayotgani uchun kattaroq post bilan qaytamiz!
Читать полностью…Do'stlar! "The Ta'lim"da Ingliz tilini o'rganish chegaralarini unuting va til o'rganish lazzatini HIS ETING!
O'zbekistondagi Ingliz tiliga ixtisoslashgan yagona ONLAYN til maktabi. Bu — "The Ta'lim"!
Xohlagan vaqtingiz, xohlagan joyingizdan turib Ingliz tilini interaktiv ravishda onlayn o'rganing!🌠
"The Ta'lim" ning afzalliklari:
1. Interakriv dars materiallari;📚
2. Har hafta qiziqarli testlar;📊
3. Webcoin talaba nazorat tizimi;💎
4. Mutaxassis o'qituvchilar;👩🏫
"The Ta'lim" kimlar uchun?
1. Ingliz tilida ravon so'zlashishni xohlaganlar📣
2. Ingliz tilini o'qitish tajribasini rivojlantirmoqchi bo'lgan o'qituvchilar🧑🏫
3. Sayohat va ish uchun chet elga chiqmoqchi bo'lganlar✈️
4. IELTS va CEFR imtihonlari uchun bilimini oshirmoqchi bo'lganlar🎯
Safimizga qo'shiling va haqiqiy innovatsiyani his eting!
📞Tel: +998993233228
Ingliz tilini yangicha innovatsion uslubda o'rganing👇
@thetalimschool
Birinchi BEPUL darsga ro'yxatdan o'ting👇
http://thetalim.tilda.ws/
Bugun, 24-apreldan karantinga yopilgan oliy ta’lim muassasalaridagi fakultetlar:
▪️Toshkent davlat texnika universitetining konchilik va metallurgiya fakulteti;
▪️Toshkent davlat iqtisod universitetining iqtisodiyot fakulteti;
▪️Chirchiq davlat pedagogika institutining gumanitar fanlar fakulteti;
▪️Guliston davlat universitetining filologiya fakulteti.
⚡️Ertaga, 24-aprel kuni O'zbekiston Milliy universitetida rahbariyat yig'ilishi bo'lib o'tadi. O'zbekiston Milliy universitetining onlayn ta'limga o'tish masalasi ertaga ushbu yig'ilishida aniq bo'ladi. Bu haqida O'zMUdagi manbalarimiz ma'lum qilishmoqda.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Talabalar orasida kasallik avjiga chiqib, birin-ketin oliy ta'lim muassasalari onlayn ta'limga o'tmoqda. Savollar va mavhumliklar tiqilib yotibdi. Ammo Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zining rasmiy Telegram kanalida qaysidir saytning, qaysidir muxbiri bergan, hozirda aktual bo'lmagan savolga javob bermoqda. Muxbirning ism-familiyasini yozishni ham unutishmagan.
Jonajon vazirligimiz yaqinda talabay ishlashni boshlaganini e'lon qilgandi, endi jurnalistbay shaklda ishlashga va javob berishga o'tishgan, shekilli... Akalar, bu savollarga javob berishingizga hech e'tiroz yo'q, ammo buyoqda tiqilib yotgan savollar hamda muammolarga ham kimdir javob beradimi?
“So'ragan edingiz”, deb heshteg qo'yishibdi. Bizam so'raylik: Qachon tuzukroq va ochiqroq ishlashga o'tasizlar?
#kimnimadardda #uzrendiyanatanqidqilibqoydik
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Hammasiga joningga tegdimi? U holda, hoziroq barchasini chetga surib, Amerikaga otlan! 🇺🇸
📌 Senda mavjud to'siqlarni yengib o'tishning eng samarali yechimi mavjud!
Chet elga ketish uchun Subyektiv'cha tavsiya! 😉
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Yangi institut - "Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Instituti" Toshkenda.
✅Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyaga ega.
🎓 Hozirgi kunlarda Toshkent Menejment va Iqtisodiyot Institutiga talabalar quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olish uchun qabul qilinmoqda:
☑️ Buxgalteriya va moliya
☑️ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
97 537 19 16
97 538 19 16
97 155 19 16
📲 Onlayn murojaatlar uchun: @tmii_toshkent
🌐Veb-sayt: www.timeedu.uz
📥 Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha
📍Manzil: Olmazor tumani, Sebzor 313.
Institut faoliyatiga doir qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu sahifalar orqali tanishishingiz mumkin:
Telegram – /channel/timeedu_uz
Instagram – https://www.instagram.com/timeedu_uz/
🎓Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, ushbu nodavlat oliy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan diplom davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada tan olinadi.
❗️Metroga tushishda sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan 19 yoshli qizga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Dunyoni kim boshqaradi?
Tramp, Si Szinpin va Putin dunyoni kim boshqarayotgani haqida bahslashib qolishibdi. Kim boshqaryapti — AQSHmi, Xitoymi yo Rossiya? Kelisha olmay, oxiri Hindiston bosh vaziri Narendra Modidan so‘rashga qaror qilishibdi. Modi o‘ylanib turib, keyin: “Mana, o‘zinglar ko‘rib, xulosa qilinglar” deb, ro‘yxat beribdi:
1. Google bosh direktori — hind (Sundar Pichai);
2. Microsoft bosh direktori — hind (Satya Nadella);
3. Citigroup bosh direktori hind (Vikram Shankar Pandit) edi;
4. SoftBank Group direktori — hind (Rajiv Misra);
5. Adobe bosh direktori — hind (Shantanu Narayan);
6. NetApp bosh direktori — hind (Jorj Kurian);
7. PepsiCo bosh direktori hind (Indra Nuyi) edi;
8. Nokia bosh direktori — hind (Rajiv Suri);
9. Mastercard bosh direktori — hind (Ajaypal Singh Banga);
10. DBS bosh direktori — hind (Piyish Gupta);
11. Cognizant bosh direktori hind (Fransisko D'Souza, undan avvalgisi Lakshmi Narayan) edi;
12. Novartis bosh direktori — hind (Vasant Narasimhan);
13. Conduent bosh direktori hind (Lokesh Prasad) edi;
14. Diageo bosh direktori — hind (Ivan Menezes);
15. Harman bosh direktori hind edi (Dinesh Palival);
16. Micron bosh direktori — hind (Sanjay Mehrotra);
17. Palo Alto Networks bosh direktori — hind (Nikesh Arora);
18. Reckitt Benckiser bosh direktori — hind (Lakshman Narasimhan);
19. IBM bosh direktori ham kelib chiqishi bo‘yicha hind (Arvind Krishna);
20. Britaniya sobiq moliya vaziri (g‘aznachilik kansleri) hind (Rishi Sunak) edi;
21. Britaniya sobiq ichki ishlar vaziri hind (Priti Patel) edi.
Darvoqe, kelib chiqishi hind bo‘lgan, Britaniya sobiq moliya vaziri Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi. Xo‘sh, dunyoni kim boshqaryaptikan? 🙃
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz hibsga olindi
22-oktabr kuni “O‘zbekiston” metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 2003-yilda tug‘ilgan qiz avtomatik o‘tkazish punktining birinchi vestibyulida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi tomonidan to‘xtatilgan.
Xodim N.S.dan uning sumkani ko‘rishni so‘raganida, u sumkasida bomba borligini aytgan. Ko‘rsatmalarga ko‘ra, MXTB xodimlari zudlik bilan yaqin atrofdagi hududni o‘rab olgan va voqea haqida navbatchilik bo‘limiga xabar bergan. Shundan so‘ng voqea joyiga IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi guruhi yetib kelgan.
Qizning sumkasini ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. U vaqtincha hibsga olingan. Xodimlar qizdan nima uchun sumkasida bomba bor deb aytganini so‘raganida, N.S. kayfiyati yaxshi bo‘lgani uchun shu tarzda hazil qilganini bildirgan.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
“IT Masters” hamda “Excel Hacks” hamkorligida tashkil etilgan texno konkursda ishtirok eting va quyidagi sovrinlardan birini yutib oling!
🥇 1-o‘rin: RGB Gaming Combo 4 in 1 (Klaviatura, sichqoncha, quloqchinlar va kovrik)
🥈 2-o‘rin: UzBrand noutbuk sumkasi va klaviatura.
🥉 3-o‘rin: Freemotion B525 Wireless quloqchinlari.
4-o‘rin: Game kovrik 30X80 va K200 kolonkalar.
5-o‘rin: K200 kolonkalar va sichqoncha.
6-o‘rin: 16 Gb USB 3.0 fleshka va sichqoncha
7-o‘rin: USB hub va sichqoncha.
8-o‘rin: 8 Gb li fleshka va sichqoncha
9-o‘rin: Gaming Mouse M160.
10-o‘rin: 16 Gb li Hikvision USB 3.0 fleshka.
⏱ Tanlov 31-oktabr 23:59 gacha davom etadi.
Ishtirok etish: 👉 @TexnoKonkursBot
❗️Diqqat! Sun’iy (o‘lik akkauntlar qo‘shgan) nakrutka va x.k. lardan foydalanganlar tanlovdan chetlashtiriladi!
2015-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davr orasida OTMlar talabalariga to‘langan stipendiyalar miqdori. Yildan yilga oshib borgan. 2020-yili sessiyani 5 bahoga yopgan talaba 800 ming stipendiya olgan. Hozir-chi? Bu tizimga “olamshumul” yangilik sifatida o‘zgartirish kiritishlari natijasida fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega talabalargina stipendiya oladi. 565 ming so‘m. Buni ham hamma olmaydi, grant o‘qiydiganlar oladi.
To‘g‘ri, stipendiya masalasi haqida gap ketganda to‘lov-kontraktni stipendiyali yoki stipendiyasiz qilingani haqidagi jumlalar bilan vaziyatdan chiqishlari mumkin, ammo yildan yilga qiymati oshib, 2020-yili 800 ming so‘mga chiqqan va oraga bitta yangilik kiritilishi natijasida stipendiya birdan 565 so‘mga tushib qolgani qanday izohlanishi hozircha mavhum. Aslida, bu masalada ko‘proq narsa gapirish mumkin, ammo o‘z vaqtida buning foydasi bo‘lmagan.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
Mana sizga shaxsiy daxlsizlik!
Davlat saytida (data.egov.uz) odamlarning shaxsiy, pasport ma’lumotlari hamma uchun ochiq holatda turibdi.
Kuzatib boring:
➡️ @masofatalim
iPhone 12 Pro Max telefoni kimga nasib qildi?
Jonajon vazirligimiz — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi joriy yilning 27-yanvar kuni vazirlik uchun logotiplar tanlovini e'lon qildi. Mukofot — iPhone 12 Pro Max. Vazirlik logotiplar tanlovini e'lon qilgach, tanlov muddatini qayta-qayta uzaytirdi. Bu haqidagi e'lon oxirgi martta 9-mart kuni uzaytirilgan.
Shundan beri logotiplar tanlovidan ham, g'olibdan ham va iPhone 12 Pro Max telefoni kimga nasib qilganidan ham darak yo'q. Ushbu telefonning hozirda taxminiy qiymati 15 mln so'm atrofida.
Xo'sh, tanlov “atmen” bo'lib ketdimi yoki iPhone'ga tanish-bilishlar ega chiqdimi? Yoki bo'lmasa, tanlovni eplasha olmadimi? Bizda yaqin orada ushbu tanlov haqida bitta shedevr po'st bo'ladi. Trollarga o'tgan kungidek “zakaz” berib qo'yib turilsa bo'ladi, yarim kechasi yana shoshiltirib qo'ymaylik😊
#gdetanlov #gdeayfon #gdeshaffoflik #gdeodolat
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Yaponiyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba cho‘kayotgan yaponiyalik o‘smirni qutqarib qoldi
Voqea kuni kecha Okinava prefekturasining Ginovan shahrida ro‘y bergan. Eldor O‘rinboyev bolani qutqarish uchun umrida birinchi marta dengizga tushgani aytilmoqda.
Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yoshinori Fujiyama ko‘rsatgan jasorati uchun Eldorga tashakkur aytdi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Amerika hayotini bilishni va Amerikaga borishni istaganlar uchun TravelBook kanali ish boshladi.
TravelBook sahifasida Amerikaga borishda qanday yoʻl bosib oʻtilishi, student boʻlib ishlash va boshqa “amerikancha” hayot haqidagi qiziqarli voqealar va maʼlumotlarni olishingiz mumkin.
LINK👉 @travelbookuz
https://t.me/joinchat/6EVo4_-JnjdmMDk6
Bugun, 23-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Parvoz mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi
Hududda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, sport maydonchalari bor. Prezident shu yerda o‘ynayotgan bolalarga ezgu tilaklar bildirdi.
«Bolalarimiz sog‘lom bo‘lib, ko‘zlaridan nur yog‘ilsa, men uchun eng katta baxt shu. Sizlarning bilim olishingiz, kasb-hunarlar egallashingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz uchun hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Sizlar yaxshi o‘qib, al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek bobolarimizga munosib bo‘lib, ota-onangiz orzularini ushaltiradigan insonlar bo‘lib ulg‘aying», — dedi Prezident.
⚡️Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti joriy oʻquv yilini onlayn shaklda yakunlashini e’lon qildi. Universitet yotoqxonasida turgan talabalarga 24-apreldan uylariga ketishga ruxsat beriladi.
Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Axaxaxaxaxaxaxaxa... Trollar fabrikasi ishga tushdi. Sal oldin 12 ta turgan “dislike”lar birdan 115 taga ko'tarildi. Kim qilganidan esa yaxshi xabardormiz. Ko'ramiz, qachongacha shu zaylda davom etarkanlar...
Читать полностью…