“Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Hotamov:
“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”.
@masofatalim
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tadigan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotga barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlar taklif etilmoqda.
@masofatalim
Nima emish, ta’lim tizimiga juda katta mablag‘ ajratilishiga qaramay, undan samarali foydalanishmayotgan ekan. Bu odam statistikalarni kuzatib borarmikan o‘zi? Eng kam oylikni o‘qituvchi bilan shifokor olyapti, rasmiy statisika buni har gal ko‘rsatib turibdi (1, 2, 3).
Xo‘sh, ta’limga katta pul ajratilyapti ekan, nimaga unda eng past oylik ta’limda bo‘lib qolmoqda? O‘zi o‘qituvchi kam oylik olsa, uni yana kamaytirishni taklif qilish uchun IQ minus nechi bo‘lishi kerak, masalan?
Budjet defitsitini kamaytirish maqsad bo‘lsa, ijtimoiy soha — o‘qituvchi va shifokorlarning oyligiga yopishmasdan, boshqa sohalarni qarab ko‘rish kerak. O‘zi eng kam oylik oladigan qatlam shu ikki toifa bo‘lib qolmoqda. Aslida bular eng ko‘p oylik olishi kerak-ku.
@masofatalim
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi eng zo‘r nuqtasiga yetdi: taniqli tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida yana bir ajoyib ochiq muloqot yoshlar tadbirkorligi yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtadi. Unda bir qancha taniqli tadbirkorlar ishtirok etishadi va yoshlar bilan muloqot qilishadi.
Har doim ham bepulga bunaqa imkoniyat bo‘lavermaydi. Birorta ham biznesi yo‘q odamlarning qanaqadir treninglariga falon pul sarflagandan ko‘ra, “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi taqdim etayotan mana bu imkoniyatdan — sohaning eng oldi insonlari bilan muloqot qilishdan foydalanib qolish kerak! Bu tadbirkorlarning tajribalari, maslahatlari va tavsiyalari har bir yoshga manfaatli bo‘lishiga ishonamiz!
Ro‘yxatdan o‘ting va taniqli biznes egalari bilan muloqot qiling: @poytaxtuzbot
❗️“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida onlayn olimpiada e’lon qilindi. G‘oliblar noutbuk, iPad va smartfon bilan taqdirlanadi!
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida bugun, 25-noyabrdan boshlab @poytaxtuzbot Telegram botida onlayn olimpiadaga start berildi.
Olimpiada 3 ta turdan iborat boʻlib, unda poytaxtning tarixi, boy madaniy-merosi hamda bir-biridan qiziqarli mantiqiy testlar asosida oʻtkaziladi. Bu orqali yoshlarning Toshkent shahriga oid bilimlarini oshirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
@poytaxtuzbot’ga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va “Onlayn olimpiada” tugmasini bosing.
Nodirbek Abdusattorov va Rustam Qosimjonov birga kelishmoqda. Yoʻldan chiqib rasmga olib qoʻyishni soʻragan yigit Rustam Qosimjonovni tanimadi, shekilli. Ammo Qosimjonov ham kamtarligini koʻrsatdi: telefonini uzatgan yigit va Abdusattorovni birga rasmga olib qoʻydi.
P.S.: Rustam Qosimjonov ham oʻz davrining “Nodirbegi” boʻlgan.
@masofatalim
Toshkent haqida yoshlarning fikri qanday?
Platina.uz sayti yoshlar orasida yurib, ularning poytaxt haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
@masofatalim
Yoshlar turizmi yoʻnalishida ochiq muloqot boshlandi – jonli efir
Ayni vaqtda “Zakovat arena” binosida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yoshlar turizmi yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi ochiq muloqot boshlandi.
Jonli efir: https://youtube.com/live/b9zNQi0wN0k?feature=share
Telegram | Instagram | Facebook
Havo biroz sovuq bo‘lishiga qaramasdan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi qaynoq atmosferada davom etmoqda
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi loyihalar minglab yosh yigit-qizlarni bir joyga jamlab, ular uchun o‘ziga xos imkoniyatlar eshigi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bir-biridan qiziqarli loyihalar, yoshlarbop ochiq muloqotlar ko‘zi chaqnab turgan yigit-qizlarga yanada zavq berishi shubhasiz. Ma’lum qilinishicha, “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida hali ko‘plab loyihalar oldinda. Yoshlardan esa yanada faol bo‘lishlari so‘raladi.
@masofatalim
Prezidentlikka sobiq nomzod “selxoz”ga rektor boʻldi
Hukumat qarori bilan Oblomuradov Narzullo Naimovich Toshkent davlat agrar universiteti rektori etib tayinlandi. Bunga qadar u ushbu universitetda oʻquv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Narzullo Oblomurodov 2021-yilda Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Shu yili 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, 4,1% ovoz olgan.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari o‘zgarishi kutilmoqda.
@masofatalim
Vazir va o‘rinbosari dam olish kunida yig‘ilish o‘tkazdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda OTFIV Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazishgan. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Garchi bu yig‘ilish qachon o‘tkazilgani ochiqlanmagan bo‘lsada, uni 17-noyabrda o‘tkazilganini aniqlash ko‘p qiyinchilik tug‘dirmadi — rasmdagi monitorning o‘ng tomoni, pastki qismida 17.11.2024 sanasi va 10:16 soati turibdi. Demak, vazir va uning o‘rinbosari 17-noyabr, yakshanba, dam olish kunida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazgan. Bu esa eng kamida Mehnat kodeksiga zid.
P.S.: Yig‘ilishlardan bo‘sh vaqtlarda shunaqa kodekslarni, qonunlarni o‘qib turish kerak.
@masofatalim
Senatorlikka saylangan OTMlar rektorlari, professor va o‘qituvchilar
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Ataniyazova Oral Aminovna Qoraqalpog‘iston Respublikasidan;
Jizzax politexnika institutining Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professori Bobanazarova Jamila Xolmurodovna Jizzax viloyatidan;
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich Namangan viloyatidan;
Samarqand davlat universiteti rektori Xalmuradov Rustam Ibragimovich Samarqand viloyatidan;
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Suvonova Dilbar Nabiyevna Surxondaryo viloyatidan;
Urganch davlat universiteti rektori Abdullayev Baxrom Ismoilovich Xorazm viloyatidan;
Qarshi davlat universiteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi dotsenti Irkayev Abduraxim Pandjiyevich Qashqadaryo viloyatidan senatorlikka saylanishdi.
@masofatalim
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sharafiga Toshkent shahri markazida otliq kavaleriya ishtirokida harbiy parad bo‘lib o‘tdi.
@masofatalim
“Jamiyat, oila, mahalla, avlodni oldida yorug‘ yuz bilan o‘zlaringni tutishinglar bugunga bog‘liq” — Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga motivatsiya berib, ularni ilhomlantirdi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tgan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotda taniqli tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etib, yoshlarga o‘zining maslahat va tavsiyalarini berdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Nutqi davomida Ortiqxo‘jayev yoshlarga yuzlanib, ularga motivatsiya berdi.
“Sizlar bugun hayolan boshqalardan ortda qolmay deb ota-onangizdan talab qilayotgan narsalarni ertaga farzandlaringiz sizdan talab qila boshlaydi. Shuning uchun, oldingizda sizlardan talab etiladigan juda katta mas’uliyat turibdi. Yo bugun o‘qib, o‘z ustingizda ishlab, rivojlantirasizlar, yoki sizlar bugun ota-onangizdan talab qilayotgan narsalarni ertaga sizlar farzandlaringizga yetkazib bera olmaysizlar”.
@masofatalim
Migrantlarga yopishdi, soliq solish kerak, dedi. Endi o‘qituvchilarning oyligini kamtirish kerak, deb bularga yopishyapti. Bu odamning boshqalarga kuchi yetmaydi. Masalan, o‘g‘ri oligarxlar (Otabek Bakirov tilida aytganda) haqida gapirishga tili ojizlik qiladi, qo‘rqadi.
@masofatalim
Bolalarga yaxshi ta’lim bermaganlarga kam maosh berishni emas, yaxshi ta’lim berganlarga ko‘proq berishning chorasini ko‘rish kerak. Shunda yaxshi ta’lim bermaydiganlarga ham bu yaxshi turtki bo‘ladi.
Populist Alisher Qodirov bundan bir necha yillar avval oyliklar kamligi uchun zo‘r-zo‘r o‘qituvchilar maktabdagi ishidan bo‘shab, repetitorlikka yoki o‘quv markazlarga o‘tib ketganidan bexabar, shekilli.
@masofatalim
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshini oshirish haqidagi savolni “judayam murakkab savol” deb atadi
Deputat Qizilgul Qosimova ta’lim va tibbiyotdagi oyliklarning pastligi bu sohalardagi xizmat sifatiga salbiy ta’sir qilishidan xavotir bildirdi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov malakali o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimi yaratilgani, shunday tizim tibbiyotda ham joriy etilishi, lekin hukumatda hali aniq yechimlar yo‘qligini aytdi. “Asosiy masala – kimga va nima uchun yuqori oylik to‘lash”, dedi u.
P.S.: 5 minutga yaqin gapirib, hech nima demaslikni o‘rganish uchun yaxshi master klass video bo‘libdi😂
@masofatalim
“Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi “Stand Up yoshlar” kechasiga taklif etmoqda
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi yoshlarga o‘zgacha adrenalin va yuqori kayfiyat ulashadi! 25-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida yoshlarning Stand-Up loyihalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘ziga xos unutilmas kun bo‘ladi.
Mirshakar Fayzulloyev, Islom Karimov, Shoxrux Nuriddinov, Otabek Xudoyberdiyev, Javohir Jamilov, Muhammadxo‘ja Fazliddinxo‘jayev, Ochilbek Xamidov, Jasur Dostonov kabi ijodkorlar hamda xonanda Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokida yoshlar uchun ajoyib dastur — “Stand Up yoshlar” kechasi bo‘lib o‘tadi.
❗️Ro‘yxatdan o‘tib, unutilmas kun ishtirokchisiga aylaning: @poytaxtuzbot
Kamyob hodisa. Liftdan talabalarning foydalanishini taqiqlash faqat davlat oliy ta’lim muassasalarida emas, xususiy OTMlarda ham uchrab turarkan. Qaysi OTMligini bilish uchun logoga qaralsin.
P.S.: Talabaning OTM liftidan foydalanishini man etishni oqlashga har xil gaplarni aytish befoyda. Talaba kontraktini to‘layapti. Sifatli ta’lim olishga, yaxshi sharoitda o‘qishga haqqi bor.
@masofatalim
2024-yilda eng faol ishlagan oliy ta’lim muassasasi rektori qaysi?
Uzbekistanofficial.uz sayti “2024 yilda eng yaxshi ishlagan OTM rektori qaysi?” nomli so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Ovoz berish uchun:
1-qism: /channel/uzbekistanofficial/89303
2-qism: /channel/uzbekistanofficial/89304
3-qism: /channel/uzbekistanofficial/89305
4-qism: /channel/uzbekistanofficial/89306
5-qism: /channel/uzbekistanofficial/89307
6-qism: /channel/uzbekistanofficial/89308
7-qism: /channel/uzbekistanofficial/89309
8-qism: /channel/uzbekistanofficial/89310
So‘rovnoma 5-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.
Yakuniy bosqich so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan 1 nafar OTM rektoriga sertifikat, maxsus statuetka va qimmatbaho sovg‘a topshiriladi.
Sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bundan ikki yilcha oldin aytgandi: “[Talabaga] ertaga haydalib ketasan, kursingdan qolib ketasan, degan tahdid bilan yuribmiz haliyam”.
Bugun qiziq murojaat kelibdi. Universitetidagi muammolar haqida fakulteti guruhida yozgan keyin lift rasmi tarqab ketishiga sabab bo‘lgan talabaga kursdan qoldirish va “diplom ololmasdan o‘tishi” bilan tahdid qilishganmish. Shunaqa deb yozishdi, har holda.
Shuni o‘qib turib sobiq vazirning gaplari esga tushib ketdi. Abduqodir Toshqulov to‘g‘ri gapni aytib ketgandi. Talabaga ko‘p yonbosardi. Hozirgilarda bunaqa jihat ko‘rinmadi, balki ko‘rmayotgandirmiz.
Xullas, eski gaplar, eski muammolar, eskicha tahdidlar.
@masofatalim
Yoshlar turizmi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 22-noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida yoshlar turizmi yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Sohaga qiziquvchi yoshlar uchun mazkur ochiq muloqotda juda ko‘plab katta imkoniyatlar ma’lum qilinadi. Turizm daromadli sohalardan biri bo‘lib, millionlab yoshlarni ish bilan ta’minlashi mumkin.
Ishtirok etish uchun @poytaxtuzbot orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda Yoshlar akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan grantlar haqida ma’lumot berdi.
@masofatalim
Matbuot xizmatining vazifasi — rahbar obro‘siga putur yetkazish emas
O‘zbekistonda rahbarlarning dam olish kunlari ishlashi hech kimga sir emas va bu allaqachon normal holatga aylanib ulgurgan. Masalan, kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri dam olish kunida yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Bugun Mehnat kodeksini bir chetga surib, masalaning boshqa jihatiga — samarasiz ishlayotgan matbuot xizmatiga e’tibor qaratamiz.
Kecha yakshanba, dam olish kunida vazirlik kanalida naqd 10 ta post chiqqani e’tiborni tortdi. Savol tug‘ildi: vazirlik matbuot xizmati dam olish kunlarisiz ishlaydimi? Keyin e’lon qilingan xabarlarni qarab, tahlil qilinayotganda, yig‘ilish haqidagi post yarqirab ko‘zni qamashtirdi. Sanalar tekshirilganda, ayni dam olish kuniga to‘g‘ri keldi.
Ya’ni vazir dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazganini ayni o‘sha kunning o‘zida vazirlik matbuot xizmati yoritmaganda, bu e’tiborni tortmasdi va e’tiroz uyg‘otmasdi. Hay, vazir yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazishga o‘tkazibdi, buning xabarini ayni shu kuni berish shartmidi? Shuni bugun, dushanba, ish haftasida e’lon qilinganda hammasi “silliq” kechgan bo‘lardi, masalan.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov ilmli, ziyoli va fidoiy inson. Xizmat safarlarida vaqt tig‘iz bo‘ladi, vaziyat shuni taqazo qilgandir — bularning hammasini tushunsa bo‘lar, ammo dam olish kunida o‘tkazilgan yig‘ilishni ayni shu kuni ommaga jar solib, rahbar reputatsiyasiga putur yetkazish — matbuot xizmatining qo‘pol xatosidan boshqa narsa emas. Bularni ular hisobga olishi, har bir e’lon qilayotgan materiallarini tahlil qilishi kerak edi.
Qissadan xissa shuki, dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazilishi — bir xato, uni hammaga matbuot xizmati ochiqlab qo‘yishi — ikkinchi qo‘pol xato.
@masofatalim
Yoshlar lideri Alisher Sa’dullayev Prezident farmoni bilan senatorlikka tayinlandi.
Samimiy tabriklaymiz, xayrli boʻlsin!
@masofatalim
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi
“Biz ularning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida gaplashdik.
⠀
Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.
⠀
Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi”, deb yozdi S.Mirziyoyeva.
Videoda talabalardan biri Prezident yordamchisiga yakuniy nazorat ishlari bugungi kun talabiga javob bermasligi haqida ham gapirib o‘tganini ko‘rish mumkin.
@masofatalim