Aytishlaricha, Adiblar xiyobonidagi haykallar oliy ta’lim muassasalariga bo‘lib berilgan ekan. Izohlarda yozishlaricha, hamma OTMning o‘z haykali bor ekan :)
@masofatalim
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan bog‘cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlanibdi.
Bunda pedagoglarning qanday tashqi ko‘rinishda bo‘lishi, xususan, turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi belgilangan.
@masofatalim
Vaynerlarimiz yangi darajaga chiqdi. Kitoblarni tanqid qilib, o‘sha kitoblar Milliy kutubxonadan olib tashlanganiga xursand bo‘lishmoqda.
@masofatalim
Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekistonga qarshi dona surishdan bosh tortdi
Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etmoqda. Bugun, 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 8-turda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi AQSH terma jamoasiga qarshi dona suradi.
AQSH sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Afruza Xamdamovaga qarshi bahs olib borishi kerak bo‘lgan. Biroq Gulruhbegim hamyurtlariga qarshi o‘ynashdan bosh tortgan. Uning o‘rinini Yip Karissa egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Tohirjonova 2020-yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi. Gulruhbegim Tohirjonova AQSHga ketishiga Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasidagi adolasizliklarni sabab qilib ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston tarixida ikkinchi bo‘lib xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan. 2021-yilda shaxmat bo‘yicha Amerika chempionatida ikkinchi o‘rinni olgan. Shundan so‘ng, AQSH terma jamoasi tarkibiga jalb qilina boshlagan.
Manba
@masofatalim
🟡 Nega hali ham hujjat topshirmadingiz?
🎓 Ta'lim sifati chet elnikidan qolishmaydigan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.
📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43
Hoziroq ariza topshiring va muvaffaqiyatli talaba bo'ling
“Ayrim boylarning bolasi El-yurt umidi jamgʻarmasi hisobidan chet elga oʻqishga ketmoqda” – Bahodir Gʻaniyev
@masofatalim
Urganch davlat universitetining 29,7 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi
Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirig‘iga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosi yuzasidan o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
O‘rganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada “7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi” ob’yektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilanganligi ma’lum bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020 yildagi 496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan.
Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan obyektni II-toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.
Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga ma’lumotlar yuborildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Raqobat qoʻmitasi
@masofatalim
45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida magʻlub etishdi.
@masofatalim
Bankomatdan pul yechayotganda svet o‘chib qoldi. Rejali o‘chirish. Pul ham, plastik karta ham bankomat ichida qoldi. Svet bir soatdan keyin yonarkan, keyin bankdan kelib, bankomatning ichini ochib, olib berisharkan. Yangi O‘zbekistonning viloyatlaridan biridagi holat, hali qish kelmadi.
@masofatalim
Lola, Joʻrayevlar, iWash, Mirzo, endi Inbazar. Zerikmaymiz, tomosha qilamiz va chalgʻiymiz😁
#tushungantushundi
@masofatalim
🟦🟦🟦🟦
📌 “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “4 yoshli qizcha ingliz tili bo‘yicha Olimpiadada yutib, xalqaro olimpiadaga yo‘llanma olibti, onasi yordam so‘rayapti” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan O‘zbekiston bolalar tashkiloti quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ingliz tili fani bo‘yicha respublika ochiq olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatni qo‘lga kiritgan 4 yoshli E'zozaxon Sobirovaning xalqaro olimpiadada ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan qoplab berilishini ma'lum qilamiz.
Bu kabi iqtidorli va bilimli bolalarni O‘zbekiston bolalar tashkiloti doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Tez orada E'zozaxonning ota-onasi bilan aloqaga chiqib, bu masalada ijobiy yordam berilishini ma'lum qilamiz.
O‘zbekiston bolalar tashkiloti
Axborot xizmati
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” – TDPU yagona formani joriy etmoqchi
Kun.uz nashrining xabar berishicha, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bir guruh talabalari yagona majburiy forma qilinayotganidan norozi. Forma talabalarga 250 ming so‘mdan sotilayotgani, uni olmaganlar darsga qo‘yilmaslik bilan qo‘rqitilgani aytilmoqda.
Darvoqe, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining yagona formasini joriy etishi kerakligi haqida topshiriq berilgan.
@masofatalim
Facebook’da bir qancha jurnalistlar shu postni ulashibdi. Toʻlayotgan soliqlarimizdan mana shu kabi xalqaro olimpiadalarga yoʻllanma qoʻlga kiritgan yoshlarning borib-kelish va ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini ortiqcha byurokratiyasiz toʻlab berishsa, xursand boʻlardik.
@masofatalim
Aqlli gaplar va ta’sirli musiqa bilan video qilgan hamma ham koʻringanidek yaxshi odam boʻlavermaydi!
2022-yilda bir abituriyent yigit (shaxsi bizga ma’lum) kirish imtihonlarida 157 ball toʻplab, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi boʻladi. Bilimli, harakatchan bu yigitda IELTS - 6,5, SAT esa 1380 boʻlgan. Qolaversa, IT sohasida qoʻlidan ancha-muncha ish kelardi.
Shu vaqt orasida u xususiy OTMlardan biriga ham topshirib koʻradi (bu universitet asoschisi mashhur odam, Instagram’da har xil videolar qilib turadi, aqlli bashara bilan, odamlarning hissiyotiga ta’sir qilish yoʻli bilan). Mazkur xususiy OTM esa unga birinchi yili 50 foizlik grant beradi.
Shunday qilib, oʻsha yigit Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirgan yoʻnalishi IT boʻlmagani, xususiy OTMda esa 50 foizlik grant olgani va kelasi yillar ham grant olishiga ishonib, xususiy OTMni tanlaydi.
Oʻqishlar boshlanadi. IT sohasida bir semestrda oʻtiladigan narsani bir yil oʻqitishadi. Choʻzishadi. Birinchi kursni tamomlab, ikkinchi kursga oʻtganda grant ololmaydi, garchi baholari yaxshi va grant uchun suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa ham. Umuman, hech kimga grant berishmaydi, va’da esa aslida boshqacha boʻladi.
Mana shu narsa qarmoqqa aylandi – falon foiz chegirma beramiz, deb ilintirishadi, qop-qop ogʻzaki va’dalar berishadi, keyin esa yolgʻonchiliklari oshkor boʻlib qoladi. Yoshlarning vaqtini, umrini behuda oʻtkazishga “bosh-qosh” boʻlishadi.
Bu orada oʻsha xususiy OTMda oʻqiyotgan koʻpchilik talabalar yolgʻonlarni payqagach vaqt borida oʻqishini “perevod” qiladi yoki akademik ta’til oladi. Bu yigit ham akademik ta’til olmoqchi boʻladi, ammo ololmaydi. Universitet endi boshqachasiga “oʻyin” qila boshlaydi.
Xullas, shu yigit oxiri bu xususiy universitetni tashlab ketadi. Birinchi yili toʻlagan kontrakti va ketkazgan vaqtiga kuyadi. Keyin esa ma’lum vaqt IT sohasida ishlaydi. Bu yil esa tayyorlanmay turib, yana Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga topshirdi va 150 balldan yuqori toʻplab, oʻqishga kirdi. Endi bu yil “narxoz”da oʻqimoqchi va eng toʻgʻrisi ham shu, aslida.
Bu bilan xususiy OTMlarga ishonchsizlik uygʻotmoqchi emasmiz. Ular orasida ayrim davlat OTMlaridan ham yaxshi bilim beradiganlari juda koʻp. Ammo bilimli yoshlarning umrini nafs yoʻlida mana shunday barbod qiladigan kurmaklar ham yoʻq emas.
Bu kichik hikoya. Ammo xulosa qilish uchun yetarli. Infosiganlarning har gapiga ishonavermang. Toʻlangan kontrakt pullari topilar, ammo yoʻqotilgan vaqt topilmaydi. Anavi xususiy OTMdagilarga va uning asoschisiga insof bersin, aqlli bashara bilan gapirgan halollik haqidagi gaplariga oʻzi ham amal qilsin, deb qolamiz.
@masofatalim
Va nihoyat, oliy ta’lim vaziri Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlar masalasiga e’tibor qaratdi
2024-yil fevral oyida tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan, ammo oradan 6 oy o‘tgan bo‘lsa ham hamon rasmiy g‘oliblar buyrug‘i tasdiqlanmagani haqidagi murojaat kanal orqali yoritilgandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yarim kechasi xabar berishicha, 12-sentabr kuni vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida vazirlikning Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yigʻilish yakunida esa Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlar va nihoyat tasdiqlangan.
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalari Adiblar xiyobonida tadbirlar o‘tkazadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan (121-son) Adiblar xiyoboniga 24 ta oliy ta’lim muassasasi biriktirilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, xiyobonni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan maskanga aylantirish belgilangan.
Ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan birga nega bu xiyobonga serqatnov bo‘lib, tinmay tadbir o‘tkazyapti, deb tursak, gap buyoqda ekan-da :)
@masofatalim
Bankomatni buzib, o‘g‘rilik qilgan talabalar 4 yilga qamaldi
Ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan shaxs Mirzaobod tumani hududida joylashgan bankomatlarni buzib, ichida mavjud bo‘lgan 177 mln so‘m pul mablag‘larini o‘g‘irlayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud hukmi bilan ushbu jinoyatni sodir etgan ikki nafar talaba 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
@masofatalim
❗️Diqqat ❗️
21-sentabr kuni soat 17:00 da @marifatziyo telegram kanalida “Gazeta uchun maqola yozish tartib va talablari” mavzusida ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Mavzu yuzasidan savollarga “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov javob beradilar.
📌 Shu vaqtda qadar gazetaga yuborgan maqolalaringiz qaytarilgan bo‘lsa yoki talablarini bilmaganingiz uchun maqola jo‘natishga ikkilanib turgan bo‘lsangiz, albatta master-klass shaklidagi ovozli chatimizda ishtirok eting.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 24-maktab oʻqituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda.
Oʻqituvchilar (erkagu-ayol) kamaz-kamaz shagʻal tashib, “styajka” quyishmoqda ekan.
@masofatalim
⚡️⚡️ 1 yil yo‘qotmang !
DTM Imtixonlaridan Yiqildim,O'qishga kirolmadim deb siqilmang buni yechimi oson👇
@Grandtalim_rus murojat qiling
hech qanday IMTIXONLARSIZ
1soatda Talaba Bo'ling!
🔁 Xorijdan oʻqishni koʻchirish "perevod"lar uchun 2-3- kursdan ham Perevod qilish mumkin.
📚Ta'lim yo'nalishlari:
• Yurisprudensiya
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Pediatriya
• Farmaseftika
• Iqtisod
• Bank ishi
• Pedagogika
• Tarix
• Biologiya
• Psixologiya
• Matematika
• Jismoniy Tarbiya
• Boshlangʻich ta'lim
• Maktabgacha taʼlim
• Kadastr
• Arxitektura
• Konchilik ishi
• Neft gaz
• Yo'l xarakatini tashkil qilish (Avtodarojni)
• Temir Yo'l
• Metallurgiya muxandisligi va 30 dan ortiq yo'nalishlar mavjud.
☎️ Batafsil ma’lumot uchun tel:+998939921511 | @Yevropada_Grand
+998887040019 | @Grandstudy_uz
Telegram kanal👉 @Grantstudy_ru
Talabalarni oʻzi hayot azoblari siqqani yetmagandek endi metroda ham siqilishyapti :)
Transport vaziri Ilhom Mahkamov va “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig’i Raxmonbek Usmanov haqiga “duo” qilib qo‘yarsizlar.
@masofatalim
12-sentabr kuni homilador talaba-ayol o‘qishda ahvoli yomonlashadi, tug‘ruq yaqinlashgani uchun kuchli og‘riq boshlanadi. Kursdoshlari esa darhol tez yordamga qong‘iroq qilishadi.
Tez yordam mashinasida 2-sonli tug‘uruq kompleksiga borgan homilador bemorni hatto eshikdan kiritmaydilar, dardi-holini so‘ramaydilar. Javob bergan xodim “propiska qayerda?” deb so‘ragan.
Ular propiska Bekobodda ekanini aytishganda Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasiga yuborishadi. Yangi “TashMI”da ham xuddi shu holat takrorlanadi – propiskasi Toshkent shahrida bo‘lmagan, to‘lg‘oq tutgan , tez yordam mashinasida borgan homilador ayolni bu yerda ham qabul qilishmaydi.
Shundan so‘ng bemor singlisi bilan taksida Bekobodga boradi va shu yerdagi shifoxonada farzandli bo‘ladi. Hayriyatki, hozir ona va bolaning ahvoli yaxshi.
Propiskasi Toshkent shahrida bo‘lmagani bois garchi tez yordam mashinasida borgan bo‘lsa ham homilador ayolni qabul qilmagan tizimni va uning tepasida o‘tirgan vallomatlarni nima deb atash mumkin?
https://youtu.be/o6sJzgr_xG0?si=ZvrQng13bg8PsfSK
Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols migratsiya bo‘yicha imzolangan shartnoma bilan buyuk iste’dod egalarining mamlakatga kirib kelishiga imkon yaratilayotganini ma’lum qildi.
Dunyoning turli nuqtalarida, xususan, Germaniyada ham bugungacha ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar ta’lim olib, mehnat qilishmoqda.
Ana shunday tirishqoq, doimiy izlanuvchan yigit-qizlar haqida avvalroq Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Global ko‘prik” nomli ilmiy-ommabop hujjatli film suratga olingandi.
Loyihaning ilk soni Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlarga bag‘ishlangan bo‘lib, filmni 17-sentabr kuni soat 15:25da “Mening yurtim” telekanalida, soat 15:50da “Biz TV”da, soat 23:55da esa “Renessans TV”da tomosha qilish mumkin.
Forma masalasida har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining ichki tartib-qoidalarida belgilangan tartibda ish ko‘raversin. Albatta, bu ichki-tartib qoidalar Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Zid kelib qolgan taqdirda, Konstitutsiyaga yoki ichki-tartib qoidalardan yuqori turuvchi qonunlarga qaraladi.
Biroq bu ishlar hamma talabani bir xillashtirish, barchaga bir xil kostyum-shim kiydirish, qanaqadir logolar tushirishni talab qilish, majburlash, bosim o‘tkazish orqali amalga oshirilmasligi kerak. Hammasini chiroyli targ‘ibot bilan qilsa bo‘ladi. Muloqot, tushuntirish va targ‘ibot – eng yaxshi vosita.
Maqsad oliy ta’lim muassasalarining brendini yaratish bo‘lsa, bu bir xil rangdagi kostyum-shim bilan amalga oshib qolmaydi, buni shaxsiy brendga bir tiyinlik foydasi ham yo‘q. Dunyo tajribasida oliy ta’lim muassasalari, eng avvalo, sifatli ta’lim bilan o‘z brendini yaratgan. Logosi tushirilgan kostyum-shim bilan emas.
Talabalar ham odam. “Zamonaviy, chiroyli kiyimda madaniyatli odamlarga o‘xshab darsga kelinglar, ertaga oliy ma’lumotli bo‘lib, katta-katta joylarda ishlaysizlar, kiyinish madaniyatini hozirdan shakllantiringlar, bu faqat va faqat sizlarning foydangiz uchun”, degan yaxshi gaplar bilan tushuntirilsa, ular ham tushunadi))
@masofatalim
Forma masalasiga amaldagi va sobiq vazirning munosabati
Birinchi video. 21.06.2024 amaldagi oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov:
“...Hozirgi kunda har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining brendini yaratishi kerak...”
Ikkinchi video. 22.05.2021 sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:
“...Oliy ta’lim tizimida biz hozir forma talab qilmayapmiz...”
@masofatalim
Yaxshi yangilik
Xabar berishlaricha, yuqoridagi 4 yoshli qizchaning Dubayga xalqaro olimpiadaga borib ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarini O‘zbekiston bolalar tashkiloti to‘lab beradigan bo‘libdi.
Tez orada bu haqida tashkilot rasmiy sahifalarida ham ma’lumot berilar ekan.
@masofatalim
Andijondagi maktabda kech qolgan o‘quvchi qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘izildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlarni o‘tirib-turg‘izilayotgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa 12-sentabr kuni Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabida kuzatilgan.
Maktabning 10-“Z” sinfining o‘quvchilari soat 9:20 da maktabga kelishganligi, ular tomonidan muntazam darsga kech qolish holatlari kuzatilayotganligi bois maktabning mas’ul xodimi D.T. tomonidan o‘quvchilar tartibga chaqirilgan.
Ushbu holat maktab direktori tomonidan nazoratga olinib, o‘quvchilar darslarga kiritib yuborilgan hamda o‘quvchilarning ota-onalari bilan dars jarayonlari 8:00 dan boshlanishi va ushbu vaqtda o‘quvchilarni maktabga kelishlarini ta’minlash zarurligi yuzasidan suhbat olib borilgan.
Shuningdek, maktab direktori tomonidan mas’ul xodim D.T. ga o‘quvchilar bilan pedagogik etika qoidalariga rioya etgan holda munosabatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi.
@masofatalim
Yaqinda bitta infolo‘ttiboz iqtisodchi va aqlli bashara bilan chiqib, “dollar kursi voobshe tushib ketadi o‘rtoqlar” degandi. Odamlar “kalla bormi” deganday izoh yozdi ham, bu odamga ta’sir qilmadi. Saldan keyin yana bir absurd video joyladi.
O‘sha infosiganning videolarini ko‘rib, hammasiga shunchaki kulib qo‘ygandik.
O‘sha videolardan keyin dollarning kursi o‘rtacha 100 so‘m atrofida oshdi. Tijorat banklari esa bugundan 1 AQSh dollarini 12 800 so‘mdan sota boshladi. Dushanba kuni rasmiy kurs yana o‘rtacha 9 so‘mga oshishi kutilyapti.
Emotsiyaga berilib gapirgan, ta’sirli musiqa qo‘yib video ishlagan har qanday taniqli odamning videolaridan ehtiyot bo‘lish kerak.
Xullas, bu bilan nima demoqchimiz? Ehtiyot bo‘ling. Aqlli bashara bilan, ta’sirli musiqa bilan odamlarning hissiyotiga ta’sir qilib, obro‘ yig‘ib, keyin shu ortidan soqqa qiladigan infosiganlar juda bolalab ketdi. Afsuski, bunaqa nusxalar ta’lim yo‘nalishida ham juda ko‘p uchrayapti. “Omma hissiyotlar orqali boshqariladi” degan gap bor va ular ham buni yaxshi bilishadi.
@masofatalim
Bitta shoir chiqib, fuqarolar soliqqa qiziqishi kerakmas, deydi. Boshqasi chiqib, xalq shoiri degan unvoni bor, “surish kerak” deganlarni “surish” kerak, deydi.
@masofatalim