Magistratura haqidagi postga 1,5 mingdan ortiq izoh yozilibdi. Kanal tarixidagi tarixiy rekord.
P.S. Bu yerda xususiy universitetlardan birining magistratura reklamasi bo‘lishi mumkin edi :)
@masofatalim
Aytishlaricha, bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlaridan keyin talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ochiladi.
@masofatalim
Bitta madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni himoya qilish uchun mana bu ikkovlon, biri shoiru, biri boshlovchi, shuncha gap gapirib qo‘yibdi.
She’ringni yoz, maddohligingni qil, lekin aslo fuqarolarni, soliq to‘lovchilarni budjetga qiziqmalaring, deb tanqid qilma. Bu huquqni senlarga hech kim bermagan.
@masofatalim
⚡️Rasman: Ham bepul o'qib, ham stipendiya olishingiz mumkin!
✅ Bu imkoniyatni Navoiy innovatsiyalar universitetida qo'lga kiritishingiz mumkin.
Ta'lim yo'nalishlari:
— Maktabgacha taʼlim
— Boshlang'ich taʼlim
— Pedagogika
— Biologiya
— Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili)
— Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
— Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
— Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
🔴 Davlat namunasidagi diplom;
🔴 2 mlrd so'mlik grant;
🔴 Yillik 6 mln so'mlik stipendiya.
Sun’iy intellekt ongga aylanishi mumkinmi?
Sun’iy intellekt va sun’iy ong o‘rtasidagi farq olimlar, faylasuflar va texnologlar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Batafsil — https://platina.uz/173a9e
👉 @platinauzb
27-avgust – kollej va texnikumlarni tanlashning oxirgi kuni
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi.
Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashning so‘nggi kuni.
Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej va texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻyilsa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@masofatalim
“Tugʻilgan” arizalardan bittasi “oʻldi”
Magistr.edu.uz saytida 26-avgust kuni kechqurun jami arizalar soni 33 173 ta edi. Ayni vaqtda bu 33 172 ta boʻlgan. Qayerdandir paydo boʻlib qolgan bitta ariza “oʻlgan”.
Eslatib oʻtamiz, qabul yakunlanganda jami arizalar soni 33 161 ta edi, hozir esa 33 172 ta turibdi. 11 ta ariza qayerdan “tugʻilgani” noma’lum boʻlib qolmoqda. Anavi 1 taga kamaygani bilan yana 11 ta shunaqasi bor.
@masofatalim
Tushunarsiz va izoh talab etiladigan holat
Koʻpchilik magistraturaning javoblarini kutayotgandi. Shu vaqt orasida magistr.edu.uz saytida oʻzgarish yuz berdi, goʻyoki natijalar chiqqandek edi. Buni isbotlovchi skrinshotlar bor.
Keyin sayt ishlamay qoldi, ana undan soʻng esa hammasi eski holiga qaytdi, ya’ni natijalar chiqmagan ekan. Mas’ullar ham magistraturaning natijalari hali tasdiqlanmagani va e’lon qilinmaganini bildirdi.
Xoʻsh, natijalar tasdiqlanmagan ekan, unda nega saytda natijalar paydo boʻlib, keyin yoʻq boʻlib qoldi? Agar bu tasdiqlanmagan boʻlsa va u koʻringan narsa natijalar boʻlmasa, nima edi unda?
Turli savollar kelib chiqyapti, oʻz-oʻzida har xil shubhalarga erk berishga ham toʻgʻri kelyapti…
@maaofatalim
❗️Mas’ullar magistratura natijalari hali tasdiqlanmagani va e’lon qilinmaganini xabar berishdi. Lekin oz qoldi, deb iddao qilishmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtgach, DTMning kasali vazirlikka yuqdi: sayt ishdan chiqdi :)
@masofatalim
Magistratura natijalarini kutayotgan hamma yoshlar bizning kanalda ekan-u :)
Izohlarda #FreeMagistratura heshtegini trendga chiqarishmoqda.
@masofatalim
“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov
@masofatalim
❗️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
@masofatalim
Magistratura natijasi chiqquncha Durov butun boshli Fransiya qamoqxonasidan chiqib ketdi-ye😂
@masofatalim
“Uzbekistan Airways” O‘zbekiston Respublikasining milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda davlat tili oʻzbek tilidir.
Shunday katta kompaniya videoga olish davomida toza o‘zbekcha gapira oladigan bir dona xodim topa olmadimi yoki bunga farosatlari yetmadimi? Bu video tilga e’tiborsizlikdan boshqa narsa emas, nazarimizda.
Alisher Navoiy bejizga “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz!” deb yozmagan. Milliy tilni asrab-avaylash, uni pisand qilmaydigan, xohlagan ko‘yga solish mumkin, deb o‘ylaydiganlar tajovuzidan qo‘riqlash faqat ulug‘larning emas, o‘zini, tilini, millatini hurmat qiladigan har bir fuqaroning burchi, kundalik tashvishi bo‘lishi lozim.
@masofatalim
❗️Magistratura natijalari 28-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda
Ikki kun oldin texnik xatolik sabab saytda ba’zi natijalar ko‘rinib qolgan, ammo bu asliga to‘g‘ri kelmaydi va haqiqiy natijalar hisoblanmaydi. Rasman e’lon qilinadigan natijalar ikki kun oldin ko‘ringaniga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
@masofatalim
Magistratura natijalarini intiqlik bilan kutayotganlar diqqatiga! Bemalol uxlayveringlar, bu vaqt ichida chiqmaydi. Manbalar ham shunga ishora qilishdi.
@masofatalim
4 yil ichida diplommi yoki 3 oyda kasbmi?
💼 Universitet kamida 37,2 million so'mga tushadi va 4 yil davom etadi. Agar siz atigi 3 oy ichida talabgir kasbga ega bo'lsangiz-chi?
💸 Osnova SMM kurslari 3 oyga atigi 2 970 000 so'mni tashkil etadi, xozir esa -50% bayram chegirmasi amal qilmoqda! Karyerangizni tezroq va arzonroq boshlang.
Kursga yoziling va 3 oy ichida pul ishlashni boshlang!
Chegirma olish uchun veb-saytda so'rov qoldiring yoki +998 95 445 40 44 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Afsuski, mana shunaqa dunyoqarash, fikrlash (agar fikrlash deyish mumkin boʻlsa), “yoʻlini qilayotgan boʻlsa qaddini ursin” degan gap bilan yashayotganlar oramizda juda koʻp topiladi.
Korrupsiya va nepotizm kabi tushunchalari qonimizga singib ketyapti. Balki allaqachon singib ham boʻlgandir. Mana shunaqa gaplar bilan buni oqlab ham berishyapti. Bu esa faqat va faqat yomon signal!
@masofatalim
Magistr.edu.uz saytida arizalar “tugʻilib” qolyapti
“Magistrlar official” Telegram kanali 31-iyul kuni magistraturaga arizalar qabuli tugagani haqida post e’lon qilib, unga skrinshot ham biriktirgan. Oʻsha skrinshotda jami arizalar soni 33 161 ta ekani aks etgan.
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash” Telegram kanali 26-avgust kuni soat 11:20 larda joylagan postga ilova qilingan rasmda esa jami arizalar soni 33 172 ta ekani koʻrinadi.
Faol obunachilar bu holatga e’tibor qaratib, xabar berishmoqda. Tekshirish uchun magistr.edu.uz saytiga kirganimizda ne koʻz bilan koʻraylikki, jami arizalar soni 33 173 ta boʻlib qolgan.
Xoʻsh, magistraturaga arizalar qabuli yakunlangan boʻlsa, bu raqamlar qayerdan koʻpayib qolyapti? Oʻzidan oʻzi arizalar “tugʻilib” qolyaptimi?
@masofatalim
Magistraturani natijasini kutaverib zerikib ketganlar boʻlsa, kayfiyat uchun shu videoni koʻrib sal chalgʻib olish tavsiya etiladi (izohlar yonib ketdi-ye). Eng qizigʻi shunga odamlar pul toʻlab kirganda bir paytlar :)
@masofatalim
Magistratura natijalari e’lon qilingani aytilmoqda.
❗️Ammo sayt ishlamayapti.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diqqatiga!
Doktorantlar ular uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovi bo‘yicha haligacha jim-jitlik ekani haqida murojaat qilishmoqda.
“Assalomu alaykum. Biz 2024-yil fevral oyida tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan edik. Oradan 6 oy o‘tgan bo‘lsa ham hamon rasmiy g‘oliblar buyrug‘i tasdiqlanmadi. Hali rasman Prezident stipendiyasini ham olmadik. Odatiy stipendiya olmoqdamiz. Himoya qilishimizga ham kech qolmoqdamiz.
Biz vazirni shaxsan o‘zi bilan ham uchrashishga bormoqchimiz.
Bu oliy ta’limdagi eng nufuzli stipendiya bo‘lsayu tashkil qilish ishlar nima uchun bunaqa tashkil qilingan. Shunga ham hayronmiz”, deyiladi murojaatda.
❗️Oradan yarim yil o‘tibdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bunga mas’ul bo‘lganlar e’tibor qaratishini va aniq izoh berishlarini so‘raymiz.
@masofatalim
OTMlar kontrakt narxlarini e’lon qila boshladi
Davlat oliy ta’lim muassasalari 2024-2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miadorlarini ochiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilmayotgani haqida xabar berilgandi.
Shundan soʻng, 24-avgust kuni kun davomida quyidagi OTMlar toʻlov-kontrakt miqdorlarini rasmiy telegram kanalida e’lon qildi. Tegishli havolalar orqali tanishib chiqish mumkin.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – havola
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti – havola
Toshkent davlat pedagogika universiteti – havola
Toshkent davlat agrar universiteti – havola
Guliston davlat universiteti – havola
Termiz davlat universiteti – havola
Samarqand davlat universiteti – havola
Namangan davlat universiteti – havola
Qarshi davlat universiteti – havola
Andijon mashinasozlik instituti – havola
Andijon davlat universiteti – havola
Qoraqalpoq davlat universiteti – havola
Boshqa OTMlar qachon e’lon qilishi tayin emas.
@masofatalim