masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Toshkent davlat stomatologiya instituti gazeta va jurnallarning bir yillik obunasi uchun “INNOVATE RESOURCES” MChJ bilan qariyb 300 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.

“Xalq so‘zi”ni Qarshi davlat universitetiga 1,9 mln so‘mdan o‘tkazgan “INNOVATE RESOURCES” MCHJ Toshkent davlat stomatologiya institutiga xuddi shu gazetani 898 ming so‘mdan sotgan.

Bundan tashqari, institut ayrim jurnallarning bir yillik obunasiga 14 mln so‘mdan 33 mln so'mgacha pul to'lagan. Xususan, “Российский стоматологический журнал”ga 33 mln so‘m to‘langan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

6-noyabr kuni @masofatalim kanalida e’lon qilingan giveaway’da Shavkatov Shahriyor ismli obunachi gʻolib boʻlibdi.

Unga 3 oylik telegram premium sovgʻa qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, gʻolib kanal adminlari tomonidan emas, aksincha telegram tomonidan tasodifiy tanlash orqali aniqlanadi.

Tez orada kanalda yangi giveaway e’lon qilinadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Kutib oling! Germaniyada Talabalar uchun ish!

✅Work and travel dasturi bo'yicha O'zbekistondagi barcha oliygoh talabalari uchun, yozgi ta'til davomida, Germaniyada oyiga 2000 dan 3000+ yevrogacha pul ishlash imkoniyati!

✅ Viza: Shengen (Butun Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyati)

🟢 13 - Noyabr, soat 20:00 da  Bepul Onlayn Vebinarda ishtirok eting va ushbu dasturda qatnashish uchun kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo'ling!

Vebinar manzili:
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi

🟢Faqatgina 1 kun, Vebinarda siz quyidagi savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- ketish uchun qanaqa hujjatlar yig'ilishi
- qaysi oliygoh talabalari qatnasha olishi
- qananaqa ishlarda ishlash mumkinligi
- xarajatlar haqida
- Germaniyaga yetib borganda ko'pchilik yo'l qo'yadigan qaysi xatolarni takrorlamasik
- viza uchun nima hujjatlar yig'ilishi
kabi o'zingizni boshqa ko'plab qiziqtirgan savollaringizga ham javob olishingiz mumkin.

✅ Ushbu ajoyib imkoniyatni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq kanalga a'zo bo'lishni unutmang:

/channel/+kgLT083R4cMwNzRi

Tel: +998712000340

Читать полностью…

Masofatalim™

Yashil makon avjida. Ayniqsa, Uchtepa tumanidagi 228-maktabda ota-onalar va o‘quvchilardan ko‘chatga pul yig‘ish orqali rosa avjida. Tuvakdagi gulga pul, maktabda yashil makon qilishga pul, sinf fondiga pul, maktab fondiga pul. Pul, pul va yana pul. Shunaqa xayrli tashabbusni ham bular pul yig‘ib rasvosini chiqaradi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xorijda o‘qib, ishlab, yashab yurgan o‘zbeklar hayotidan lavhalar berib boradigan @uzbekistonlikuz telegram kanali qisqa tanaffusdan soʻng yana faoliyatini davom ettirishni boshlabdi. Kuzatib boring.

Читать полностью…

Masofatalim™

ChatGPT O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Toshkent moliya institutini maqtayapti :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!

🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).

Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm

❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!

☎️ Axborot-maslahat markazi:
Operator1 | +998957173638
Operator2 | +998957083638
Operator3 | +998957273638

🌐 Sayt | 📲 Instagram

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Azim artistlar va madaniyat xodimlariga uy olishlari uchun subsidiya berilishi haqidagi mavzu borasida o‘z fikrini Facebook sahifasida qoldiribdi.

Bu mantiqdan kelib chiqilsa, ertalabdan kechgacha 2 mln ham chiqmaydigan oylikka ishlaydigan hamshiralar-u, o‘qituvchilar bor. Hatto 6 yil bakalavr, 3 yil magistr o‘qib, shu 2 mln so‘m ham chiqmaydigan oylikka ishga kiradigan tibbiyot xodimlari bor.

Darvoqe, madaniyat xodimlarining himoyasiga otlangan Nazokat Azimdan talabalarga vaqtida berilmayotgan stipendiyalar masalasida ham munosabat bildirib, ularning ham himoyasiga otlanishni so‘raymiz.

OTMlarning shishirilgan narxdagi obunalari va boshqa jiddiyroq masalalarga kelganda lom-mim deya olmay qolishadi. O‘zlariga taalluqli bo‘lgan ko‘p joyda boshlarini qumga tiqib olib, boshqa mavzu kelganda sherga aylanishadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Brend ambassador sifatida artistga 630 mln atagan O‘zsanoatqurilishbankning soliqdan qarzi 9-noyabr holatiga 150,6 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasining ochiq manbalari orqali tekshirib ko‘rish mumkin.

Masalan, 2 mln oylikka ertalabdan kechgacha ishlaydigan hamshira yoki o‘qituvchi soliqdan 50-100 ming qarz bo‘lib qolsa bormi, soliq o‘sha xodimni oborib-obkeladi. Ammo butun boshli bank 150,6 mlrd qarz bilan bemalol yuraveradi, artistlarga pul sochaveradi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Open AI O‘zbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berdi

Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi.

Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN vositasida chet el raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Artistlarga uy olishi uchun subsidiya beriladi

Artistlar uy-joy sotib olmoqchi bo‘lsa, uyning yarim pulini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan subsidiya qilib to‘lab berish bo‘yicha Madaniyat vazirligi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqibdi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 mln so‘mdan hamda Toshkent shahri uchun 245 mln so‘mdan yuqori bo‘lmagan miqdorda bir martalik subsidiya berilishi nazarda tutilmoqda.

P.S. Tavba, bular turib-turib nimalarni o‘ylab topadi-ya. Ozodbek Nazarbekov ham mana bunaqa tashabbuslarni ishlab chiqmay, tinchgina “Jigi-jigi” deb ashulasini aytib yurgani yaxshi ekan, masalan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sobiq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, amaldagi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universitetida daraxt ekibdi.

Daraxtni ekish jarayonida kimdir chuqurni tayyor qazib qo‘ygan, quyishga suvni olib kelib tayyor qilgan, yana ikki kishi esa daraxtchani ushlab turib, vazirga yordam bergan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi va shu sabab qatnovda noqulaylik tug‘dirmaslik uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 8-9-noyabr kunlaridagi darslar qoldirilib, 10-17-noyabr oralig‘ida professor-o‘qituvchilarning dars jadvaliga moslashtiriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sovg‘a sifatida tanlangan 1 kishiga 3 oylik Telegram Premium to‘lovi amalga oshirilgan. Giveaway’da qatnashish va g‘olib bo‘lib, sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun @masofatalim kanaliga obuna bo‘lish hamda do‘stlarga ulashish kerak. G‘olib 13-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.

Quyidagi havola orqali ovoz berishni ham unutmang: /channel/masofatalim?boost

Читать полностью…

Masofatalim™

Telegram asoschisi Pavel Durov kanallarda endi yutuqli o‘tkazish mumkinligi haqida e’lon qildi

Kanal egalari endi obunachilari orasida mukofotlarni tasodifiy tarqatish orqali yutuqli oʻyinlarni oʻtkazishi mumkin. Bu kanalni tanitish, yangi obunachilarni jalb qilish yoki joriy obunachilarni mukofotlashning yangi usulidir.

Yutuqli oʻyinlar ijtimoiy tarmoqlarda ancha vaqtdan buyon mashhur trend boʻlib kelmoqda, lekin hozirgacha ularni tasdiqlangan va shaffof tarzda tezda tashkillashtirish imkonsiz edi. Bugun Telegram buni oʻzgartirmoqda. Bu millionlab foydalanuvchilarga Telegram Premium obunalari kabi mukofotlarni olishga yordam beradi va Telegram gʻoliblar adolatli tanlanishiga kafolat beradi.

Bepul Telegram Premium

Kanallar egalari atigi bir nechta bosish orqali yutuqli oʻyinlar yaratishi mumkin. Telegram gʻoliblarni kanal egalari belgilangan qoidalar asosida tasodifan tanlaydi va mukofotlarni tarqatadi.

Omadli gʻoliblar hadya kodlariga ega havolalarni oladi, bu ular gʻolib boʻlganining ommaviy tasdigʻi sifatida xizmat qilishi mumkin. Har bir kod Telegram Premiumga bepul obunani oʻz ichiga oladi, lekin tashkilotchilar kanalga qiziqishni orttirish uchun boshqa mukofotlarni (Teslalar kabi) qoʻshishi mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qarshi davlat universiteti gazeta va jurnallar obunasi uchun “INNOVATE RESOURCES” MCHJ bilan 317,8 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sovg‘a sifatida tanlangan 1 kishiga 3 oylik Telegram Premium to‘lovi amalga oshirilgan. Giveaway’da qatnashish va g‘olib bo‘lib, sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun @masofatalim kanaliga obuna bo‘lish hamda do‘stlarga ulashish kerak. G‘olib 13-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.

Quyidagi havola orqali ovoz berishni ham unutmang: /channel/masofatalim?boost

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzsanoatqurilishbankning kelishilgan tenderi amalga oshmadi

Oʻzsanoatqurilishbank artist brend ambassador uchun 630 mln soʻmlik tender e’lon qilgandi.

Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ayrim manbalar ushbu tender kelishilgan boʻlishi mumkinligi haqida ham xabar bergandi.

13-noyabr kuni tender yakunlangan va savdo amalga oshmagan. Jamoatchilik xabar topmaganda, balki hamma ish pishgan boʻlarmidi-a?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev, O‘zMU rektori Inomjon Majidov! Ikkingiz ham o‘tiradigan binolar oldidagi yo‘lga to‘siqni kim qo‘ygan? Tez yordam mashinasi o‘ta olmay, piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘ldan yurishga majbur bo‘ldi.

Qaysi kalla bilan bu yo‘l yopib qo‘yilgan? Yopishga yopibsizlar, uni ochadigan odam qayerda yurgandi? Shu to‘siqni kim qo‘ygan bo‘lsa ham, tez yordam, yong‘in xavfsizligi kabi mashinalarning kirib chiqishi mumkinligiga nahot faxm-farosati yetmagan bo‘lsa?

UPD: Aytishlaricha, to‘siqni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘ydirgan bo‘lishi ham mumkin ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Shu o‘rinda deputatlarga sarflanayotgan xalq mablag‘lari ham o‘zini oqlayaptimi, degan haqli savol tug‘iladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent moliya instituti joriy yil iyun oyida dekanatlar va kafedralar uchun axborot veb-saytini ishlab chiqish xizmatlari uchun 200 mln so‘mlik tender e’lon qilgan. Ushbu tenderda 190 mln so‘mlik taklif bilan “Yumoney” MChJ g‘olib bo‘lgan. Ammo g‘azna bu tenderni bekor qilgan.

Oktabr oyiga kelib, institut ushbu tenderni yana qayta e’lon qilgan. Bu safar 178 mln so‘mlik taklif bilan yana “Yumoney” MChJ g‘olib deb topilgan va 25-oktabr kuni shartnoma tuzilgan.

Davlat reestriga ko‘ra, ushbu MChJning 50 foiz ulushiga Xaitov Azizbek Akmal o‘g‘li egalik qiladi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, u institut qoshidagi “Digital Finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi bosh mutaxassisi lavozimida ham ishlaydi.

Sodda qilib aytganda, ochiq ma’lumotlardan ma’lum bo‘lyaptiki, Toshkent moliya instituti o‘tkazgan tenderni institutga aloqador odamning ulushi bo‘lgan MChJ qo‘lga kirityapti. Bor gap shu.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Teatrda ishlaydigani ham, radioda ishlaydigani ham, otarchi-yu boshqasi ham to‘yma-to‘y soqqani bosyapti. Falonchi-falonchi deb birovni misol qilib, allakimlarning cho‘ntagini hisoblamoqchi emasmiz, lekin yaxshi yashayapti hammasi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa madaniyat xodimlari haqida emas, davlat OTMlaridan oyligi va sharoiti yaxshiligi sabab xususiy OTMlarga o‘tib ketayotgan o‘qituvchilar haqida ko‘proq bosh qotirsa yaxshi bo‘lardi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🚀 Qanday qilib o'quv markazda zamonaviy marketing orqali daromadni oshirish mumkin?

🤔 Sizning ham o'quv markazingizda o'quvchilar oqimi bilan muammolar bo'lmoqdami?

⚡️ Kelgan murojaatlarni ushlab qolish konversiyasi tushib ketmoqdami?

🔥 Aynan shu muammolarga yechim berish maqsadida 12-noyabr soat 20:00 da "Zamonaviy marketing orqali daromadni ber necha barobarga oshirish" mavzusida maxsus online trening tashkil qilmoqdamiz!

Ushbu treningda siz:

✅ Sifatli murojaatlar oqimini oshirishni

✅ O'quvchilarni ushlab qolish konversiyasini oshirishni


⌛️ Ha aytgancha, agarda siz ushbu treningga 24 soat ichida
o'z joyingizni band qilsangiz, siz uchun maxsus bonus va sovg'alar taqdim etiladi!

🔗 Shu sababli o'z joyingizni band qilishga shoshiling!

👉 Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/royxatdan_otish_uchun

Biz bilan bog‘lanish:
💬 @tizimmarkaz_cmnty

Reklama

Читать полностью…

Masofatalim™

Artistlarni davri keldi, ahay-ahay, vohay-vohay

O‘zsanoatqurilishbank bir yil muddatga rep yo‘nalishida ijod qiluvchi, 35 yoshgacha bo‘lgan san’atkorni brend ambassador sifatida jalb etish uchun 630 mln so‘mlik tender e’lon qilibdi.

Talablar: 630 mln so‘mni qo‘lga kiritish uchun 365 kun davomida bankning brend ambasadori bo‘lish va bir yil davomida 4 marta foto va video sessiyaga tushib berishi hamda rasmga olingan foto va video faylardan bank xizmatlarini targ‘ibot qilish uchun foydalanish huquqi berilishi kerak ekan.

Bundan tashqari, o‘sha artist ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalariga ega bo‘lishi, 500 000 ko‘rishlar va ijtimoiy tarmoqlarda jami 150 000 dan kam bo‘lmagan obunachisi mavjud bo‘lishi kerak ekan. Keyin konsert berib, banki reklama ham qilishi kerak ekan. Zo‘r-a?

P.S. Madaniyat vazirligining artistlarga uy olishi uchun 245 mln so‘mgacha subsidiya berish kerakligi haqidagi taklifidan jamoatchilik hali o‘ziga kelib ulgurmasdan, davlat banki 630 mln so‘mni artistga sarflamoqchi. Bosilar, pul topib aql topmaganlar.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Artistlarga uy olishi uchun 245 mln so‘mgacha subsidiya berilishi mumkinligi haqidagi qaror loyihasini ko‘rgach, bir taklif tug‘ildi. Shu soha xodimlarini aholining eng qiynalgan va ezilgan qatlami deb topib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” bo‘lgani kabi, “Artistlar daftari” degan daftar ham joriy qilish kerak.

Masalan, bu asosida keyin qiynalib qolgan artistlarga BHMning nechadir baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam, efirga chiqishiga joy ajratishga yordam, qo‘shiq qilishga she’r topa olmasa, she’rdan yordam, bastakorga berishga puli bo‘lmasa, bastakordan yordam, to‘yga aytilmasa, to‘ydan yordam kabi yordam turlarini ham joriy qilish kerak. Masalan, bu shunchaki taklif, xolos.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qo‘qonda ikki yosh nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi

Kelin-kuyov Qo‘qon shahridagi “Amiriy” kutubxonasida tanishib qolgan. Kelin ushbu kutubxonada faoliyat olib borgan, kuyov esa kitob o‘qishga tez-tez kelib turgan. Kutubxonada tanishgan ikki yosh nikohini ham shu yerda o‘tkazishga qaror qilgan.

Yoshlar baxtli bo‘lishsin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Grafik dizaynerlar oyiga qancha topadi?

🙋 Ijtimoiy tarmoqda faoliyat yuritadigan har qanday odam borki, Grafik dizaynerlarga ishi tushadi.

Hattoki sahifasiga faqat video yuklaydigan insonlar ham grafik dizaynerga video uchun kover tayyorlatadi.

😐 Xo’sh, bu muhim shaxslar oyiga qancha daromad qiladi?

Kursni endi bitirgan va 6 oygacha tajribaga ega grafik dizaynerlarning o’rtacha oyligi 3 000 000 dan 6 000 000 so’mgachani tashkil qiladi. Tajriba ortgani sari daromad ham o'sib boradi.

Bu sohada ishlashning yana bir qancha afzalliklari mavjud:

• masofadan turib ishlash mumkin;
• bir vaqtning o’zida bir nechta loyihalar bilan ishlash mumkin;
• turli saytlar orqali passiv daromad ham topsa bo’ladi.

➡️ Agar siz ham grafik dizayn sohasini o’rganib, yuqori daromad topishni istasangiz, «Najot Ta'lim»dagi grafik dizayn kursi uchun ro’yxatdan o’ting.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Masofatalim™

7-noyabr kuni soat 11:00 atrofida Oliy Majlis Senati (Senat.uz), “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (Adolat.uz), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Edu.uz) hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Minsport.uz) veb saytlariga kirish imkonsiz bo‘lib qolgan. Aytishlaricha, ushbu saytlar hakerlar hujumiga uchragan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Paveljon Durov yaratib bergan keng-ko‘lamli imkoniyatlardan foydalanib, yutuqli o‘yin e’lon qildik (Telegram tarixida Durovdan keyin 2-giveaway’ni biz e’lon qildik).

G‘olib bo‘lgan 1 nafar obunachiga 3 oylik Telegram Premium sovg‘a qilinadi! G‘olibni Paveljon aytganidek, Telegramning o‘zi, mutlaqo shaffof shaklda aniqlaydi.

Omadni sinab ko‘ring
!

Читать полностью…

Masofatalim™

8-9-noyabr kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitga Prezident Shavkat Mirziyoyev raislik qilishi kutilmoqda.

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va sammitning ahamiyati haqida ekspert batafsil ma’lumot berdi.

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал