Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
O‘zMU prorektori murojaat bilan kelgan ayolni haqorat qildi
O‘zbekiston Milliy universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Jabbor Muhammadiyev talabaning onasini o‘ta qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, haydabdi.
Har qanday holatda ham prorektor bir onani, ayolni bu darajada haqorat qilishini oqlab bo‘lmaydi va u bitta uzr bilan qutulib ketmasligi kerak. Mansabiga munosibligi savol ostiga olinishi va haqoratlariga huquqiy baho berilishi shart!
@masofatalim
Bundan bir yilcha oldin Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bitta sayt qildirish uchun 8,4 mlrd sarflagani haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Turib-turib esga tushib qoldi-da: o‘sha sayt bitib qoldimikan? Bitgan bo‘lsa nega ko‘rsatishmayapti? Yoki biz ko‘rmay qoldikmikan? 🧐
@masofatalim
Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev yozmoqda:
“2005-yili 173-maktabning 9-“A” sinfini tamomlaganman. Ximiya-biologiyadan Shavkat aka Kenjayev dars o‘tganlar, parallel “B” sinfning kuratori ham edilar. O‘qituvchilar bayrami munosabati bilan “B” sinf o‘quvchilari maktabga borib, Shavkat akani bayram bilan tabriklashibdi va Umraga yo‘llanma berishibdi. Qoyil!”
@masofatalim
🚀 Boshlang'ichdan B2 darajasiga 6 oy ichida! 📚
🌟 "MEXMONXONOV" bilan bu yo'lini kashf eting 🌟
Ingliz tili bo'yicha bilimlaringizni oshirishga tayyormisiz? Vaziyatni qo'ldan boy bermaslik uchun Mexmonxonov tayyorlov kursiga keling !
🏢 Biz nimani taklif qilamiz:
✅ Intensiv kurslar
✅ Sifatli hamda qulay yotoqxona
✅ O'quvchi nazorati(7/24)
✅ Mobil telefonlar chalg'itmaydi
📞 Hozir biz bilan bog'laning:
📱 +998941525223
📱 +998952000330
Bundan tashqari kimyo va biologiyadan ham yangi guruhlarimiz mavjud.
🗝️ Mexmonxonov bilan ingliz tilini tezda o'rganing - muvaffaqiyat kalitini qo'lga kiriting.
Manzil: Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani
Google xaritadagi manzilimizga quyidagi havola orqali ulanasiz.
➡️https://maps.app.goo.gl/7T257BvQiTUotbGG9
SMM, marketing va jurnalistika bo‘yicha yoshlarga ish bor ekan. Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/igXhxc8pTSeW3XoU8
@masofatalim
Bir necha o‘qituvchilarni chaqirib, samolyotga o‘tkazildi. Eshiklar yopilganidan so‘ng, ushbu samolyot ularning shogirdlari yasagan samolyot ekani ma’lum qilindi. Shunda barcha o‘qituvchilar najot topib qolish uchun eshik tomon yugurishga tushdilar. Faqat bir o‘qituvchi sokin o‘tirar edi. Undan so‘radilar:
– Nega qochmaysiz siz? – U javob berdi:
– Chunki samolyotni mening shogirdlarim yasagan.
– Tasanno! Shunchalar ularga yaxshi ta’lim berganingizga ishonchingiz komilmi?
– Agar samolyot joyidan qoʻzg‘alsa, qulog‘imni kesib tashlayman!
Hazil, albatta! Bayram muborak, aziz ustozlar!
@masofatalim
“Davlat test markazi tomonidan olinadigan testlar ta’limning sifatini baholovchi obyektiv mezon emas” — mutaxassis
Eskirgan milliy dastur, bitiruvchilar saviyasi, ming dollar oylik va boshqalar — Platina.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov bilan sohadagi kamchilik va yutuqlar haqida suhbatlashibdi.
To‘liq video: https://www.youtube.com/watch?v=6FJjVIVf-oc
@masofatalim
🔥
Online kurslarimizga qabul ochildi!
-》Beginner
-》Elementary
-》Pre-intermediate
-》Intermediate
Kursimizda siz 0dan boshlab toki sertifikat olish darajasigacha chiqishingiz mumkin!
Batafsil ma‘lumot:
Admin: - @EngVector
Kanal: - @English_VectorReklama
😇 Ustozlar bayrami munosabati bilan texnomart'dan yoqimli yangilik!
25-sentabrdan 15-oktabrgacha, faqat ustozlar uchun 20 mln so'mgacha istalgan texnikani boshlang'ich to'lovsiz 10% chegirma asosida xarid qilishlari mumkin bo'ladi!
*Ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!
👉batafsil: texnomart.uz
📱 71 209 99 44
texnomart - ustozlarimizga yaxshilikka buyursin!
@texnomart
Qo‘qon davlat pedagogika instituti madaniy tadbirlar uchun 153,5 mln so‘mga 950 dona chipta xarid qilibdi. Chiptalarning har biri 161 ming so‘mdan sotib olingan. Davlat reestrida esa chiptani sotgan MChJning faoliyat turi yashаshgа yaroqsiz joylаrni ijаrаgа berish ekani ko‘rsatilgan.
@masofatalim
Termiz davlat universiteti 31-iyul kuni (talabalar bu paytda ta’tilda edi) “Ayol qismati” badiiy filmi uchun yuridik manzili Toshkent shahrida joylashgan MChJdan 12 ming dona chipta (42 mln so‘m) xarid qilgan ekan. Shartnoma muddati 2023-yil 31-dekabrgacha.
@masofatalim
Sergelidagi portlash natijasida tumandagi 305-maktab ham jiddiy talofat ko‘rgan. O‘qish jarayoni vaqtinchalik to‘xtatildi.
@masofatalim
Toshkent moliya instituti madaniy tadbirlar uchun 250 mln soʻmlik chipta xarid qilingani yuzasidan rasmiy munosabat bildiribdi.
“Telegram messenjeri “Masofatalim” kanalida Toshkent moliya instituti madaniy tadbirlar uchun shartnoma tuzilganligiga oid eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Toshkent moliya instituti tomonidan tahsil olayotgan talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-innovatsion va ko‘ngilochar tadbirlar yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda. Birgina 2022-2023 o‘quv yili davomida talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga va jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish, mustaqil, ijodiy va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan 300 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Unda 6000 ga yaqin talaba-yoshlar hamda 500 dan ortiq professor-o‘qituvchilarning faol ishtirok etganligini alohida eʼtirof etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-2024 o‘quv yilining birinchi yarmida ham talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘z ichiga turli konsert-tomosha, festival, teatr va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan”, deyiladi institut rasmiy munosabatida.
@masofatalim
Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda
🏛 Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.
Kontrakt narxlari 9mlndan boshlanadi va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.
🏆 420 ta Grant o'rniga ega.
DTMdan olgan balingiz bilan imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.
⚠️ Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Litsenziya bekor bo‘lmagan va ayni damda faol holatda.
🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun: qabul.namxu.uz
📞 78-113-21-22
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
Reytinglar uchun milliardlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalari reytingini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘lish uchun 3,9 mlrd so‘m ishlatibdi.
Bundan tashqari, vazirlik joriy yil may oyida 10 ta OTMning QS reytingini baholatish uchun 200 ming dollar, 2022-yilning oktabr oyida esa yana 200 ming dollar ishlatgandi.
P.S. Aniq endi OTMlarni reytingi kuchayib ketsa kerak-a?
@masofatalim
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “CITY DORMITORIES” MCHJ bilan 18-sentabr kuni 1 mlrd 30 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzibdi. Eng qizig‘i, ushbu firma shartnoma tuzilgan kuni, ya’ni 18-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ekan.
Tug‘ildi-yu shu on 1 mlrd 30 mln so‘mlik shartnoma tuzdi.
@masofatalim
Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat bilan chiqibdi. Murojaat matni professorning Facebook sahifasida e’lon qilingan.
@masofatalim
❗️Dahshatli raqamlar
2023-yilning 8 oyida Oʻzbekistonda 2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan 2024 ta jinoyat sodir etilgan.
Jinoyatlarda 1424 nafar maktab, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, 142 nafar ishsiz yoshlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga yetmaganlar ishtirok etgan.
@masofatalim
Xorazmda 9-sinf o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi
Bolalarning aytishicha, ularni dalaga maktab direktori yuborgan. Direktor va sholi ekkan fermer tug‘ishgan aka-ukalar ekani aniqlangan.
P.S. Oldin paxta terimi edi, endi sholi o‘rimimi?
@masofatalim
🔥 IELTS dan yuqori bal olishning siri nimada ?
🥳 Shu mavzuni 6-7-8-oktabr kunlari "IELTSda men bilgan sirlarim" mavzusidagi BEPUL Webinarda ko'rib chiqamiz.
👨🏻🏫 Speaker: IELTS 8.5 sohibi, 2000+ o'quvchilarni yuqori darajaga olib chiqqan Ibragim Mansurov
🚀 Webinar davomida "Writing" va "Speaking"ga katta urg'u qaratiladi va siz bilmagan texnikalar o'rgatiladi.
📌Webinar manzili: /channel/+fcV8RrTpEdA1MTgy
👉 Bepul roʻyxatdan oʻtish
“Imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday bo‘lsa, “reporter” maqomi ham shunday”
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga 108 davlatdan 1 904 ta universitet kiritilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekistondagi 48 ta OTM ham bu ro‘yxatdan o‘rin olgani haqida xabar qilib, buni “xushxabar” deya e’lon qildi. Mutaxassis Azamat Akbarov bunga munosabat bildirdi.
“Bu yilgi reytingda O‘zbekistondagi 48 ta universitet “Reporter” maqomida reytingdan o‘rin oldi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20 taga ko‘p ekan. Bulardan 47 tasi davlat universiteti va bitta xususiy universitet bor. Ko‘rinib turibdi, vazirlik yoppasiga hammani ushbu ro‘yxatga kiritishga harakat qilmoqda. Ba’zi xabalarda buni ajoyib tarzda reklama qilishmoqda, qandaydir xushxabar/yutuq sifatida ta’riflashmoqda. Bu reytinglarni tushunmagan insonlar uchun bu haqida biroz izoh berib o‘taman.
“Reporter” maqomi 2021-yilda joriy etilgan bo‘lib, “kuchlilar” reytingiga kirish uchun hujjat topshirib kira olmagan universitetlarni “hafa qilmaslik” uchun shunaqa variantni o‘ylab topishgan, chunki hamma xalqaro reytinglar katta pul turadi, bu esa yaxshi biznes. Sizning oddiy Amerika vizasi uchun topshirilgan anketani ko‘rib chiqqaniga konsulga 160 dollar to‘laysiz, reyting uchun topshirilgan yuzlab hujjat bepul bo‘ladimi?
Demak, shartlarni bajara olmagan universitetlarni “uzoqlashtirmaslik” uchun shu tarzda ushlab turishadi. Ya’ni boshqacha qilib aytganda “reporter” maqomi aslida autsayder degani, chiziqdan tashqarida qolganlar. Bular hech qanday reytinga kirmaydi, bularga raqam berilmaydi, “kuchli”lardan keyin alfavit bo‘yicha nomi yoziladi. Imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday bo‘lsa “reporter” maqomi ham shunday. Xatolaridan dars chiqarib keyingi imtihonga tayyorgarlik ko‘radi”, deb yozmoqda Azamat Akbarov
Xulosa qilinsa, O‘zbekistondagi 48 ta universitet topshirgan va bitta ham natija yo‘q. Avvalroq vazirlik reytinglar uchun sarflayotgan milliardlar haqida yozgandik. Mutaxassisning fikrlaridan kelib chiqsak, hammasi havoga uchganga o‘xshaydi.
@masofatalim
Qonunan mumkin bo‘lmasada tadbirkorlik subyektlarida ulushdor bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi mansabdorlari haqida
1. Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich — Toshkent farmasevtika instituti prorektori. “UNISAFE” MCHJning 50 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
2. Baxranova Zubayda Saidovna — Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori. “BUXORO AVICENNA GAVHARI” MCHJning 100 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
3. Turayev Bahodir Xatamovich — Toshkent davlat transport universiteti prorektori. “SUZANA SAFO NURLI YOGDUSI” fermer xo‘jaligining 100 foiz ulushdori va direktori.
4. Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich — Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori. “NOVAYA STOMOTOLOGIYA” MCHJning 100 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
5. Karimov Ma’rif Shakirovich — Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori. “INFARM MADAD” MCHJning 50 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emasligi belgilangan.
Yuqoridagi holatlar ochiq ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Ushbu mansabdor shaxslar izoh berishni xohlasa, ularga ham minbar beriladi. Qolaversa, yuqoridagi holatlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nazoratga olishi kerak. Davomi bor, albatta.
@masofatalim
Qoʻqon davlat pedagogika instituti 153,5 mln soʻmlik chiptalar xaridi boʻyicha rasmiy munosabat bildiribdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu xarid 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan institutning 953 nafar professor-oʻqituvchilariga va barcha ishchi-xodimlariga “Turon” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozib, madaniy tadbir oʻtkazish uchun amalga oshirigan.
P.S. Shu gaplarni shartnomada ham qayd etib qoʻyilsa, birov urishmasdi. Keyin shartnomada chipta deb yozilgan. Bayram dasturxoni, degan joyi yoʻq.
@masofatalim
Sergeli tumanida sodir boʻlgan voqea koʻpchilikni qaygʻuga soldi. Voqea sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Ammo bir narsa e’tiborni tortdi: bir guruh yoshlar ham hodisa joyiga yetib borib, volontyorlik asosida aholiga yordam koʻrsatayotgan ekan. Oʻz navbatida, yoshlarning bu kabi vaziyatlardagi faolligi, yurtdoshlar boshiga ish tushganda jim qarab turmay, yordamga shoshilishi xursand qildi. Barakalla, yoshlar! 🫡
@masofatalim
Bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq voqealar Sergelidagi portlash fonida qolib ketmasligi va bu xabarlar Sog‘liqni saqlash vazirligini “qutqarib” qolmasligi kerak. Jamoatchilik har kuni bu mavzu haqida gapirishi va unutmasligi lozim.
@masofatalim
Sergelidagi portlash natijasida 15 yoshli bolaning boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
@masofatalim
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat beribdi. Vazir nihoyat tilga kirdi deb xursand bo‘lib tursak, bular OAV va jurnalistlarning ovozini o‘chirish uchun gapirishni boshlagan ekan.
Janob vaziri oliylariga qonunda “Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinishi” belgilanganini hamda Konstitutsiyaning 33-moddasida “Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega” ekanini eslatgan holda jurnalist va blogerlarga nima qilishni o‘rgatmaslikni tavsiya qilamiz.
@masofatalim
Toshkent moliya instituti madaniy tadbirlar uchun 250 mln so‘mlik chipta (donasi 125 ming so‘mdan) sotib olibdi. Chiptalar soni 2000 ta ekan.
@masofatalim
Taka-taka tum daka!
Maktablarga 108,9 mlrd so‘mlik 7 to‘plamdagi milliy cholg‘u asboblari sotib olinibdi. Bu haqida UzA xabar berdi.
P.S. Rahmat, endi darsliklarni ham to‘liq yetkazib berilsa, baxtimiz to‘kis bo‘lardi.
@masofatalim