masofatalim | Неотсортированное

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Подписаться на канал

Masofatalim™

Imtihon boshlandiyu, ishkallar ham boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda turli videolar tarqamoqda. Mazkur videolarda imtihonga kirgan abituriyent savollar kitobini yirtib, olib chiqishga uringani aks etgan. Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha holatlar bo‘yicha munosabat bildirib, ushbu abituriyentlar imtihondan chetlatilgani haqida ma’lumot bermoqda.

Shu o‘rinda bir fikr aytmasdan iloj yo‘q. Savollar kitobini olib chiqishga uringan abituriyent imtihondan chetlatilishi yoki natijasi bekor qilinishi haqidagi gaplar taxminan Perm davridan beri bor. Buning ustiga repetitorlar ham kamida bir marta abituriyentlarini ogohlantiradi. Tayyorlangan abituriyent borki, savollar kitobini olib chiqish o‘zining bir yilini quritib qo‘yishini juda yaxshi biladi.

Tarmoqda tarqagan videolarga diqqat bilan qaralsa, kitobchani yirtib cho‘ntakka tiqqanlar abituriyentga ham o‘xshamaydi. Unda nega bunday qilishi mumkin? Chunki imtihonda bir abituriyentga tushgan savol boshqasiga tushmasligi mumkin, ammo o‘xshashi tushishini juda ko‘pchilik biladi. Savollar kombinatsiya bo‘ladi. Bugun tushgan savol ertaga tushadiganidan biroz farq qiladi, xolos. Aftidan, hamma gap shu yerda.

Uddaburonlar savollarni yirtib yoki yozib chiqib, nari borsa shu ishlarni kimlargadir qildirib, allaqachon telegramda ham savollarning muhokamasini boshlab yuborgan. Hozircha buning oldini olishning yagona yo‘li: nazoratchilar qattiqroq ishlashi, imtihondan chiqayotganlarni ham tekshirib chiqarishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Bu yoshlar test ishlashga kirganmi yoki yelpinib oʻtirishgami? Video boshida e’tibor berilsa, nazoratchi ham yelpinib oʻtiribdi. Abituriyentlardan toʻlovlar undirildi, hisobda milliardlar yigʻildi. Havo issiqligi yangilik boʻlmay qoldi. Sharoit esa qilinmagan. Yo svet yoʻq, yoki konditsioner. Aftidan, 10 kunlik test oʻtadi, ketadi, deyishgan, shekilli.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilar ekan. Ajoyib!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident farmoniga asosan talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi, Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan bepul elektron xizmat joriy etilishi kerak edi.

Hozircha my.gov.uz portalida ham, Davlat xizmatlari markazlarida ham bunday imkoniyat ishga tushirilmagan. O‘qish boshlanishiga esa bir oy vaqt qoldi. Yotoqxonalar hisobini yuritish reestri masalasida ham yangilik yo‘q.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ov davom etadi: yana bir OTM bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i, 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.O‘. fuqaro J.S. ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

DIQQAT!

4-kundan so‘ng maqolalar qabuli to‘xtatiladi!

OAK tomonidan tan olingan xalqaro bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnal:

Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23): 5.564
(http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)

ISSN: 2181-3515

Sayt: http://erus.uz/index.php/er

Qabul vaqti: 3-avgustgacha
Nashr vaqti: 5-avgust

Qabul doirasi:

1. Filologiya fanlari
2. Pedagogika fanlari
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
4. Aniq fanlar
5. Tabiiy fanlar
6. Iqtisod fanlari
7. Psixologiya fanlari
8. San’at va madaniyat fanlari
9.Tibbiyot fanlari
10.Texnika fanlari

Qabul 7 tilda:
o‘zbek, rus, ingliz, nemis, tojik, qozoq va qoraqalpoq

Indeks:

1. Google Scholar
2. ResearchBib (OAK-14)
3. Directory of Research Journal Indexing (OAK-15)
4. Zenodo
5. Open Air
6. Open Library
7. PKP | INDEX
8. ASI (OAK-28)
9.Journals-CiteFactor (OAK-16)

✅ Har bir maqola uchun DOI raqami beriladi.


Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor

Rasmiy kanal: @Erus_uz
.

Читать полностью…

Masofatalim™

Eng kam daromad o‘qituvchi va shifokorlarda

Statistika agentligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha taʼlim va sog‘liqni saqlash xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi sohalar kesimida hisoblaganda eng quyi pog‘onada qolmoqda.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 mln so‘mni tashkil qiladi. O‘qituvchi va shifokorlarning o‘rtacha oyligi esa 3 mln so‘mdan oshmagan. Ular boshqa soha vakillariga nisbatan kambag‘allashishda davom etmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Imtihonda kalkulyator ishlatish masalasi haqida

Bundan 1-2 yil avval D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filialiga kirish imtihonida abituriyentlarga kalkulyator tarqatilgani haqida yozgandik.

Bir davlatda, bir davlatning abituriyentlari imtihonga kiryapti. Xorijiy OTMga topshirgan abituriyentga o'sha xorijiy OTM tomonidan kalkulyator berilmoqda, lekin davlat OTMlariga topshirgan abituriyentga “kalkulyator bilan kelsang, dalolatnoma tuzib, imtihondan chiqarilasan”, deyilmoqda.

Imtihonda kalkulyator berish amaliyoti ko'pgina rivojlangan davlatlarda bor, biroq negadir bizda bunga ruxsat yo'q. Mantiqsizlikning eng kattasi shuki, abituriyent yillar davomida kalkulyatorsiz hisoblashni o'rganadi va imtihonga kiradi. O'qishga kirib talaba bo'lgach esa oliy ta'lim muassasasi talabaga “nega kalkulyatoring yo'q, qanaqa talabasan”, deb urishadi. Ya'ni kirish imtihonida kalkulyatori bor talaba imtihondan chiqib ketsa, talaba bo'lgach, kalkulyatori yo'q talaba darsdan chiqarib yuboriladi (shunaqa holat bo'lgan).

Balki kalkulyator ishlatishga ruxsat bermay, to'g'ri qilishayotgandir. Ammo nega OTMga kirganda bu narsa unutiladi? Axir talaba o'qishga kirguncha kalkulyatorsiz ishlashni o'rgangan-ku? Mana shu yerdan ham sezsa bo'ladi: bizda abituriyentlar o'qishga kirguncha zo'r o'qiydi, o'qishga kirgach esa abituriyentlikda o'qiganining o'ndan birini ham o'qimaydi. Aniqrog'i o'qitilmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xorijda fura haydaydigan hamyurtlarimiz uchun yap-yangi eksklyuziv radiokanal — “Truck FM” ishga tushirilibdi. Bu nafaqat fura haydovchilari uchun, balki xorijda yashaydigan o‘zbeklar uchun ham, O‘zbekistonda yashaydiganlar uchun ham ajoyib radiokanal.

Uni quyidagi vositalar orqali tinglash mumkin:
👉 truckfm.uz sayti orqali;
👉 Android smartfonlar ilovasi orqali;
👉 Apple gadjetlari uchun ishlangan ilova orqali;
👉 Telegram kanalda jonli efiri orqali.

Dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmasin, “Truck FM” aslo zeriktirmaydi — yo‘ldagi insonlarga hamroh radio. Xullas, yo‘lda bo‘l, cho‘lda bo‘l, “Truck FM”ni o‘rnatib olgan bo‘l.

@truckfm

Читать полностью…

Masofatalim™

Jahongir Ulug‘murodov o‘qishini davom ettirishi kerak

Nashid sabab Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga avvalgidan yengilroq jazo — ozodlikni cheklash tayinlandi.

U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi ekani aytilgandi. Sudlandi, qamalib chiqdi, degan vajlar bilan OTM bu talabani imi-jimida o‘qishdan chetlatmasligi va aksincha, o‘qishini yetkazib olishida yordam berishi kerak.

Hayot davom etyapti. Mas’ullar unga imkon berib, qo‘llab-quvvatlab, hayotda o‘z yo‘lini topishiga yordam berishi kerak. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bu talabasini ko‘ksidan itarmaydi, degan umiddamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy sudning kassatsiya instansiyasida sinfdoshlariga nashid yuborgani uchun hukm qilingan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga avvalgidan yengilroq jazo, yaʼni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J.Ulug‘murodovga ozodlikni cheklash jazosini yashash joyi bo‘yicha o‘tash belgilanib, soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqish taqiqlandi hamda darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Uztelecom operatori bilan keyingi bogʻlanishga urinish natijasi: “hozirgi vaqtda barcha operatorlar band”. Ajoyib! Shu gapini eshitish uchun qanchadir vaqt kutasan ham🤷🏻‍♂️

Butun dunyoda texnologiya, internet rivojlanyapti. Ammo bizda bitta milliy operatorning operatori bilan bog‘lana olmaysan. Yana bular 5G internet haqida gapiradi, avval mavjud xizmatlarni to‘g‘rilab qo‘y, deb bularga kimdir aytishi kerak. Yoki qaysidir selektorda tanqid eshitishni kutishyaptimikan-a?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2023-2024 o‘quv yilida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“O‘zimizni Qo‘qondami? Prezident nomidan ertaga oʻqishga kirdingiz, qizim” — Shavkat Mirziyoyev tarbiyachi ayolni o‘qishga kiritdi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Svet yo‘qligi sabab elektron platformalarda uzilishlar kuzatilyapti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, ayni paytda vazirlikning server qurilmalari joylashgan hududda elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida magistr.edu.uz, transfer.edu.uz va my.edu.uz elektron platformalari orqali ariza topshirish imkoni vaqtinchalik cheklanmoqda. Hududga elektr energiyasi kelishi bilan server qurilmalari ishi tiklanib, elektron platformalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Mandat javoblarni qachon eʼlon qilinadi

Test sinovlari qachon to‘liq yakunlanadi ?

Yakuniy natijalar yani abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qachon maʼlum boʻladi ?

Bugun imtihon topshirganlar natijalarini qachon bilishlari mumkin ?
Ertaga imtihon topshiradiganlarchi ?

Batafsil maʼlumot:
/channel/eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat/2303

❗️Quyidagi knopkalarni bosgan holda toʻliq javob olishingiz mumkin 👇

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️1-avgustdagi test natijasini kutayotganlar diqqatiga!

Natijalaringizni hammadan oldin bilish usuli bor. Barcha abituriyentlar oldindan buyurtma berishi mumkin!

1-avgust imtihon topshirgan abituriyentlar natijalarini faqatgina telegram botlar orqali vaqtliroq aniqlashi mumkin. Hali testga kirmaganlar ham oldindan buyurtma berishi mumkin.

✅ Quyidagi telegram botlariga abituriyentlar qayd varaqasidagi ID raqam kodni yuborgan holda natijalarga buyurtma berishingiz mumkin va natijalarni olishingiz mumkin:

👉 @rasmiy_mandat_bot
👉 @rasmiy_mandat_bot
👉 @rasmiy_mandat_bot

👉 /channel/+g_uVfal6mXIxNTVi

Читать полностью…

Masofatalim™

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori Madraximova Feruza Ruzimbayevna Urganch davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlanibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Rasman: imtihonda yuqori ball olgan abituriyentlarga 8 mlngacha stipendiya beriladi

📥Hujjatlar 10-avgustga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 4 mlndan 8 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.

📥 Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Qulayliklar:
3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi

❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy

Читать полностью…

Masofatalim™

Tyutorlarni ishga olishda hech yoʻq ularning xat-savodini ham tekshirib koʻrish va ta’lim dargohida munosiblar ishlashini ta’minlash kerak. Kadrlar yetishmasa, buyam tizimning oʻzini aybdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Telegram faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekiston Milliy universitetida ijodiy imtihon taassurotlari :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ Rasman: Bugun KIRISH IMTIHONI uchun OXIRGI Diagnostik testlardan biri tashkil etiladi!

❗️Albatta qatnashish SHART!

❗️ Soat 23:50 gacha vaqtingiz bor!

🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!

📆 Bugun yakshanba, 30-iyul kuni Oliygoh.uz va “University of Business and Science” hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 59-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

📆Test vaqti: 30-iyul
(09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

UBS - 16 ta bakalavriat yoʻnalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi mavjud bo'lgan Namangandagi nufuzli oliygoh. 380 ta grant o‘rinlari mavjud!

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi shiori ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Samarqand davlat universiteti talabalari tomonidan o‘zlashtirilmagan fanlardan kreditlar bo‘yicha ortiqcha to‘lov qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildiribdi.

Qayta imkon berilishi aytilyapti.
Demak, qaysidir ma’noda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar oʻz tasdigʻini topgan. Universitetda yuzaga kelgan holatni vazir Ibrohim Abdurahmonov tomonidan shaxsan nazoratga olingani aytilgan uzundan uzun munosabatda e’tirozlarga sabab boʻlgan holat uchun biror mas’ulga chora koʻrilgani yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingani toʻgʻrisida hech gap yoʻq.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Yana OTM o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga olindi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti kafedra o‘qituvchisi A.O‘. fuqaro Sh.K. ni tanishlari yordamida ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ishga kirishdagi suhbat:

- Qanchalik sabrli va bardoshlisiz?
- Hm… nima desam ekan, Uztelecom’ga qoʻngʻiroq qilib, 46-navbat boʻlib, kutib-kutib oxiri operator bilan gaplashgan odammman!
- Wow! Ishga olindingiz.

P.S. Qishda metanga ham buncha navbat boʻlmasa kerak. Uztelecom — kuttirish boʻyicha sizning milliy operatoringiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tavba, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining platformalari haliyam ishlamabdi. Soat 17:17 da svet yoʻqligi uchun ishlamayotgani aytilgandi. Demak, 5 soatdan beri ham svet kelmagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Durovni serverlari joylashgan binoda ham issiq tufayli svet o‘chib qoldi, shekilli. Ispaniya va AQShdagi energetika taqchilligidan havotir olayotgan Energetika vazirligimiz bunga ham oydinlik kiritib bersa yaxshi bo‘lardi :)

@masofatalim

Читать полностью…
Подписаться на канал