Yoshlar o‘z fikrini bildirishiga bo‘lgan Nizomiy nomidagi TDPUdagi munosabat
Xatomi, to‘g‘rimi yoshlar o‘z fikrini erkin bildirishiga qo‘yib berish kerak. Xato bo‘lsa, o‘rgatish kerak. O‘qituvchining baqirishini videoda ko‘rib odam qo‘rqib ketadi. O‘qituvchini tanqid qilmoqchi emasmiz, ammo yoshlarni eshitishni bilmaganlarni ko‘rib jim ham qarab tura olmaymiz. Bo‘g‘manglar. Oldindan uzr.
@masofatalim
Ota farzandining o‘g‘il bo‘lishini juda xohlagan, ammo qiz farzand ko‘rgach, oilasidan voz kechib, tashlab ketgan. O‘sha qiz hozir dunyoning eng TOP universitetlaridan biri — Stanford bakalavriatiga to‘liq grant yutgan ilk o‘zbek bo‘libdi https://youtu.be/bdYZusLzO0s
@masofatalim
Bir yil avvalgi post esga tushib ketdi: Tovuq tuxumdan chiqqanmi yoki tuxum tovuqdan chiqqanmi?
Talaba o‘qishni bitirib, biror davlat tashkilotiga ishga kirmoqchi bo‘lsa, eng kamida 70-80% tashkilotlar 2-3 yillik ish staji so‘raydi. Ish beruvchi shunaqa talab belgilashdan oldin hech o‘ylab ko‘rmasmikan-a: axir o‘qishni bitirgan kadr qayerdadir noldan boshlashi kerak-ku!
@masofatalim
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tomonidan yozilgan “Temur tuzuklari” asarining veb-sayti 2016-yil sentabrda Uzinfocom tomonidan ishlab chiqilgani, ammo bugunga kelib sayt ishlamayotgani haqida yozgandik.
Tanqiddan soʻng saytni ishlatib qoʻyishibdi: http://temurtuzuklari.uz
Saytda “Temur tuzuklari” asarida qo‘llanilgan matnlar, miniatyuralar, rangli suratlar va illyustratsiyalardan foydalanilgan hamda mazkur manba orqali Amir Temur biografiyasi, uning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘qish yoki yuklab olish mumkin.
@masofatalim
2016-yil sentabrda Uzinfocom tomonidan Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tomonidan yozilgan “Temur tuzuklari” asari veb-sayt ko‘rinishida taqdim etilgandi.
Veb-saytni ishlab chiqishda mazkur asarda qo‘llanilgan matnlar, miniatyuralar, rangli suratlar va illyustratsiyalardan foydalanilgani hamda mazkur manba orqali Amir Temur biografiyasi, uning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘qish yoki yuklab olish mumkinligi aytilgan.
Afsuski, ayni paytda bu sayt ishlamayotgan ekan. Shunday buyuk insonning hayoti haqidagi ma’lumotlarni va uning yozganlarini nahotki bitta platformaga joylab, shu platformaning doimiy ishlashini nazorat qilib borish qiyin bo‘lsa?
Uyat!
@masofatalim
O‘zbekistonda yoshlar ko‘proq qaysi kasb egasi bo‘lmoqchiligi oʻrganildi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning rolini aniqlash uchun o‘tkazilgan tadqiqotda 10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari ham qatnashgan.
Tadqiqotda ishtirok etgan ota-onalarning 80,2 foizi farzandlarini ma’lum kasb bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, elga taniladigan inson sifatida ko‘rishi ma’lum bo‘lgan. Moddiy ta’minlanganlik va mulk egasi bo‘lishi ikkinchi orzu bo‘lib qolmoqda (7,9 foiz). Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, yoshlarda tibbiyot yo‘nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish katta.
Keyingi o‘rinlarni o‘qituvchi — 9,7 foiz, IT mutaxassisligi — 9,3 foiz, iqtisodchi (sohalar bo‘yicha) — 8,2 foiz, tadbirkor — 7,7 foiz kabi kasblar egallagan. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta’kidlagan.
Qizlar kutilganidek ko‘proq shifokor — 16,3 foiz va o‘qituvchi — 13,8 foiz kasblarini tanlagan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar birinchi o‘rinda IT mutaxassisligi — 18,7 foiz, keyin esa shifokor — 13,7 foiz, iqtisodchi — 13,2 foiz va tadbirkor — 11,2 foiz kasblarini afzal ko‘rgan.
Farzandining kasb to‘g‘risidagi qarori qanday bo‘lmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni o‘zgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.
Manba
@masofatalim
⚡️ TALABALAR UCHUN STIPENDIYA TANLOVIGA START BERILDI
🔰Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI — 2023” tanlovi o‘tkaziladi.
✅ Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
✔️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 30-aprelga qadar onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🏆 3 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra gʻoliblar “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil maʼlumot: @registon_stipendiya_bot
📜 TANLOV NIZOMI
Ma’lumot o‘rnida, ushbu stipendiya xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
Manba
“Agarda men shuni yutib olmasam, qoningni ichaman hammangni”. @masofatalim’ga maktab direktorining o‘qituvchilarga Open budjetga ovoz yig‘ish bo‘yicha tahdid qilgan videosi kelib tushdi.
Gapirayotgan odamning yuzi ko‘rinmagan videodan anglashiladiki, direktor o‘qituvchilarning har biriga 100 tadan ovoz yig‘ish bo‘yicha limit ham belgilab bergan.
Open budjet — zo‘r loyiha. Odamlarni birlashtiryapti. Yillar davomida hal bo‘lmagan muammolar hal bo‘lyapti. Loyiha kelajagiga zarar bermasdan, o‘qituvchilar va hamshiralarni qutqarish kerak!
@masofatalim
⚡️Talabalar va barcha yoshlar diqqatiga!
6-aprel kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida estrada yulduzlari ishtirokida “Yoshlar sayli” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Barchasi mutlaqo bepul! Tashkilotchilar takrorlanmas va unutilmas konsert va’da qilishmoqda. Albatta, borish kerak!
@masofatalim
Qo‘qon davlat pedagogika institutining hozirgi rektori Dilnoza Xodjayevani sobiq oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 2021-yil 10-fevralda keskin tanqid qilgandi.
“Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna) 20−25 yildan beri lavozimda, fan nomzodi, dotsentlik olmagan. Ayol kishi ilmiy bo‘lim boshlig‘i, ayol kishi prorektor. Nimaga o‘zlari namuna bo‘lib, doktorlik (dissertatsiya) qilmaganlar? Nega doktorlarni olib kelib qo‘ymaysizlar shu joyga? “Chastnaya lavochka”dan (xususiy rasta) farqi yo‘q. Hech kim, hech kimni gapirmaydi, tamom. Bugun rektorlikka nomzod deyilsa, umuman topa olmaysizlar, munosib prorektor qo‘yilmagan”, degandi Abduqodir Toshqulov.
Qiziq va shubhali tomoni esa oradan roppa-rosa 4 oy vaqt o‘tib, 2021-yil 14-iyunda D.Xodjayeva institut rektori etib tayinlangan.
@masofatalim
Qoʻqon davlat pedagogika institutining yotoqxonasida talaba qizlar yashaydigan xonaga yashirin videokamera oʻrnatilgani maʼlum boʻldi.
Qizlar bu haqda prorektor va rektorga arz qilib, o‘zlari baloga qolib ketay deyishgan.
Oliy ta’lim vazirligini Innovatsiya vazirligiga qoʻshib yuborilganining ilk “innovatsion mevasi”, shekilli bu. Uyatsizlarni oʻylab topgan narsasini qaranglar-a!
❗️QDPI rektori, prorektori, talabalar turar joyi bo‘yicha komendant bu ish tufayli ishdan olinmas ekan, talaba qizlarga endi bular tinchlik bermaydi. Mazkur holatga huquqiy baho ham berilishi kerak!
@masofatalim
Regulation.gov.uz portalida talabalarning 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror loyihasi joylashtirildi. Unga ko‘ra, talabalar OTM rahbari bergan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin bo‘ladi.
Ajoyib! Endi yoshlarni ishga olishda 3 yillik ish staji talab etilishini yoʻq qilishni taklif qilib, shu ish amalga oshib ketsa, baxtimiz toʻkis boʻlardi. Aksa holda 1-kursdan ruxsat beriladimi, 4-kursdan ruxsat beriladimi, foydasi yoʻq. Yoshlar diplomni olgandan keyinam ish izlab yuraveradi. Axir bizda hatto farroshlikka ishga kirish uchunam staj soʻraladi-ku.
Darvoqe, yangi qaror loyihasi amalga oshib ketsa, bu rektorlar uchun yangi korrupsion sxema boʻlmaydi, degan oʻta porloq gumondamiz :)
@masofatalim
Nega oliy ta’lim dargohlari o‘zlarida daromad manbai, deylik, to‘lov-shartnomadan tushadigan yoki byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘la turib, isitish tizimini ta’mirlash yoki yangilash, laborator jihozlar sotib olish kabi masalalar bilan raqobatni kuchaytirib “Open budget”da ishtirok etishyapti? Shu kabi savollarga platina.uz nashri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan izoh olibdi.
Batafsil: /channel/platinauzb/1850
O‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda o‘qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan.
@masofatalim
Samarqand tumanida joylashgan 26-maktabda pul oshib-toshib ketgan, shekilli. Qayerga pulni ishlatishni bilmaganlaridan hojatxonaga ham kamera o‘rnatib qo‘yishibdi. Albatta, bu kulguli tuyulishi bilan bir qatorda achinarli ham. Qaysi kalla bilan hojatxonaga kamera o‘rnatish mumkin? 🤦🏻♂️
@masofatalim
Har oy pulni pulga yetkazishdan qiynalgan talabalarga
Oʻqish bilan birga shaharda yashash xarajatlari uchun pul topishni eplash oson emas. Qoʻl mehnati bilan buni uddalab boʻlmaydi, albatta.
Bunday vaziyatda eng maqbul yoʻl miyangizga investitsiya qilishdir. Qanday qilib deysizmi? Maslahatim, IT yoʻnalishlaridan birini oʻrganish orqali. Masalan, dasturlash.
hh.uz saytida mobil dasturchi uchun 1000$+ lik 10 lab vakansiyalarni koʻrish mumkin. @F_ITgroup xuddi shu yoʻnalishda kurs tashkil qilibdi. Hayotingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, hoziroq roʻyxatdan oʻting.
Roʻyxatdan oʻtish uchun
Masofatalim’dan koʻrdim desangiz, 30% chegirma qilib berishadi.
P.S. Bu yerdan kurs haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
@masofatalim
Sal oldin yoʻlda bir yigit odamning e’tiborini tortdi. Kelayotgan yoʻlida yerda axlat yotgan boʻlsa, barchasini qoʻli bilan terib, maxsus idishga tashlayapti. Kuzatib turdim, erinmay yoʻlidagi hamma axlatni terib, idishga solib ketyapti.
Koʻrib odam xursand boʻldi va biroz suhbatga tortdim. Asli bu yigit Quva tumanidan ekan. Toshkentdagi maktabda 9-sinfda oʻqirkan. Gap-soʻzidan aqlli yigit ekani bilinib turibdi. Qilayotgan ishi juda kichik koʻrinsa-da, juda kam uchraydigan holat. U nafaqat yerni, balki tabiatni ham tozalayapti.
Oʻrnak olsak arziydi. Agar har birimiz yoʻlimizdan chiqqan, bitta baklashkani boʻlsa ham maxsus idishga tashlab ketsak, oʻzimiz yashayotgan yer eng kamida toza va ozoda turadi. Mana shunday yigit-qizlarni tarbiyalayotgan ota-onalarga rahmat!
@masofatalim
Bugun Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta avtobus foydalanishga topshirilar ekan.
@masofatalim
Yangilanayotgan Konstitutsiyadagi
ta’lim olish huquqlariga oid
9 ta eng muhim yangilik
@masofatalim
- Bugungi bayram bilan ustoz va hamshiralarni chin dildan tabriklaymiz!
- Qanaqa bayram?
- Open budjet’ga ovoz berish yakunlanibdi...
@masofatalim
⚡️Qoʻqon davlat pedagogika institutining yotoqxonasida talaba qizlar yashaydigan xonaga yashirin videokamera oʻrnatilgani ortidan institutining prorektori va yana 4 nafar xodim ishdan olindi. Rektor esa hozircha joyida. Vazirlik voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlariga kafolat berdi.
Huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.
@masofatalim
⚡️Qo‘qon davlat pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqeani Saida Mirziyoyeva nazoratga oldi. 5-aprel kuni ayni shu masala yuzasidan Saida Mirziyoyeva oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashgan.
@masofatalim
⚡️ Flash Sale - Faqat Bugun To'liq 9 Oylik "Real English Full Pack" Darslarim 59.000 So'm!
⏳ Bugun 5 aprel soat 23:00ga qadar online darslarimga Flash Sale e'lon qilaman. Bu vaqt ichida istagan o'quvchi to'liq 9 oylik darsimga 59.000 so'mga qo'shilishi mumkin.
❗️Darslarga ushbu Flash Sale orqali qo'shilmoqchi bo'lganlar @realenglishfullpack profilga murojat qilishi mumkin. Habarda "Flash Sale" so'zini yozing va sizga dars haqida to'liq ma'lunot yuboriladi.
PS: Flash sale bugun soat 23:00ga qadar o'z kuchida. "Nega bunday chegirma" dib qiziqadiganlar diqqatiga, bu taklifni o'z sababi bor.
PSS: Yana bir muhim narsa, ushbu chegirma ishimiz davomida bergan eng katta chegirmamiz hisoblanadi va bunday katta chegirma 100% boshqa bo'lmaydi. Ulgurib qoling.
Telegram | Instagram | XOTAMIKROMOV">YouTube
🤡🤡🤡
QDPI rektori odamlarni ahmoq deb o‘ylayapti, shekilli. Bunaqa lag‘monni boshqa joyda ilasizlar. Qaysi bet bilan shuncha yolg‘onni to‘qish va shunga odamlarni ishonadi, deb o‘ylash mumkin?
O‘sha gap: QDPIda rektor, prorektor va yotoqxona komendanti ishdan olinmas ekan, murojaat qilgan talabalarga bular endi kun bermaydi. Bular qaysi saviya bilan bitta institutga rahbarlik qilib o‘tiribdi?!
@masofatalim
✅ IT sohasiga qiziqasizmi ?
Unday boʻlsa, ITni Universitetda oʻrganing!
IDUda GRANT oʻqish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.
📥Hujjatlar 13-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.
🎲 Universitetga kirish imtihoni 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!
✅ Xalqaro diplom;
✅ Britaniya ta’lim standartlari;
✅Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
✅Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.
Doʻstim, 21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.
🔗Batafsil maʼlumot
Telegram | Instagram
(Litsenziya №038673, 13.09.2022y.)